📈 Mandat 2025 | Bilimni baholash agentligi
6.02K subscribers
220 photos
91 videos
43 files
523 links
📃 Test natijalari: @MandatIarbot

— Abituriyentlarga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz uchun yuqori tezlikda hamda barcha tushunadigan tilda yetkazib boramiz!

👨‍💻 Reklama: @Asadxon

❗️Kanal norasmiy
Download Telegram
Beshta yoʻnalishdan istalgan birini tanlasa boʻladimi?

JAVOB: Yoʻq, tanlab boʻlmaydi.

Koʻpchilik beshta yoʻnalishga ham balim yetgan boʻlsa, istalgan birini tanlab oʻqiyman, deb oʻylayapti. Bu xato fikr.

Abituriyentlar hujjat topshirayotganda ustuvorlikni belgilagan holda beshta yoʻnalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va toʻlov-kontrakti boʻyicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab boʻlishgan.

Endi yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar oʻqishga kirgan yoʻnalishlarini oʻzgartira olishmaydi. Ustuvorlik boʻyicha qaysi yoʻnalishga kirganini kompyuterning oʻzi belgilab beradi. Mandat.dtm.uz saytida qaysi yoʻnalishning usti yashil, sariq yoki qizil rangga boʻyalib turgan boʻlsa, oʻsha yoʻnalishga kirgan boʻladi. Pastda ham kirgan yoʻnalishi nomi yozilgan boʻladi. Buni oʻzgartirib boʻlmaydi.

❗️Shuningdek, ayrimlar allaqachon “perevod” haqida oʻylashni boshladi. Men falon joyga kiribman, shuni 1 yildan keyin piston joyga koʻchira olamanmi, degan savollar ham koʻpaydi. Yoʻq, boʻlmaydi. Perevodni oʻylab oʻtirmang. Agar hozir oʻqishga kirgan joyingiz yoqmasa yoki uzoqlik qilsa, 4 yil qiynalgandan koʻra, oʻqimay qoʻya qoling. Bunaqa joyni boshidanoq tanlamaslik kerak edi. Beshta yoʻnalish tanlash bu sizga berilgan huquq, lekin majburiyat emas.
©Xushnudbek

🧑‍🎓Bizni kuzatib boring:👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar diqqatiga!

🔰 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

📌 Unga ko‘ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.

👩‍🏫 Mazkur qabul parametrlari test sinovi natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun qo‘llanadi.

Bunda tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
Xotin_qizlar_uchun_ajratilgan_kvota_va_yo‘nalishlar_ro‘yxati_2022.pdf
473.2 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti

🔰
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

📌 Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

Mazkur qabul ko‘rsatkichlari hududlar va sohalar kesimida taqsimlangan bo‘lib, turli hududlarda yashovchi yoki bir hududda yashasada turli sohalarga topshirgan xotin-qizlar uchun mazkur imtiyoz doirasidagi o‘tish ballari farq qiladi.

Xotin qizlar uchun ajratilgan 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti hamda sohalar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
​​​​Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2022-yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar institutga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).


📌 Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
Ana holos: 9-sinf bola grant asosida OTMga kiribdi!

Endi nima bo‘ladi?
Suxrobjon talaba bo‘ldimi shunda?

Yoki talabalikka qabul qilinmasa, kontraktni 1-o‘rnida turgan abituriyent Suxrobjon chiqib ketgani uchun grantga kiradimi?

Super kontrakt narxlari-2022 👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
​​#Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

🖥 Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

🧑‍🎓Bizni kuzatib boring:👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
O‘qishga kirolmaslik bu "Hammasi tugadi" degani emas!

Iltimos, shu audioni ovozini baland qilib yolg‘iz eshiting!
InshaAlloh, sizga yordam berishiga ishonamiz!

Kimga yuborishni o‘zingiz bilasiz!

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
Endi kontrakt shartnomasini onlayn olib onlayn toʻlash mumkin

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Manba: Edu.uz

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi kunda trentdagi gaplar:

— Bir ball yetmay qoldi ogʻayni😂
— Oʻyin boʻldi, tanish bilish😒
— Xato belgilab qoʻyibman😬
— Oʻqishga kirdim kontrakt, lekin oʻqimayman🤣

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
Super kontrakt miqdori.pdf
973.9 KB
⚡️Super kontraktning minimal miqdorlari belgilandi

Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Super-kontrakt minimal miqdorini hisoblashda stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llanadi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga super-kontrakt minimal miqdoriga 10 foizli chegirma beriladi.

*Post 2021-yil yozilgan.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
#Qabul2022 #Mandat
⚡️⚡️⚡️Xushxabar. Abituriyentlar diqqatiga!

23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi!

Eng yuqori ball - 179,3
O‘tish bali - 137,7

❗️25% imtiyozga ega bo‘lgan va o‘tish ballidan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha kvota ajratildi!

Abituriyentlar ertaga 30 avgust kuni Ko‘kaldosh ta’lim muassasasiga kelib tanishishlari mumkin.

©Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi matbuot xizmati!

➡️Yaqinlaringizga ham ulashing!

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
#Qabul2022 #Mandat
⚡️Xadichai Kubro ta'lim muassa-
sasining mandat natijalari e'lon qilindi

➡️Yaqinlaringizga ham ulashing!

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?

JAVOB: buni bilish uchun erinmasdan ushbu postni oxirigacha o‘qishingiz kerak.

Juda ko‘pchilik super-kontrakt narxi qancha bo‘lishi haqida savol bermoqda.

Super-kontrakt narxi qancha bo‘lishini istalgan inson o‘zi mustaqil hisoblab olishi mumkin, buning uchun yetarli barcha ma’lumotlar e’lon qilingan. Faqat ozgina hafsala kerak xolos.

❗️Eng avvalo bir narsani yodda tuting, super-kontraktning eng aniq miqdorini faqat va faqat o‘zingiz hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasi orqali bilishingiz mumkin.

Endi minimum miqdorlar haqida.

❗️1-eslatma: super-kontrakt degan tizim kunduzgi, sirtqi, kechki ta’limda ham bor;

‼️2-eslatma: imtiyoz olgan, lekin kira olmagan abituriyentlar uchun umumiy kirish baliga qarab super-kontrakt narxi belgilanadi, imtiyozlilarning o‘tish baliga qarab emas.

Super-kontrakt narxi kunduzgi ta’lim shaklida stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdoridan hisoblanadi (sirtqi va kechkida shundoq ham stipendiya yo‘q). Demak, quyida ilova qilingan jadvalda ko‘rsatilgan kontrakt summasini super-kontrakt barobariga ko‘paytirishingiz kerak.

Shuningdek, 3 ta toifadan qaysi biriga taalluqli ekanligingizni ham aniqlab olishingiz kerak.

1️⃣ 1-toifa: kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmay qolgan abituriyentlar

Bunda quyidagi shkala amal qiladi:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

1,1 balldan 2 ballgacha — 2,0 barobari;

2,1 balldan 3 ballgacha — 2,5 barobari;

3,1 balldan 4 ballgacha — 3,0 barobari.


Masalan, matematika yo‘nalishida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda o‘sha abituriyent 2 barobar to‘laydi. Jadvalga qarasak, matematika yo‘nalishida kontrakt narxi 6.412.610 so‘m. Demak, matematika yo‘nalishiga 1,5 ball yetmay qolgan abituriyent 12 mln 825 ming so‘m super-kontrakt to‘laydi (2 x 6.412.610).

2️⃣ 2-toifa: kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmay qolgan va o‘zi 56,7 dan ko‘p ball to‘plaganlar

Bunday abituriyentlar super-kontrakt uchun yo‘nalishiga qarab pastdagi jadvalda ko‘rsatilgan oddiy kontraktning minimum 8, 10, 12, 15, 17 yoki 25 barobarini to‘laydi.

Qaysi yo‘nalishga necha barobar to‘lanishi mana bu faylda keltirilgan:
👉https://t.me/mandat/446

Masalan, iqtisod yo‘nalishiga kirish bali 150 ball bo‘ldi deylik. Abituriyent 70 ball to‘pladi. Demak, unga 4 balldan ortiq yetmay qolgan, o‘zi ham 56,7 balldan ko‘proq to‘plagan. Iqtisod yo‘nalishiga minimum super-kontrakt 10 barobar etib belgilangan. Stipendiyasiz oddiy kontrakt narxi esa 9.129.930 so‘m.

👆Xulosa: iqtisod yo‘nalishi uchun super-kontrakt miqdori minimum 91 mln 299 ming so‘m (10 x 9.129.930).

BU MUHIM: o‘tish baliga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan va 56,7 balldan ko‘p to‘plaganlarning hammasiga bir xil narx bo‘ladi. Ya’ni 5 ball yetmagan ham, 50 ball yetmagan ham bir xil to‘laydi. O‘shanchun menga 10 ball yetmadi, menga 30 ball yetmadi, qancha bo‘ladi, deb so‘rashdan foyda yo‘q.

