Manaviyat.edu.uz
82.9K subscribers
7.65K photos
2.15K videos
82 files
4.89K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
#kun_tarixi
Bugun 30-aprel haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.


🔹Berlin shahriga asos solindi (1237).
🔹Bilyard o‘yini birinchi marta tilga olingan (1722).
🔹Jorj Vashington bir ovozdan Qo‘shma Shtatlarning birinchi prezidenti etib saylandi (1789).
🔹Luiziana AQSh 18-shtatiga aylandi (1812).
🔹Braziliyada birinchi temir yo‘l ochildi (1854).
🔹Avstriyaning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi (1934).
🔹Nyu-Yorkda tashkillashtirilgan butunjahon sanoat ko‘rgazmasi ilk bor televideniye orqali namoyish etildi (1939).
🔹O‘zbekiston yo‘nalishidagi “Tinchlik” metro bekati ishga tushirildi (1991).
🔹O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a'zo bo‘ldi (1992).
🔹Jenevada ingliz fizigi, Yevropa elementar zarrachalar fizikasi laboratoriyasi xodimi Tim Berners-Li ishlab chiqqan Butunjahon o‘rgimchak to‘ri texnologiyasi (World Wide Web) hamma uchun bepul bo‘lishi e’lon qilindi (1992).
🔹O‘zbekiston Respublikasi hamda Braziliya Federativ Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi (1993).
🔹 Toshkentda Yevropa iqtisodiy ittifoqi homiyligida avtomobil transporti bo‘yicha Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi (1996).
🔹Microsoft” kompaniyasi “Windows” operatsion tizimining “Windows 10” deb nomlangan yangi versiyasini taqdim etdi (2014).

🔸Kimyogar olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademigi Mirhoji Asqarov tavallud topgan kun (1931).
🔸Geolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiygi, Oʻzbekiston Respublika fan arbobi Fayzulla Usmonov tavallud topgan kun (1935).
🔸 Dirijyor, sozanda, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Botir Rasulov tavallud topgan kun (1948).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adiblar xiyobonidagi ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari davom etmoqda!

↪️Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan Adiblar xiyobonidagi Muhammad Yusuf siymosi oldida institut jamoasi va tyutorlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida arqon tortish, armrestling va stol tenisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

↪️M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi fililali talabalari tomonidan Adiblar xiyobonida talabalarning ham ma’naviy ham jismoniy kamol topishlari uchun aqlni charxlovchi shaxmat-shashka, badminton hamda milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan arqon tortish sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

↪️Fan va texnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti tyutorlari va talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida talabalar bilan turli xil sport turlari, milliy harakatli o’yinlar tashkil etdi.

↪️A.I.Gersen nomidagi RDPU Toshkent shahri filiali tomonidan Psixologiya kafedrasi tomonidan atoqli adib Said Ahmad va Saida Zunnunova haykali poyida ommaviy sport musobaqalar (arqon tortish, armrestling va stol tennisi), sport turlari bo‘yicha tadbirlarni tashkil etildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM