Manaviyat.edu.uz
67.8K subscribers
7.83K photos
2.27K videos
82 files
5.05K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
🟥🟥🟥🟥🟥🟥

🗣“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi

✔️Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi doirasida shuningdek, Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyaning 45 yilligi, Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning 40 yilligi hamda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 35 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi «Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar» milliy tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov bo‘yicha materiallar 1-iyundan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun elektron arizani to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga konkurs2024@nhrc.uz elektron manziliga 1-noyabrdan kechiktirmay jo‘natishingiz lozim.

↪️Tanlov g‘oliblari dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kuni arafasida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

➡️ http://insonhuquqlari.uz/oz/news/m13300

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 12-iyun haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni.
🌏 To‘qimachilik va yengil sanoat xodimlari kuni.
🌏 Protivogazning tug’ilgan kuni.
🌏 Xalqaro Falafel kuni.
🇹🇲 Turkmaniston – Fanlar kuni.

#voqealar
🔸Lund (Shvetsiya)da Yevropaning eng qadimgi universitetlaridan biri tashkil etildi (1668).
🔸Lyuis Xaslet protivogazga patent oldi (1849).
🔸Uchuvchi va ikki yo‘lovchisi bo‘lgan birinchi "Blerio" aeroplani havoga ko‘tarildi (1909).
🔸Amerikadagi birinchi qisqa to‘lqinli radiostansiya ishga tushdi (1936).
🔸Yoqutistonda dunyodagi eng katta olmos koni ochildi (1955).
🔸Venera-4 kosmik kemasi uchirildi, u dunyoda birinchi boʻlib boshqa sayyora atmosferasi haqidagi ma’lumotlarni uzatdi (1967).
🔸Boris Yeltsin Rossiya Prezidenti etib saylandi (1991).
🔸Londonda  "Globus"  teatri ochildi (1997).
🔸Ahmad Qodirov  Checheniston Respublikasi  Administratsiyasi boshlig’i etib tayinlandi (2000).
🔸San-Paulada futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati ochildi (2014).
🔸Rossiyada korrupsiyaga qarshi ommaviy namoyishlar (2017).

#tavalludlar
🔹1908-yil: Marina Semyonova (2010) – pedagog, SSSR Xalq artisti, Sotsialistik Mehnat qahramoni.
🔹1915-yil: Devid Rokfeller (2017) – amerikalik bankir, davlat arbobi.
🔹1924-yil: katta Jorj Bush (2018) – AQSh ning 41-prezidenti (1989-1993), kongressmen, diplomat.
🔹1929-yil: Anna Frank (1945) – yahudiy qizi, natsistlar konslageri asirasi, mashhur kundalikning muallifi.
🔹1946-yil: Yodgor Sa’diyev – o‘zbek kino va teatr aktyori
🔹1979-yil: Anna Bogaliy – rossiyalik biatlonchi, ikki karra olimpiada chempioni (2006, 2010).
🔹1990-yil: Sevara Soliyeva – Oʻzbek aktrisasi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#haftalik_dayjest

🔸Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Quvnoqlar va Zukkolar“ tanlovining final o‘yini o‘tkazildi.

🔸Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan “Inson qadri: tarixiylik va zamonaviylikning ilmiy-nazariy talqinlari” mavzusidagi Respublika ilmiy anjumani tashkil etildi.

🔸Urganch davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi talabalari uchun “Yuza nivelirlash va tuproq ishlari hajmini hisoblash” bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

🔸Termiz davlat universitetining 1000 ga yaqin professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🔸Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali tomonidan Samarqand shahridagi Mirzo Ulug’bek xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida “Bilimlar estafetasi” tanlovi tashkil qilindi.

🔸12-iyun kuni Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan yozgi ta’tilni manfaatli o‘tkazish maqsadida talabalar uchun “Jadidlar izidan” nomli yangi loyiha taqdim etiladi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 13-iyun haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌎 Butunjahon hayvonlarni xotirlash kuni.
🌏 Butunjahon softbol kuni.
🌏 Xalqaro bolta uloqtirish kuni.
🌏 Toʻg’nog’ich tug’ilgan kun.

#voqealar
🔸Rossiyada Davlat banki tashkil etildi (1860).
🔸Istanbul Arxeologiya muzeyi ochildi. Ushbu muzey turli madaniyatlarga oid 1 mln dan ortiq asari bilan dunyoning eng yirik muzeylaridan biridir (1891).
🔸Olmoniyada qanotli raketalar ilk bor qoʻllanildi (1944).
🔸Oruellning “1984-yil” romani AQShda yilning eng yaxshi kitobi deb topga kiritildi (1949).
🔸SSSRda kimberlit trubkasi (olmos koni) aniqlandi (1955).
🔸Xitoyda birinchi eksperimental yadro reaktori ishga tushirildi (1958).

 #tavalludlar
🔹1911-yil: Ervin Myuller (1977) – nemis fizigi, elektron va ion proyektor ixtirochisi, atomni kuzatgan birinchi odam.
🔹1914-yil: Faxriddin Sodiqov (1977) – Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kompozitor, folklorchi.
🔹1928-yil: Jon Forbs (2015) – amerikalik iqtisodchi, o‘yinlar nazariyasi muallifi, Nobel mukofoti sohibi (1994).
🔹1940-yil: Goyko Mitich – yugoslaviyalik kinoaktyor, rejissiyor va kaskadyor.
🔹1957-yil: Rinat Dasayev – mashhur sovet futbolchisi, darvozabon.
🔹1959-yil: Klaus Verner Yoxannis – Ruminiya Prezidenti (2014-yildan).
🔹1966-yil: Grigoriy Perlman – rossiyalik matematik olim.
🔹1995-yil: Dostonbek Tursunov – oʻzbekistonlik futbolchi, ampulasi himoyachi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marifat_maydoni2024

🗣“Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichi boshlandi.

🏛 TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tayotgan final bellashuvini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshonbek Xudoyberganov kirish so‘zi bilan ochib berib, saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 8 ta jamoani tabriklab, ularga final bosqichida omad tiladi.

✔️Tanlovning 1-shartini Andijon davlat tibbiyot universitetining “Tong yulduzi” jamoasi boshlab berdi. Ular “Adib hayoti” shartida Abdulhamid Cho‘lpon siymosini sahnada gavdalantirdi. Shundan so‘ng, Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Kimyogar” jamoasi 1-shart bo‘yicha o‘z chiqishida o‘zbek va qoraqalpoq xalq shoiri Ibroyim Yusupov haqida ma’lumotlar berdi.

↪️Ayni damda sahnada Xalqaro innovatsion universitetining “Hurriyat” jamoasi Abdulla Qodiriy haqidagi o‘z chiqishini namoyish etmoqda.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Buxoro davlat universiteti oldidagi Favvoralar maydonida Yoshlar oyligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida gala-konsert tadbiri bo’lib o’tdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marifat_maydoni2024

🗣“Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichining ilk kuni yakunlandi!

🏛 TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tayotgan final bellashuvida bugun barcha jamoalar birinchi “Adib hayoti” sharti bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish etishdi.

♦️Ikkinchi “Tezkor savol-javob” sharti qizg‘in va murosasiz kechdi. Jarayon bahs-munozaralarga boy bo‘ldi, jamoalar o‘rtasida turli kelishmovchiliklar kelib chiqdi. Shu sababli, hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan mas‘ullar bilan kelishgan holda 2-shart bo‘yicha barcha jamoalarning natijalari bekor qilindi.

✔️Bugun uchinchi shart “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” bo‘yicha 4 ta jamoaning spektakllari ham namoyish etildi va finalning ilk kuni yakunida ekspertlar guruhi tomonidan 1-shartdagi chiqishlar bo‘yicha barcha jamoalarning chiqishlari tahlil qilib berildi.

↪️Ertaga soat 09:00 dan boshlab finaldagi qolgan 4 jamoaning teatrlashtirilgan kompozitsiyalari namoyish etiladi va hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, tanlovning g‘oliblari aniqlanadi va kunning 2-qismida tantanali taqdirlanadi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 14-iyun haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Butunjahon donorlar kuni.
💻 Xalqaro veb-blogerlar kuni.
🌏 Xalqaro hammom kuni.

#voqealar
🔸AQSh bayrog’i tasdiqlandi (1777).
🔸Kaliforniya respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi (1846).
🔸Vengriya sovet respublikasi konstitutsiyasi qabul qilindi (1919).
🔸AQShda Benjamin Grushkin xlorofillga patent oldi (1938).
🔸Vashingtonda birinchi kompyuter – “UNIVAC 1” sotuvga chiqarildi (1951).

#tavalludlar
🔹1835-yil: Nikolay Rubenshteyn (1881) – rossiyalik pianinochi, Moskva konservatoriyasiga asos solgan.
🔹1946-yil: Donald Tramp – amerikalik milliarder, AQShning 45-prezidenti (2017-2021).
🔹1969-yil: Shteffi Graf – mashhur nemis tennischisi.
🔹1978-yil: Maxset Oʻtemuratov – qoraqalpog’istonlik estrada xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpog’iston xalq artisti.
🔹1991-yil: Sardor Rashidov – Oʻzbekistonlik futbolchi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube