Masofatalim
27.6K subscribers
2.54K photos
758 videos
108 files
3.15K links
Masofatalim — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.

Reklama uchun: @masofatalimbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024

⚡️ Hali ham bir to'xtamga kelaolmagan abituriyentlar diqqatiga! Sizda 10-avgustga qadar Toshkent kimyo-texnologiya institutini tanlash imkoniyati bor.

👉 Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi va ta’lim yo'nalishlari
👉 Sirtqi ta’lim shakli bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
👉 Kechki va masofaviy ta’lim shakli bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
👉 Magistratura mutaxassisligi bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
👉 Ikkinchi mutaxassislik bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari

CALL-CENTER:
📞 Bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli uchun +998 95 324 88 86
📞 Sirtqi ta'lim shakli uchun +998 95 324 80 01
📞 Magistratura mutaxassisliklari uchun +998 95 324 80 84
📞 Xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim shakli uchun +998 95 324 80 82
📞 Xorijiy fuqarolar uchun +998 97 012 44 55
📞 Ishonch telefoni: +998 95 324 80 85

Yo'nalishlar tanlash bo'yicha video-qo'llanma 👉 https://t.me/tktiuz/33243

🤖 Institut universal botidan foydalaning 👉 @tktiuzuniversalbot

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barcha obunachilarning shaxsiy fikrini bilish uchun soʻrovnoma: qaysi oliy ta’lim muassasasini tanlagan boʻlardingiz?
Final Results
55%
Davlat oliy ta’lim muassasasi
6%
Nodavlat oliy ta’lim muassasasi
39%
Xorijiy oliy ta’lim muassasasi / yoki uning filiali
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish boshlandi

1-avgustdan talabalar turar joylari uchun onlayn ariza berish boshlandi. Yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali jo‘natishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

1-kurs talabalari uchun 55 – 65 foiz;
2-kurs talabalari uchun 15 – 20 foiz;
3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 – 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. 2024/2025 o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

@masofatalim
Mana senga ochiqligu, ana senga shaffoflik! “El-yurt umidi” jamgʻarmasining sayti – eyuf.uz ishlamayapti.

Dasturchilardan pulni qismay, texnik qoʻllab-quvvatlashgayam mablagʻ ajratib turish kerakda :)

UPD: soat 17.57 da sayt ishlab ketdi.

@masofatalim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Biz Olimpiada o'yinlarida butun turkiy olam sportchilarini qo'llab-quvvatlаymiz” – Sherzodxon Qudratxo‘ja

@masofatalim
Aytishlaricha, huquq fanidan test topshirgan bir guruh abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga bermoqchi ekan. Ular darslikka kiritilmagan savollardan foydalanilgani, testlarda to‘g‘ri javoblar soni birdan ko‘pligi, imtihondagi testlar namunaviy testlardan farq qilganini aytyapti.

@masofatalim
Oliy ta’lim vazirligi talabalarni turar joy bilan ta’minlagan eng namunali markazlarga 30 mln soʻmgacha ragʻbat va’da qildi

1-avgust kuni oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta’lim muassasalarida talabalarini turar joy bilan ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Vazirlik xabarida aytilishicha, o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, barcha oliy ta’lim muassasalarining asosiy binolari hamda talabalar turar joylariga kirish qismlariga kamida 4 ta joyga Talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazlari (infokiosk) tashkil etiladi.

Unga tajribali volontyorlar biriktiriladi, shuningdek, eng namunali faoliyat yuritgan “Talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazlari”ga 20 mln so‘mdan 30 mln so‘mgacha pul mukofotlari beriladi.

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro Nordik Universiteti va “UzReport” axborot agentligi “UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi”ni tashkil qildi

Ushbu yangi tashkil qilingan Akademiyada “Jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi (bakalavriat) va mutaxassisligi (magistratura) bo‘yicha dual ta’lim shaklda jurnalistika sohasida eng yangi innovatsiyalar, xolis, tezkor va kreativ nuqtai nazar, professional bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar, yetuk mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

2024-2025 o‘quv yilga bakalavriat kunduzgi ta’lim shakliga – 60 nafar, sirtqiga – 60 nafar va magistraturaga – 30 nafar talaba qabul qilinadi. Bakalavriatda kunduzgi o‘qish shakli uchun to‘lov yiliga 32 mln. so‘m, sirtqi ta’lim olish uchun 34 mln. so‘m bo‘lsa, magistraturadagi ta’lim uchun 36 mln. so‘mni tashkil etadi. Barcha qabul qilingan talabalarga 20 foizdan 100 foizgacha ta’lim granti taqdim etiladi. Grantlar Xalqaro Nordik Universiteti, “UzReport” Axborot Agentligi va boshqa ish beruvchi tashkilotlar tomonidan ajratiladi.

Bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish 4 yil, sirtqi 5 yil va magistraturada tahsil olish jarayoni 2 yilni tashkil etadi. Bakalavriat diplomini olish uchun talaba 240 kredit, magistr darajasini olish uchun 120 kredit to‘plashi lozim. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Xalqaro Nordik Universiteti saytidan topish mumkin: https://nordicuniversity.org/index.uz.html
Qizil kiyimdagi Xitoy taipeyilik trans (erkak bo‘lib, o‘zidan ayol yasab olgan hez). O‘ng tomondagi esa shu “erkak”ka qarshi jang qilgan o‘zbek To‘marisi Sitora Turdibekova.

Tengsizlikda o‘tgan kurashda anavi trans g‘olib deb qayd etildi. Ammo adolat ko‘zi bilan qaralsa, bu yerda g‘olib aniq – u Sitora Turdibekova.

Sitora Turdibekova bugungi ishtiroki uchun eng kamida O‘zbekistonda bronza olgan sportchiga ko‘rsatiladigan munosabatga loyiq.

@masofatalim
📌 Uzum marketdan narsa buyurtma qilganda 20 million so'mgacha chegirma qilib beradigan yo'lini o'rgataymi?

Gap shundaki Uzum market "UZUM BOS" botiga start berdi. Ushbu bot orqali siz Notcoin va xamsterga o'xshagan platformada tanga yig'asiz, yig'ilgan tangalaringiz qancha ko'p bo'lsa sizga Uzum market orqali buyurtma berishga 1 million so'mdan 20 million so'mgacha promokodlar beriladi.

Hoziroq sinab ko'ring! Sizdan nima ketdi 👉 https://t.me/UzumBosBot/UzumBos?startapp=b0cc92fa-aa5c-4c04-aaa5-653a037e34fd

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Aytishlaricha, Andijonda o‘tgan “Dunyo sadolari” festivaliga Inna – $130 ming, Yulduz Usmonova – $12 ming, Xamdam – $7 mingga boribdi. Bu pullar kimning cho‘ntagidan chiqqani haqida ma’lumot yo‘q.

@masofatalim
Savolni toʻgʻrilab olamiz!

Fan olimpiadalarida yutgan yoshlarga beril(ma)gan mukofot bilan, sport olimpiadasida yutgan sportchilarga berilgan mukofot taqqoslanyapti.

Bu biroz notoʻgʻri taqqoslash. Sababi sport olimpiadasini butun dunyo tomosha qilyapti, sportchilar esa yurt nomini himoya qilib, bayrogʻini koʻklarga koʻtaryapti. Haloli boʻlsin, ular shunga yarasha mehnat va harakat qilishyapti, e’tiroz qilish yaxshi emas.

Xoʻsh, endi taqqoslash kerak boʻlsa, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning kuyovini singlisi va Sevara Nazarxonning jiyani “porlab” chiqayotgan (qoʻshtirnoqqa e’tibor bering) “Ovoz” loyihasi gʻolibiga beriladigan KIA avtomobili va boshqa mukofotlar hamda unga budjetdan sarflangan mablagʻlar bor.

Savolni ana endi toʻgʻrilab olamiz: nega vazirning qudasini qizi va loyiha hakamining jiyani hech qanday toʻsiqlarsiz oldinga chiqayotgan tanlov gʻolibiga KIA (va boshqa moddiy narsalar) berilib, fan olimpiadalari gʻoliblariga (shunda ham eng maksimumi – oltin medal uchun) 170 mln soʻm berilishi kerak?

Sport – kerak, ilm-fan – kerak. Endi ritorik savol: tanish-bilish, qarindosh-urugʻ ortidan “kashf etilgan” artist-chi, kerakmi?

@masofatalim
Budjetdan mlrd-mlrd pul tikilgan “Ovoz” loyihasining finalini zaldan turib tomosha qilish uchun bir dona chipta narxi 750 ming so‘mdan sotilmoqda ekan.

Aslida, bunaqa loyihalarga vazirlik umuman aralashishi kerak emas. Loyihani qarasangiz, homiylar ichida bankdan tortib, katta-katta kompaniyalargacha bor.

Bu turdagi shoularni tadbirkorlar foyda ko‘rish uchun ham o‘zlari bemalol tashkil eta oladi. Reklamalar, chiptalar sotuvi orqali ancha-muncha foyda ham ko‘rsa bo‘ladi.

@masofatalim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024

⚡️ Tanlovingizda xato qilmang – Geologiya fanlari universiteti bilan kelajagingiz sari qadam tashlang! 🌍 Universitetimiz sizga o'z potentsialingizni ochishga va geologiya sohasida haqiqiy professional bo'lishga yordam beradigan noyob dasturlarni taklif etadi. Bizga qo'shiling va cheksiz imkoniyatlar va ilmiy kashfiyotlar dunyosini zabt eting. Sizning kelajagingiz shu yerda boshlanadi! Sizda 15-avgustga qadar Geologiya fanlari universitetini tanlash imkoniyati bor.📚🔬

👉 Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi va ta’lim yo'nalishlari
👉 Sirtqi ta’lim shakli bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari
👉 Magistratura mutaxassisligi bo'yicha qabul kvotasi va ta'lim yo'nalishlari

CALL-CENTER:
📞 Bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli uchun +998 71 209 11 48
📞 Sirtqi ta'lim shakli uchun +998 71 209 11 49
📞 Magistratura mutaxassisliklari uchun +998 71 209 03 46
📞 Xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim shakli uchun +998 71 209 03 46
📞 Xorijiy fuqarolar uchun +998 71 209 03 46
📞 Ishonch telefoni: +998 71 209 03 46

📹Yo'nalishlar tanlash bo'yicha video-qo'llanma
🌐
Universitet web-saytidan foydalaning

Web sayt | Telegram | YouTube
| Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent tibbiyot akademiyasining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Boymuradov “TashMI”ga kirish uchun qancha vaqt ketishi haqida gapiribdi.

@masofatalim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koreyada o'qishni istaysizmi? Unda siz Bucheon universitetini talabasi bo'lishingiz kerak!

Toshkent shahridagi Puchon (Bucheon) universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda!


Ariza topshirish onlayn: https://bucheon.uz/ru

Yo‘nalishlar:

2+2 dasturidagi yo'nalishlari ya'ni 2 yil O'zbekistonda 2 yil Koreyada o'qiysiz.

• Koreys tili va menejment (2+2)
• Axborot texnologiyalari (2+2)
• Elektron biznes (2+2)
• Multimedia va o'yin kontenti (2+2)
• Pazandachilik san'ati (2+2)
• Go'zallik san'ati (2+2)

3+1 dasturidagi yo'nalishlari ya'ni 3 yil O'zbekistonda 1 yil Koreyada o'qiysiz.
• Maktabgacha ta'lim (3+1)
• Arxitektura(3+1)
• Diyetologiya va nutrisiologiya (3+1)

OTMda talabalar uchun yotoqxona mavjud

📄 Litsenziya (№ 0047, 20.12.2021-y.)

6-avgust kuni soat 18:30 (IT kampus) Toshkent shahridagi Bucheon universitetida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik ko'chasi, 7-uy

OTM ta'sischilari: Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Koreya Respublikasidagi Puchon (Bucheon) universiteti.

Batafsil ma'lumot uchun:
+998 (77) 169 60 60
+998 (77) 169 40 40
+998 (95) 196 36 01

В Университете Пучон в Ташкенте продолжается набор на 2024/2025 учебный год!

Заявку можно подать онлайн: https://bucheon.uz/ru

Факультеты по направлениям (3 года в Узбекистане + 1 года в Корее)

• Диетология и нутрициология (3+1)
• Дошкольное образование (3+1)
• Архитектура (3+1)

Факультеты по направлениям (2 года в Узбекистане + 2 года в Корее)

• Корейский язык и менеджмент (2+2)
• Информационные технологии (2+2)
• Электронный бизнес (2+2)
• Мультимедиа и игровой контент (2+2)
• Кулинарное искусство (2+2)
• Эстетика красоты (2+2)

При университете имеется общежитие для студентов.

📄 Лицензия (№ 0047, 20.12.2021-y.)

6 августа в 18:30 (ИТ кампус) Университете Пучон в Ташкенте пройдут дни открытых дверей
Адрес: г. Ташкент, Мирзо Улугбекский район, ул. Мустакиллик, д. 7

Учредители университета: Министерство высшего образования, науки и инноваций, Министерство дошкольного и школьного образования и Университет Пучон Республики Корея.

Для дополнительной информации:
+998 (77) 169 60 60
+998 (77) 169 40 40
+998 (95) 196 36 01

💼 Veb-sayt |🔹 Instagram | 🔹 Telegram | 🔹 Facebook |🔹 Youtube

Reklama
Davlat OTMlarini ko‘pchilik tanladi, puldan muammo bo‘lmasa, xorijiy OTMlarga ham talab yuqori

Bir necha kun avval obunachilarning shaxsiy fikrini bilish uchun so‘rovnoma e’lon qilingandi.

Mazkur so‘rovnomada bugungacha 1900 kishi ishtirok etdi. Shundan 1050 kishi (55%) davlat, 110 kishi (6%) nodavlat va 740 kishi esa xorijiy oliy ta’lim muassasasini (yoki uning filialini) afzal bilishi ma’lum bo‘ldi.

Bu so‘rovnoma yagona haqiqatni yoki butun jamoatchilikning fikrini anglatmaydi. Ammo bu ham odamlarning tanlovi nisbatini anglash uchun turtki bo‘la oladi.

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abituriyentlar uchun tanlov ustuvorligi nimaligini batafsil tushuntirib, foydali video tayyorlabdi.

Abituriyentlarga ushbu videoni yuborish tavsiya etiladi.

@masofatalim
Uyat. Futbolchilar haqida postlar yozib, kliplar ishlab piar qilguncha “nima kamchilik, yigitlar” deyishga yaramaganlarga uyat.

Rasm manbasi.

@masofatalim
Termiz davlat pedagogika institutining tenderida qonunbuzilish holati aniqlandi – Raqobat qoʻmitasi

Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Termiz davlat pedagogika instituti tomonidan 2024-yil 11-iyulda boshlang‘ich qiymati 2 mlrd so‘mlik o‘tkazilgan tender savdosi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Qo‘mita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan o‘rganishda, Buyurtmachi (Termiz davlat pedagogika instituti) tomonidan institutining yangi qurilayotgan o‘quv binosiga mebellar xarid qilish uchun boshlang‘ich qiymati 2 002 382 125 so‘mlik tanlov savdosi o‘tkazilgan.

Mazkur tender savdosida, buyurtmachi tashkilot (xarid komissiyasi) tomonidan ishtirokchilar (“STEKLOPLASTIK” MCHJ, “GLOBAL TEX PROM SERVIS” MCHJ,“ MUHAMMADALI SAVDO SANOAT SERVIS” MCHJ, “FAROVON-FAYZ” XK, “NEATEST” MCHJ va “OMAD XAMROX MEZON” MCHJ) taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini nisbiy qiymati ishlab chiqilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Ishni ko‘rib chiqish natijasida, "Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan Buyurtmachiga (Termiz davlat pedagogika instituti) nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha Qo‘mita ko‘rsatmasi bilan tender savdosi natijalari bekor qilindi.

@masofatalim