Mandat - Ta'lim yangiliklari
20.9K subscribers
53 photos
23 videos
7 files
126 links
— Abituriyentlarga oid eng so‘nggi yangiliklarni siz uchun yuqori tezlikda hamda barchaga tushunarli tilda yetkazib boramiz!

👨‍💻 Reklama uchun: @MandatAds

🌐 Manba: gov.uz/oz/uzbmb
❗️Kanal norasmiy
Download Telegram
Oltinchi yo’nalish tanlayotganda quyidagilarni unutmang:

1️⃣ barcha fanlar majmuasi uchun vakant kvota mavjud emas. Masalan, tarix + chet tili yo’nalishida vakant joy yo’qligini ko’rsatmoqda.

My.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali bo’sh joy bor yoki yo’qligini bilib olishingiz mumkin;

2️⃣ siz tanlagan fanlar majmuasi uchun vakant kvota bor bo’lsa ham, lekin siz istagan hududga va oliygohga bo’lmasligi mumkin. Menga Toshkent kerak edi, menga falon oliygoh kerak edi, deganingiz bilan foyda yo’q. Ro’yxatda qayer chiqsa, o’shanga bor, chiqmaganiga yo’q.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
8👎3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov

📣 Abituriyentlar diqqatiga!

🎥 Oliy ta’lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari, ta'lim shakllari va ta'lim tillari kesimidagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo'llanma tayyorlandi.

📹 Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

Videoqo'llanmani Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
😭53🤷‍♂1
Vakant-2026.pdf
823.8 KB
#Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov

DIQQAT, E'LON!

Qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari


2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi.

Roʻyxatda
KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan.

OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin.

🎓
@Mandat — Ta'lim yangiliklari
11❤‍🔥1👍1🔥1
ENG KO‘P VAKANT O‘RIN QAYSI OLIYGOHDA QOLGAN?

2026/2027 o‘quv yili uchun e’lon qilingan vakant o‘rinlar ro‘yxatini OTMlar kesimida tahlil qildik.

📊 Eng ko‘p bo‘sh o‘rin qolgan TOP-10 OTM:

🥇 Farg‘ona davlat texnika universiteti — 1 808 ta

🥈 Buxoro davlat texnika universiteti — 1 527 ta

🥉 Qarshi davlat texnika universiteti — 1 497 ta

4️⃣ Olmaliq davlat texnika instituti — 1 357 ta

5️⃣ Nukus davlat texnika universiteti — 1 269 ta

6️⃣ Toshkent kimyo-texnologiya instituti — 1 225 ta

7️⃣ Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti — 1 161 ta

8️⃣ Jizzax politexnika instituti — 1 121 ta

9️⃣ Qoraqalpoq davlat universiteti — 968 ta

🔟 Namangan davlat texnika universiteti — 912 ta

❗️ E’tibor bering: TOP-10 ro‘yxatning deyarli barchasini texnika, muhandislik va texnologik yo‘nalishlarga ixtisoslashgan OTMlar egallagan.

Bu avvalgi tahlilimizdagi natija bilan ham mos keladi: barcha 31 833 ta vakant o‘rinning 51 foizi matematika + fizika fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelgan.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
15🥰2🔥1
⚡️Vakant (bo‘sh) o‘rinlar bo‘yicha eng ko‘p so‘ralgan savollarga javoblar

Kimlar hujjat topshira oladi?
 
Kirish imtihonlarida ishtirok etgan va minimal 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin oʻqishga kira olmagan abitiruyentlar va qabulning tanlov bosqichida OTM va yoʻnalish tanlamagan abituriyentlar bo’sh o’rinlar uchun hujjat topshirishi mumkin.


Nechtagacha yoʻnalish tanlash mumkin?

Fanlar majmuangizga mos keladigan yoʻnalishlarda boʻsh oʻrin boʻlsa, 5 tagacha yoʻnalish, oliy ta’lim muassasasi va istalgan ta’lim shakli – kunduzgi, kechki va masofaviydan birini tanlashi mumkin.


Boʻsh oʻrin uchun qayerdan ariza qoldiraman?

Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali “vakant oʻrinlar uchun ariza berish” boʻlimida ariza topshiriladi.
 
Balim yetsa, grantga kiramanmi yoki kontrakt?

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.
 
Qabul qachongacha davom etadi?

Vakant oʻrinlar uchun arizalar 22-avgustdan 28-avgustgacha davom etadi. Mandat qabul yakunlangach bir hafta ichida e’lon qilinadi.


Nega men tanlagan yoʻnalishda boʻsh oʻrin chiqmayapti?

Chunki ayrim yoʻnalishlarda kvota toʻlib boʻlgan va bunday holatda qoʻshimcha oʻringa qabul boʻlmaydi. Faqatgina toʻlmay qolgan oʻrinlar uchun hujjat topshirish mumkin.


🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
11👎2🕊1
Bu yil abituriyentlar eng ko‘p qaysi universitet va yo‘nalishlarni tanladi?

📌Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, abituriyentlar tanlovida uchta oliy taʼlim tashkiloti yetakchilik qilgan:
 
✔️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU);
✔️ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU);
✔️ Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU).

 
Abituriyentlar eng koʻp qiziqish bildirgan yo‘nalishlar orasida:
 
✔️ Davolash ishi;
✔️ Iqtisodiyot;
✔️Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili bor.

 
📑Shuningdek, joriy yilgi oʻrtacha oʻtish ballari davlat granti asosida 134,6 ball, toʻlov-kontrakt boʻyicha esa 93,7 ballni tashkil etgan.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
15👎9🤯7👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️Magistratura natijalari qachon e’lon qilinadi?

Javob: Magistraturaga hujjat topshirgan talabgorlarning natijalari shu hafta oxirigacha e’lon qilinishi kutilmoqda.

📌 Batafsil ma’lumotni yuqoridagi video orqali bilib olishingiz mumkin.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
7👍2
6-yo'nalish bo'yicha qabul 28-avgust yakunlanadi.

Yakuniy mandat esa bir hafta ichida 5-sentyabrgacha e'lon qilinadi.

6-yo'nalishda faqat to'lov kontrakt asosida o'qishga qabul qilinadi.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
6👍6
⚡️ 1-bosqich talabalarini OTMga kelganda qanday tadbirlar kutyapti?

Talabalarni tantanali kutib olish;
"Kredit ta'limi tizimiga kirish" haftaligi;
"Talabalikka bag'ishlov" tadbirlari.

"Mustaqillik darslari":
Sentyabr oyida ta'lim tashkilotlarida "Yagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!" shiori ostida "Mustaqillik darslari" o'tkaziladi.
Ular doirasida jadidchilik namoyandalari va qatag'on qurbonlariga bag'ishlangan mashg'ulotlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uch avlod uchrashuvlari, viktorina, ko'rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari bo'lib o'tadi.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
23🤔5❤‍🔥1🔥1
⚡️Kontraktni 4 qismga bo'lib to'lash mumkin: shartlari va muddatlari haqida batafsil

✔️Har yili toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan talabalarga kontrakt toʻlovlarini bir yil davomida 4 qismga boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.

Bunda muddatlar quyidagicha:

25% ni — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;
50% ni — 2025-yil 1-yanvargacha;

75% ni — 2025-yil 1-martgacha;

100% ni — 2025-yil 1-maygacha.


❗️Eslatma: to’lov muddatlari uzaytirilishi ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan holatlarda OTM rektorlari belgilaydi. 2025-2026-o'quv yilida birinchi kurslar uchun dastlabki 25 foizni to'lash muddati 30-oktyabrgacha uzaytirilgan edi.

🔰 Bundan tashqari, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari va nodavlat oliygohlar kontrakt narxlari va toʻlash muddatlarini mustaqil tarzda belgilaydi.

Joriy yilda birinchi kursga qabul qilingan talabalar va yuqori kurs talabalari kontrakt to'lovi uchun kontrakt.edu.uz sayti orqali ariza yuboradi.

❗️Boʻlib toʻlash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda oʻqimoqchi boʻlgan abituriyentlardan dastlab 50% toʻlovni amalga oshirish talab etiladi. Shundan keyin kontraktning qolgani miqdorini umumiy tartib asosida boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
24🔥1
❗️Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ko‘ra, mazkur tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi yuklamani kamaytirish hamda taʼlim jarayonini yanada maqbul tashkil etishga qaratilgan.

Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonida poytaxtdagi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, pedagoglar hamda talabalardan mazkur tartibni inobatga olish soʻraldi.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
5👍2👎2
❗️6-yo’nalish uchun tanlov natijalari 3-sentyabrga qadar e’lon qilinadi
#abituriyent

Vakant o’rinlarga qo’shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish kecha yakunlandi.

Endi roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga ko’ra, to’lov-kontrakt asosida vakant o’rinlarga talabalikka tavsiya etiladi.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
1😭1
Ta’limdan insaydlar:

magistratura javoblari bayramgacha e’lon qilinishi kutilmoqda. Hozir qayta tahrirlangan arizalarni tekshirish jarayoni ketmoqda;

joriy yilda tibbiyot yo’nalishlarida ham super-kontrakt bo’ladi. O’tgan yilgi tartib o’zgarmaydi. Lekin kelasi yili tibbiyot yo’nalishida super-kontrakt qilish uchun kamida maksimal ballning 70% qismini, ya’ni 132,3 ballni to’plash talab qilinishi mumkin (hozircha loyiha maqomida).

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
10🤝1
❗️Davlat oliygohlari orasidagi “perevod” bo’yicha natijalar eʼlon qilindi
#perevod

2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.

Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.

O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
4👍1
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi

2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:

1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
8
⁉️Kontraktni qachongacha to'lash kerak?

Talabalar yillik to'lov-kontrakt summasini teng ulushlarga bo'lib to'lash huquqiga ega. Unga ko‘ra:

Kamida 25% — talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
15-sentabrgacha.

Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun
1-oktabrgacha (yoki rektor/direktor uzaytirgan muddatgacha);
🔹 Kamida 50% — 1-yanvargacha;
🔹 75% — 1-martgacha;
🔹 100% — 1-maygacha
(yoki rektor/direktor uzaytirgan muddatgacha).

Davlat komissiyasi tomonidan ushbu to'lov muddatlari uzaytirilishi mumkin.

💡 Super-kontrakt (tabaqalashtirilgan to'lov): qo'shimcha yoki tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qish istagini bildirgan abituriyent belgilangan muddatlarda birinchi o'quv yili shartlarining kamida 50 foizini bajargandan so'ng, rektor (direktor) buyrug'i bilan talabalikka qabul qilinadi.

⚠️ Moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar to'lov jadvalini mustaqil belgilashi mumkin.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
18🔥2
⚡️ Talaba bo‘ldingizmi? Ushbu 7️⃣ ta muhim xizmatni saqlab qo‘ying!

👨‍💻 O‘qish, kontrakt, yotoqxona yoki stipendiya bilan bog‘liq yumushlarni hal qilish uchun idorama-idora yurish shart emas. Barchasini my.gov.uz orqali uydan chiqmasdan bitirish mumkin.

👉 Talabalar uchun eng kerakli onlayn xizmatlar:

1. Yotoqxonaga joylashish va navbatni tekshirish
Arizani onlayn yuboring va navbatingizni real vaqt rejimida kuzatib boring.
🗄 Ariza topshirish | Navbatni tekshirish

2. Imtiyozli ta’lim krediti olish
To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun ta’lim kreditiga ariza berish xizmati.
🗄Kreditga ariza yuborish

3. To‘lov-kontrakt shartnomasini elektron olish
Davlat OTMlari talabalari uchun kontrakt shartnomasini onlayn yuklab olish imkoniyati.
🗄Kontrakt shartnomasini olish

4. Ijara to‘lovlari va kompensatsiya
Oylik ijara to‘lovlari haqida ma’lumot olish hamda ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish uchun ariza topshirish.
🗄Ijara kompensatsiyasiga ariza | Ma’lumot olish

5. Stipendiyalar haqida ma’lumot
Hisoblangan stipendiyalar hamda bakalavriat bo‘yicha davlat stipendiyalari haqida ma’lumotga ega bo‘ling.
🗄Stipendiyani tekshirish | Davlat stipendiyalari

6. O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish
OTMda tahsil olayotganlik haqidagi rasmiy ma’lumotnomani bir necha soniyada elektron shaklda yuklab oling.
🗄Ma’lumotnoma olish

7. Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish
Ijarada yashaydigan talaba bo‘lsangiz, ijara to‘lovining bir qismini onlayn tarzda qaytarib olishingiz mumkin.
🗄Ariza yuborish

📱Talabalik davringizni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz o‘tkazing — barcha zarur xizmatlar my.gov.uz’da!

🚀 Ushbu foydali ma’lumotni talaba do‘stlaringizga ham ulashing!

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
4
⚡️Rasman: Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
7
📢 Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi

2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻulotlari soat 08:00 da boshlanadi.


Eslatma: 1-kurslarga darslar 7-sentyabrdan, katta kurslarga 14-sentyabrdan boshlanadi.

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
20😭11💯2
Super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmoqda!

🚀 Super-kontrakt asosida o‘qishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun muhim yangilik.

♻️ Ayni paytda kontrakt.edu.uz platformasi orqali 10 dan ortiq davlat oliyhohlarida super-kontrakt uchun ariza topshirish imkoniyati mavjud.

📌 Qaysi OTMda super-kontrakt uchun arizalar boshlanganini kontrakt.edu.uz orqali tekshirishingiz mumkin.

🔗 kontrakt.edu.uz

🎓 @Mandat — Ta'lim yangiliklari
8