Manaviyat.edu.uz
67.5K subscribers
7.83K photos
2.28K videos
82 files
5.05K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_press_klub
Bu yilgi qabulda test sinovlaridagi testlarning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

👉 YouTube orqali ko'rish

👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_press_klub
⚡️Davlat test markazi bu yilgi qabulga qanday tayyorgarlik ko‘rgan? 2022/2023-o'quv yili uchun test jarayonidagi o'zgarishlar:
🔹 Shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo'lmagan fuqarolar ham oliy ta'lim muassasasiga oliygohga borgan holda hujjat topshirishi mumkin;
🔹 Qoraqalpog'iston Respublikasida qabul jarayonlari muddatlari uzaytiriladi;

🔹 Endi abituriyent 4 ta (kunduzgi, kechgi, sirtqi va masofaviy) ta'lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega;
🔹Nogironligi bo'lgan abituriyentlarga yordamchi trenerlar ham biriktiriladi.

👉 YouTube orqali ko'rish

👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#BuxDU_yangiliklari
#bitiruvchi_2022

⚡️Buxoro davlat universitetida "O'zbekiston-bag'rikeng diyor" shiori ostida "Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

⚡️Uchrashuv mobaynida “O'zbekiston ko'p millatli, mehmondo'st diyor” mavzusidagi ijtimoiy rolik namoyish etildi. Turkmanistonlik bitiruvchi talabalar samarali tahsil uchun BuxDU rektori hamda jamoasiga o'z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BuxDU_yangiliklari
#bitiruvchi_2022
#Ózbekiston #Turkmaniston

⚡️BuxDUda Turkmaniston Respublikasidan kelib tahsil olgan talabalar bilan “Yangi O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostida “Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi” bo'lib o'tdi.

#BuxDU #bitiruvchisi Aziza Rustemovaning (Turkmaniston fuqarosi) intervyusi

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
🎭 "Talabalar teatr studiyasi" ko'rik-tanlovining 2021-yilgi mavsum g'oliblari ijro etgan spektakllarni YouTube sahifamizda tomosha qiling:

🥇 Yilning eng yaxshi spektakli
— FJSTI "Nastarin" jamoasi "To'maris" spektakli
👉Spektaklni tomosha qilish👈

🥈 Yilning eng yaxshi milliy an'ana va qadriyatlarini tarannum etgan spektakli — CHDPI "Nihol" jamoasi "Kunduzsiz kechalar" spektakli
👉Spektaklni tomosha qilish👈

🥉 Yilning eng dolzarb mavzusini sahnada talqin etgan spektakli — TTA Urganch filiali "Ko'zmunchoq" jamoasi "Ko'chki" spektakli
👉Spektaklni tomosha qilish👈

Mahmudxo'ja Behbudiy aytganlaridek: "Teatr bu ibratxonadir". Har bir spektaklni tomosha qilish orqali siz o'zingiz uchun foydali xulosalarga ega bo'lasiz. Ta'tildagi vaqtingizni biz bilan mazmunli o'tkazing.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#O‘qishni_ko‘chirish
Oʻqishni koʻchirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi.

☝️ Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

🔹 2022-2023
-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
👉 transfer.edu.uz hamda my.dtm.uz — respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar;
👉 transfer.dtm.uz — xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish bo‘yicha arizalar.

Topshirishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro'yxati:
• Ariza
• Pasport (jpg yoki pdf shakli)
• Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
• Akademik ma'lumotnoma (o'qishni tiklovchilar uchun)

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#tadbir

🔹2022-yil 14-iyul kuni Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi Urganch shahar bo‘linmasi hamkorlikda "Mening Konstitusiyam!“, "Yangi O‘zbekiston - inson qadri ulug‘langan yurt"! shiorlari ostida nuroniylar va yosh avlod vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#Tayinlov
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Mingishov Laziz Oʻtkirovich vazirlikning Ma’naviy-maʼrifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Laziz Mingishov 1987-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2016-yilda Avstriyaning Grats universiteti (Karl-Franzens University of Graz) doktoranturasini tamomlagan.

Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

2019-yili boshqaruv sohasida Ruminiyaning Aleksandr Ioan Kuza nomidagi Yashi universitetida malaka oshirgan.

