Masofatalim
21.3K subscribers
2.75K photos
838 videos
110 files
3.31K links
Masofatalim — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.

Reklama uchun: @masofatalimbot
Download Telegram
Transport vazirligiga talabalar nomidan alangali «salomlar»!

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
IELTS ga tayyorlanyapsizmi? 😱

Unda bizning kanal aynan siz uchun. Biz sizga Telegramning hech qaysi bir kanalida bo'lmagan ajoyib resurslarni taqdim etamiz. 💯

Ha aytgancha, Bizda Nativelar bilan suhbatlar hamda Free Mock testlar bo'ladi. Yuqoridagi natijalar bizning guruhdan.

🔗 Asosiy kanalimiz:
https://t.me/+Hq3q9XurbLYwMmVi
(Sabr bilan oxirigacha o‘qish tavsiya qilinadi)

Yaqinini yo‘qotgan inson u bilan dildan gaplashishni istashi, xayolan suhbatlashishi, sog‘inishi, ko‘rgisi kelishi tabiiy holdir. Asarda tasvirlangan tabiat manzaralari va asar qahramoni tilidan bayon qilingan voqea-hodisalarning hammasi biri ikkinchisini to‘ldiradi.

Ushbu parchadagi so‘zlarning tarkibi haqida berilgan hukmlardan nechtasi to‘g‘ri?

1. Tarkibi asos + so‘z yasovchi qo‘shimcha + harakat nomi + kelishik qo‘shimchasi tartibida joylashgan fe’l mavjud.
2.Tarkibi asos + o‘zlik nisbat + sifatdosh qo‘shimchasi tartibida joylashgan fe’l mavjud.
3. Tarkibi asos + so‘z yasovchi qo‘shimcha + majhul nisbat + sifatdosh qo‘shimchasi tartibida joylashgan fe’l mavjud.
4. Tarkibi asos + harakat nomi + egalik qo‘shimchasi tartibida joylashgan fe’l mavjud.

Qisqasi, siz Davlet test markazining ona tili va adabiyot fanidan tuzilgan test savolidan bahramand bo‘ldingiz🥲

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktab o'quvchilari hayoti haqida deyarli seriallar yo'q, ammo endi bu mavzudagi eng zo'r serial «Mening yurtim» telekanalida bor!

4-apreldan boshlab “Qo'limdan tut” seriali «Mening yurtim» telekanalida! O'tkazib yubormang, albatta, tomosha qiling!

Kuzatib boring: @my5tv
Shaharda boʻlsang, tong soat 11:00 dan keyin boshlanadi. Qishloqda boʻlsang, 06:00 dan. Xayrli tong, qimmat narxlar sabab uyiga ketolmay qolganlar!

Kanalga ulanish:
➡️
@masofatalim
Maktabda olingan baholar oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda bu yildan emas, kelasi yildan inobatga olinadi

14-mart kuni “Huquqiy axborot” Telegram kanalida 2022-2023-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim muassasasiga kirishdagi balga qo‘shilishi haqida xabar e’lon qilindi. Bu xabar juda ko‘pchilikni chalg‘itdi. DTM esa rasmiy bayonot berdi.

Davlat test markazining ma’lum qilishicha, 2022-yil 10-iyunga qadar elektron platformalar ishga tushiriladi. 2022-2023-o‘quv yili va keyingi o‘quv yillari bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari elektron platformalarga kiritiladi va bitiruvchilar baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari hisoblab boriladi.

2022-2023-o‘quv yili bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari va ularning o‘rtacha ko‘rsatkichlari esa mazkur o‘quv yili yakunlangandan so‘ng, ya’ni 2023-yil yoziga kelibgina aniq bo‘ladi. Demak, oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlaridan boshlab amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Masofatalim
Ushbu rasmlar 26-fevral kuni tarmoqda tarqalgan. Bular Moldova chegarasida ukrainaliklarni kutib olayotgan oddiy taksi haydovchilari. Bepul taksi. Boshqa bir xalqning boshiga tashvish tushgan paytda boshqa bir xalq vakillari yordam bermoqda. Bizda ayni vaqtda…
U “monopollar narxni xohlagancha oshiraveradi, insof yo‘q bularda, o‘z xalqingni ham talaysanmi, bizni millat o‘zinikini talaydi” deb bo‘ralab so‘kdi. Kayfiyati yo‘q bo‘lib kiraga chiqib ketdi. Bilsa hamma Toshkentdan viloyatga qaytyapti. Biletlar tugagan. “Iye, mazzaku” deb narxni ikki baravarga ko‘tarib oldi. Tugadi.

(c) Bahodir Ahmedov

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Barchangizga Navro'z bayrami muborak bo'lsin! ☀️

Bayram munosabati bilan bugun, 21-mart kuni soat 19:10da «Mening yurtim» telekanali “Mahallada nima gap” musiqiy-komediyasini namoyish etarkan. Oilaviy hordiq chiqarish uchun ajoyib tanlov, bayram bayramday o'tsin, albatta, tomosha qiling!

«MY5» telekanalini Telegramda ham kuzatib boring:
@my5tv
Mana shunaqa xabarlarga ishonib, uni guruhlarga tarqatib o'tirganlarning miyasi qanday tuzilgan ekan, o'zi ularda miya bormikan, degan savol meni doim qiynab keladi :)

#loxbolmang

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
#rasman

❗️Barcha talabalar uchun Navro'z bayramidan keyin qaysi sanalardan o‘qishga qaytishi belgilandi!

Aslida talabalar uchun ta‘til nech kun bo‘lishi kerak edi?

Batafsil ma'lumot 👇
​​Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha maktabda tuzilgan maxsus komissiya

Maktab direktori
— komissiya raisi, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari — komissiya raisining o'rinbosari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktori o'rinbosari — komissiyaning kotibi, maktab kasaba uyushma raisi — komissiyaning a'zosi va hokazo va hokazo...

Demak, shunda maktabda korrupsiya bilan faqat maktab o'quvchilari shug'ullanishadimi? 🤔

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
​​Xalq ta'limi vazirligining puli qolmabdi, shekilli. O'quv markazlarni reklama qilishni boshlabdi. Reklama narxi necha pul ekan? Telegram kanal ham reklama qilisharmikan?

Agar mabodo vazirlik bu reklamani tekinga chiqargan bo'lsa ham, bu raqobat muhitiga jiddiy ta'sir o'tkazadi. Odamlar, ota-onalar vazirlikning rasmiy kanalida chiqqan xabarga ishonadi va shunga ergashadi. Raqobat va tenglik muhiti buzilmoqda. Buni aynan Xalq ta'limi vazirligi buzmoqda!

Xalq ta'limi vazirligi rasmiy sahifalarida bir o'quv markazni reklama qildi, xo'sh, boshqa o'quv markazlarchi? Balki boshqalar vazirlik reklama qilgan o'quv markazdan ko'ra yaxshiroq o'qitar? Balki vazirlik reklama qilgan o'quv markaz yomon o'qitar. Unda nima bo'ladi?

Bu yerda 3 ta variant bor:
1. Vazirlik matbuot xizmati reklamani pulga chiqardi;
2. Bu o'quv markaz egasi vazirlikdan biror kimning tanishi;
3. 1- va 2-javoblar to'g'ri!

Mabodo 4-variant ham bo'lsa, unda vazirlikdagilarga sal yuqorida, raqobat muhiti haqida yozgan gaplarimizni o'qib chiqishni tavsiya qilamiz!

Xullas, ”любая бизнес хороша”.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Xalq ta'limi vazirligi reklama qilgan “Qorako'l ziyo” o'quv markazi bo'lib, ochiq ma'lumotlarga ko'ra, bu o'quv markaz 100 foiz ulush bilan Kuchkarov Jasur Jumamuratovichga tegishli.

Yana o'sha ochiq ma'lumotlarga ko'ra, Kuchkarov Jasur Jumamrotovich “Qorakol school” o'quv markazining ham 33 foiz ulushiga egalik qiladi, yana 33 foiziga esa Raxmonov Umid Olimovich egalik qiladi.

Xalq ta'limi vazirligining saytida Raxmonov Umid Olimovichni XTVda Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti direktori sifatida ishlashini ko'rishingiz mumkin.

Endi tushundingizmi? Xalq ta'limi vazirligida mas'ul lavozimda ishlaydigan odam biznesdagi sherigining boshqa bir biznesini (balki bu biznesdan unga ham foyda bordir, kim bilsin) XTVning rasmiy sahifalarida reklama qildirmoqda.

Mayli, XTVning bir chinovnigi, biznesdagi sherigining o'quv markazini reklama qilsa qildiribdi-da, ammo Xalq ta'limi vazirligida tanishi yo'q o'quv markaz egalari nima qilsin?

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Xalq ta’limi vazirligi postimizdan soʻng 22-mart kuni soat 22:20 da qoʻygan reklamasini oʻchirib tashlagandi. Ne koʻz bilan koʻraylikki, huddi shu reklamani 23-mart kuni (sal oldin) soat 00:16 da qayta joylabdi.

“Zoʻrman, koʻrib qoʻy, nima qila olasan. Kerak boʻlsa yana va yana reklamamni chiqaraman”, degani shu boʻlsa kerak-da.

😂👏

#soqqaniqil

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Oʻzbekistonda Telegram ijtimoiy tarmogʻining faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim