Masofatalim
29K subscribers
2.47K photos
746 videos
108 files
3.11K links
Masofatalim — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.

Reklama uchun: @masofatalimbot
Download Telegram
⚡️Rasman! Oliy taʼlim muassasasiga mandat natijalari ilingan ilk suratlar.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida mandat natijalarini ilingani haqida xabar berildi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
​​⚡️O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari eʼlon qilindi. Natijalarini bilish uchun sayt ishga tushirildi.

Natijalarni quyidagi havola orqali ko'rish mumkin: http://natija.uzdjtsu.uz/

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Rasmiy maʼlumot

Mandat.dtm.uz sayti hali ham ishlamayotgani yuzasidan koʻplab savollar kelib tushmoqda. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida Davlat test markazi bosh boshqarma boshligʻi Barno Rajabov bilan bogʻlandik.

Maʼlum qilinishicha, barcha abituriyentlarning test sinovida toʻplagan natijalari boʻyicha ishlar yakuniga yetgan. Lekin Davlat test markaziga kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini ham qoʻshib eʼlon qilish toʻgʻrisida topshiriq kelgan. Ayni vaqtda Davlat test markazi kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari boʻyicha ishi olib bormoqda.

«Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari boʻlmaganda, allaqachon eʼlon qilar edik. Hozirda kecha-yu kunduz davomida kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari borasida Davlat test markazi ish olib bormoqda. Test sinovlarining natijalari boʻyicha allaqachon ishlar yakuniga yetgan. Ijodiy imtihonlar natijalari ham yakuniga yetgach eʼlon qilamiz» - deya «Masofaviy taʼlim» adminiga maʼlumot berdi Davlat test markazi bosh boshqarma boshligʻi Barno Rajabov.

P.S.: Nazarimizda, Davlat test markazi mandat.dtm.uz saytidan ham koʻra tezroq mandatning oʻzini eʼlon qilish harakatida. Maʼlumot uchun, mandat natijalari tayyor boʻlgach, uni Qabul komissiyasining raisi — Bosh vazir Abdulla Aripov tasdiqlashi kerak. Mandat shundan keyingina eʼlon qilinadi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
​​⚡️Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining (kasbiy) ijodiy imtihon natijalari eʼlon qilindi. Natijalarni bilish uchun veb-sayt ishga tushdi.

Natijalarni quyidagi havola orqali koʻrish mumkin: http://new.tdpu.uz/abiturient/showpage/7273

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Rasman: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalari talabalariga anʼanaviy taʼlimni boshlash uchun turli variantlarini ishlab chiqmoqda.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Forwarded from MPC_UZ
Grafik dizayn sohasini egallash uchun eng birinchi bo'lib nima qilish kerak?

Grafik dizaynerlarga talab yanayam ortib borayotgan davrda bu sohaga kirishni siz qanday qilib boshlashni bilmayapsizmi?
☝️ U holda biz sizga IT media markazi tomonidan tashkillashtirilayotgan bepul ochiq darsimizga qatnashishni tavsiya qilamiz.
Ochiq darsimizda siz o'zingizni qiziqtirayotgan savollarga javob topishingiz va bu sohada nimalarni o'rganishingiz muhimligini bilib olasiz
.

Eng asosiysi :
- Grafik dizayn nima?
- Grafik Dizayner kim?
- Bu soha egalari nimalar bilan shug'ullanadi?
- Ular qncha daromad topishadi?
- Qanday dasturlarni o'rganishm kerak?

Shu va sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob topasiz.

🚀 O'z kelajagiga befarq bo'lmagan, zamonaviy kasblarni o'rganishga ishtiyoqi baland yoshlarni 27-sentyabr, yakshanba kuni soat 10:00 da bo'lib o'tadigan bepul ochiq darslarimizga taklif qilamiz.
🎯 Grafik dizayn sohasi haqida barcha ma'lumotlarni bilishga tayyormisiz? U holda ochiq darsimizga hoziroq ro'yxatdan o'ting! Joylar soni cheklangan... (30 kishi)

📝Ochiq darsimizga ro'yxatdan o'ting:
👉RO'YXATDAN O'TISH

Administrator
bilan bog'laning
👩‍💻 @ItMediaAdmin
📞 Tel: +998909169955

Manzilimiz: Toshkent shahar, Yunusobod 2.
Mo'ljal: Yunusobod metro bekati

IT media
⚡️⚡️Rasman: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalarida magistratura imtihonlarining javobi 25-sentabrdan keyin chiqadi — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Maʼlumot uchun, imtihoni 19-sentabr kuni Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kirish test sinovi natijalari bugun, 21-sentabr kuni e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalari bilan https://tsul.dtm.uz/magistr havolasi orqali tanishishlari mumkin.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Mandat natijalarini qanday bilish mumkin

Ma’lumki, 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkazilib, abituriyentlarning test sinovlarida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq e’lon qilindi.

Hozirda barcha abituriyentlar yakuniy natijalar e’lon qilinishini kutmoqda va Davlat test markaziga tanlov natijalarini qanday bilish mumkinligi borasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Davlat test markazi test sinovlarining yakuniy natijalarini qanday qilib bilish mumkinligi haqida ma'lumot berdi

Test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilingandan so‘ng, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin bo‘ladi.

1️⃣ Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar shaxsiy kabineti (abitur.dtm.uz sayti) orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.

2️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishlari mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Natijalar e’lon qilingandan so‘ng test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️⚡️mandat.dtm.uz saytining ishlashini kutmang, mandatning oʻzi tez orada eʼlon qilinadi

Davlat test markazidagi manbalarimizning maʼlum qilishicha, bu yil mandat.dtm.uz sayti ishlamaydi. Yaqin orada test sinovlarining soʻnggi natijalari, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki tavsiya etilmagani (mandat) eʼlon qilinadi.

Manbamizning qoʻshimcha qilishicha, mandat 23-24-sentabr kunlari eʼlon qilinadi. Lekin mandat eʼlon qilinishining aniq vaqti aytilmadi. Davlat test markazi mandatning eʼlon qilinishi 24-sentabrdan oʻtib ketmasligi uchun harakat qilayotgani taʼkidladi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Apellyatsiya berishdan qoʻrqmang. Bu sizning huquqingiz!

Test sinovlarining soʻnggi natijalari — mandat eʼlon qilinishi yaqin qolayotgan bir paytda koʻpchilik abituriyentlarni va ularning ota-onalarini apellyatsiya berish tartibi qiziqtira boshlaydi.

ℹ️ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga koʻra, test sinovi natijasidan norozi abituriyentlar taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Apellyatsiya shikoyati qanday hollarda ko‘rib chiqilmaydi?

Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.

Apellyatsiya jarayonida kimlar qatnasha oladi?

Apellyatsiya shikoyati Davlat qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi. Jarayonda abituriyentning oʻzi boʻlishi shart. Ota-onasi, oʻqituvchisi yoxud oʻrtogʻi bilan apellyatsiyaga kirish mumkin emas.

Apellyatsiya jarayonida abituriyentga nimalar taqdim etiladi?

Apellyatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Apellyatsiya jarayonida nimalarga yo‘l qo‘yilmaydi?

Abituriyent tomonidan apellyatsiya jarayonida uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar (lug‘at, jadvallar bundan mustasno) olib kirish, test materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, ularga yordam berish yoki yordam olish va test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtish kabilarga yoʻl qoʻyilmasligi talab etiladi.

❗️Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar! Natijangizdan (yoki farzandingizni natijasidan) norozi boʻlsangiz, haq ekaningizga ishonsangiz, apellyatsiya berishdan qoʻrqmang. Bu sizning huquqingiz. Agar toʻplagan balingiz bilan kontrakt kirgan, lekin natijangizdan norozi boʻlsangiz ham qoʻrqmang. Apellyatsiyada siz nohaq boʻlsangiz ham birov balingizni pasaytirib qoʻymaydi va kontrakt asosida kirganingizni bekor qila olmaydi!

‼️ Agar Davlat test markazi tomonidan apellyatsiya jarayonida siz haq boʻlsangiz ham, sizga nisbatan nohaqlik qilish holati uchrasa, sudga berish huquqingizdan foydalaning. Hech narsadan qoʻrqmang, ikkilanmang. Haq boʻlsangiz, oxirigacha kurashib, sudga bering.

Maʼlumot uchun: apellyatsiya jarayoni uchun test sinovlarining yakuniy natijalari — mandat eʼlon qilingach, bir hafta vaqt ichida onlayn shaklda ariza berish mumkinligi maʼlum qilingan.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️⚡️Rasman: Davlat test markazidagi manbalarimizning maʼlum qilishicha, mandat natijalari bilan bogʻliq ishlar yakunlangan

Mandat natijalari Davlat qabul komissiyasining raisi — Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda. Bosh vazir mandatni imzolashi bilanoq mandat natijalari eʼlon qilinadi. Bu jarayon bugun boʻlishi ham, ertaga boʻlishi ham mumkin. Bu masala endi Davlat qabul komissiyasiga bogʻliq.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Hukumat qaroriga va belgilangan nizomlarga koʻra, bugun 24-sentabr kuni mandat natijalari eʼlon qilinishi kerak

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarorining 14-bandiga koʻra, abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Joriy yil 2-sentabrdan 13-sentabrgacha o‘tkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati 37°C dan yuqori bo‘lgan hamda test sinovi o‘tkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun 17-sentabr kuni test sinovlari boʻlib oʻtdi va 17-sentabr test sinovlarining oxirgi kuni hisoblanadi.

Demak, tegishli nizomga koʻra, bugun 24-sentabr kuni mandat natijalari eʼlon qilinishi kerak. Avvalgi bir necha yillik mandat natijalarining eʼlon qilinish vaqtini tahlil qilsak, mandat natijalari, asosan, kechqurun eʼlon qilingan. Masalan, oʻtgan yili mandat natijalari (oʻziyam rosa kuttirgan yil boʻlgan) 24-avgust kuni soat 01:33 da eʼlon qilingan ekan.

ℹ️ Mandat bugun, 24-sentabr kuni eʼlon qilinishining huquqiy asosi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining faoliyatini kuchaytirish to'g'risida»gi 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori.

Bu yil koʻramiz, Vazirlar Mahkamasining chiqargan qarorlariga, belgilangan nizomlarga va Davlat test markazi mutasaddilarining bergan vaʼdalariga qanchalik amal qilinadi — buni vaqt ko'rsatadi, albatta.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️⚡️Davlat test markazi mandat natijalari bo‘yicha ma’lumot berdi

«Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2-sentabrdan 13-sentabrgacha, hududga kirishda tana harorati 37°C dan yuqori bo‘lgan hamda test sinovi o‘tkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 17-sentabr kuni o‘tkazildi.

Bunda, abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballari haqidagi ma’lumotlar test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga abitur.dtm.uz sayti orqali e’lon qilib borildi.

Hozirda Davlat test markazi tomonidan barcha abituriyentlarning test sinovida toʻplagan natijalari boʻyicha ishlar yakuniga yetgan.

Lekin joriy yilda ko‘plab imtiyozlar (harbiy xizmatchilarning farzandlari, IIV organi xodimlari farzandlari, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi, xotin-qizlar va So‘x tumani uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari va boshqalar) ham test sinovlari orqali talabalikka qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga, ham kasbiy (ijodiy) imtihon orqali qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlariga tatbiq etilayotganligi hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 20-sentabrga qadar davom etganligi sababli, tanlov natijalarini hisoblash ishlari endi yakunlanmoqda.

Hozirda barcha oliy ta’lim muassasalaridan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yagona bazaga yig‘ilmoqda va bu natijalar test sinovlari natijalari bilan birga hisoblanmoqda.

Mazkur jarayon yakuniga yetgach, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi».

Davlat test markazi matbuot xizmati

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Mandat natijalari hali eʼlon qilinmadi, lekin eʼlon qilinsa, natijalarini qanday bilish mumkin?

Hozirda barcha abituriyentlar yakuniy natijalar e’lon qilinishini kutmoqda va bizga tanlov natijalarini qanday bilish mumkinligi borasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Demak, test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilingandan so‘ng, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin bo‘ladi:

1️⃣ Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar shaxsiy kabineti (abitur.dtm.uz sayti) orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.

2️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishlari mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Natijalar e’lon qilingandan so‘ng test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Kanalimiz botiga mandat qachon chiqadi, deb juda ko'pchilik yozmoqda. Mandat natijalarini intiqlik bilan kutayotgan abituriyentlarga va ularning ota-onalariga aniq ayta olamizki, mandat natijalari e'lon qilinishi bilan bu haqida, albatta, birinchilar qatorida kanalimiz orqali xabar beramiz.

P.S.: Ayni vaqtda Davlat test markazidagi manbalarimizdan mandat natijalari bo'yicha rasmiy ma'lumot kutyapmiz va xabar bo'lishi bilan kanalimiz orqali ma'lumot beramiz.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Rasman: mandat bugun (tunda) chiqmasligi xabar qilindi. Ertaga (25-sentabr kuni) chiqib qolishi mumkin.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Olingan maʼlumotlarga koʻra, Davlat test markazi mandat natijalari bo‘yicha kecha, 24-sentabr kuni bergan ma’lumotda aytilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari yagona bazaga yig‘ilayotgani va bu natijalar test sinovlari natijalari bilan birga hisoblanayotgani bilan bogʻliq ishlar ham yakuniga yetgan.

Aytishlaricha, mandat bugun chiqib qolishi mumkin, deyilmoqda. Bundan tashqari, mandat natijalari boʻyicha Davlat test markazidagi manbalarimiz bilan doimiy aloqada boʻlib turibmiz. Rasmiy yangilik boʻlsa, albatta, kanalimiz orqali maʼlumot beramiz.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️⚡️⚡️Rasman: mandat bugun, 25-sentabr kuni soat 15:00 da e'lon qilinadi

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 25-sentabr kuni 15:00 da Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Mandat natijalari rasmiy ravishda bugun, 25-sentabr kuni soat 15:00 da eʼlon qilinishi maʼlum qilindi. Mandat eʼlon qilingach, natijalarini qanday bilish mumkin?

Hozirda barcha abituriyentlar yakuniy natijalar e’lon qilinishini kutmoqda va bizga mandat natijalarini qanday bilish mumkinligi borasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Demak, test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilingandan so‘ng, mandat natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar shaxsiy kabineti (abitur.dtm.uz sayti) orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.

2️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishlari mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali

Natijalar e’lon qilingandan so‘ng test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
«Xalq — LIVE» kanali men, siz, biz — hammamiz haqimizda va barchamiz uchun yozadi. Insonlarning manfaati uchun yozadi.

O‘zimiz shaxsan kuzatib boradigan, sifatli kontentga ega kanal. @xalqlive Telegram kanaliga obuna boʻling. Afsuslanmaysiz. Qani, olg‘a!

Kanalga obuna boʻlish:
➡️ @xalqlive
​​⚡️RASMAN: MANDAT NATIJALARI EʼLON QILINDI

2020-2021-oʻquv yili uchun
oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilishda oʻtkaziladigan test sinovlarining yakuniy natijalari, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki tavsiya etilmagani, (mandat) eʼlon qilindi.

❗️Barcha bilimli abituriyentlarga chin dildan omad tilaymiz! Alloh barcha bilimli abituriyentlarni, ularning ota-onalarini va ularga taʼlim bergan ustozlarining yuzini yorugʻ qilsin.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim