Masofatalim
28.8K subscribers
2.48K photos
748 videos
108 files
3.12K links
Masofatalim — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.

Reklama uchun: @masofatalimbot
Download Telegram
Super-kontrakt narxlari (kunduzgi).pdf
236.7 KB
❗️Super-kontrakt narxlari (kunduzgi ta’lim)

Xabaringiz bor, kecha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Shundan so‘ng "men qancha super-kontrakt to‘lashim kerak" degan savollar yana-da ko‘paydi.

Ko‘pchilikka qiziq bo‘lgani uchun, super-kontrakt miqdorlarini tushunarliroq jadvalda Xushnudbek.uz kanali hisoblab chiqibdi. Bunda har bir yo‘nalish bo‘yicha kimga necha ball yetmay qolganiga qarab, barcha toifalar uchun (super-muper kontrakt ham keltirilgan) narxlarning taxminiy miqdorlarini ko‘rsatilgan.

‼️ Eng avvalo, bir narsani yodda tuting, super-kontraktning eng aniq miqdorini faqat va faqat o‘zingiz hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasi orqali bilishingiz mumkin. Chunki OTMlar mustaqil narx belgilash huquqiga ega, biz bergan jadvalda esa minimal narxlar ko‘rsatilgan, xolos. Shu sababli OTM bilan bog‘lanib, anig‘ini bilib olishni tavsiya qilamiz.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️⚡️Oliy taʼlim muassasalarining talabalariga kamida 2-semestrgacha (fevralgacha) anʼanaviy taʼlimni boshlash rejalashtirilmagan — manba

Bizga talabalar tomonidan anʼanaviy taʼlim qachondan boshlanishi haqida koʻplab savollar keladi. Bu boʻyicha vazirlik biror joyda tayinli maʼlumot bermagan. Shundan soʻng, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidagi manbalarimiz bilan bogʻlandik va ushbu savollarga aniqlik kiritishga harakat qildik.

Maʼlum qilinishicha, kamida 2-semestrgacha oliy taʼlim muassasalari anʼanaviy taʼlimga qaytmaydi. Vazirlik rejasiga koʻra, talabalar joriy semestrni masofaviy (onlayn) shaklda boshlab, shu shaklda yakunlaydilar. Bundan tashqari, 2-semestrdan (fevraldan) ham anʼanaviy taʼlim aniq boshlanadi, deb ham maʼlumot bera olmasliklari aytildi. Negaki 2-semestr ham masofaviy (onlayn) shaklda davom etish ehtimoli mavjud ekan.

Shu oʻrinda qoʻshimcha qilinishicha, bu rejalar “yuqoridan” keladigan topshiriqlardan kelib chiqib mutlaqo oʻzgarib ketishi ham mumkin.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Eslatma: 1-kurs talabalari o'zlari o'qishga qabul qilingan oliy ta'lim muassasasiga bog'lanishlari va oliy ta'lim muassasasi aytgan hujjatlarni 10-oktabrgacha taqdim etishlari kerak.

Bundan tashqari, 1-kurs talabalari to'lov-shartnomani oliy ta'lim muassasasidan olib, toʻlov-kontraktning 50% miqdorini 15-oktabrgacha toʻlashlari aytilgan.

‼️12-oktabrda boshlanadigan tanishuv darslari orqali 1-kurs talabalariga masofaviy (onlayn) taʼlim olish koʻnikmasi shakllantiriladi. Tanishuv darslari yakunlangach, 1-kurs talabalar ham boshqa kurs talabalari singari oʻqishni masofaviy (onlayn) shaklda davom ettiradilar.

ℹ️ 1-kurs talabalarga 12-oktabrdan boshlanadigan an'anaviy ta'lim shaklidagi tanishuv darslari haqida batafsil ma'lumot.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Rasman: 1-kurslar uchun to'lov-kontrakt to‘lashning oxirgi muddati 1-noyabr etib belgilandi

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020-yilning 1-noyabri etib belgilandi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️2020-yilgi kontrakt narxlari

Ushbu suratda davlat oliy ta’lim muassasalaridagi kontrakt narxlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin. Bunda bakalavr va magistratura, shuningdek barcha ta’lim shakllaridagi to‘lov-kontrakt narxlari aks etgan.

