53.7K subscribers
6.78K photos
3.06K videos
9 files
1.4K links
E'tibor markazidagi voqealar haqida tushunarli va sodda tilda o'qib boring!

Reklama — @profsoyuz_influence
Download Telegram
Toshkentdagi mehmonxonada rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya va uning hamrohi vafot etgani bo‘yicha tergov yakunlandi

Texnik ekspertiza o‘tkazilganda mehmonxonadagi isitish qozonlari eskirgani va xizmat muddati tugagani aniqlandi.

@markaz_uzbekistan
Markaziy bank 1-iyundan banklar uchun kichik biznesni kreditlash bo‘yicha talablarni soddalashtiradi.

@markaz_uzbekistan
O‘zbekiston yangi hosil piyozini eksport qilishni boshladi.

Qayd etilishicha, narxlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan taxminan ikki baravar yuqori hisoblanadi.

@markaz_uzbekistan
Markaz
Markaziy bank 1-iyundan banklar uchun kichik biznesni kreditlash bo‘yicha talablarni soddalashtiradi. @markaz_uzbekistan
Markaziy bank qat’iy pul-kredit sharoitida kreditlash va depozitlar hajmining o‘sishini kutmoqda.

Xususiy investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashi tovar va xizmatlar taklifining ortishini ta’minlaydi.

@markaz_uzbekistan
❗️Istanbuldagi zilzilada kuchli qo‘rquv sabab o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumning jasadini vatanga yuborish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.

@markaz_uzbekistan
Kiyevdagi turar joy binosiga raketa kelib tushishi oqibatida 9 kishi halok bo‘lib, 63 kishi yaralandi

Jabrlanuvchilarning 42 nafari shifoxonaga yotqizilgan, shundan 6 nafari bolalar. Qurbonlar soni ortishi mumkin — xarobalar ostida odamlar qolmoqda.

@markaz_uzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлат тилидан фойдаланишга ҳаракат қилиш керак. Дунёда фақат ўзбеклар айтса керак, ўзбекчам яхши эмас деб.

https://youtu.be/2yBkn7wrCe0?si=RqPt0DTVHrgHR2DO
Shveysariyada musodara qilingan noqonuniy mablag‘lar O‘zbekistonda tibbiyot va ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda.

Jumladan, shu paytgacha qaytarilgan 130 million dollardan ortiq mablag‘ evaziga 230 ta perinatal markazga 5841 dona zamonaviy tibbiy uskuna yetkazib berildi.

Iqtisod qilingan pullar hisobiga yana 1400 dan ortiq jihoz olib kelinadi.

@markaz_uzbekistan
O‘zbekiston amaldorlar daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilishni tezlashtirishi kerak — XVJ

@markaz_uzbekistan
Аёлларни камситувчи, шахсларнинг ҳаёти даҳлсизлигини бузишга чорловчи видео таййорлаган вайнерлар огоҳлантирилди

Ўзи бундай “блогерлар” охирги вақтда кўпайиб Ўзбекистон қонунчилигига зид видеолар олишдан ҳам қўрқмаётганди. Чақириб, қонунларимизни эслатиб, яхши қилишибди.

Ўзбекистонда аёлларни камситиш, уларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини бузувчи чорловлар мавжуд контент яратиш тақиқланган.

Бундай видеолар ҳеч қачон яхши оқибатларга олиб келмайди ва инсонларнинг онгини бузади холос.

Яқинларингизга улашиб қўйинг!
O‘zbekiston AES qurilishini moliyalashtirishga Xitoydan mablag‘ jalb qilishi mumkin.

O‘zatom Rosatom hamda CNNC bilan AESning yadroviy bo‘lmagan oroli uchun texnik jihozlarni yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

@markaz_uzbekistan
23-aprel kuni Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi.

Uning o‘limiga zilzila vaqtidagi kuchli qo‘rquv sabab bo‘lgani aytilmoqda.

@markaz_uzbekistan
Shukurullo Isroilovning mashinasini olib qochgan yigit 2 yilga qamaldi

Sudda qiziqchining o‘g‘li sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

@markaz_uzbekistan