Manaviyat.edu.uz
86.5K subscribers
7.58K photos
2.12K videos
82 files
4.85K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun Adiblar xiyobonida O'zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent moliya instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti professor o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir tashkilotchilari o'zbek adabiyotining zabardast vakillari zamondosh shoir, yozuvchilar: Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, To'lepbergen Qayipbergenov, Said Ahmad va Saida Zunnunovalarning haykallari poyida o'zlarining chiqishlari, sahna ko'rinishlari hamda mushoiralari bilan ishtirok etishdi.

👉 HD formatda ko'rish

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi
#Dayjest

🔸FarJSTI t
alabalar turar joyida “Davolash ishi” yo’nalishi tyutorlari tomonidan kichik sport musobaqasi tashkil etildi.

🔸GulDUda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Voleybol" sport turi bo‘yicha bir qancha musobaqalar o‘tkazildi.

🔸AndDU PI talabalari Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan yashil maydonga tushishdi.

🔸UrDUda “Muassasada ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash masalalari” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

🔸TTYSI Paxta sanoati texnologiyasi fakultetining 3-TTJda talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy – ma’rifiy mazmundagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔸O'zDSMIning Farg‘ona mintaqaviy filiali, professional ta'lim: "Cholg'u ijrochiligi" yo'nalishi 1-bosqich talabalari o'quv yilining 2-semestri so'ngida "Ansambl sinfi" fanidan yakuniy nazorat imtihonini topshirishdi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#tadbir

9
-iyun kuni O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faymberg xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet dekani S.A.Ziyayeva tomonidan faol talabalar va tadbir mehmonlariga maxsus esdalik sovg'alar topshirildi. Shuningdek, Adiblar xiyobonida talabalar bilan birgalikda Faynberg ijodiga yaqin bo'lgan shoirlar bo'yicha suhbatlar uyushtirildi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi

#bilasizmi

❗️18 yoshga to‘lmagan shaxslarni qurilish ishlarida betonchi, yer qazuvchi, qurilish bo‘yoqchisi, ohak so‘ndiruvchi sifatida ishlatish taqiqlanadi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TALABALAR_FESTIVALI

📌Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida bo'lib o'tgan "Talabalar festivali"dan lavhalar

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Vazir ijtimoiy tarmoqlarda oʻqishni koʻchirish bilan bogʻliq turli xil talqin qilinayotgan fikrlarga munosabat bildirdi

👉
@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#Dayjest

Adiblar xiyoboni
da Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston qahramoni betakror shoir, tarjimon, buyuk shaxs va mashhur adib Ibroyim Yusupov xotirasiga bagʻishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

OʻzMU Jizzax filialida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik ” mavzusidagi iqtidorli talaba-yoshlar festivali doirasida "Zakovat" intelektual o'yini bo'lib o'tdi.

O'zDJTU talabalar turar joyida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli xil tadbirlar tashkil qilindi.

AndMIda "Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz" shiori ostida profilaktik davra-suhbati bo'lib o'tdi.

UrDU talabalar turar joyida "Jamoaviy ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish" mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori (322-son, 09.06.2022 y.) bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

✔️ Bunda o‘qishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.

✔️ Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

🔺o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
🔺tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
🔺o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

📃Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinishi uchun amal qiladi.

📃 Tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga har yili 1 maydan 1 iyungacha ariza bilan murojaat qiladi.

❗️ Ariza va hujjatlar 7-iyungacha ko‘rib chiqiladi.

❗️Shunga ko‘ra, ishchi guruh xulosasi 10-iyungacha Qo‘mitaga taqdim qilinadi.

✔️ Hujjatlar Qo‘mita tomonidan 14-iyungacha ko‘rib chiqilib, tavsiyanoma berish yoki uni rad etish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.

Ishchi guruh har yili 15-iyungacha tavsiyanoma talabgorlarga yetkazilishini ta’minlaydi.

📃 Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat OTMning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida o‘tkaziladi.

✔️ Kirish imtihonlari yakuniga ko‘ra talabalikka tavsiya etilmagan, biroq to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ballni to‘plagan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi