Manaviyat.edu.uz
91.5K subscribers
8.07K photos
2.46K videos
85 files
5.27K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Xorazm viloyati musiqali drama teatri UrDUda!

Xabaringiz bor, 24-yanvarga qadar OTM talabalariga ta'til e'lon qilingan. Ayni damda Urganch davlat universiteti TTJsida 936 nafar turkmanistonlik talabalar qishki ta'tilni o'tkazmoqdalar va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida OTM rahbariyati tomonidan turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri aktyorlari Urganch davlat universitetida boʻlib, “Jaloladdin Manguberdi” spektaklini talabalar eʼtiboriga namoyish qildilar.

Spektaklda buyuk bobokalonimiz, Xorazm farzandi Jaloliddin Manguberdi hayoti tarixiy voqealar asosida sahnalashtirildi. Spektakl talabalarda katta qiziqish va zavq ulashdi.

Spektakl yakunida talabalarni madaniy dam olishlariga qoʻshgan hissasi uchun universitet rahbariyati va talabalar nomidan teatr jamoasiga minnatdorchilik bildirildi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ustoz – shogird” an'anasi – ajdodlarimizdan meros qadriyat!

Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazining san'at yo'nalishidagi hodimlari uchun ustozimiz Xojiakbar Hamidovdan mahorat darsi e'tiboringizga havola qilinmoqda.

Tabiiy va samimiy muhitda olingan tasvirlar orqali milliy san'atimizning naqadar boy va betakror ekanligini hamda ajdodlarimizdan meros bo’lgan “Ustoz – shogird” an’analarining bir namunasini ko’rishingiz mumkin.
Xalqimiz uchun ustozning izzat va hurmati doimo yuqori bo’lgan va ustozga nisbatan hamisha ehtirom ko’rsatilgan.

Tarixdan bizga ma’lumki, Renessanslarga asos solgan buyuk ajdodlarimizning erishgan yutuqlari zamirida iqtidorli ustozlarining hissasi katta bo’lgan. “Ustoz – shogird” an’analari ham asrlar davomida shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizga aylangan.
👉 YouTube orqali ko'rish

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab harbiylarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Xalqlar do‘stligi maydonida harbiy texnikalar namoyishi va bayram tadbiri ham tashkil etildi.

👉
@manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎼 "Bronjilet ostida ham yurak bor"

🇺🇿 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Termiz davlat universiteti talabalari tomonidan kuylangan ajoyib tarona.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
⚡️Oʻzbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar fakultetida “Tyutorlik tizimini rivojlantirish” bo‘yicha 3 kunlik seminar-trening tashkil etildi.
👉 Seminar-trening bo'yicha batafsil

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔Hurmatli talaba-yoshlar!

Xabaringiz bor, Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan "Vatan taraqqiyotiga mening hissam"shiori ostida maqolalar tanlovi eʼlon qilingan.

13-yanvargacha tanlovga talaba yoshlar tomonidan 500dan ortiq maqolalar kelib tushdi.

Eslatma‼️
🕰 Materiallar qabul qilish muddati 20-yanvar kuni soat 23:59gacha
Shoshiling, ishtirokchilar soni chegaralanmagan, ammo vaqt kutib turmaydi
📥 Maqolani @manaviyat_edu_tanlov manziliga yuboring!

Sizda hozir ham imkon bor, tanlov g'olibi boʻling hamda diplom-u, pul mukofotining sohibiga aylaning.

👉 @manaviyateduuz Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi jamoasi sizlarni 14 -yanvar O‘zbekiston Respublika Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etadi!

🛡Yurt tinchligi, mamlakatimiz sarxadlari daxlsizligi, vatan xizmatini o‘zining oliy burchi deb biluvchi mard o‘g‘lonlarimiz, yurtimiz rivoji uchun o‘z mehnatini ayamay, sadoqat bilan xizmat qilayotgan yigitlarimiz bilan faxrlanamiz.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi
Audio
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Charos Shodmonqulovadan bayramga she'riy tabrik

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 "Birga kitob o‘qiymiz" 1-son – "Savdogarlar ustozi" (Sevinch Boymirzayeva)

Mazkur loyihamiz talaba-yoshlar ichida kitob o‘qishni targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan bo‘lib, bu loyihada barcha ishtirok etishi mumkin.

Loyihamizning ilk sonida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 1-bosqich talabasi Sevinch Boymirzayeva Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘lining "Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti" asari haqida gapirib berdilar.

Agar siz ham o‘zingiz sevib o‘qigan biror asarni loyihamiz orqali boshqalarga ham tavsiya qilishni istasangiz quyidagi 3ta savolga javob tayyorlab, Telegram orqali @talabaadminbot orqali murojaat qiling.
👉 1-savol: Asarning nima haqida, unda ilgari surilgan g‘oyalar va qisqacha mazmuni qanday?
👉 2-savol: Asardan qanday xulosalar oldingiz?
👉 3-savol: Ushbu asarni nima sababdan boshqalar ham o‘qishi kerak? Sizning tavsiyangiz.
📌Batafsil ma'lumot: https://t.me/+g5d80I9NVzFlMjI5

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_ijodi
❗️Is gazidan ehtiyot boʻling!

©️Mualliflar: Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari – Asliddin Xatamov, Temur Toʻxtayev

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi
‼️ Kecha koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich 1000dan oshib, pandemiya boshidan buyon rekord darajaga yetdi

2022-yil 16-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 206122 (+1037) nafarni tashkil etmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi barcha talaba-yoshlarga jamoat joylarida tibbiy niqob taqishni va karantin qoidalariga qat'iy amal qilishni eslatib o‘tadi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#men_ayolman #monolog

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, so’nggi yillarda 29 millionga yaqin ayol zamonaviy qullikdan aziyat chekadi. Zamonaviy qullik bu ayolning jamiyatdagi o’rni pastligi, nafaqat siyosiy sohada va hatto o’zining shaxsiy hayoti bilan bog’liq bo’lgan huquq va erkinliklari yo’qligidir. Videodagi qiz ana shunday qiyin hayot yo’lidagi ayol tilidan so’zlaydi.

✍️She’r muallifi: Malika Salimova
🎬Kadrda: Charos Shodmonqulova

👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sahifasi
#diqqat_tanlov
Siz aziz kitobxonlarning boʻsh vaqtingizni mazmunli va samarali oʻtkazish maqsadida yangi-yangi tanlovlarni eʼlon qilamiz!
📝 Tanlovimiz "Iqtibos vaqti" deb nomlanadi!

Tanlov shartlari:
1️⃣ @kitob_muhokamasi guruhimizga aʼzo boʻlasiz!
2️⃣ Har hafta seshanba kuni oʻzbek va jahon adabiyotiga oid asarlardan tesha tegmagan iqtiboslar berib boriladi va siz uning qaysi asardan olinganini topishingiz kerak boʻladi!
3️⃣ Har bir iqtibos uchun 1 balldan (har oʻyinda 30 tadan iqtibos beriladi, jami 30 ball) berib boriladi.
4️⃣ Bir oy davomida eng koʻp ball toʻplagan 2 nafar ishtirokchini gʻolib deb topamiz va ularni munosib taqdirlaymiz!
☝️ Kitob oʻqing — kitob yuting!

P.S.: @kitob_muhokamasi guruhining dekabr oyidagi faol ishtirokchilari va tanlov gʻoliblari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan diplom, sertifikat hamda kitoblar bilan taqdirlandi! Keyingi gʻoliblar qatorida siz ham boʻlishingiz uchun faqat va faqat kitob oʻqish talab qilinadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining yangi manaviyat.edu.uz sayti ishga tushdi!

Mazkur saytda:
🔹 Yurtimiz va dunyoda roʻy berayotgan ijtimoiy, siyosiy hodisalar toʻgʻri talqinda soha boʻyicha professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarning fikrlari asosida tezkor tanishtirib boriladi;
🔹 Talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va maʼnaviy tarbiyalashga moʻljallangan axborotlar berib boriladi;
🔹 Vazirlik hamda markaz tomonidan tashkil qilinadigan tanlovlar e'lon qilib, batafsil yoritib boriladi.

Mazkur sayt iqtidorli talaba-yoshlar va ustozlarimizning foydali ma'lumotlari asosida faoliyat yuritadi.

Aziz ustozlar va qadrli talabalar, endilikda siz mazkur sayt orqali oʻz isteʼdodingizni namoyon qilishingiz mumkin. Saytdan foydalanish va uning imkoniyatlarini yuqoridagi videorolik orqali bilib olishingiz mumkin.

👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogoh_boʻling
#Будьте_осторожны
Qanday qilib kartangizni FIRIBGARlardan himoya qilishingiz mumkin?

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmi joriy etiladi

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish hamda ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Prezident qarori imzolandi.

Unga muvofiq davlat oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallaridagi yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari)ga birinchi prorektor (direktorning birinchi oʻrinbosari) maqomi berildi.
Shuningdek, qaror bilan taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash boʻlinmalari tashkil etilishi nazarda tutilgan.

@manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi