Masofatalim
21.3K subscribers
2.75K photos
839 videos
110 files
3.31K links
Masofatalim — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.

Reklama uchun: @masofatalimbot
Download Telegram
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasidagi ochiq muloqotlarning barchasi to‘liq holda YouTube tarmog‘iga joylanibdi.

Mavzularning dolzarb va xilma-xilligini e’tirof etish kerak. Zamonaviy kasblar, fan va ta’lim, axborot texnologiyalari, milliy media, yoshlar turizmi, ekologiya, sport, adabiyot va tadbirkorlik — hammasi muhim yo‘nalishlar.

Ushbu oylik doirasida tashkilotchilar eng qiziqarli va kerakli yo‘nalishlarni qamrab olib, yoshlar va mutaxassislar uchun o‘ziga xos maydon yarata olishdi, samimiy ochiq muloqotlar tashkil etildi, deyish mumkin. E’tiborlisi, barcha muloqotlar to‘liq YouTube’da jonli efir qilindi. Endi videolarning yanada sifatli ko‘rinishini e’lon qilishibdi.

Videolarni tomosha qilib, o‘z sohasining tajribali vakillarining maslahat va tavsiyalari, fikrlari hamda yoshlarning savollariga bergan javoblarini ko‘rish mumkin.

@masofatalim
Islom akademiyasi rektori o‘zgardi

Kamilov Muzaffar Murotovich O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlayotgan edi.

Gʻafurov Uyg‘un To‘lqinovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimidan ozod etildi.

@masofatalim
Izohsiz

Tibbiyotning super-muper kontrakti o‘zining ilk “mevasi”ni berishni boshladimi yoki karantin davrida o‘qishga kirganlar bitirdimi :)

@masofatalim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Jadidlar izidan” tanlovi eng qaynoq nuqtasiga keldi!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 364 906 nafar o‘quvchini qamrab olgan loyihasi — “Jadidlar izidan” respublika tanlovining final bosqichi 17-20-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra, har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Jarayonlarni Telegramdagi @jadidlarizidanuz kanali orqali kuzatib borish mumkin.

@masofatalim
Oʻquv markazlar forumi, “Kelajak Expo” va “Diplomsiz ish” mehnat yarmarkalari hamda “TOP 100 oliy oʻquv yurti” koʻrgazmalari — “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasidagi navbatdagi loyihalar e’lon qilindi

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda oʻtkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi qizgʻin davom etmoqda. Oylik doirasida poytaxt yoshlari uchun yanada muhim loyihalar haqida ma’lum qilindi.

10–14-dekabr kunlari “Alpomish” sport saroyida quyidagi yirik loyihalar boʻlib oʻtadi:

⁃ 10-dekabr — o‘quv markazlari forumi;

⁃ 11–12-dekabr — oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Kelajak Expo” mehnat yarmarkasi;

13-dekabr — mutaxassislik talab etilmaydigan “Diplomsiz ish” mehnat yarmarkasi;

⁃ 14-dekabr — “TOP 100 oliy o‘quv yurti” oliy ta’lim muassasalari ko‘rgazmalari.

Mazkur loyihalarda yoshlar, ota-onalar va manfaatdor tashkilotlarning ishtirok etishlari mutlaqo bepul.

@masofatalim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hemisni yaratgan insonni ko‘chada ko‘rib qolganingda...

Talabalar yaxshi tushunadi, ularga yuborib qo‘yamiz 😁

@masofatalim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tez-tez bir achinarli ma’lumotni eshitib qolamiz: afsuski, oxirgi vaqtlarda maktab o‘quvchilari, yosh-yosh yigitlar va qizlar orasida giyohvand moddalar, ayniqsa, sintetik dori vositalariga mukkasidan ketayotgan yoshlar ko‘payib bormoqda.

Ayni shu mavzuda “Undov” podkast loyihasi ijodkorlari Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi mas’ul xodimi — Shuhratjon G’ulomov bilan O‘zbekistondagi mavjud vaziyat hamda muammoni bartaraf etish borasida suhbatlashibdi.

Ota-onalar va yoshlarga ko‘rishni tavsiya etgan bo‘lardik. Tomosha qilish uchun havola: https://youtu.be/3PcdX-y-dpA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
PIN-kod nima uchun 4 ta raqamdan iborat?

Pinkodni ishlab chiqqan odam dastlab uni 6 ta raqamli qilgan ekan. Ammo keyinchalik uning ayoli sabab bu 4 taga o‘zgargan. Nega bunday bo‘lgani haqida esa videoda batafsil ma’lumot berilibdi.

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida yaratilgan informatsion loyiha – Pinkod.uz shu kabi qiziqarli va foydali ma’lumotlarni berib bormoqda. Kuzatib borish tavsiya etiladi.

👉 @pinkoduz
Buxoroda noqonuniy tarzda kriptovalyuta orqali 3 mln AQSh dollari ishlagan o‘smir ushlandi

Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli o‘smir belgilangan tartibda litsenziya olmasdan jami 34 mlrd so‘mga teng bo‘lgan kripto-aktivlarini olish, o‘tkazish va ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.

Buxoro viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kriptovalyutalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

@masofatalim
Kattalarning “O‘zbekiston24” telekanalidan katta yangilik: Rossiya emas, Rassiya yozilarkan, bilib olinglar :)

@masofatalim
Madaniyat vazirligi “Toshkent haqida qo‘shiq” degan tanlov e’lon qilib, g‘olibga Monza avtomobilini va’da qilibdi.

Ozodbek Nazarbekov juda saxiy odamda. Qudasini tanitib olgan “Ovoz” loyihasi g‘olibiga KIA va’da qilgandi.

P.S.: Xalqda “Mashshog‘i ko‘p yurtning qashshog‘i ko‘p bo‘ladi” degan eski gap bor...

@masofatalim