Manaviyat.edu.uz
91.5K subscribers
8.07K photos
2.46K videos
85 files
5.27K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
#Rasmiy

Elektr energiyasi uzilishi sabab bugun oʻtmay qolingan onlayn darslar yoki imtihonlar boshqa kuni oʻtkaziladimi?

🔰 Maʼlumki, koronavirus infeksiyasi yangi shtammining aholi oʻrtasida tarqalish xavfining oldini olish maqsadida tegishli tashkilotlar tavsiyalariga asosan joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddatda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda dars mashgʻulotlari onlayn shaklda boshlandi.

⚡️Bugun, 25-yanvar kuni Respublikamizning ayrim hududlari va Toshkent shahrining aksariyat tumanlarida elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi. Ayni paytda ayrim tumanlarda ta’minot tiklandi, aksariyat tumanlarda esa bosqichma-bosqich elektr energiyasi berib borilmoqda.

❗️25-yanvar kuni oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda rejalashtirilib, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sabab o‘tkazilmagan dars mashg‘ulotlari, yakuniy imtihonlar har bir ta’lim muassasasining qo‘shimcha ishlab chiqilgan reja-grafiklari asosida o‘tkaziladi hamda odatiy dars rejalariga yetkazib olinadi.
___
➡️ @eduuz
⚜️ Tafakkur gulshani — kitobsevarlar uchun yangi loyiha!

Yangi tanlov, yangi mavsum, yangi jamoalar va yangi xazinalar. Ko'pchilik intiqlik bilan kutgan tanlov. Endi jamoaviy tarzda, birgalikda kitob oʻqiymiz!

📌 Tanlov shartlari quyidagicha:
1️⃣ @kitob_muhokamasi guruhiga a'zo bo'lasiz;
2️⃣ 4 kishidan iborat jamoa tuzasiz;
3️⃣ Jamoa sardori tayinlaysiz va jamoaga nom berasiz;
4️⃣ Jamoa a'zolari, sardori va nomini yozib, @Filolog_0503 profiliga yuborasiz.

📝 Tanlov nizomi quyidagicha, jamoalar 2 shart bo'yicha o'zaro bellashadilar:
1️⃣ — shartda: Jamoalar shakllangach, sardorlar guruhida muhokama uchun asar tanlanadi. Asarni o'qish uchun vaqt beriladi va muhokama kuni belgilangan asardan 20 ta savollar beriladi! Har bir to'g'ri javobga 2 ball beriladi. 1 oy davomida 3 ta kitob tanlanadi va oyning oxirida (4-turda) mana shu asarlar bo'yicha ham umumiy 20 talik savol beriladi;
🔹 Jami to'plash mumkin bo'lgan ball — 160
2️⃣ — shartda: Haftaning ma'lum kuni belgilanadi va jamoalarga o'zbek hamda jahon adabiyotiga oid umumiy 20 ta savol beriladi, har bitta to'g'ri javob uchun 2 balldan hisoblanadi.
🔹 Jami to'plash mumkin bo'lgan ball — 160

🏆 Oy oxirida jamoalarning umumiy to'plagan natijalari hisoblanib, eng yuqori ball to'plagan bitta jamoa g'olib deb topiladi (agar ballar teng bo'lib qolsa, 1-shart bo'yicha ballar solishtiriladi; ular ham teng bo'lsa, 1-shart 4-turidagi ballarga qaraladi; ular ham teng bo'lsa o'sha jamoalar o'zaro bellashadi)!

🎁 G'olib jamoaning barcha ishtirokchilari homiylarimiz tomonidan diplom, sertifikat hamda qimmatbaho kitoblar bilan taqdirlanishadi!

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Xabaringiz bor Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida onlayn maqolalar tanlovi e’lon qilingan edi.
Tanlovni o’tkazishdan asosiy maqsad yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, iste’dodli yoshlarni aniqlash va ularni qo’llab quvvatlash,ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratishda hamda oliy maqsadlarimizdan biri bo’lgan Uchinchi Renessans poydevorini qurishda yoshlarning ishtirokini ta’minlash va ularda daxldorlik fazilatlarini qaror toptirish, milliy qadriyatlarni shakllantirishdan iboratdir.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talaba yoshlar tomonidan joriy yilning 20-yanvar kuniga qadar 2500 dan ortiq maqola (ilmiy-ijodiy ish)lar qabul qilindi.
Hozirda tanlov shartlari va baholash mezonlari bo’yicha Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi "Ijtimoiy ma'naviyat instituti", Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi "Yoshlar muammolarini o'rganish instituti", O'zbekiston Milliy axborot agentligi ,O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi hakamlar hay'ati tomonidan tanlov nizomi va baholash mezonlari asosida xolis va shaffof tarzda g'oliblarni aniqlash jarayonlari davom etmoqda.

@manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
"Vatan taraqqiyotiga mening hissam" shiori ostida o'tkazilgan onlayn maqolalar tanlovining g'oliblarini aniqlash jarayonidan fotolavhalar.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_uchrashuv
OʻZBEKISTON-TURKIYA: OLIY TAʼLIM SOHASIDAGI HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov hamda Turkiya Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari oʻrtasida ikki davlat oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish doirasida ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Turkiya oliy taʼlim tizimi rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik aloqalarning bugungi holati va uni yangi bosqichga koʻtarish imkoniyatlarini muhokama etishdi.

Jumladan, yurtimizda hamkorlikda universitet tashkil etish, oʻzbekistonlik oʻquvchi va talabalarning Turkiya oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish uchun grantlar ajratish, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, texnika va muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash, matematika, fizika, ximiya, geologiya kabi yoʻnalishlardagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev: Birgalikda hamma harakat qilmasa natija bo‘lmaydi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga doir aniq topshiriqlar berildi.

👉 @eduuz 👈 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
“Navoiydin siz ayrilmangki, zor-u benavodursiz”
Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romani talaba nigohida

Navoiy hazratlari haqida juda koʻp badiiy, ilmiy asarlar yaratildi. Jumladan, Oybek, Mirmuhsin, Vohid Zohidov, Aziz Qayumov, Suyima G‘aniyeva kabi adabiyotimizning zabardast vakillari Hazratning go‘zal odob ila kechirgan umrlarini vasf etdilar. Asarni qo‘liga olgan kitobxonlar qatorida menda ham bir savol dunyoga keldi. Nazdimda, asarlarida falsafiylik va oddiylikni birlashtira olgan, Vatanimizning turli burchaklarida oddiy insonlar va ularning xayol kechmishlarini tasvir etadigan Isajon Sulton nega tarixiy mavzuga qo‘l urdi? Nega endi Navoiyga murojaat etdi? Mana shu savollarga javob olish ilinjida asar mutolaasiga sho‘ng‘ib ketdim. O‘qir ekanman, xavotirlarim tuman yanglig‘ tarqab ketdi.
👉 Batafsil o'qish

@manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#Tanlov #Yiltalabasi

⚡️“Yil talabasi-2021” Respublika tanloviga Oliy ta’lim muassasalari tomonidan 500 ga yaqin hujjatlar taqdim etildi.

📝Tanlovga yuborilgan yig'ma-jildlarni vazirlik va idoralar, xususan, Fanlar akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O’zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, Savdo sanoat palatasi, O'zbekiston Badiiy Akademiyasi, Madaniyat vazirligi hamda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi baholadi.

📌Shuningdek, tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun eng yuqori ballni qo’lga kiritgan 37 nafar iqtidorli talabalar saralanib, har bir nominatsiya bo‘yicha 21 nafar g'olib aniqlandi.

⚜️ G'oliblar bilan tanishing:

"YILNING ENG BILIMDON TALABASI
" (o’z mutaxassisligi bo’yicha)
🥇O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali — Abdug‘aniyev Axror Shavkat o‘g‘li
🥈Nukus davlat pedagogika instituti — Almenova Gulbanu Polatbay qizi
🥉Qo‘qon davlat pedagogika instituti — Ikromova Fazilatxon Vohidjon qizi

" YILNING ENG FAOL TASHABBUSKOR-TARG'IBOTCHI TALABASI"
🥇Toshkent moliya instituti — Alijonova Zarnigor Alijon qizi
🥈Namangan davlat universiteti — Sultanov Shoxrux Rahmon o‘g‘li
🥉Andijon davlat tibbiyot instituti — Azimov Akmaljon Axmadillaevich

"YILNING ENG FAOL IXTIROCHI-INNOVATOR TALABASI"
🥇Toshkent davlat texnika universiteti — Abidov Sultan Ilgizovich
🥈Toshkent pediatriya tibbiyot instituti — Sulaymonova Dilnoza Rustamjon qizi
🥉O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali — Raxmatov Dilmurod Rustam o‘g‘li

"YILNING ENG FAOL SPORTCHI TALABASI"
🥇O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti — Djuraev Akbar Husnidilla o‘g‘li
🥈Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — Naimova Guljanoy Abdullo qizi
🥉O‘zbekiston Milliy universiteti — Rashitov Ulug‘bek Ismatillaevich

"YILNING ENG NAMUNALI TADBIRKOR TALABASI"
🥇Termiz davlat universiteti — Karimova Barchinoy Ilhom qizi
🥈Toshkent davlat yuridik universiteti — Po‘latova Farangiz Rustam qizi
🥉TATU Qarshi filiali — Mansurova Zarina Anvar qizi

"YILNING ENG FAOL IJODKOR TALABASI"

🥇Termiz davlat universiteti — Abdinazarov Abduraxmon Zokirjon o‘g‘li
🥈Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti — Ro‘ziboeva Parizoda Murodali qizi
🥉O‘zbekiston davlat konservatoriyasi — Axrarova Anastasiya Maksimovna

"YILNING ENG FAOL BLOGER TALABASI"
🥇TIQXMMI Buxoro filiali — Safarov Husniddin Sirojiddin o‘g‘li
🥈Andijon davlat universiteti — Olimjonova Dildora Axliddin qizi
🥉Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti — Yangiboyeva Mushtariybonu Shoymardon qizi

Eslatib o'tamiz, nomzodlarni saralash va baholash jarayonlarini haqqoniy va shaffof tarzda o’tkazish maqsadida Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi baholash jarayonlariga mutlaqo aralashmadi.

Yuqoridagi Vazirlik va idora vakillaridan iborat tanlov komissiyasi betaraf holda har bir yo'nalish bo'yicha nomzodlarning faoliyatlarini baholab berdilar. O'z navbatida, Markaz OTMlardan "Yil talabasi -2021" tanlovi uchun munosib nomzodlarning hujjatlarini yig'ish va Tanlovni o'tkazish bo'yicha komissiya faoliyatini tashkil qilish ishlariga mas'ul bo'ldi.
@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni oliygohlarda tayyorlash tizimi ham tubdan takomillashtirilishi ta’kidlandi.

Buning uchun Toshkent shahridagi 5 ta hamda hududlardagi 17 ta pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliygohlarning fakultetlari doimiy tarzda maktablarga biriktiriladi.

Bunda, 1-kursdanoq ushbu fakultetlardagi darslarning 4 kuni oliygohda, 2 kuni bevosita maktablarda o‘qitiladi.

@eduuz 👈 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun 30-yanvar O‘zbekiston Respublikasining 1-prezidenti Islom Karimovning tavallud kunlari (1938)

Alloh rahmatiga olsin, oxiratlari obod boʻlsin!

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#Fake_xabar

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan "perevod" qilish haqida YOLG‘ON AUDIOXABAR tarqalmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov ishtirokida videoselektor yig‘ilish o‘tkazilgani haqida tarqalgan xabarlar hech qanday asosga ega emas va YOLG‘ON.

Vazir ishtirokida oʻqishni koʻchirish mavzusiga oid hech qanday videoselektor yig‘ilishi boʻlgani yoʻq. Xorijdan o‘qishni ko‘chirish amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi tartibga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari!

Har xil soxta axborotlarga ishonib qolmasliklaringizni yana bir bor soʻrab qolamiz va OTMga oʻqishni koʻchirishga doir har qanday xabarning haqiqiyligini avval vazirlikning telegramdagi @eduuz rasmiy kanali orqali tekshirib koʻrishingizni tavsiya etamiz.

Shu bilan birga, asossiz va yolgʻon axborotni tarqatganlik uchun qonunchiligimizda javobgarlik belgilanganini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Shavkat Mirziyoyev: Pedagogika oliygohlari talabalari endi 4 kun OTMda, 2 kun bevosita maktabda oʻqiydi

Toshkent shahridagi 5 ta hamda hududlardagi 17 ta pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliygohlarning fakultetlari doimiy tarzda maktablarga biriktiriladi.

Bunda, 1-kursdanoq ushbu fakultetlardagi darslarning 4 kuni oliygohda, 2 kuni bevosita maktablarda oʻqitiladi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Forwarded from Edu.uz
ПФ-60.pdf
11.7 MB
#Қонунчилик_янгиликлари

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги Фармони тасдиқланди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🇺🇿 “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” maqolalar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Joriy yilning 8-yanvar kuni Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va Ma'rifat markazi tomonidan e’lon qilingan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida o‘tkazilgan maqolalar tanlovini baholash jarayoni yakuniga yetdi.

Marhamat, sovrindorlar bilan tanishing

🔰 “Yuksak ma’naviyatli avlod – Uchinchi Renessans bunyodkorlari” yo‘nalishi g‘oliblari:
1. Burxonov Jasurbek Jahongir o‘g‘li — Toshkent davlat pedagogika universiteti;
2. Qurbonov Jahongir Komiljon o‘g‘li – Jizzax politexnika instituti;
3. Jaglasova Feruza Kenes qizi – Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.

🔰“Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – o‘zbek xalqining yuksak qadriyatidir” yo‘nalishi g‘oliblari:
1. Rahimbayev Otabek Davlatbayevich – Toshkent davlat texnika universiteti;
2. Sobirov Alijon Samandar o‘g‘li – Samarqand davlat universiteti;
3. Xamroqulov Shaxzod Shavkatovich – Toshkent xalqaro Vestminster universiteti.

🔰 “Yangi O‘zbekiston ma’rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o‘rni” yo‘nalishi g‘oliblari:
1. Hayitboyev Yorqinjon O‘rmonali o‘g‘li – Guliston davlat universiteti;
2. Abduxalilov Zufarbek Ilhom o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi davlat Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti;
3. Ergasheva Maftuna Abdimital qizi – Samarqand davlat chet tillar instituti.

🔰 “Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari” yo‘nalishi g‘oliblari:
1. Nishonov Shahzod Shuhrat o‘g‘li – Jizzax davlat pedagogika instituti
2. Shodmonqulova Charos Ulug‘bek qizi – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
3. Yo‘ldasheva Muslima Sharabiddin qizi – Farg‘ona politexnika instituti

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi