Masofatalim
27.6K subscribers
2.54K photos
757 videos
108 files
3.15K links
Masofatalim — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.

Reklama uchun: @masofatalimbot
Download Telegram
Moliyaviy soha vakillari bilan maslahat pishdimi?

8-may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohruh Daliyev shunday degandi:

“Talabalar stipendiyalari miqdorini oshirish masalasini o‘ylab ko‘rishimiz kerak. To‘lov-kontrakt miqdori ham pandemiya davridan beri oshirilmadi. Bir talabaga davlat tomonidan sarflanayotgan pul, u to‘layotgan kontrakt miqdoridan ancha ko‘p. Oliygoh o‘zini “boqishi” masalalari ham sal qiyinroq. Stipendiya oshishi yoki oshirilmasligi masalasida to‘liq javobni bizning moliyaviy soha vakillari hamda Moliya vazirligi bilan birga ishlab, keyin javob beramiz”.

Shu gapga ham sal kam 3 oy bo‘ldi. 2024-2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori o‘rtacha 15 foizga oshirildi. Talabalarning stipendiyasi esa 2021-yildan beri indeksatsiya qilinmayapti. Moliya sohasi vakillari bilan ishlagan bo‘lsangiz, natijasi haqida jamoatchilikka ma’lumot taqdim etilishini kutyapmiz.

Stipendiya ham oshiriladimi yoki yo‘qmi?

@masofatalim
Sizningcha, stipendiyalar oshiriladimi?
Anonymous Poll
35%
Ha
41%
Yo‘q
24%
Tag-tugi bilan yo‘q bo‘lib ketadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shoir Nodir Jonuzoq olimpiadada O‘zbekiston uchun ilk oltin medalni olib kelgan Diyora Keldiyorovaga atab she’r yozibdi.

She’r quyidagi toʻrtlik bilan boshlangan (toʻligʻi videoda):

Yapon kurashida yapon qizini
Ippon usulida yutdi Diyora.
Olimp kitobiga goʻzal ismini
Oltin harf bilan bitdi Diyora.

@masofatalim
Xalqaro kimyo olimpiadalarida O‘zbekiston vakillarining katalizatori – talaba!

Boltayeva Mohira Matyoqub qizi – 2001-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 6-kurs talabasi, kimyo fani bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlaydigan yosh iqtidor egasi.

Jumladan, u:

2019-yil 51-Xalqaro kimyo olimpiadasi kumush medali;

2019-yil 53-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi bronza medali;

2020-yil Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori;

2020-yil Talabalar o‘rtasida respublika olimpiadasi 1-o‘rin;

2021-yil Talabalar o‘rtasida xalqaro olimpiadada 2-o‘rin sohibi.

Mohira Boltayeva tayyorlagan shogirdlarining 15 dan ortig‘i xalqaro kimyo olimpiadalarida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Joriy yilning 29-iyul kuni Saudiya Arabistonida bo’lib o’tgan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida qahramonimizning 3 nafar shogirdi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

@masofatalim
2024-yilning birinchi yarim yilligida 72 ta OTM ichida eng koʻp daromadni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti topibdi – 504,4 mlrd soʻm. Sof daromad boʻyicha esa birinchi oʻrinni Qarshi davlat universiteti egallagan – 214,2 mlrd soʻm.

E’tiborlisi, hech bir OTM zararga ishlamagan.

@masofatalim
Jahongir Ortiqxo‘jayevga qarashli bo‘lgan Central Asian University (sobiq AKFA universiteti) Xalqaro nemis tili olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Rayyona Ibrohimovaga 100 foizlik grant (qiymati 800 mln so‘m) ajratibdi. Shuningdek, turar joy masalasi ham to‘liq qoplab berilarkan.

@masofatalim
“El-yurt umidi” fondi va fondga ta’sir doirasi bor odamlar diqqatiga!

“El-yurt umidi” fondi 25-iyundan 25-iyulga qadar 2024-yilgi birinchi ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi. Suhbat bosqichi 24-avgustgacha o‘tkazilarkan.

Endi savol: tanlovga hujjat topshirgan va o‘qishi sentabrdan boshlanadigan yoshlar nima qilsin? Javoblar qachon chiqadi, tanlab olingan yoshlarga to‘lovi qachon to‘lanadi? Nega bu yil jarayon kechikdi?

Bu savollarga tayin-tuturiqli javob kutamiz! Garchi fond rahbari bir vaqtning o‘zida Davlat boshqaruv akademiyasiga ham rektorlik qilib, u tomondagi kamchiliklarga lom-mim demayotgan bo‘lsada, fonddan umid qilib turgan yoshlarning murojaati e’tibordan chetda qolmaydi, deb umid qilamiz!

P.S. Mabodo kanal kuzatuvchilariga bu fond haqida bizning fikrimiz qiziq boʻlsa, 2021-yil ularning faoliyatiga baho berib boʻlganmiz. Qarashlarimiz hozir ham shunday, oʻzgarmadi.

@masofatalim
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor xalqaro iqtisod olimpiadasida sovrindor bo‘ldi

Honkong mezbonlik qilgan xalqaro iqtisod olimpiadasida (IEO-2024) O‘zbekiston jamoasi sharafini himoya qilgan 10-sinf o‘quvchisi Jasurbek Rizoqulov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ochiqlik va samimiy muloqot hamisha foyda keltiradi

Kecha Instagramda Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutining 8-iyulda joylagan videosi lentada chiqib qoldi. Unda institut rektori Shahzoda Negmatova abituriyentlar bilan samimiy muloqot qilgani va “birorta e’tiroz bo‘lsa shaxsan rektorga murojaat qilishlari mumkinligi va kameralar ishlayotgani” aytilgan.

Bu kabi holatlar, ya’ni rektorlarning talabalar bilan samimiy muloqoti kamdan kam uchraydigan holat. Balki ko‘pchilik rektorlar tez-tez mana shunday kabinetidan chiqib, institutni aylanib, yoshlar bilan muloqot qilar-u, matbuot xizmati buni ko‘rsatib bera olmas. Balki ko‘rsatishni xohlamas, kim bilsin.

Shu narsa aniqki, ochiqlik va samimiy muloqotlarni yoritaverish kerak. Bu juda yaxshi qabul qilinadi, odamlarning hurmati oshadi.

P.S. Videodagi rektor opaga hurmat oshdi👍

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024

⚡️ Hali ham bir to'xtamga kelaolmagan abituriyentlar diqqatiga! Sizda 10-avgustga qadar Toshkent kimyo-texnologiya institutini tanlash imkoniyati bor.

👉 Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi va ta’lim yo'nalishlari
👉 Sirtqi ta’lim shakli bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
👉 Kechki va masofaviy ta’lim shakli bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
👉 Magistratura mutaxassisligi bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
👉 Ikkinchi mutaxassislik bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari

CALL-CENTER:
📞 Bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli uchun +998 95 324 88 86
📞 Sirtqi ta'lim shakli uchun +998 95 324 80 01
📞 Magistratura mutaxassisliklari uchun +998 95 324 80 84
📞 Xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim shakli uchun +998 95 324 80 82
📞 Xorijiy fuqarolar uchun +998 97 012 44 55
📞 Ishonch telefoni: +998 95 324 80 85

Yo'nalishlar tanlash bo'yicha video-qo'llanma 👉 https://t.me/tktiuz/33243

🤖 Institut universal botidan foydalaning 👉 @tktiuzuniversalbot

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barcha obunachilarning shaxsiy fikrini bilish uchun soʻrovnoma: qaysi oliy ta’lim muassasasini tanlagan boʻlardingiz?
Final Results
55%
Davlat oliy ta’lim muassasasi
6%
Nodavlat oliy ta’lim muassasasi
39%
Xorijiy oliy ta’lim muassasasi / yoki uning filiali
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish boshlandi

1-avgustdan talabalar turar joylari uchun onlayn ariza berish boshlandi. Yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali jo‘natishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

1-kurs talabalari uchun 55 – 65 foiz;
2-kurs talabalari uchun 15 – 20 foiz;
3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 – 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. 2024/2025 o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

@masofatalim
Mana senga ochiqligu, ana senga shaffoflik! “El-yurt umidi” jamgʻarmasining sayti – eyuf.uz ishlamayapti.

Dasturchilardan pulni qismay, texnik qoʻllab-quvvatlashgayam mablagʻ ajratib turish kerakda :)

UPD: soat 17.57 da sayt ishlab ketdi.

