Manaviyat.edu.uz
53.4K subscribers
7.44K photos
2.05K videos
81 files
4.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
#seminari

Namangan davlat pedagogika institutida “Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etishda "Maʼrifat targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosining roli” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.

🔸Maʼnaviyat targ’ibotchilari instituti rektori B.Xusanov boshchiligida talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar bilan iliq kutib olindi hamda institutda tashkil etilgan “Maʼnaviyat sektor”lari bilan yaqindan tanishishdi.

🔸 O‘quv-seminarda Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti vakili, Toshkent shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlardagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarlari o‘zlarining qiziqarli maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

🔸Seminar yakunida faol ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlashdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 22-iyun haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Butunjahon tropik o‘rmonlar kuni.
🌏Butunjahon tuyalar kuni.
🌏Butunjahon cho‘milish kuni.
🇸🇻 Salvador – O‘qituvchilar kuni.
🇨🇴 Kolumbiya – Advokatlar kuni.

#voqealar
🔸Grinvich observatoriyasiga asos solindi (1675).
🔸Rigada “Russo-Balt” avtomobili taqdim etildi (1909).
🔸Plutonning yo‘ldoshi Xaron kashf qilindi (1978).
🔸Diego Maradona, argentinalik futbolchi Meksikada bo‘lib o‘tgan FIFA Jahon chempionatida Angliya darvozasiga “Xudoning qo‘li” bilan “Asr goli” ni urdi (1986).
🔸G’arbiy Eronda Rixter shkalasi bo‘yicha 6,5 ​​balli zilzila 260 dan ortiq odamni hayotdan olib ketdi (2002).
🔸Ingushetiya prezidentiga suiqasd qilindi. Yunus-bek Yevkurov yaralandi (2009).
🔸Angren-Pop elektrlashtirilgan poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi (2016).

#tavalludlar
🔹1767-yil: Vilgelm Gumbolt (1835) – nemis faylasufi, filolog, tilshunos, Berlin universiteti asoschisi.
🔹1837-yil: Pol Morfi (1884) – amerikalik shaxmat dahosi.
🔹1863-yil: Georgi Volf (1925) – rus fizigi, rentgen spektroskopiyasini yaratgan.
🔹1898-yil: Erix Mariya Remark (1970) – nemis yozuvchisi.
🔹1965-yil: Den Braun – amerikalik mashhur yozuvchi.
🔹1966-yil: Emmanuel Senye – fransuz aktrisasi.
🔹1969-yil: Shuhratbek Abdurahmonov – Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, Andijon viloyati hokimi (2013-yildan).
🔹1983-yil: Mansurbek Chashemov – o‘zbek og’ir atletikachisi va murabbiyi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Osiyo o‘yinlari g’olibi.
🔹1996-yil: Rodrigo Ernandes – ispan futbolchisi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_so‘rovnoma

Ingliz tilini bilish qanchalik muhim?

Kamera qarshisida talabalarga ushbu savol bilan yuzlandik va ularning javoblarini yuqoridagi videoda ko‘rishingiz mumkin.

Siz nima deb hisoblaysiz, til bilish qanchalik muhim va ahamiyati yuqori?

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 23-iyun haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏 Xalqaro Olimpiya kuni.
🌏 Xalqaro muhandis xotin-qizlar kuni.
🌏 Butunjahon ayol inspektorlar kuni.
🌎 Pushti flamingo kuni.
🌏 Yozuv mashinkasi tug’ilgan kun.

#voqealar
🔸Robert Fulton Sena daryosida birinchi bug’ kemasini ommaga namoyish qildi (1803).
🔸Adolf Saks saksofonni patentladi (1846).
🔸Kristofer Letem Shoulz yozuv mashinkasiga patent oldi (1868).
🔸Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tashkil topdi (1894).
🔸Jamol Abdul Nosir Misr prezidenti etib saylandi (1956).
🔸Lozannada Olimpiya muzeyiga asos solindi (1993).
🔸Dunyoda birinchi marta inson miyasi hujayralari ko‘chirib o‘tkazildi (1998).
🔸Avstraliya hayvonot bog’ida 175 yoshli Garietta  toshbaqasi oʻlib qoldi (2006).

#tavalludlar
🔹1668-yil: Jambattista Viko (1744) – italyan faylasufi, tarix falsafasi va etnik psixologiya asoschisi.
🔹1889-yil: Anna Axmatova (Gorenko) (1966) – rus sovet shoirasi, tarjimon va adabiyotshunos.
🔹1972-yil: Zinedin Zidan – fransiyalik futbolchi, jahon chempioni (1998), Yevropa chempioni (2000), jahonning eng yaxshi futbolchisi (1998, 2000, 2003), murabbiy.
🔹1976-yil: Patrik Viyeyra – fransiyalik futbolchi.
🔹1992-yil: Luiza Galiulina – oʻzbek gimnastikachisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, sport gimnastikasi boʻyicha Osiyo oʻyinlari va jahon kubogi bosqichlari sovrindori.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 24-iyun haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 Xalqaro diplomatiyadagi ayollar kuni.
🌏 Butunjahon tarix kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya – Qurolli Kuchlar kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Mashinasozlik sanoati xodimlari kuni.

#voqealar
🔸Nyufaundlend oroli kashf etildi (1497).
🔸Manila shahriga asos solindi (1571).
🔸Parijda 19 yoshli Pablo Pikassoning birinchi ko‘rgazmasi ochildi (1902).
🔸Birinchi marta samolyotlarni aniqlash uchun radar ishlatildi (1930).
🔸Ukraina poytaxti Xarkovdan Kiyevga ko‘chirildi (1934).
🔸Moskvada Gʻalaba paradi (1945).
🔸Rangli tijorat teleko‘rsatuvlar (CBS) boshlandi (1951).
🔸Moskvada Xalqaro ayollar kongressi ochildi (1963).
🔸Viktor Soyaning Kino guruhi "Lujniki" stadionida so'nggi kontsertini o‘tkazdi (1990).
🔸"Vatanparvar" gazetasining ilk soni chop etildi (1992).

#tavalludlar
🔹1771-yil: Eleter Dyupon (1834) – fransuz sanoatchisi, DuPont kompaniyasi asoschisi va birinchi prezidenti.
🔹1795-yil: Ernst Veber (1878) – nemis psixofiiziologi va anatomi.
🔹1842-yil: Ambrioz Birs (1914) – amerikalik yozuvchi va jurnalist.
🔹1900-yil: Mixail Zapashniy (1982) – sovet artisti, Zapashniylar sirk sulolasi asoschisi.
🔹1914-yil: Safo Muhamedov (1990) – rangtasvir ustasi, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1971). 
🔹1968-yil: Boris Gelfand – sovet va isroil shaxmatchisi, grossmeystr.
🔹1987-yil: Lionel Messi – Inter Mayami futbol klubi va Argentina milliy futbol jamoasida oʻynaydigan professional futbolchi. 
🔹1989-yil: Shuhrat Muhammadiyev – futbolchi, Nasaf va O‘zbekiston terma jamoalari o‘yinchisi.
🔹1993-yil: Hasanboy Doʻstmatov – Oʻzbekistondagi taniqli bokschilardan biri, olimpiada chempioni (2016).
🔹1997-yil: Jasurbek Yaxshiboyev –"Navbahor" klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining vingeri.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 2024-yil iyun oyida:

↪️Oybek Abdimo‘minovich Ro‘ziyev – Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori;

↪️Muxiddin Baxritdinovich Kalonov – Navoiy davlat pedagogika instituti rektori;

↪️Bahodirov Azizbek Abdulazizovich – Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori;

↪️Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovich – Andijon davlat universiteti rektori;

↪️Ne’matov Sherzod Qalandarovich – Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori;

↪️Xoliqov Bahodir Aliqulovich – Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezident olimlar va professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qilib, muhandis kadrlarni tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Manaviyat.edu.uz
#ijtimoiy_so‘rovnoma Ingliz tilini bilish qanchalik muhim? Kamera qarshisida talabalarga ushbu savol bilan yuzlandik va ularning javoblarini yuqoridagi videoda ko‘rishingiz mumkin. Siz nima deb hisoblaysiz, til bilish qanchalik muhim va ahamiyati yuqori?…
📚Ingliz tilini samarali o‘zlashtirishga yordam beruvchi 10 ta foydali ilova va veb-saytlar:

➡️Duolingo – Ingliz va boshqa tillarda interaktiv darslarni taklif qiluvchi mashhur til o‘rganish ilovasi.
➡️BBC Learning English – Ingliz tilini yaxshilash uchun maqolalar, videolar va audiolarni o‘z ichiga olgan, keng manbalarga ega veb-sayt.
➡️Memrise Foydalanuvchilarga ingliz tilidagi lug‘at va iboralarni yodlash uchun interval takrorlash va mnemonik usullaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi ilova.
➡️Cambridge English Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun bepul resurslar, amaliyot testlari va o‘quv materiallarini taklif qiluvchi veb-sayt.
➡️FluentU lngliz tilida tinglash va tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qiziqarli va foydali kino treylerlari, musiqa va videolarni o‘z ichiga jamlagan sahifa.
➡️Quizlet – Foydalanuvchilar ingliz tili lug‘ati va grammatikasini mashq qilish uchun kartalar va viktorinalar yaratish imkonini beruvchi platforma.
➡️Ted Talks – Ingliz tilini tinglash va tushunish ko‘nikmalarini yaxshilashga yordam beradigan, turli sohalardagi mutaxassislarning ilhomlantiruvchi va foydali ma'lumot beruvchi nutqlarini o‘z ichiga olgan veb-sayt.
➡️Grammarly Yozma ingliz tilini yaxshilashga yordam beruvchi, grammatika va imloni tekshirish vositalarini taqdim etuvchi ilova.
➡️VoiceTube – Tinglash va o‘qish ko‘nikmalarini mashq qilish uchun interaktiv videolarni subtitrlar va lug‘atlar ro‘yxati bilan taklif qiluvchi veb-sayt.
➡️EnglishClub Grammatika darslari, lug‘at resurslari, viktorinalar va barcha darajadagi ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun keng qamrovli veb-sayt.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 25-iyun haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇸 AQSh – Amerika bolalari kuni.
🇧🇾 Belarus – Yoshlar kuni.
🇬🇹 Gvatemala – O‘qituvchilar kuni.
🇵🇭 Filippin – Daraxt o‘tqazish kuni.

#voqealar
🔸Xitoyda tish cho‘tkasi yaratildi (1498).
🔸Virjiniya AQShning 10-shtatiga aylandi (1788).
🔸Parijda “Laylaklar”  baleti namoyish etildi (1910).
🔸Parijda Xalqaro yozuvchilar assotsiatsiyasi tuzildi (1935).
🔸Litva milliy valyutasiga ega bo‘ldi (1993).
🔸Toshkentda “Ijtimoiy fikr” markazi ochildi (1997).
🔸“Windows 98» operatsion tizimi rasman chiqarildi (1998).

#tavalludlar
🔹1560-yil: Xuan Sanches Kotan (1627) - ispan rassomi, natyurmort janri ustasi.
🔹1903-yil: Jorj Oruell (1950) - ingliz yozuvchisi va publitsisti, “1984” romani muallifi.
🔹 1947-yil: Saidahror G’ulomov - O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
🔹 1953-yil: Abdug’ani Abdullayev - yog’och oʻymakori, O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999).
🔹 1975-yil: Vladimir Kramnik - rossiyalik shaxmatchi, 14-jahon chempioni.
🔹1977-yil: Fernanda Lima - braziliyalik aktrisa, model va teleboshlovchi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤝 O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston sammiti: ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga qat’iy intilishning ifodasi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM