Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmi joriy etiladi
Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish hamda ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Prezident qarori imzolandi.
Unga muvofiq davlat oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallaridagi yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari)ga birinchi prorektor (direktorning birinchi oʻrinbosari) maqomi berildi.
Shuningdek, qaror bilan taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash boʻlinmalari tashkil etilishi nazarda tutilgan.
@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va Ma'rifat markazi direktor o'rinbosari F.Farhodov xizmat safari davomida Farg‘ona davlat universiteti va Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutlarida qishgi ta‘tilni talabalar turar joylarida o'tkazayotgan talabalarning yashash sharoiti va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish holati o‘rganildi.
Uchrashuv davomida talabalarga xalqimizning sevimli shoiri G‘afur G'ulom hayoti va ijodiga bag'ishlangan hujjatli badiiy film namoyish etildi.
👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi

#Qonunchilik_yangiliklari
☝️ 2022/2023-oʻquv yili qabulidan bir qator OTMga kirish imtihonlarida chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi
“Xorijiy tillarni oʻrganishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (34-son, 19.01.2022 y.) qabul qilindi.
🔰Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yili qabulidan xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator OTMga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, oʻqish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi. Jumladan:
✔️fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan quyidagi OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga:
🏛 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;
🏛 Samarqand davlat chet tillar instituti;
🏛 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
✔️quyidagi OTMning xorijiy tillar boʻyicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga:
🏛 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
🏛 Qoʻqon davlat pedagogika instituti;
🏛 Nukus davlat pedagogika instituti.
❗️Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.
📌 Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3425

🇺🇿 Talabalar va oʻquvchi yoshlar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi
“Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori imzolandi.
Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab:
🔹 har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri oʻtkazib boriladi;
🔸 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi.
🗓 2022-yildan boshlab:
🔹 bosqichma-bosqich umumiy oʻrta, Prezident, oʻrta maxsus va professional hamda OTMda “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
🔸 har yili talabalar oʻrtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta oʻrinni qoʻlga kiritgan OTMga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi topshiriladi;
🔹 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
🔸 taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan professor-oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama toʻlab beriladi.
Maʼlumot oʻrnida, 2021-yil oktabr oyida davlatimiz rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanida “Zakovat” intellektual oʻyinining final bosqichiga tashrif buyurib, bahsni kuzatgan, tadbir soʻngida nutq soʻzlab, bilimdon yoshlarga sharoit yaratish uchun koʻplab tashabbuslarni bildirgan edi.
📌 Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3426

⚡️Tezkor❗️
⚡️⚡️Qoʻshimcha maʼlumot
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar oʻrtasida tarqalishi yuqoriligini eʼtiborga olgan holda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda (barcha taʼlim shakllari va turlari boʻyicha) joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida taʼlim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.
Bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn taʼlim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi.
Temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022-yil 24-fevralga qadar avia va temiryoʻl chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.
Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 21-yanvar soat 9:30 dan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!
Shu oʻrinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yoʻli bu vaksinatsiya, shu bois sizlardan oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni soʻrab qolamiz.
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, sizdan yoʻl chiptalarini almashtirishni bir oylik muddat davomida qaytish sanasi aniq boʻlgandan keyin shoshmasdan amalga oshirishingizni soʻraymiz!

📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivonlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
🔰 Jumladan
—Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarni tizimli ravishda rivojlantirishga doir vazifalar yuklatildi;
— 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab intellektual o‘yinlarining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlar va talabalar uchun “Zakovat” stipentiyasi joriy etiladi;
— 2022-yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy o‘rta, Prezident, o‘rta maxsus va professional hamda oliy ta’lim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida intellektual o‘yinlar jamoalari uchun alohida xonalar tashkil etiladi;
— 2022-yildan boshlab har yili talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi topshiriladi;
—intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda OTM talabalari ta’limning keyingi bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
—ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to‘lab beriladi;
— 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri o‘tkazib boriladi;
—yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga motivatsiya berish maqsadida mashxur olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etib boriladi;
— “Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlarining hududiy va respuplika bosqichi g‘oliblari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
— Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da mavsumiy ishlaydigan “Intellektual maktab” loyihasi yo‘lga qo‘yiladi;
— “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga tutash hududda “Zakovat intellektual o‘yinlari klubi’’ uchun alohida bino hamda “Intellektual o‘yinlar shaharchasi” barpo etiladi. Mazkur binolar Yoshlar ishlari agentligining balansida bo‘ladi;
— intellektual turnirlar tashkil qilish, bilimdon yoshlarni rag‘batlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan komputer va mobil o‘yinlarini yaratgan dasturchilarga grant va subsidiyalar ajratish maqsadida 2022-yilda 50 mlrd so‘m miqdorda, keyingi yillarda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq davlat byudjetidan mablag‘ ajratiladi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan faol talaba yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida har yili "Yil talabasi" respublika tanlovi o'tkazib kelinadi.
Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intelektual salohiyatini oshirish,oliy ta'lim muassasalaridagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning o'z salohiyatlarini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag'batlantirishdan iboratdir.
"Yil talabasi 2021" tanlovining birinchi bosqichi oliy ta'lim muassasalarida 2021 yil noyabr oyida o'tkazilgan bo'lib, Respublika bosqichi esa joriy yilning 21-22 yanvar kunlari vazirlik va idoralar tomonidan ko'rib chiqilgan 36 nafar talaba yoshlar o'rtasida zoom platformasi orqali suhbat va taqdimot shaklida bo'lib o'tmoqda.
👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intelektual salohiyatini oshirish,oliy ta'lim muassasalaridagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning o'z salohiyatlarini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag'batlantirishdan iboratdir.
"Yil talabasi 2021" tanlovining birinchi bosqichi oliy ta'lim muassasalarida 2021 yil noyabr oyida o'tkazilgan bo'lib, Respublika bosqichi esa joriy yilning 21-22 yanvar kunlari vazirlik va idoralar tomonidan ko'rib chiqilgan 36 nafar talaba yoshlar o'rtasida zoom platformasi orqali suhbat va taqdimot shaklida bo'lib o'tmoqda.
👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#El_yurt_umidi
Moddiy imkoniyatingiz yoʻqligi endilikda muammo emas
Davlatimiz koʻmagi bilan salohiyatli, bilimli barcha yoshlarimizda xorijda tahsil olib, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshish imkoniyati bor!
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Oʻzbekiston uchun eng ustuvor sohalarda 420 oʻringa moʻljallangan ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qiladi!
Eslatib oʻtamiz, onlayn hujjat topshirish platformasiga 2022-yil 10-yanvardan boshlab maʼlumot yuklashingiz mumkin.
👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Moddiy imkoniyatingiz yoʻqligi endilikda muammo emas
Davlatimiz koʻmagi bilan salohiyatli, bilimli barcha yoshlarimizda xorijda tahsil olib, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshish imkoniyati bor!
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Oʻzbekiston uchun eng ustuvor sohalarda 420 oʻringa moʻljallangan ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qiladi!
Eslatib oʻtamiz, onlayn hujjat topshirish platformasiga 2022-yil 10-yanvardan boshlab maʼlumot yuklashingiz mumkin.
👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
#diqqat_tanlov
⚜️NAVOIY ASARLARI⚜️ — talaba-yoshlar o'rtasida audio tanlov!
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o’rtasida “Navoiy asarlari” nomli audiolar tanlovini e'lon qiladi
🎙 Tanlovda ishtirok etish uchun siz mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiy qalamiga mansub o'zingiz yoqtirib o’qigan asarlardan parchani audio ko’rinishida 5 daqiqadan oshmagan holda tayyorlab @AlisherNavoiyBot manziliga yuborishingiz kerak. Qoʻshimcha fon musiqalaridan foydalanish mumkin.
📌 Tanlov uchun audio materiallar 6-fevral kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
❗️ Audio material yuborayotganda o'zingizning ism-familiyangiz, telefon raqamingiz hamda o'qish (ish) joyingizni yozishingiz shart, aks holda material haqiqiy deb topilmaydi va tanlovga qabul qilinmaydi.
🏆 G’oliblar quyidagi 3 ta nominatsiya bo'yicha aniqlanadi va tashkilotchilar tomonidan diplom, sertifikat hamda kitob sovg'alari bilan taqdirlanadi.
🔹 Eng go’zal ijro;
🔹 Eng yaxshi g’azal kuychisi;
🔹 Eng yaxshi asardan parcha.
☝️ Belgilangan muddat ichida tanlovga qabul qilingan ijodiy ishlar tanlov tashkilotchilari va hakamlar tomonidan ko'rib chiqiladi va har bir nominatsiya bo'yicha eng yaxshi deb topilgan 10 ta audio @manaviyateduuz sahifasiga joylanadi.
☝️ Ushbu har bir nominatsiya bo'yicha eng yaxshi 10 ta audio materiallar yopiq ovoz berish jarayonida ishtirok etadi va ovoz berish natijasiga ko'ra 3 ta nominatsiya bo'yicha tanlovning 1-,2-,3-o'rinlari aniqlanadi.
☝️ Ovoz berish jarayoni like yig'ishdan butkul farq qiladi va shaffof tarzda o'tadi. Qaysi ishtirokchi nechta ovoz yig'ganini ovoz berish yakunlanmaguniga qadar hech kim ko'rolmaydi.

#Renaissance_hall
#tyutor
#hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori o'rinbosari F.Farxodov Farg'ona viloyatidagi xizmat safari mobaynida Farg'ona politexnika institutida tashkil etilgan "Renaissance hall" hamda "Tyutorlar markazi" bilan tanishdi.
Suhbat davomida tyutorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ular tomonidan tayyorlangan guruh pasportlari, ma’lumotnomalarini ko'zdan kechirib, faoliyatga yuqori baho berdi.
Kelajakda ushbu tizimni boshqa oliy ta’lim muassasalariga jalb etish, yoyish lozimligi, shuningdek, tyutorlar faoliyati yuzasidan seminar-trening o‘tkazishni rejalashtirish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Yoshlarning bo'sh vaqti-dushmanning ish vaqti
Xalqimiz keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan «Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» tamoyili asosida shahdam odimlayotgan, yaratuvchanlik ruhi bilan yashayotgan bir paytda «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorning qabul qilinishi ayni muddao bo‘ldi.
Mamlakatimizda kelajagimiz egalari hisoblanmish yoshlar masalasi yana bir karra davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Zero, yurtimiz aholisining salmoqli qismini yosh avlod tashkil etishi barchaga ma’lum. Shunday ekan, mazkur yo‘nalishda bunday muhim qarorlar chiqishi ham hayotiy zaruriyatdir.
Batafsil:https://yuz.uz/news/yoshlarning-bosh-vaqti--dushmanning-ish-vaqti

Kuni-kecha “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori imzolandi.
Qaror bilan davlat organlari, tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida korrupsiya tarqalganlik darajasini baholash uslubiyoti tasdiqlandi
Baholash natijalari asosida korrupsiyaning tarqalganlik darajasi reytingi, shu jumladan korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan davlat organlari va hududlar roʻyxati shakllantiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz”, deb topilgan davlat tashkilotlari faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashida eshitib boriladi va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga tegishli choralar koʻriladi.