@masofatalim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Biz Olimpiada o'yinlarida butun turkiy olam sportchilarini qo'llab-quvvatlаymiz” – Sherzodxon Qudratxo‘ja

@masofatalim
Aytishlaricha, huquq fanidan test topshirgan bir guruh abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga bermoqchi ekan. Ular darslikka kiritilmagan savollardan foydalanilgani, testlarda to‘g‘ri javoblar soni birdan ko‘pligi, imtihondagi testlar namunaviy testlardan farq qilganini aytyapti.

@masofatalim
Oliy ta’lim vazirligi talabalarni turar joy bilan ta’minlagan eng namunali markazlarga 30 mln soʻmgacha ragʻbat va’da qildi

1-avgust kuni oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta’lim muassasalarida talabalarini turar joy bilan ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Vazirlik xabarida aytilishicha, o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, barcha oliy ta’lim muassasalarining asosiy binolari hamda talabalar turar joylariga kirish qismlariga kamida 4 ta joyga Talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazlari (infokiosk) tashkil etiladi.

Unga tajribali volontyorlar biriktiriladi, shuningdek, eng namunali faoliyat yuritgan “Talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazlari”ga 20 mln so‘mdan 30 mln so‘mgacha pul mukofotlari beriladi.

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro Nordik Universiteti va “UzReport” axborot agentligi “UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi”ni tashkil qildi

Ushbu yangi tashkil qilingan Akademiyada “Jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi (bakalavriat) va mutaxassisligi (magistratura) bo‘yicha dual ta’lim shaklda jurnalistika sohasida eng yangi innovatsiyalar, xolis, tezkor va kreativ nuqtai nazar, professional bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar, yetuk mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

2024-2025 o‘quv yilga bakalavriat kunduzgi ta’lim shakliga – 60 nafar, sirtqiga – 60 nafar va magistraturaga – 30 nafar talaba qabul qilinadi. Bakalavriatda kunduzgi o‘qish shakli uchun to‘lov yiliga 32 mln. so‘m, sirtqi ta’lim olish uchun 34 mln. so‘m bo‘lsa, magistraturadagi ta’lim uchun 36 mln. so‘mni tashkil etadi. Barcha qabul qilingan talabalarga 20 foizdan 100 foizgacha ta’lim granti taqdim etiladi. Grantlar Xalqaro Nordik Universiteti, “UzReport” Axborot Agentligi va boshqa ish beruvchi tashkilotlar tomonidan ajratiladi.

Bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish 4 yil, sirtqi 5 yil va magistraturada tahsil olish jarayoni 2 yilni tashkil etadi. Bakalavriat diplomini olish uchun talaba 240 kredit, magistr darajasini olish uchun 120 kredit to‘plashi lozim. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Xalqaro Nordik Universiteti saytidan topish mumkin: https://nordicuniversity.org/index.uz.html
Qizil kiyimdagi Xitoy taipeyilik trans (erkak bo‘lib, o‘zidan ayol yasab olgan hez). O‘ng tomondagi esa shu “erkak”ka qarshi jang qilgan o‘zbek To‘marisi Sitora Turdibekova.

Tengsizlikda o‘tgan kurashda anavi trans g‘olib deb qayd etildi. Ammo adolat ko‘zi bilan qaralsa, bu yerda g‘olib aniq – u Sitora Turdibekova.

Sitora Turdibekova bugungi ishtiroki uchun eng kamida O‘zbekistonda bronza olgan sportchiga ko‘rsatiladigan munosabatga loyiq.

@masofatalim
📌 Uzum marketdan narsa buyurtma qilganda 20 million so'mgacha chegirma qilib beradigan yo'lini o'rgataymi?

Gap shundaki Uzum market "UZUM BOS" botiga start berdi. Ushbu bot orqali siz Notcoin va xamsterga o'xshagan platformada tanga yig'asiz, yig'ilgan tangalaringiz qancha ko'p bo'lsa sizga Uzum market orqali buyurtma berishga 1 million so'mdan 20 million so'mgacha promokodlar beriladi.

Hoziroq sinab ko'ring! Sizdan nima ketdi 👉 https://t.me/UzumBosBot/UzumBos?startapp=b0cc92fa-aa5c-4c04-aaa5-653a037e34fd

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Aytishlaricha, Andijonda o‘tgan “Dunyo sadolari” festivaliga Inna – $130 ming, Yulduz Usmonova – $12 ming, Xamdam – $7 mingga boribdi. Bu pullar kimning cho‘ntagidan chiqqani haqida ma’lumot yo‘q.

@masofatalim