Manaviyat.edu.uz
91.5K subscribers
8.07K photos
2.46K videos
85 files
5.27K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Soʻrovnomadagi_dolzarb_mavzu
#ilm_fan_yutuqlari

⚡️Namangan muhandislik-texnologiya instituti yosh olimi zamonaviy Smart kiyim ixtiro qildi

✔️ Maʼlumot oʻrnida, ayni kunlarda institut bazasida 30 dan ortiq ilmiy va innovatsion ishlanmalar qilinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Talabalarni ovoz yozish audiostudiyasiga taklif qilamiz!

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi qoshida ovoz yozish audiostudiyasi faoliyat olib borishi haqida sizlarga eslatib o'tmoqchimiz.

🎓 Barcha talabalar ushbu ovoz yozish studiyasidan o'qishdan bo'sh vaqtlarida, bepul foydalanishlari mumkin. Siz audiostudiyada she'r, qo'shiq, hikoya va shu kabi ijod mahsullaringizni sifatli formatda yozish imkoniga ega bo'lasiz.
🌟 O'z iqtidoringizni biz bilan kashf qiling, keling, ijoddan zavqlaning va o'zingizni namoyon qiling.

Ha aytgancha, audiostudiyamiz Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Ziyo Forum binosi 2-qavatida joylashgan.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Bahorning ilk kuni barchaga muborak bo'lsin!

Bugun xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim Isroilovaning tavallud ayyomlari. Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yil 1-mart, bahorning ilk kunida tavallud topgan.

Respublikamizning boy madaniy merosiga qo'shgan xissalari inobatga olinib, ularning xotiralarini abadiylashtirish maqsadida 1999-yilda Zulfiya mukofoti ta'sis etilgan.

Obunachilarimiz orasida Zulfiya mukofoti sohibalari bormi?

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Bugun Adiblar hiyobonida oʻzbek sheʼriyatining otashnafas shoiralaridan biri Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligi munosabati bilan “Bu bogʻlar bir bogʻlar boʻladi hali” nomli tantanali tadbir oʻtkazildi.

⚜️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda davlat va jamoat arboblari, ziyolilar, yozuvchilar, shoirlar, yosh ijodkorlar, keng jamoatchilik va shoiraning oila aʼzolari ishtirok etdi. Tadbir davomida Zulfiya haykali poyiga gullar qoʻyildi, Akademiya tomonidan tashkil etilgan “Zulfiya” stipendiyasi gʻoliblari taqdirlandi.

Shundan soʻng, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Таълим тизимининг барча поғоналарида ўқишга интилган хотин-қизларни қўллаб-қувватлаймиз ва уларга шароит яратамиз” – Президент.

2022-2026 йилларга мўлжалланган Хотин-қизлар таълимини қўллаб-қувватлаш дастури қабул қилинади.

Дастур доирасида пойтахтда асосан хотин-қизларни ўқитиш учун давлат-хусусий шерикчилик асосида тўқимачилик соҳасида алоҳида университет ташкил этилади. Жойларда унинг техникумлари ҳам очилади.

Шунингдек, айни пайтда аёлларимиз улуши паст бўлган аниқ фанлар, техника ва ҳуқуқшунослик йўналишидаги ОТМларда хотин-қиз талабалар улуши ҳозирги 24 фоиздан 40 фоизгача етказилади.

Бунинг учун ҳар йили хотин-қизларнинг талаба бўлишига квотанинг камида 50 фоизи аниқ фанлар, техника ва ҳуқуқшунослик йўналишлари учун мақсадли ажратилади.

Янги ўқув йилидан бошлаб олийгоҳ, техникум ва коллежларда ўқиётган қизларга таълим контрактларини тўлаш учун, илк маротаба, 7 йил муддатга фоизсиз кредит бериш жорий қилинади.

"Бу имконият ҳали бизнинг тарихимизда умуман бўлмаган", деди давлатимиз раҳбари.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ayol baxtli boʻlsa, jamiyat baxtli boʻladi”

KATTA MAQSADLARNI KOʻZLAYOTGAN MAGISTR QIZ

Namangan davlat universitetining ingliz filologiyasi «ingliz tili lingvistikasi» taʼlim yoʻnalishi magistratura bosqich talabasi Zulxumor Aliyeva iqtidorli yoshlardan biri. Navoiy stipendiyasi sohibasi, bir necha ijtimoiy tarmoqlardagi til oʻrgatuvchi va minglab obunachilariga ega sahifalar muallifi, oʻnlab nufuzli xalqaro koʻrik-tanlovlar va ilmiy anjumanlar ishtirokchisi boʻlgan, ingliz va rus tillarida mukammal soʻzlasha oladigan Zulxumorga bugun tengdoshlari har qancha havas qilsa arziydi.

©️NamDU Matbuot xizmati

👉 @manaviyateduuz – Vazirlik
huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
🇺🇿 2-mart Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻlgan kun

Bu a'zolik bundan roppa-rosa 30 yil avval amalga oshirilgan edi. 1992-yil 2-martda BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarilgan.

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#diqqat_tanlov
📚 Zukko kitobxon tanlovida ishtirok eting!

🏛Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda talabalar o'rtasida "Zukko kitobxon" turnirini o'tkazishini ma'lum qilamiz.

👆Turnir doirasidagi tur o'yinlari har oyda bir marotaba bo'lib o'tadi. Jamoalarga o'qishlari va tayyorgarlik ko'rishlari uchun har oyda 10 tadan adabiyot taqdim etib boriladi.

📝 Tanlov Toshkent shahrida oflayn formatda bo'lib o'tadi va unda barcha OTM talabalari 6 nafardan iborat jamoa shakllantirib, unga nom tanlagan holda ro'yxatdan o'tib, ishtirok etishlari mumkin.

📅 Tanlov 2022-yil 12-mart soat 14:00 da Talabalar shaharchasida joylashgan "Talabalar media ijtimoiy va madaniyat maskani"da o'tkaziladi.

📚Jamoalar o'qishi lozim bo'lgan adabiyotlar:
1. O'tkan kunlar (Abdulla Qodiriy)
2. Temur tuzuklari (Amir Temur)
3. Alpomish (O'zbek xalq dostoni)
4. Alkimyogar (Paulo Koelo)
5. Dunyoning ishlari (O'tkir Hoshimov)
6. Shum bola (G'ofur G'ulom)
7. Chol va dengiz (Ernest Xeminguey)

👆Shoshiling, turnirda eng birinchilardan bo'lib ro'yxatdan o'tgan 30 ta jamoa ishtirok etishi mumkin.

Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/iyd15qyjK5ZhfVr37

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#Beshtashabbus
#tadbir
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus doirasida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida mamlakatimizda keng qamrovli tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan "Info Capital Books" nashriyoti yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yangi kitoblar bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida joriy yilning ikkinchi mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va Ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “BAHOR” nomli kitoblar taqdimotini o'tkazdi.
Ushbu to‘plamda o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalari Zulfiya, Saida Zunnunova, Halima Xudoyberdiyeva, E’tibor Oxunova, Oydin Xojiyevalarning she’rlari, qissa va hikoyalari joy olgan bo'lib taqdimotda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari,shoiralar va O'zMUning professor o'qituvchilari hamda talaba yoshlari ishtirok etishdi.

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#EʼLON

🗓 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan:

ℹ️ 4-mart kuni soat 15:00 da Buxoro shahridagi Yoshlar markazida shoir Shuhrat Orif va xonanda Shuhrat Daryo bilan “Shuhratli manzillar” nomli ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtadi.

📜 Sheʼriyatga va qoʻshiqqa oshufta talaba-yoshlarni “Shuhratli manzillar”ga taklif etamiz.

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#Hikmat
Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir.

📝 Jaloliddin Rumiy

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Bugun, 3-mart kuni soat 21:00 da oliy ta’lim muassasalari kesimida “Zakovat” intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbat o‘tkazamiz.

Ovozli muloqotimizda mas’ul prorektorlar, dekan oʻrinbosarlari, yoshlar yetakchilari va talaba-yoshlar ishtirok etib, koʻproq ma’lumot olishlari va savollariga javob topishlari mumkin.

Ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#NavrUZ

Talabalik — hayotning oltin davri, Yoshlik – inson umrining bahori.
🌸Navro‘z
yangilanish, yasharish munosabati bilan o‘zingiz, oilangiz, do‘stlaringiz bilan tabiat qo‘ynida tushgan foto suratingiz bilan quvonchli lahzalaringizni baham ko‘rmoqchimisiz?!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tomonidan #NavrUZ xeshtegi ostida rasmlaringiz bilan ishtirok eting.

👉Bahoriy bayram Navruz ayyomiga aloqador rasmlar oling va @nargiza1771 ga yuboring;
👉 I.F.O ni ko'rsatgan holda 2 tagacha foto yuborishingiz mumkin;
👉Fotoshop orqali o'zgartirilgan, effekt berilgan fotolar qabul qilinmaydi;
👉Foto suratlar 2022-yil 22-martga qadar qabul qilinadi.
👉Eng munosib foto suratlar saralanib @manaviyateduuz telegram kanali hamda manaviyat.edu.uz saytida yoritib boriladi.

👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Forwarded from Edu.uz
#eduuz
#yana_bir_qulaylik

⚡️ Ajoyib yangilik!

Endlikda ushbu QR-kodlarni o‘z smartfoningiz orqali skaner qilib, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallariga aʼzo bo‘lishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring hamda oliy va professional taʼlimga doir yangiliklaridan birinchilardan xabardor bo‘ling.

⚠️ Unutmang, tasdiqlangan rasmiy maʼlumotlar faqat Edu.uzda!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Live stream scheduled for
📚 "Zukko kitobxon" tanlovi haqida batafsil suhbatlashamiz!

Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorlikda tashkil etgan "Zukko kitobxon" loyihasi bo'yicha savollarga batafsil javob berish maqsadida bugun 19:00da Telegram kanalimizda ovozli chat tashkil qilamiz.

👉 Audiochatga qo'shilish

Savollaringizni ushbu post kommentiga yozib qoldirishingiz mumkin.
Live stream started