Izoh: kunduzgi ta’lim shaklidagi narxlarda 10% chegirma ham hisoblangan.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
​​⚡️Rasman: 13-oktabrdan boshlab, Buxoro davlat tibbiyot institutining barcha kurs talabalari an‘anaviy ta‘lim shaklida o‘qishni boshlaydilar. 1-kurs talabalari uchun esa 12-oktabrdan o‘quv yili boshlanadi.

Bunda darslarning davomiyligi 40 daqiqadan oshmaydi. Har bir guruh uchun alohida xona beriladi va xonalararo ko‘chish qisqartiriladi. Ma‘ruzalar onlayn tarzda saqlanib qoladi. Barcha karantin qoidalariga to‘liq va qat‘iy rioya qilinishi ta‘minlanadi.

❗️Ushbu maʼlumotlarni Buxoro davlat tibbiyot institutining masʼul xodimlari tasdiqladi. Boshqa oliy taʼlim muassasalaridagi anʼanaviy taʼlim shakli bilan bogʻliq yangiliklar oʻrganilmoqda.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Единственный Телеграм-канал, который точно поможет тебе поступить в любой институт

Телеграм-канал @euroabitur_uz за короткое время набрал более 20 тысяч подписчиков-абитуриентов. Админ канала бесплатно дает консультацию по всем вопросам подготовки и поступления!

Вот ссылка подпишитесь сами и поделитесь с друзьями👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFRFelDyoaFITffTPw
❗️Eslatmalar

▫️12-oktabr, dushanba kunidan boshlab, 1-kurs talabalar uchun an'anaviy ko'rinishda tanishuv darslari boshlanmoqda.

ℹ️ An'anaviy ta'lim shaklidagi tanishuv darslari haqida batafsil

▫️12-oktabr, dushanba kunidan boshlab, oshirilgan kontrakt (super kontrakt) asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan oliy ta'lim muassasalari arizalar qabul qilishni boshlaydi.

ℹ️ Oshirilgan kontrakt (super kontrakt) narxlari

▫️1-kurs talabalar to'lov-kontrakt to‘lashining eng oxirgi muddati 1-noyabr etib belgilangan.

ℹ️ 2020-yilgi to'lov-kontrakt narxlari

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Aytishlaricha, yuqori kurs (2-kurs va undan yuqori) talabalar uchun to'lov-kontrakt to'lashining so'nggi muddati 15-noyabr etib belgilanibdi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
​​Talabalar murojaati: oliy taʼlim muassasalarida Prezident farmoni ijrosi taʼminlanmayapti

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5953 sonli farmoniga asosan, 2020/2021-oʻquv yilidan boshlab, talabalar toʻlov-kontrakt pulini toʻrtga bo‘lib to‘lashi mumkin.

Bu haqida biz koʻp marotaba maʼlum qilgan edik. Biroq birorta oliy taʼlim muassasasi toʻlov-kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlashning imkoni mavjudligini tan olmayapti va faqatgina ikkiga boʻlib toʻlash mumkinligini aytmoqda.

Oʻrganishlarimiz natijasida oliy taʼlim muassasalari bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan rasmiy xat olmaganini, vazirlikning bu haqidagi rasmiy xati boʻlmasdan turib, hech qanday yangilik qila olmasligini aytmoqda.

Ayni shu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan ham bogʻlandik. Adliya vazirligidagilarning ham taʼkidlashicha, bu gʻirt byurokratiya va Prezident farmoni ijrosini taʼminlash uchun vazirlikning hech qanday rasmiy xati boʻlishi shart emas, oʻz nomi bilan u Prezident farmoni va ijrosi taʼminlanishi shart!

Endi savol tugʻilmoqda: Prezident farmoni ijrosini taʼminlamagan, farmonga bepisand boʻlgan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda vazirlikning rasmiy xatisiz nafas ham olmay turadigan oliy taʼlim muassasalari talabaning fikrini, uning murojaatini qanday eshitsin? Qanday amalga oshirsin? Bular Prezident farmoni ijrosini taʼminlamayapti-ku, oddiy talabaning talabini qanday bajaradi?

Ochigʻi vazirlikni ham, oliy taʼlim muassasalarini ham gapirib odam charchadi. Toʻlov-kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlash boʻyicha Prezident farmoni talabalarga, ularning ota-onalariga yengillik va qulaylik yaratadi. Nega endi buning ijrosi taʼminlanmasligi kerak?

Soʻnggi soʻz oʻrnida bir gap aytmoqchimiz. Hurmatli Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidagilar hamda oliy taʼlim muassasalari! Siz Prezident farmoniga shunchalik bepisandmisiz?

❗️Toʻlov-kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlashning huquqiy asosi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5953 sonli farmoni: 👉🏻 https://www.lex.uz/docs/4751561

‼️ P.S.: Bu holat boʻyicha bizda yetarlicha dalillar, audioyozuvlar mavjud va gap Prezident farmoni haqida ketayotgan ekan, barcha dalillarni kerakli joylarga, albatta, taqdim etamiz!

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylar 15-oktabrdan boshlab bosqichma-bosqich anʼanaviy taʼlimga qaytadi

Bu haqidagi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining joriy yil 5-oktabr sanasida imzolagan 518-sonli «Oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarda 2020/2021-oʻquv yilini anʼanaviy tarzda boshlash togʻrisida»gi buyrugʻi bizga kelib tushdi.

Buyrugʻda aytilishicha, tasarrufida akademik litsey mavjud oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari joriy yil 15-oktabrdan boshlab akademik litsey oʻquvchilariga oʻqishni belgilangan tartib-qoidalar asosida, bosqichma-bosqich taʼlim jarayonlarini anʼanaviy shaklda boshlash koʻrsatilgan.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
​​⚡️1-kurs talabalari 12-oktabrdan boshlanayotgan anʼanaviy taʼlim shaklidagi tanishuv darslariga “rasmiy kiyim”da kelishlari kerakligi aytildi

Xabaringiz bor, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar — 1-kurs talabalarga 12-oktabrdan oliy taʼlim muassasalarida tanishuv darslari boshlanmoqda. Bu borada qoʻshimcha maʼlumot olish uchun bir qancha oliy taʼlim muassasasi bilan bogʻlandik.

Maʼlum qilinishicha, 1-kurs talabalar anʼanaviy taʼlim shaklida boshlanayotgan tanishuv darslariga “rasmiy kiyim”da (formada) kelishlari kerakligi tavsiya etilgan.

Xususan, Toshkent davlat yuridik universiteti ham Telegramdagi rasmiy kanali orqali 1-kurs talabalari 12-oktabrdan tanishuv darslariga “rasmiy kiyim”da kelishini talab qilgan (rasm quyida).

Bundan tashqari, talabalar masofaviy o‘qish ko‘nikmalari va bilimlariga ega bo‘lish maqsadida internet tarmog‘iga ulangan noutbuk yoki smartfon olib kelishlari kerakligi, tibbiy niqobda bo‘lish, shaxsiy gigiyena va ijtimoiy masofani saqlashga qat’iy rioya etishlari tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️⚡️⚡️Tez orada oliy taʼlim muassasalari anʼanaviy taʼlimga qaytishi mumkin

Bu boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 5-oktabr sanasidagi «Oʻzbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlarini tashkil etish boʻyicha vaqtinchalik tavsiyalarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori imzolangan.

Bundan avvalroq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalari talabalariga anʼanaviy taʼlimni boshlash uchun turli variantlarini ishlab chiqayotganini xabar bergandik.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Ertaga, 12-oktabrdan boshlab, 1-kurs talabalarga anʼanaviy shaklda tanishuv darslari boshlanmoqda. Bu haqida nimalar maʼlum?

Ushbu tanishuv darslarni tashkil etish uchun Oliy va orta maxsus taʼlim vazirining joriy 5-oktabrda imzolagan 517-sonli «Oliy taʼlim muassasalari 1-kurs talabalariga oʻquv jarayoni bilan tanishtiruv hafaligini tashkil etish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi qabul qilingan.

▫️Tanishuv darslari 3 kundan 12 kungacha, bir kunda darslar 2 paradan oshmagan shaklda olib boriladi. Shuningdek, talabalar tanishuv darslariga “rasmiy kiyim”da kelishlari kerakligi aytilgan.

▫️Paralar orasida talabalarga 10 daqiqalik tanaffus beriladi. Talabalarga bir kunda ikki va undan ortiq auditoriyalarga koʻchib yurishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.

▫️Talabalar turar joylariga talabalar joylashtirilmaydi. Oʻqishga tavsiya etilgan oliy taʼlim muassasasidandan uzoq hududlarda yashovchi (yoki oʻz hisobidan vaqtinchalik turar joy bilan taʼminlanish imkoniyatiga ega boʻlmagan) 1-kurs talabalar uchun tanishuv darslari zarurat boʻlganda ularning doimiy yashash hududlaridagi oliy taʼlim muassasalari bazasida tashkil etiladi.

▫️Tanishuv darslari taʼlim shaklidan (kunduzgi, sirtqi va kechki) qatʼiy nazar talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar — 1-kurs talabalar uchun tashkil etiladi.

▫️Tanishuv darslarida 1-kurs talabalari dars jadvali, dars beradigan oʻqituvchi va professorlar bilan tanishtiriladi. Kerakli darsliklar va foydalaniladigan adabiyotlar haqida maʼlumot beriladi.

▫️12-oktabrda boshlanadigan tanishuv darslari orqali 1-kurs talabalariga masofaviy (onlayn) taʼlim olish koʻnikmasi shakllantiriladi. Shuningdek, toʻlov-kontraktni amalga oshirish uchun shartnoma taqdim etiladi va shartlari tushuntiriladi.

▫️Tanishuv darslari orqali talabalar masofaviy o‘qish ko‘nikmalari va bilimlariga ega bo‘lish maqsadida internet tarmog‘iga ulangan noutbuk yoki smartfon olib kelishlari kerak.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
⚡️Oliy taʼlim muassasalari talabalariga anʼanaviy taʼlimning qachondan boshlanishi Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan belgilanadi

Kecha kanalimiz orqali Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 5-oktabr sanasidagi «Oʻzbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlarini tashkil etish boʻyicha vaqtinchalik tavsiyalarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorini eʼlon qilgan edik.

Bugun bu qaror yuzasidan oliy taʼlim muassasalari qachondan anʼanaviy taʼlimga qaytishi haqida maʼlumot olish uchun ushbu ikki vazirlikdagi manbalarimiz bilan bogʻlandik.

Maʼlum boʻlishicha, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamkorlikda oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlarini tashkil etish boʻyicha vaqtinchalik tavsiyalarni ishlab chiqqan boʻlsa-da, oliy taʼlim muassasalarida anʼanaviy taʼlimga qachondan qaytilishi Respublika maxsus komissiyasining xulosasi va qarori asosida hal boʻladi.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
Talabalik muborak! Ertaga, 12-oktabrdan 1-kurs talabalariga anʼanaviy shaklda boshlanayotgan tanishuv darslariga koʻpchilik oliy taʼlim muassasalari mana shunday tayyorgarlik qilibdi.

❗️Maʼlumot uchun: rasman ertaga 1-kurs talabalar uchun ilk oʻqish kuni.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim