Manaviyat.edu.uz
85.9K subscribers
8.11K photos
2.5K videos
85 files
5.31K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi 3
Tog'ay Murod
#audio_kitoblar

📀“Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” – Tog’ay Murod (3-qism).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 28-iyun haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Xalqaro ijtimoiy biznes kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston – Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
🇻🇳 Vyetnam – Oila kuni.

#voqealar
🔸Rossiyada sug’urta tizimini joriy etish to‘g’risidagi birinchi hukumat qarori chiqarildi (1786).
🔸Sankt-Peterburgda birinchi fond birjasining ochilishi (1816).
🔸Millatlar Ligasi tashkil etildi. (1919).
🔸Gorkiy avtozavodida birinchi “Pobeda” avtomobili chiqarildi (1946). 
🔸O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib tashkil etildi (2013).

#tavalludlar
🔹1712-yil: Jan-Jak Russo (1778) – fransuz yozuvchisi va Ma’rifat davri mutafakkiri.
🔹1932-yil: Ahmadjonov Muxtor (1998) – geolog olim.
🔹1949-yil: Aleksandr Pankratov-Cherny – teatr va kino aktyori, rejissyor, Rossiya Xalq artisti.
🔹1971-yil: Fabienne Barthez – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (1998), Yevropa chempioni (2000).
🔹1971-yil: Ilon Mask – kanadalik va amerikalik muhandis va tadbirkor, PayPal, SpaceX asoschisi, Tesla Motors asoschilari va investorlaridan biri.
🔹1972-yil: Mariya Butyrskaya – rossiyalik figurali uchish ustasi, jahon chempioni (1999), uch karra Yevropa chempioni.
🔹1992-yil: Eleyn Tompson-Hera – yamaykalik yuguruvchi, 5 karra Olimpiya chempioni.
🔹1994-yil: Anastasiya Bliznyuk – rossiyalik gimnastikachi, jahon va Yevropa chempioni.
🔹1994-yil: Anish Kumar Giri – gollandiyalik shaxmat grossmeysteri.
🔹1996-yil: Donna Vekik – xorvatiyalik professional tennischi va ishbilarmon ayol.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha

Tyutorning bir kuni

Toshkent davlat agrar universiteti Oʻsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti tyutori Dilorom Abdullayevaning universitetdagi bir kuni

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
🇺🇿Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi.
↪️Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.
↪️Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.
↪️Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga yetdi.

♦️Yig‘ilishda mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.
➡️Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.
➡️Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.
➡️Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.
➡️Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

🟥Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi. “Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘ladi.
➡️Jamg‘arma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million so‘mgacha ssuda beradi.
➡️Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million so‘m imtiyozli kredit beriladi.
➡️“Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni o‘zida 10 million dollar yo‘naltiriladi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM