Ma'rufjon Blogi
1.44K subscribers
653 photos
51 videos
22 files
602 links
Bog‘lanish uchun: @Maruf_JoN

Ikkinchi kanal: https://t.me/bookinoman1

💰Postlar manfaatli bo'lsa, donat uchun:

8600492984450854

YouTube manzil: https://www.youtube.com/channel/UC9bOod_K-A7TKQv2Su0yjLw
Download Telegram
Har bir kitobsevar insonning hayotida birinchi o‘qigan kitobi alohida o‘rin tutadi. O‘sha ilk sahifalarni varaqlaganimizda kitob dunyosiga kirib kelganimizni, o‘zimizni boshqa olamda his qilganimizni eslaymiz.

Ilk o‘qigan kitobingiz qaysiligi yodingizdami? O‘zi umuman kitob olamiga qanday kirib kelgansiz? Izohlarda shular haqida yozib qoldiring, xotira bo‘lib qolsin.

@marufjonblogi
Har birimizda o‘qish uchun to‘plab qo‘yilgan, ro‘yxat qilingan kitoblar, ko‘rish uchun saqlab qo‘yilgan kinolar to‘plami mavjud. Vaqtim bo‘lganda o‘qiyman, mana shuni o‘qishim lozim, bu zo‘r kino ekan, keyinroq ko‘raman deb anchaginasini yig‘ib qo‘yamiz. Qarabsizki, kitoblar ham, kinolar ham yig‘ilib qoladi. Endi ularni o‘qish, ko‘rish kerak.

Kitoblar ro‘yxati keng bo‘lgandan keyin, hech biri o‘qilmaydi. Unisini olib, o‘qishni boshlaganda, miyani bir chetida ro‘yxatdagi boshqa kitoblar turaveradi. Aslida shu xato. Tanlov qanchalik kattarib ketsa, undan samarali foydalanish shunchalik qisqarib ketadi.

Nima qilish kerak? Avvalo, ro‘yxatni olib, bir boshidan o‘qib kelaverish lozim. Uzun ro‘yxat shart emas, eng muhim 10-15 ta kitob yoki kinoni olsangiz yetarli. Omborga qancha ko‘p g‘amlasangiz, shuncha ko‘p o‘qimaysiz. Shunday ekan, bir boshidan, qoldirmasdan o‘qib kelavering.

Ha, yana bir gap, kitob yoqmasa, o‘qish shart emas. Kinoning ham 20 daqiqasi sizni o‘ziga tortmadimi, keyingisiga o‘tib ketaverish joiz. Chunki umr qisqa — hamma kitobni ham o‘qib tugatolmaymiz, hamma kinoni ham ko‘rib tugata olmaymiz. Bizga muhimlari, bizga foyda bera oladiganlaridan foydalansak, maqsadga muvofiq.

Hozir qiladigan ishingiz, ro‘yxatni qisqartiring. 10-15 ta yetarli. Agar o‘qishga “tishingiz o‘tmasa” Nitshshe, Dostoyevskiy, Kamyularni ham ro‘yxatdan o‘chiravering. Balki, ularni hozir o‘qib, hech narsa tushunmassiz. Ammo tajribangiz ortavergani, yoshingiz o‘tavergani sari ularga suvga ehtiyoj sezgandek ehtiyoj sezasiz. Ungacha esa hozir ularni ro‘yxatdan olishga qo‘rqmang.

@marufjonblogi
Xo'p, men boshlab beraman, so'nggi paytlarda mazza qilib o'qigan va boshqalarga ham tavsiya qila oladigan 3 ta kitobim:

1. Entoni Byorjess. "Murvatli apelsin"
2. Jyul Vern. "Suv ostida 80 ming km"
3. Skip Dayn Yang. "Psixologiya kino"


Sizda-chi? Qaysi kitoblar so'nggi paytlarda mazza qilib o'qigan kitoblaringiz qaysi? Kanalingizda (post linkini shu yerda qoldirasiz), izohda yozib qoldiring. Bir yirik chellenj qilaylik-chi. Shu post ostida anchagina kitoblar yig'ilib qolar )

@marufjonblogi
Aziz onalar, opalar, singillar, barchangizni ushbu go‘zal ayyom bilan tabriklayman! Bugungi kundagi xursandchiligingiz, kayfiyatingiz chog‘ligi yil bo‘yi hamrohingiz bo‘lsin. Siz doimo e’zozdasiz! 🌹 🌷 🌸

@marufjonblogi
Telegramdagi turli xil bemaʼni va foydasiz kanal hamda kontentlar meʼdangizga tekkani aniq. Shu sabab bir qator sara sahifalarni yig'ib, sizlarga taqdim etishni joiz deb bildik.

Zero: Yaxshi kanal – ruh va jon ozig‘i...

P.S. Ko'k yozuv ustiga bosing va barchasiga birdan obuna bo'ling.
Tolstoyning “Anna Karenina” asari quyidagi qatorlar bilan boshlanadi: “Barcha baxtli oilalar bir-biriga o‘xshaydi, baxtsiz oilalar esa o‘z-o‘zicha baxtsiz”. Ushbu satrlar “Anna Karenina prinsipi”ni paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Muvaffaqiyatga erishish uchun juda ko‘p xatolar qilishdan qochishga to‘g‘ri keladi. Chunki muvaffaqiyat sizdan xato qilmaslikni talab qiladi.

Baxtli oilalar farzandlari barchasini to‘g‘ri bajarganidan emas, ota-onalari xatolardan qocha olganidan muvaffaqiyatga erishadi.

Har bir baxtsiz oilaning baxtsizlik uchun o‘z sabablari bo‘lishi mumkin. Biroq ularda umumiy bir jihat mavjud. Negativ bolalik tajribalarini o‘rgangan neyrobiologlar baxtsiz bolalar ya’ni doimiy stressni boshidan kechiruvchi oila farzandlarining miyasi tashqi ta’sirga neadekvat javob qaytaradi.

Bu nima degani? Sizdagi bolalik travmalari keyinchalik organizmdagi o‘zgarishlar, kasalliklar yana turli narsalarga sababchi bo‘lishi mumkin degani.

@marufjonblogi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Chol va dengiz”. Inson matonati, sabr va kurashuvchanlik haqidagi asar #books #yangiruhiyat #inson #kniga #matonat #sabr #cholvadengiz

@marufjonblogi
Gohi shunday paytim keladi,
Sizga bir gap aytgim keladi,
Qursin ko‘ngilning ko‘chasi, demang,
Yoshligimga qaytgim keladi....

Nega biz ko‘p bolalik damlarimizni sog‘inamiz? Ha, tushunarli, chunki u paytlarda biz tanigan dunyo xuddi ertaklardagidek edi. Yoshimiz ulg‘aygan sari biz tanigan narsalar sarobga aylanib boraverarkan. Bolalikni men suv ustida muallaq holda yurib ketayotgan insonga qiyoslayman. Aslida suv ustida muallaq holda yurib bo‘lmaganidek, bolalikdagi tanigan dunyo reallikka to‘g‘ri kelmaydi. Katta bo‘lgach esa, hammasi o‘z o‘rniga qaytadi. Suvda muallaq turgan inson o‘sha suvga tushib ketadi, xuddi hayot insonni o‘z domiga tortib ketgandek. Hammayog‘imiz shalabbo bo‘ladi. Faqatgina suzishni eplaganlargina sohilgacha yetib borishadi. Eplay olmaganlar esa suvning tubiga g‘arq bo‘laveradi. Suzishni bilganlar ham, bilmaganlar ham suvda muallaq turgan paytlarini, ya’ni bolaligini qo‘msayverishadi.

Rostdan ham qorboboga ishongan, shimoliy qutbga shimoliy ekspressda borib, elf va qorbobo bilan tanishish istagi hech birimizda bo‘lmaganmi? Dunyoda adolat tarozisi hech qanaqa ayyorliklarsiz ishlashiga zarracha bo‘lsa ham shubha bo‘lganmi?

Biz real dunyoimiz daxshatli niqobini ochgani sari, hammasi go‘zal bo‘lgan ertaklardagidek hayotni tez-tez yodga olaveramiz. Balki, o‘sha xayoliy ertagimiz bo‘lgani ham baxtimizdir...

@marufjonblogi
#travma

Yodingizda bormi, har bir sinfda doimiy kamsitilishlarga, kulgularga qoladigan bitta bola bo‘lardi. U bola doimiy masxaralar nishoni, “krug”ga qo‘shilolmaydigan bola. U o‘z fikrini bayon etishdan qo‘rqadi, yana kulguga qolmay deya. Afsuski, ana shunday bolalar juda katta travma bilan katta bo‘ladi. Ular nafaqat sinfida, balki boshqa joylarda ham o‘zini noqulay vaziyatdagidek his qilib yashaydi. Ular doimiy qo‘rquv va taxlika ostida yashaydi.

Ichida ko‘p narsalar yig‘ilib qoladi. Vaqt o‘tgach esa...

Ular sekin-asta o‘zini bunday emasligini isbotlashga urinadi. Qo‘lida bor imkoniyatlari bilan odamlarga zug‘um qilishga urinadi, axir bir paytlar o‘zi shundan jabr chekkan. Agressiyasini namoyon etadi, o‘zini kuchli ekanligini ko‘rsatib qo‘yishga urinadi. Ha unday bo‘lmasa-da, xuddi shunday ko‘rinishga urinadi. O‘zini bir paytlardagidek masxaralar nishonidagi bola emasligini ko‘rsatishga tirishadi. Bu esa undan anchagina energiyani sug‘urib oladi. Maslahatim, bunaqa bo‘lib ko‘rinishga harakat qilmaslik kerak.

Ota-onalar ham bolalariga jiddiy e’tibor qaratishi zarur. U bolalikda olgan ozgina travma keyingi hayotda juda salbiy iz qoldirishi mumkin. Psixologiyada “Синдром самозванца” degan termin bor. U bola yoshligida atrofidagilar tomonidan ulug‘langan, doimiy ko‘p narsa kutilgan bolalarda kuzatiladi. Natijada bola katta bo‘lgani sari o‘zidan ko‘ngli to‘lmaydi. Nimaga erishsa ham kamdek, atrofidagilar undan yanada ko‘prog‘ini kutayotgandek yashaydi. Bu bola ham o‘zini o‘zi charchatadi.

Ha, biz uchun oddiy ko‘ringan ba’zi narsalar juda murakkab va mashaqqat talab qiladigan narsalardir.

@marufjonblogi
Ha do'stlar, Ummon fenomen edi. Haligacha pleylistdan o'rnini yo'qotmagan, har eshitganda, hissiyotlar bilan birga endi nostalgiya tuyg'usini ham beradi.

@marufjonblogi
Hozir shu asar mutolaasidaman. Kinosi qancha og'riqlar bergandi. Kitobi ham mustasno bo'lmasa kerak.

@marufjonblogi
Yodingizdami, “Lafz” degan o‘zbek filmi bo‘lardi. Rosa tomosha qilardik. Bolaligimda syujet qiziqtirar, yaxshi inson va uning yomon qo‘shnisi degan jaydari tamg‘ani bosardim. Keyinchalik esa uni yana qaytadan ko‘rdim. Kino men o‘ylaganimdan-da chuqurroq ma’noga ega ekan. Unda insonning bergan lafzi qiymati shu qadar yuqori bo‘lishi haqida gap boradi. Agar kino syujeti esingizda bo‘lsa, unda bir inson molini sotib, uning pulini qo‘shnisiga savdo-sotiq qilishga sherikchilik uchun beradi. Unga foydadan ulush va’da qilinadi. Ammo ishlar “yurishmagach” faqat molning pulini qaytara oladi, xolos. Yosh boshim bilan o‘ylaganman, bo‘ldi, molini pulini qaytardi-ku, yana nimaga da’vo qilyapti deb. Ammo berilgan lafzda turilmagandi. Unga ko‘ra, foydadan ham ulush aytilgan. O‘sha ulush berilmagani kasofati yomon oqibatlarga sabab bo‘ladi.

O‘zim ham hayotda lafz degan narsaga juda qat’iy qarab kelaman. Qo‘limdan kelgan narsaga va’da beraman (kechikib bo‘lsa ham shu ishni qilib beraman). Qo‘limdan kelmaydimi, hech qachon ikkinchi tarafni umidvor qilmayman, oxiriga kelganda turli bahonalar bilan ortga chekinmaslikka urinaman. Chunki buning oqibati yomon bo‘lishini, eng kamida munosabatlarga putur yetishini bilaman. Shunday ekan, kimgadir lafz qilayotganda juda ehtiyot bo‘ling, buning mas’uliyati juda og‘ir degan narsani shunchaki eslatib qo‘ymoqchiman.

@marufjonblogi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Taym-menejment — bu vaqtni nazorat qilish san’atidir. Uni o‘zlashtirgan odam esa, tabiiyki, muvaffaqatiyatga shahdam qadamni tashlagan bo‘ladi.