👉 Shu kunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori lavozimida ishlagan.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Manaviyat.edu.uz
Diqqat so'rovnoma!

Ertaga 10:00 gacha so'rovnomada eng ko'p ovoz yig'gan jamoaning "Talabalar teatr studiyasi – 2022" final bosqichidagi spektakli 16-iyul kuni 20:00 da YouTube kanalimizda namoyish etiladi. YouTube sahifamizga a'zo bo'lishni unutmang!
So'rovnoma yakunlandi!

🎭 "Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari – 2022"
ko'rik-tanlovi final bosqichida ijro etilgan spektakllardan eng birinchi qaysi jamoaning chiqishini ko'rishni istaysiz mazmunidagi so'rovnomamiz qariyb 24 soat ichida jami 132 ta kanallarda ulashildi, 72 ming marta ko'rildi va jami 34 mingdan ortiq ovoz yig'di. Afsuski, so'rovnomada ba'zi jamoalar sun'iy tarzda ovozlar sonini ko'paytirgan holatlar ham aniqlandi.

☝️ Yakuniy qarorga ko'ra, bugun 20:00da o'tkazilgan so'rovnomada eng ko'p ovoz yig'gan Namangan davlat universitetining "Nihol" talabalar teatr studiyasi ijrosidagi "Usmon Nosir" spektaklini YouTube sahifamiz orqali e'tiboringizga havola qilamiz.

⚡️Spektaklni tomosha qilish uchun YouTube sahifamizga a'zo bo'lishni unutmang!
👉 YouTube sahifaga ulanish👈

❗️Shu o'rinda eslatma! Biz finaldagi barcha jamoalarning spektakllarini to'liq tasvirga olganmiz va barchasini navbatma-navbat sizlarga taqdim etib boramiz. Ko'rik-tanlovni keng targ'ib qilish, talaba-yoshlar o'rtasida o'ziga xos qiziqtirish va intrigani oshirish maqsadida qaysi spektaklini namoyish qilishni o'ziga xos so'rovnoma orqali aniqlab boramiz. Faqat unutmang, so'rovnomalarda turli dasturlar yordamida yig'ilgan sun'iy ovozlar inobatga olinmaydi!

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
🔹"Xalq so‘zi" gazetasining 15-iyul, № 150 (8212) sonida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirovning "Shukronalik — osoyishta va farovon hayotimiz garovi" nomli maqolasi chop etildi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Oʻzbekiston talabalari Tyumenda

⚡️Joriy yilning 11-iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Tyumen shahrida Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikasi talabalari uchun “Yozgi universitet” xalqaro ta’lim dasturi boshlandi.

⚡️Mazkur xalqaro dasturda mamlakatimizdan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Andijon davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, INHA universiteti, Team universiteti, Toshkent Xalqaro Vestminister universiteti hamda Toshkent davlat stomatologiya universitetidan saralangan talaba-yoshlar ishtirok etmoqdalar.

⚡️Eslatib oʻtamiz, mazkur dastur Tyumen davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan boʻlib, joriy yilning 11-iyulidan 24-iyuliga qadar davom etadi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
JIDU talabasi Dilmurod Dilmurodov “Yozgi universitet” xalqaro ta’lim dasturida ishtirok etmoqda

🔸Ayni paytda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2-bosqich talabasi Dilmurod Dilmurodov “Oʻzbekistonning eng yaxshi 100 nafar yetakchi talabalari” almanaxi ishtirokchilari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasining Tyumen shahrida oʻtkazilayotgan Yozgi universitet xalqaro ta’lim dasturida faol qatnashmoqda.

🔸Talabalar dastur davomida xalqaro munosabatlar va huquq, IT hamda tadbirkorlik yoʻnalishlari bo‘yicha treninglarda ishtirok etmoqda.

⚡️“Yozgi universitet” dasturi davomida biz nafaqat turli yoʻnalishlar bo‘yicha seminar-treninglarlarda ishtirok etish bilan bir qatorda, qoʻshni Qozogʻistondan kelgan talabalar bilan fikr almashish imkoniyatiga ega boʻlmoqdamiz. Bu yerda oʻrganayotgan barcha bilim va tajribalarimizni tengdoshlarimiz bilan, albatta, boʻlishamiz” - deydi Dilmurod Dilmurodov.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi