Manaviyat.edu.uz
85.9K subscribers
8.11K photos
2.5K videos
85 files
5.31K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Tyutorlarga malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi

🏛 Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilariga malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

♦️Tadbirni markaz direktori Ravshanbek Xudayberganov ochib berib, tashkil etilgan malaka oshirish kursi, uning natijalari va kurs tinglovchilarining bugungi erishgan natijalari bilan tabriklab, kurs davomida olingan bilimlar kelgusida ularning tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etishlari uchun zaruriy qo‘llanma sifatida xizmat qilishi bo‘yicha o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

🔖 So‘ngra kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar markaz direktori va direktorning 1-o‘rinbosari Fozil Farhodov tomonidan topshirildi.

🔹Taqdirlash yakunida kurs tinglovchilari o‘zlarini kurs haqidagi fikrlarini bildirib, mazkur malaka oshirish kursi ularga tyutorlik faoliyatini tashkil etishda juda katta uslubiy yordam berganligini, kursda olingan bilimlar kelgusida oliy taʼlim muassasalaridagi talaba-yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirishni yangi tizimini amalga oshirishga amaliy yordam berishini alohida taʼkidlab o‘tdilar.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi 7
Tog'ay Murod
#audio_kitoblar

📀“Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” – Tog’ay Murod (7-qism).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 2-iyul haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Xalqaro sport jurnalistlari kuni.
🇺🇿 O‘zbekiston – O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun.
🇸🇬 Singapur – Yoshlar kuni.
🇮🇳 Hindiston – Daraxt ekish milliy bayrami.

#voqealar
🔸Zolotoy Rog sohilida Aleksey Shefner Vladivostok shahriga asos soldi (1860).
🔸Parijda 2-Olimpiya o‘yinlari ochildi (1900).
🔸Xalqaro Sport Matbuot Assotsiatsiyasi tashkil etildi (1924).
🔸Amelia Earhart Tinch okeanida g’oyib bo‘ldi (1937).
🔸O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi (1992).
🔸Osiyo moliyaviy inqirozining boshlanishi (1997).

#tavalludlar
🔹1904-yil: Rene Lakoste (1996) – fransuz tennischisi, “Katta dubulg’a”ning ko'p karra g’olibi, “Lacoste” moda yo'nalishining asoschisi.
🔹 1946-yil: Gulchehra Jamilova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1992).
🔹1961-yil: Sami Naseri – mashhur fransuz aktyori, “Taksi” filmi seriallarida bosh rol ijrochisi.
🔹1978-yil: Diana Gurtskaya – estrada qo‘shiqchi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹 1992-yil: Madison Chok – amerikalik figurali uchish ustasi, to‘rt qit’a chempioni (2019, 2020).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun

☑️“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, bugun 32 yil to‘ldi.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blankalarda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida, baʼzi binolarda tasvirlanadi.

🔹O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Xumo qushi ko‘rinadi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM