ILM OLISH SIRLARI
583 subscribers
329 photos
32 videos
5 files
139 links
Buyuk Ulamolarning Manfaatli ilm olish sirlari va ibratli umr sahifalari bilan tanishib borasiz.📜📜

Bir soat ilm oʻrganish bir kechalik ibodatdan yaxshidir.

Hadisi sharifdan 📓📜

Aloqa uchun: @manfaatlilm_bot
Download Telegram
Muoz ibn Jabal (r.a.) ning mana bu so‘zlari ilmning fazilatiga eng yaxshi dalillardan biri: “Ilm tanholikda hamroh, xilvatda do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq, xursandchilig-u hafagarchilikda ulfat, do‘stlar oldida vazir, begonalar oldida yaqin do‘st, jannat yo‘lining minorasidir”. 


📚
@manfaatlilm📚
Ey Аllohning qullari, bilingki, sizdan oldin umrlari uzun, davlati siznikidan katta, yerlari siznikidan koʼp insonlar yashagan edi. Mol-davlati qoʼldan ketgach, jasadlari xok boʼldi. Gullab-yashnagan yerlari choʼlga aylandi. Аllohdan umid qilmas ekansan va yaxshi amallaring boʼlmas ekan sen ham shu ahvolga tushasan.



©Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu



📚
@manfaatlilm📚
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilm eng savobli meros, odob eng yaxshi do’st, taqvo eng xayrli nasiba, ibodat eng kerakli ehtiyoj, kamtarlik eng yaxshi ko’makchi, qanoat eng katta boylik, o’limni eslab turish eng ma’qul o’git berishdir.



©Imom Hasan al-Basriy



📚
@manfaatlilm📚
Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Dunyo va undagi narsalar la’natlangandir, faqat Allohning zikri, unga oshno bo‘lish, ilm o‘rgatish, ilm o‘rganish yaxshidir”. 


©Imom Termiziy rivoyati.


📚
@manfaatlilm📚
Ilm, hilm, taqvo va ofiyat soʻrash duosi.


Allohumma agʻniniy bil ’ilmi va zayyinniy bil hilmi va akrimniy bittaqvo va jammilniy bil ’ofiya.

Ma’nosi:

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam muborak duolaridan birida bunday dedilar: «Yo Alloh, meni ilm bilan badavlat qil, hilm bilan ziynatlantirgin. Taqvo bilan aziz qil. Ofiyat bilan meni goʻzal qil».



📚@manfaatlilm📚
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilm yo‘qolishi qiyomat yaqinlashganidan belgidir. Payg‘ambarimiz rosululloh sallallohu alayhi vasallam deydilar: “Ilmning ko‘tarilib ketishi, johillik tarqalishi, mast qiluvchi ichimliklar ichilishi, zino avj olishi qiyomat alomatlaridandir”. Ilm ko‘tarilishi qalblardan o‘chib ketish bilan bo‘lmaydi, balki ulamolar o‘lishi bilan bo‘ladi. 


(Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati)


📚
@manfaatlilm📚
Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytdilar Ey Ali! Ummatimdan yetti (toifa) kishi jannatdadir:

1. Tavba qilgan yosh yigit.

2. Yashirin sadaqa bergan kishi.

3. Choshgoh namozini oʻqigan kishi.

4. Molining zoye boʻlishi imom bilan (jamoat bilan) bir namozni oʻqiyolmay qolishdan ahamiyatsiz boʻlgan kishi.

5. Alloh taolodan qoʻrqib, koʻzlari yoshlangan kishi.

6. Ulamo majlisiga borishda muso
baqa qilgan kishi.

7. Shuhratli va chiroyli ayolning taklifini "Men Allohdan qoʻrqaman", deya rad etgan kishi.



📚
@manfaatlilm📚
Bir kuni kasal boʻlib qoldim... Hamma uxladiyu, ammo onam koʻz yummadi.



📚
@manfaatlilm📚
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fuzayl ibn Iyoz raxmatullohi alayx, yosh-u qari doʻstlari bilan birga oʻtirganda, ularga nasihat qilib, shunday degan ekan:«Ey yoshlar, qanchadan-qancha ekinlarga hali pishmasdan ofat yetgan, ey qariyalar, ekinlar pishganidan keyin esa yigʻib olinadi. Sizlar nimani kutmoqdasizlar? Qaysi uzrni bahona qilasizlar? Agar amallaringizdan habardor Robbingiz:
Axir, biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik Sizlarga ogohlantiruvchi (paygʻambar) ham kelgan edi-ku!(fotir surasi 37-oyat)

deb sizlarni soʻroqqa tutsa, yoshu qarilaringiz nima deb javob berasiz?



📖Abdul Fattox Abu Gʻudda raxmatulloxi alayxning «Ulamolar nazdida vaqtning qadri» nomli asaridan.



📚
@manfaatlilm📚
Sa’id (baxtli va jannat ahli) kishining uch alomati bor:

Halol yeydi.

Olimlar bilan hamsuhbat boʻladi.

Besh vaqt namozini jamoat bilan (imom bilan birga) oʻqiydi.


📚
@manfaatlilm📚
«Alloohumma innii as‘aluka hubbaka va hubba man yuhibbuka
val-’amalallazii yuballigʻunii hubbak.
Allohumma-j’al hubbaka ahabba ilayya min nafsii va ahlii va minal-maa‘il-baarid».



Ma’nosi: «Allohim! Men Sendan Oʻzigning muhabbatingni va Seni sevgan kishilarning muhabbatini hamda Sening muhabbatingga yetkazadigan amallarni soʻrayman.Allohim! Muhabbatingni nafsimdan, ahlimdan va sovuq suvdan ham menga mahbubroq qilgin».


(Imom Termiziy rivoyati)



📚
@manfaatlilm📚
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Poklik – kambagʻallikning

shukr qilishlik – ne’matning

sabr qilish – baloning

halimlik – ilmning

tavoz’yelik – tolibning

koʻp yigʻlash – Alohdan
qoʻrqishning

minnat qilmaslik – ehsonning

xushu’ – namozning ziynatidir.



©Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu


📚
@manfaatlilm📚