3️⃣ 3-toifa: 56,7 balldan kam to‘plaganlar

Bunday abituriyentlar super-muper kontraktda o‘qishi mumkin, faqat kamida 2-toifadagilar to‘laydigan summaning 2 barobarini to‘lashadi. Masalan, abituriyent iqtisod yo‘nalishiga topshirib, 40 ball to‘plagan, ya’ni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 182 mln 598 ming so‘m to‘lashi kerak (2 x 91.299.300).

‼️Ayrimlar so‘ramoqda. Masalan, abituriyent 54 ball oldi. Kirish bali esa 57 ball bo‘ldi. Shunda 3 ball yetmagan bo‘lsa, super kontrakni kamroq to‘laydimi? Yo‘q va aslo yo‘q! 56,7 balldan kam to‘plandimi, tamom, bunaqada ikki karra ko‘proq super-kontrakt to‘lanadi. Kirish baliga qancha yetmagani ahamiyatsiz.

Xullas, Siz to‘plagan balingiz asosida kamida taxminan qancha super-kontrakt to‘lashingizni bemalol o‘zingiz hisoblab ko‘rishingiz mumkin.

ℹ️ So‘zim so‘nggida yana qaytaraman, aniq summani faqat OTM orqali bila olasiz.
© Xushnudbek

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
​​Kontrakt pulini 50 foizgacha to‘lab berishi mumkinligini bilasizmi ?

Kontrakt pulini to‘lash imtiyozlari bo‘yicha ham savollar bo‘lmoqda. Bu masalada qisqacha tushuntirsam, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

BHM – 270 ming so‘m (2021-yil 1-sentyabrdan). 50xBHM=13 500 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

Agar siz oilangiz “Temir daftar”ga yoki o‘zingiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, bu imtiyozdan foydalanasiz.

"Temir daftar"ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra quyidagi oilalar kiritiladi:

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;
kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;
boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a’zolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan oilalar);
noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.

Bahodir Axmedov

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️ O'zbekiston Respublikasi-
dagi Oliy O'quv Yurtlariga kirolma-
gan abituriyentlar diqqatiga!


👨‍🎓 "Desire Education"ga tashrif buyuring va qonuniy talaba bo'ling!

📌 Ko'p gapirishdan foyda yo'q. Asosiysi to'g'ri tanlov qilganingizni asoslab berish biz uchun Juda muhim! Shunchaki qonun yaxshi bilgan inson yurist bilan keling va natijalarimiz bilan tanishing.

Biz nafaqat talaba qilamiz, balki o'qishni tugatib diplom olgunizcha yordam beramiz

☎️ Murojaat uchun tel:
+998712006566
+998990256336
+998990253663
📹Instagram

Instagram sahifamizga obuna bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​⚡️Samarqand shahridagi maktablarda o'quv jarayoni 19-sentyabr sanasidan boshlanadi

Xabaringiz bor, joriy yil sentabr oyida mamlakatimizda Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining oliy darajadagi navbatdagi Sammiti, shuningdek qator хorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari boʻlib oʻtadi.

Mazkur jarayonlar va tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarga yaqin joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek, aholiga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Samarqand shahridagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari joriy yilning 19-sentabr sanasidan boshlanishini maʼlum qilamiz.

Samarqand shahridagi maktab oʻquvchilarining qoldirilgan dars soatlari oʻquv yili davomida taʼtillar hisobidan toʻldiriladi.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
#maklerlar_trentda
⚡️Bo'lajak talabalarni kutayotgan sinovlar yoki talabalik hayoti sari

1⃣Talaba bo‘lish uchun test yechish va mandat kutish bu birinchi sinov.😅

2⃣Ikkinchi eng katta sinov - talabalik tuyg'usini hali his qilib ulgirmasingdan ijaraga uy topish va kontrakt muammosi).😰😁

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
​​#Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
⚡️ 2022-2023-o‘quv yili uchun 190 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan

🔸 39 962 nafari — davlat granti;
🔸 150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

👨🏻‍💻 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.

🧮 Tanlov natijalariga ko‘ra:

👉 davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;
👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

➡️Yaqinlaringizga ham ulashing!

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
#Qabul2022 #MatbuotAnjumani #Live
⚡️ 13 mingdan ziyod abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

👨🏻‍🎓 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

🔸 176 mingdan ziyodi — umumiy qabul parametrlari doirasida;
🔸 13 mingdan ziyodi — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslar3,2 ming nafar;
🔹 “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 272 nafar;
🔹 muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,7 ming nafar;
🔹 harbiy xizmatchilarning farzandlari1,9 ming nafar;
🔹 Ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari — 739 nafar;
🔹 ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar1,9 ming nafar;
🔹 kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar379 nafar.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy
https://t.me/+U1yGwNxeCD9mYjUy