Manaviyat.edu.uz
85.9K subscribers
8.11K photos
2.5K videos
85 files
5.31K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
Bugun 24-iyun haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 Xalqaro diplomatiyadagi ayollar kuni.
🌏 Butunjahon tarix kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya – Qurolli Kuchlar kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Mashinasozlik sanoati xodimlari kuni.

#voqealar
🔸Nyufaundlend oroli kashf etildi (1497).
🔸Manila shahriga asos solindi (1571).
🔸Parijda 19 yoshli Pablo Pikassoning birinchi ko‘rgazmasi ochildi (1902).
🔸Birinchi marta samolyotlarni aniqlash uchun radar ishlatildi (1930).
🔸Ukraina poytaxti Xarkovdan Kiyevga ko‘chirildi (1934).
🔸Moskvada Gʻalaba paradi (1945).
🔸Rangli tijorat teleko‘rsatuvlar (CBS) boshlandi (1951).
🔸Moskvada Xalqaro ayollar kongressi ochildi (1963).
🔸Viktor Soyaning Kino guruhi "Lujniki" stadionida so'nggi kontsertini o‘tkazdi (1990).
🔸"Vatanparvar" gazetasining ilk soni chop etildi (1992).

#tavalludlar
🔹1771-yil: Eleter Dyupon (1834) – fransuz sanoatchisi, DuPont kompaniyasi asoschisi va birinchi prezidenti.
🔹1795-yil: Ernst Veber (1878) – nemis psixofiiziologi va anatomi.
🔹1842-yil: Ambrioz Birs (1914) – amerikalik yozuvchi va jurnalist.
🔹1900-yil: Mixail Zapashniy (1982) – sovet artisti, Zapashniylar sirk sulolasi asoschisi.
🔹1914-yil: Safo Muhamedov (1990) – rangtasvir ustasi, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1971). 
🔹1968-yil: Boris Gelfand – sovet va isroil shaxmatchisi, grossmeystr.
🔹1987-yil: Lionel Messi – Inter Mayami futbol klubi va Argentina milliy futbol jamoasida oʻynaydigan professional futbolchi. 
🔹1989-yil: Shuhrat Muhammadiyev – futbolchi, Nasaf va O‘zbekiston terma jamoalari o‘yinchisi.
🔹1993-yil: Hasanboy Doʻstmatov – Oʻzbekistondagi taniqli bokschilardan biri, olimpiada chempioni (2016).
🔹1997-yil: Jasurbek Yaxshiboyev –"Navbahor" klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining vingeri.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 2024-yil iyun oyida:

↪️Oybek Abdimo‘minovich Ro‘ziyev – Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori;

↪️Muxiddin Baxritdinovich Kalonov – Navoiy davlat pedagogika instituti rektori;

↪️Bahodirov Azizbek Abdulazizovich – Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori;

↪️Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovich – Andijon davlat universiteti rektori;

↪️Ne’matov Sherzod Qalandarovich – Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori;

↪️Xoliqov Bahodir Aliqulovich – Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezident olimlar va professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qilib, muhandis kadrlarni tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Manaviyat.edu.uz
#ijtimoiy_so‘rovnoma Ingliz tilini bilish qanchalik muhim? Kamera qarshisida talabalarga ushbu savol bilan yuzlandik va ularning javoblarini yuqoridagi videoda ko‘rishingiz mumkin. Siz nima deb hisoblaysiz, til bilish qanchalik muhim va ahamiyati yuqori?…
📚Ingliz tilini samarali o‘zlashtirishga yordam beruvchi 10 ta foydali ilova va veb-saytlar:

➡️Duolingo – Ingliz va boshqa tillarda interaktiv darslarni taklif qiluvchi mashhur til o‘rganish ilovasi.
➡️BBC Learning English – Ingliz tilini yaxshilash uchun maqolalar, videolar va audiolarni o‘z ichiga olgan, keng manbalarga ega veb-sayt.
➡️Memrise Foydalanuvchilarga ingliz tilidagi lug‘at va iboralarni yodlash uchun interval takrorlash va mnemonik usullaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi ilova.
➡️Cambridge English Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun bepul resurslar, amaliyot testlari va o‘quv materiallarini taklif qiluvchi veb-sayt.
➡️FluentU lngliz tilida tinglash va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qiziqarli va foydali kino treylerlari, musiqa va videolarni o‘z ichiga jamlagan sahifa.
➡️Quizlet – Foydalanuvchilar ingliz tili lug‘ati va grammatikasini mashq qilish uchun kartalar va viktorinalar yaratish imkonini beruvchi platforma.
➡️Ted Talks – Ingliz tilini tinglash va tushunish ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam beradigan, turli sohalardagi mutaxassislarning ilhomlantiruvchi va foydali ma'lumot beruvchi nutqlarini o‘z ichiga olgan veb-sayt.
➡️Grammarly Yozma ingliz tilini yaxshilashga yordam beruvchi, grammatika va imloni tekshirish vositalarini taqdim etuvchi ilova.
➡️VoiceTube – Tinglash va o‘qish ko‘nikmalarini mashq qilish uchun interaktiv videolarni subtitrlar va lug‘atlar ro‘yxati bilan taklif qiluvchi veb-sayt.
➡️EnglishClub Grammatika darslari, lug‘at resurslari, viktorinalar va barcha darajadagi ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun keng qamrovli veb-sayt.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 25-iyun haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇸 AQSh – Amerika bolalari kuni.
🇧🇾 Belarus – Yoshlar kuni.
🇬🇹 Gvatemala – O‘qituvchilar kuni.
🇵🇭 Filippin – Daraxt o‘tqazish kuni.

#voqealar
🔸Xitoyda tish cho‘tkasi yaratildi (1498).
🔸Virjiniya AQShning 10-shtatiga aylandi (1788).
🔸Parijda “Laylaklar”  baleti namoyish etildi (1910).
🔸Parijda Xalqaro yozuvchilar assotsiatsiyasi tuzildi (1935).
🔸Litva milliy valyutasiga ega bo‘ldi (1993).
🔸Toshkentda “Ijtimoiy fikr” markazi ochildi (1997).
🔸“Windows 98» operatsion tizimi rasman chiqarildi (1998).

#tavalludlar
🔹1560-yil: Xuan Sanches Kotan (1627) - ispan rassomi, natyurmort janri ustasi.
🔹1903-yil: Jorj Oruell (1950) - ingliz yozuvchisi va publitsisti, “1984” romani muallifi.
🔹 1947-yil: Saidahror G’ulomov - O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
🔹 1953-yil: Abdug’ani Abdullayev - yog’och oʻymakori, O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999).
🔹 1975-yil: Vladimir Kramnik - rossiyalik shaxmatchi, 14-jahon chempioni.
🔹1977-yil: Fernanda Lima - braziliyalik aktrisa, model va teleboshlovchi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤝 O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston sammiti: ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga qat’iy intilishning ifodasi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari boshlandi

🏛 Talaba va o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslaridan ko‘zlangan maqsad – tyutorlarning talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning muammolari bilan ishlash, oliygohdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishdan iborat.

♦️Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Talaba va o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirish markaziga tashrif buyurib, tyutorlarning malaka oshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida vazir o‘rinbosari malaka oshirish kursi tinglovchilari-tyutorlar bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonlarining borishi, kursga jalb etilgan professor-o‘qituvchilar salohiyati yuzasidan suhbatlashdi. Shuningdek, tyutorlar faoliyatini takomillashtirish, ularning pedagogik maqomini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

📌 Jarayondan fotolavhalarni ko‘rish

Uchrashuv davomida tyutorlar bilan ochiq muloqot amalga oshirildi va kurslar sifat samaradorligini oshirish borasidagi takliflar berildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_so‘rovnoma

Kelajakda hozirgi ta’lim olayotgan sohangiz bo‘yicha ishlamoqchimisiz?

Kamera qarshisida talabalarga ushbu savol bilan yuzlandik va ularning javoblarini yuqoridagi videoda ko‘rishingiz mumkin.

Sizchi? Kelajakda o‘z sohangiz bo‘yicha ishlaysizmi?

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi 1
Tog'ay Murod
#audio_kitoblar

📀“Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” – Tog’ay Murod (1-qism).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 26-iyun haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni.
🌏 Tish choʻtkasining tug’ilgan kuni.

#voqealar
🔸Alpinizmning paydo boʻlishi (1492).
🔸Yangi Orleanda birinchi kinoteatr ochildi (1896).
🔸Gollivudda Charli Chaplinning “Oltin vasvasasi” filmining premyerasi (1925).
🔸 Madagaskar mustaqilligi e’lon qilindi (1960).
🔸Kasperskiy Laboratoriyasi kompaniyasi tashkil topdi (1997).
🔸 AQShda Bir jinslilar nikohini roʻyxatga olish shartligi belgilandi (2015). politetraftoretilen

#tavalludlar
🔹1730-yil: Sharl Messye (1817) – fransuz astronomi, 14 ta kometani ochgan.
🔹1910-yil: Roy Plankett (1994) – amerikalik kimyogar, politetraftoretilen plastigini ochgan.
🔹1921-yil: Vera Aleksandrova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1981). 
🔹1950-yil: Oybarchin Bakirova – kinoaktrisa.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adiblar xiyoboni – talabalarning maʼrifat va ruhiy ozuqa maskaniga aylanib ulgurgan. Axir ular u yerda o‘z bilimlarini tengdoshlari bilan almashishadi. U yerda yoshlar o‘zlari kabi zukko va bilimga chanqoq tengdoshlari bilan tanishishlari mumkin. Kechagina o‘tkazilgan bilimlar estafetasi bunga yaxshi misol bo‘lishi mumkin.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Tyutorlar uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda!

🏛 Bugun Talaba va o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirish markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Chori bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda talabalarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini samarali ta’minlash metodlari, kitobxonlikni targ‘ib etish va adabiy badiiy jarayonlar haqida ma’lumot berildi.

☑️Bundan tashqari markaz bo‘lim boshlig‘i Mansur Boysariyev tomonidan “Talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash” mavzusida tyutorlar uchun dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Tyutorlar uchun tashkil etilayotgan mazkur malaka oshirish darslari nazariy hamda amaliy darslar bilan davom etmoqda. Bugungi amaliy seminar mashg‘uloti interaktiv usullar orqali yuqori kayfiyatda tashkil etildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM