Mantiqiy savol javoblari bilan
945 subscribers
140 photos
2 files
13 links
Mantiqiy va kriminalistik savollar javobi bilan
Download Telegram
10-savol: Windows Vista operatsion tizimi sotuvga chiqayotganida quyidagi sarlavhali maqola paydo bo'ldi: ... ... ... Windows XP''. Nuqtalar o'rnini to'ldiring!
10-savol: Windows Vista operatsion tizimi sotuvga chiqayotganida quyidagi sarlavhali maqola paydo bo'ldi: ... ... ... Windows XP''. Nuqtalar o'rnini to'ldiring!

Javob: Asta la vista (Hasta la vista)!
Izoh: Bu OS Windows XP ning o'rnini egallashi kerak edi. Bu jumlaning ma'nosi xayrlashish demakdir. Bu frazani Terminator filmi orqali eshitganmiz.
Biz ham barchangizga xayr deymiz! Qatnashgan barcha bilimdonlarga rahmat deymiz. Xato va kamchiliklar uchun ming bor uzr! Omon bo'linglar!
KUN SAVOLI LOYIHASI UCHUN 6-KUN SAVOLI!
BU SAVOL M17 VA ABDURAHMON WISEMAN UCHUN MUHIM AHAMIYATGA EGA! FAQAT SHU IKKI BILIMDON 3 TA VARIANT YO'LLASHI MUMKIN!
Zakovat sandiqchasi olib chiqilsin!
Sandiqchadagi narsaning nomidan bir harfni olib tashlasak, poytaxt nomi hosil bo'ladi. Poytaxt nomidan yana bir harfni olib tashlasak, jonivor nomi hosil bo'ladi. Jonivor nomidan bir harfni olib tashlasak, bog'lovchi hosil bo'ladi. Diqqat savol: Sandiqchada nima bor?

Qolgan barcha bilimdonlar o'zlarining javoblarini (1 ta variant mumkin!) @rancho1993 ga yo'llashlari mumkin. Javobni 22-00 da e'lon qilamiz!
Bizdan uzoqlashmang!
6-KUN SAVOLINING JAVOBI: KITOB!
Izoh: Kito - Kit - Ki!
To'g'ri javob yo'llaganlar:
Anvar Nayimov
G'ayrat Zuhurov
G'ayrat 100
Nodirabegim
Laa Tahzan
Na - Vi
Fayziyev
Moriarti
M17
Jasurbek Sherimbetov
Abdurahmon Wiseman

M17 va Abdurahmon Wiseman raqobati ertaga ham davom etadi!
Umumiy ro'yxatda M17 3 ochko bilan yetakchilik qilmoqda!
Ertaga haftaning so'nggi savoli e'lon qilinadi! Bizdan uzoqlashmang!
KUN SAVOLI LOYIHASI UCHUN 7-KUN SAVOLI!
KECHAGI QOIDALAR AMALDA!
Sovet armiyasi Praga shahriga kiritilgan paytda aholi mashhur milliy qahramoni Yan Gusning haykali bilan bir ishni qilishadi. Biz bu holatdagi yunonni bilamiz. Diqqat savol: O'sha yunonni ayting!

Javobni 22-00 da e'lon qilamiz. Javoblarni @rancho1993 ga yo'llashingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang!
7-KUN SAVOLINING JAVOBI: Femida!
Izoh: Bunday kunlarni ko'rmasin deb, Yan Gusning ko'zlarini bog'lab qo'yishgan!
Savolga juda ko'pchilik bilimdonlar to'g'ri javob berishgan! Barchaga ishtirok uchun katta rahmat!
M17 nikli bilimdonimiz HAFTA BILIMDONI unvonini qo'lga kiritdilar. Tabriklaymiz! Uning hisobida 4 ball bor.
Pulli o'yin g'olibi bu safar ham aniqlanmadi. Ikkala bilimdon ham to'g'ri javob bergan!
Yakuniy qaror: Ikkala bilimdon ham keyingi 11 talikka avtomatik ravishda qo'shildi! Qolgan 9 bilimdonni esa endi tanlab olamiz! Dastlabki o'yinda qatnashgan 7 bilimdon endi qatnasha olmaydi!
Bizdan uzoqlashmang!
(P.S. Ba'zi muammolar sabab yuzaga kelgan to'xtalish uchun ming bor uzr!)
Diqqat! HAFTA BILIMDONI LOYIHASI DAVOM ETADI!
1-KUN SAVOLI!
Muqanna o'zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo'lgan. Bunday dahshatli voqealar hozir yuz bermasa kerak. Ammo qishloq joylarda shunga o'xshash holatni kuzatib qolaman. Onalar yoki momolar o'g'il bolalarni boshini bo'sh tandirga tiqishadi va qaytarib olishadi. Diqqat savol: Bolakaylar qaysi aybi uchun bu jazoga mahkum qilinadi?

Javoblarni 22-00 gacha @rancho1993 ga yo'llashingiz mumkin!
1-KUN SAVOLINING JAVOBI: Agar o'g'il bolalar o'sma qo'ysa!
Izoh: Xalq orasida o'sma qo'ygan bola yomon yo'lga kirib ketadi degan irim bor. Shuni daf qilish uchun yuqoridagi ishni amalga oshirishadi!

To'g'ri javob yo'llaganlar:
- Boombaa;
- Nilu))
- I. Bahodirovich;
- Abbos Salaydinov;
- Otabek Orifjonov;
- Jo'rayev Doston;
- Karimjonov M.

Barchaga ishtirok uchun rahmat!
Ertaga ham nasib qilsa, davom etamiz! Bizdan uzoqlashmang!
2-KUN SAVOLI!
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, bu oyda erkak va ayol o'rtasidagi janjallar foizi 2,8 foizgacha tushib, hayotdan mamnunlik darajasi 81 foizga oshib ketadi. Diqqat savol: Qaysi oyda?

Javoblarni soat 21-00 gacha @rancho1993 ga yo'llashingiz mumkin! Bizdan uzoqlashmang!
2-KUN SAVOLINING JAVOBI: ASAL OYI!
Izoh: Boshqa oylarda janjal darajasi bu qadar past bo'lmaydi. Martda ortib ketsa ham kerak))

To'g'ri javob yo'llaganlar:
- Abbos Salaydinov;
- Otabek Orifjonov;
- Karimjonov M.
- Olimjonov));
- Nodirabegim;
- Mirhusan Mirsaidov;
Barcha qatnashuvchilarga katta rahmat!

Ertaga 3-KUN SAVOLI e'lon qilinadi! Bizdan uzoqlashmang!
P.S. 8-MART MARAFONINI UNUTMANG!
MARAFON BOSHLANDI!
1-SAVOL: Hazilga ko'ra, nega ayol kishi AQSh prezidenti bo'la olmaydi?
Stop! Javob: Hech bir ayol o'z yoshi 35 yoshdan katta ekanligini tan olgisi kelmaydi. Qonunga ko'ra, nomzodning yoshi 35 dan oshgan bo'lishi kerak. Tasanno Twix) 👍👍👍
MARAFONNING 2-SAVOLI: Qadimgi Olimpiada o'yinlarida ayollar qatnashmagan. Ammo Olimpiadadagi bir musobaqada g'olib deb ayol kishi topilishi mumkin edi. Diqqat savol: Qaysi musobaqada?
Stop! Javob: Ot-qo'shilgan aravalar poygasi! Uning egasi ayol kishi bo'lsa, g'olib deb u topilishi mumkin edi.
Tasanno Twix) - 2!
Bizdan uzoqlashmang!
SAVOL

Bir kuni Sherlok Holms va Doktor Vatson o'zaro tortishib qolishadi, tortishuvning sababi Xolms janoblari UNI bo'sh shkafga o'xshatadi. Tarifida UNGA nima solsangiz ham to'lib boraveradi, keraklimi yoki keraksizmi farqi yoq... Aytingchi, Xolms kitob javonini nimaga o'xshatgan?

Javoblaringizni @M_6226 ga yo'llang
MARAFONNING 3-SAVOLI: Eng avval yuragiga ishq o'ti tushganlarning gullardan poyandoz hosil qilgani aytilgan. Keyin esa bu jarayon odamlarning ko'zidan pana joylarda davom etgan. Bu jarayonda ishqqa mubtalolar yoqimli bir mahsulotga ega chiqishgan. Undan so'ng ikkinchi jarayonning sir bo'lib qolmagani, boshqalar ham undan xabar topgani aytilgan. Diqqat savol: Siz meni oxirida qilingan xulosani aniq yozib bering!
Javobingizni @rancho1993 ga yo'llang. Eng birinchi yo'llangan to'g'ri javob qabul qilinadi! Bizdan uzoqlashmang!
Javobni to'liq o'qishingiz mumkin:
Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo`ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo`ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo`ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!

Doimo shunday muqaddas bo'lib yuring, iloyim!
Twix) +3, Parizoda +1.
Bizdan uzoqlashmang!
MARAFONNING 4-SAVOLI: Bu 4 harfli so'zning harflaridan uchta harfli so'z hosil qilish mumkin. Yangi hosil qilingan 3 harfli so'z buyuk yaralishga asos bo'lganligini bilamiz. Ammo men savol boshida nazarda tutgan 4 harfli so'z o'sha 3 harfli so'zdan yaralmagan. Diqqat savol: Qaysi ikki so'z nazarda tutilgan?
Javobingizni @rancho1993 ga yo'llang. Eng birinchi yo'llangan to'g'ri javob qabul qilinadi! Bizdan uzoqlashmang!
Javob: Ayol va Loy!
Izoh: Inson loydan yaralgan deyishadi. Ayol esa qovurg'adan yaralgan.
Parizoda +2. Twix)) +4
MARAFONNING 5-SAVOLI: Hazil. Ayollar: Sovqotyapman - desa, erkaklar uni bag'rimga bosishim kerak deb tushunar ekan. Diqqat savol: Ayollar aslida bu gap bilan nimani nazarda tutgan?