52.6K subscribers
6.82K photos
3.1K videos
9 files
1.44K links
E'tibor markazidagi voqealar haqida tushunarli va sodda tilda o'qib boring!

Reklama — @profsoyuz_influence
Download Telegram
Moskvada 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan harbiy parad uchun tayyorgarlik boshlandi

Bu yilgi paradda og'ir zihrli jangovar texnikalar, jumladan tanklar namoyish etiladi. Qolaversa, "Shahed" va "Orlan" oilasiga mansub dronlar ham Qizil maydondan olib o‘tiladi.

@markaz_uzbekistan
Dilfuza Ismoilovani 80 ming dollarga chuv tushirgan ayolga sud hukmi o‘qildi

Undan faqat Dilfuza Ismoilova emas, boshqa fuqarolar ham jabrlangan.

@markaz_uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda uch kishini hajga jo‘natish uchun 15 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Shuningdek, Toshkentda ham uch kishini 14 550 dollar evaziga haj va umraga olib borishni aytgan shaxs qo‘lga olindi.

@markaz_uzbekistan
O‘zbekiston Rossiyaga Chery avtomobillari uchun ehtiyot qismlari yetkazib beradi.

Zavod Technologies of Real Time bilan dastlabki kelishuvga erishdi, yaqin orada yakuniy kelishuvlarni imzolash ko‘zda tutilgan.

@markaz_uzbekistan
Farg‘ona jamoat transporti uchun 24 ta zamonaviy avtobus olib kelindi.

Ular ikkita yangi yo‘nalishda qatnaydi va kuniga taxminan 10 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Yil oxirigacha avtobuslar sonini 104 taga yetkazish rejalashtirilgan.

@markaz_uzbekistan
Urganchda Al-Xorazmiy universiteti ochiladi, u sun’iy intellekt va aerokosmik muhandislik mutaxassislarini tayyorlaydi.

U sun’iy intellekt, aerokosmik muhandislik, matematika va informatika bo‘yicha ta’lim beradi. Darslar o‘zbek va ingliz tillarida, kredit-modul tizimida olib boriladi.

@markaz_uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda uch kishini hajga jo‘natish uchun 15 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Shuningdek, Toshkentda ham uch kishini 14 550 dollar evaziga haj va umraga olib borishni aytgan shaxs qo‘lga olindi.

@markaz_uzbekistan
🌦 Bugun yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin

Toshkent shahri va viloyatida hamda Farg‘ona vodiysida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat 28-33 daraja bo‘ladi.

To‘goldi va tog‘li hududlarda ham vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi prognoz qilingan.

@markaz_uzbekistan
Markaziy bank so‘rovlarida narxining o‘sishi bo‘yicha go‘sht yetakchilik qilmoqda.

So‘rovga ko‘ra, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari eng ko‘p oshgan mahsulotlar ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi — respondentlarning 64 foizi bu mahsulotlar narxining oshganini ta’kidladi.

@markaz_uzbekistan
Centrum Air aviakompaniyasi birinchi keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyotini qabul qildi.

347 yo‘lovchiga mo‘ljallangan laynerning yoshi 15,5 yildan ortiq. So‘nggi foydalanuvchi Irlandiyaning Aergo Capital lizing kompaniyasi bo‘lgan.

@markaz_uzbekistan
O‘zbekistonda 1-maydan bir qator o‘zgarishlar kuchga kirdi:

• gaz va “svet” tariflari oshdi;
• bojsiz olib kirish yangi me’yorlari amal qiladi;
• ayrim tadbirkorlarga garovsiz kreditlar, grantlar ajratiladi;
• elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshdi;
• banklarga qarzdorlik hisobiga balansga olingan mol-mulklarni sotishga ruxsat berildi;
• mahsulotlar va xizmatlarda “Halol” belgisi paydo bo‘ladi;
• fonogrammadan foydalanishni bosqichma-bosqich cheklash boshlandi.

@markaz_uzbekistan