#book #kniga #kitob #yangiruhiyat #inson #taym #menejment

@marufjonblogi
Dam olish kunlarida kim qaysi kitobni o'qiyapti? Yoki kinolar ko'ryapti?
Ken Kizining “Kakku uyasi uzra parvoz” asarini o‘qiganlar yoki filmini ko‘rganlar bormi?

Odatda, qaysidir kitobni o‘qisam, unga ishlangan film ko‘nglimni hech to‘ldirmaydi. Lekin bunda ikkala asar ham menga yoqqan. Kitob kinoni yanada to‘ldirib bergan bo‘lsa, kinoda kitobdagidan boshqa jihatlarni ham olganman.

Xo‘sh, haqiqatan ham Ken Kizining asari shu qadar yaxshimi? O‘z fikr mulohazalaringizni yozib qoldiring.

Yana shunday kinosi va kitobi bir xil taassurot qoldirgan, ya'ni yoqqan asarlarni ham izohda yozib ketishingiz mumkin.

@marufjoblogi
2018-yilda o‘qigan kitoblarimni Feysbukdagi Kitobxonlar Davrasi guruhiga joylagan ekanman. Hozir yo‘limdan chiqib qoldi. Menimcha, o‘sha mening eng ko‘p kitob o‘qigan yilim bo‘lsa kerak
Knut Hamsun ijodi bilan “Edvarda” asari orqali tanishganman. Kitobni 2018-yilda o‘qigan ekanman. Shundan buyon bu yozuvchining ijodidan asarlarni o‘qimagandim. Huzur nashriyoti esa Hamsunning “Ochlik” kitobini tarjima qilishibdi.

Hamsun ijodidagi avvalgi o‘qigan asarimda norvegcha muhit ufurib turgan edi. Bunisida ham shunaqa bo‘lsa kerak.

@marufjonblogi
Allaqachon chegaradan o‘tish boshlandi

Hozir siyqasi chiqqan, lekin bildirmasdan chegaradan o‘tib borayotgan bir mavzu haqida yozmoqchiman: ijtimoiy tarmoqlarda ayrim blogerlar allaqachon xalq emotsiyasi bilan o‘ynashish, xalq ustidan kulishni boshladi. Krinjdan krinj videomahsulotlarini ketma-ket chiqarib, har qanaqa masxarabozlik bilan trendda bo‘lsa bo‘larkan deb bilganini qilishmoqda. Bu yerda bitta ayb: tanqidni negativ deya qabul qilishni o‘rgangani bo‘ldi. Hozir endi ularga bu qilayotgan ishi yaxshimasligini aytmoqchi bo‘lsangiz, siz negativchiga chiqasiz. Yoki ko‘ra olmayotgan, yoki hasad qilayotgan, yoki shunchaki trendni tushunmayotganga chiqamiz.

O‘zi nima demoqchiman? Ayrim blogerlar atayin kommentariyasini to‘ldirish uchun ham bemaza qo‘shiqni aytyapti va kommentlarda yozgan odamlarni hissiyotlarini ko‘rib, ko‘zlari quvnayapti. Xalq ustidan kulyapti. Ayrimlari esa mashhur insonlarni iqtiboslarini o‘zinikidek qilib, bema'ni tarzda aytib, tirjayib o‘tiribdi. Xalq ularni tanqid qilsa, unga to‘g‘ri maslahatni bersa, ''senlarning gaping bir tiyin'' tarzida yashayapti. Ha, bor kommentariyada ham haddidan oshadiganlar, ha, bor haqorat qiladiganlar, ammo norm tanqid qilganlar ham ular bilan birga bir qozonga tashlanib, negativ tamg‘asi bosilmoqda.

Yo‘q, yo‘q, men aslo senzura qilish, ularni tiyish yoki boshqa narsalar haqida gapirmayapman. Shunchaki videoga chiqyapsanmi, sal uning mas'uliyati ham borligini unutmaslik lozimligini yana bir bor eslatishni maqsad qilganman. Kamera oldida har qanaqangi, ayniqsa, xalqni hissiyotlari ustidan kuladigan kontent qilish aslo me'yorga to‘g‘ri kelmasligini aytmoqchiman, xolos.

O‘zi bu narsani yozishim qanchalik to‘g‘ri edi, bunisini ham bilmadim. Nima bo‘lganda ham men ham o‘sha hissiyot bilan o‘ynashish tuzog‘iga tushgandirman. Balki...

@marufjonblogi