Ma'rufjon Blogi
1.5K subscribers
646 photos
51 videos
22 files
600 links
Bog‘lanish uchun: @Maruf_JoN

Ikkinchi kanal: https://t.me/bookinoman1

💰Postlar manfaatli bo'lsa, donat uchun:

8600492984450854

YouTube manzil: https://www.youtube.com/channel/UC9bOod_K-A7TKQv2Su0yjLw
Download Telegram
YouTube’da yana yangi video. Bu safar kitoblar mavzusida gaplashamiz. Shedevr romanlardan biri — Balzakning “Gorio ota”si bu galgi video mavzusiga aylandi.

Videoni tomosha qilish uchun: https://youtu.be/fV9SzxBmpJE
Kristofer Nolanning “Odissey” filmidan ilk kadr e’lon qilindi. Unda Mett Deymonni ko‘rish mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Deymon Odissey rolini ijro etadi. Mana bu “bum” xabar. Kutamiz.

Premyera 2026-yil iyul oyida.

@marufjonblogi
Ha aytgancha, yana bir bor audiokitoblarning foydasi haqida yozib ketay. Oxirgi 3-4 oyda muntazam audiokitob eshityapman. Ishxonamga borish bir soat, qaytish esa bir soatni tashkil etadi. Aynan shu vaqtda yo‘lda vaqtni bekor o‘tkazmay deb quloqchinni taqib olib, audio eshitaman. Hozirgacha eshitgan kitoblarim 10 ga yaqinlashib qoldi.

Avval ham audiokitob eshitar edim. Biroq, bu darajada muntazam emasdi. Endi bu odat tusiga aylanib qoldi.

Lekin faqat badiiy kitoblarnigina bu tarzda eshitishni tavsiya etaman. Ilmiy kitoblarni emas. Chunki badiiy kitoblarda ovozni eshitib bo‘lsa ham tasavvurni shakllantirib ololasiz, qayeridadir chalg‘ib qolsangiz ham ko‘p narsa yo‘qotmaysiz. Ilmiyda esa bu ishlamaydi. Bitta abzasni o‘tkazib yuborsangiz, allaqachon butun boshli bobni boy berib qo‘yasiz.

Siz-chi? Audiokitob eshitasizmi?

@marufjonblogi
🎞 Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari” franshizasiga qaytadi

DisInsider portalining xabar berishicha, Disney franshizani qayta yaratish fikridan voz kechgan. Shu tariqa biz yangicha kinoni emas, 6-qismni ko‘ramiz. Jonni Depp esa Jek Chittak roliga qaytadi.

Film ssenariysini esa Kreyg Meyzin va dastlabki trilogiyaning ssenaristi Ted Elliot bo‘ladi.

@marufjonblogi
Forwarded from Ma'rufjon Blogi
Sayohat haqida asarlardan iqtiboslar

Har qanday sayohat dunyoqarashni kengaytiradi va miyani tozalaydi.

© “Mushuk, shlyapa va arqon bo‘lagi”, Joan Harris

Insonlar sayohatni yaratmaydi, sayohatlar insonlarni yaratadi.

© Jon Steynbek

Inson senga yoqish-yoqmasligini bilishning eng ishonchli yo‘li — u bilan birga sayohatga chiqishdir.

© “Tom Soyer mamlakatdan tashqarida“, Mark Tven

Sayohatlar insonni kamtarlikka chorlaydi. Har birimiz cho‘ldagi qum zarrasi kabimiz.

© Gyustav Flober

...men ketishni juda yaxshi ko‘raman, chunki bir shahardan ketmay turib, boshqasiga bora olmaysan. Biror joyga borish esa dunyodagi eng yaxshi ko‘rgan ishim.

© “Katta arava”, Maks Fray

Har doim sevgan insonlaring bilan sayohat qil.

© “Sen bilan doim birga bo‘ladigan bayram“, Ernest Heminguey

@marufjonblogi
💭⏱️ Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarning birida tushlar borasidagi gapga ko‘zim tushib qoldi. O‘zim ham oxirgi paytlarda har kuni uzluksiz, o‘tkir syujetli tushlarni ko‘ryapman. Bu asli yaxshi narsa emas, chunki me’yordan oshiq tush ko‘rish bu uyqu tartibining buzilishi, stress, sog‘liq bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tush borasida, albatta, Zigmund Freydning mashhur kitoblari bor. Lekin ularni hamma ham o‘qib, tushunishi qiyin. Lekin ba’zi kitoblar borki, tushlarga oid ma'lumotlarni ichidan sug‘urib olishingiz mumkin. Quyida shunday kitoblarni tavsiya qilib ketaman:

1. Govard Kavkraft, “Noma’lum Kadatni uyquda qidirish”
2. Rojer Jelyazni. “Tush yaratuvchisi”
3. Ursula Le Guin. “Samoviy kesgich”
4. Nil Geyman. “Qum odam”
5. Robert Jordan. “Vaqt g‘ildiragi”
6. Den Simmons. “Giperion”
7. Ismail Kadare. “Tushlar saroyi”


@marufjonblogi
Qo‘limdagi kitobdan ma’lumki, men hozir juda uzoq bir safardaman. Siz-chi? Qayerda safardasiz? )

@marufjonblogi
Yillar, hatto Shrek bilan eshakka ham ta’sir o‘tkazibdi (

o'ngda 2026-yilda chiqadigan multfilm tizeridan rasm

@marufjonblogi
Har bir kitobsevar insonning hayotida birinchi o‘qigan kitobi alohida o‘rin tutadi. O‘sha ilk sahifalarni varaqlaganimizda kitob dunyosiga kirib kelganimizni, o‘zimizni boshqa olamda his qilganimizni eslaymiz.

Ilk o‘qigan kitobingiz qaysiligi yodingizdami? O‘zi umuman kitob olamiga qanday kirib kelgansiz? Izohlarda shular haqida yozib qoldiring, xotira bo‘lib qolsin.

@marufjonblogi