Manaviyat.edu.uz
55.3K subscribers
7.43K photos
2.04K videos
81 files
4.67K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
⚡️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 8 yilligi tantanali nishonlandi!

O‘tgan sakkiz yilda universitet  jamoasi, talabalar bilan birgalikda katta yo‘lni bosib o‘tdi, qisqa muddat ichida milliy va xalqaro reytinglarda munosib natijalar qayd etdi.

✔️2016-yilda universitetning ilmiy salohiyati 51%ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 61,3%ga ko‘tarilgan. Universitet 2022-yilda Times Higher Education tashkilotining Impact reytingida dunyoning eng kuchli 600+ universitetlari ro‘yxatiga kirdi.

🔴Mazkur bayram tantanasi 5-iyun kuni universitetda o‘tkazilgan “Universitet – talaba – oila muloqoti” shiori ostida ikkinchi ota-onalar kongressi davomida nishonlandi. Kongressda universitetning bir guruh pedagoglari va xodimlari, faol talabalar, shuningdek, ota-onalar taqdirlanishdi. Kasbiy faoliyati davomida muvaffaqiyatlarga erishgan professor o’qituvchilar va xodimlarga “Alisher Navoiy” medali bilan topshirildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#final2024 #Samarqand

🗣Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovi hamda “Munozara” respublika turniri final bosqichlari Samarqand MTRK nigohida.

🔹Mazkur tanlovlarning final bosqichini yuqori saviyada tashkil etishda bosh tashkilotchilik vazifasini bajarayotgan Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rahbariyatiga Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va barcha ishtirokchi jamoalar nomidan samimiy minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 7-iyun haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT –  Xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni.
🌏 Butunjahon g’amxo‘rlik kuni.
🌏 Butunjahon yugurish kuni.
🇦🇷 Argentina – Jurnalistlar kuni.
🇰🇬 Qirg’iziston – Moliya va iqtisod xodimlari kuni.

#voqealar
🔸Ispaniya va  Portugaliya dunyoni qaytadan boʻlib olishdi (1494).
🔸Xristofor Kolumb o‘zining uchinchi sayohatiga yo‘l oldi (1498).
🔸Lyudovik XIV Fransiya taxtiga o‘tirdi (1654).
🔸7,5 balli Port-Royal zilzilasi sodir bo‘ldi va uch daqiqa ichida shaharni butunlay yakson qildi (1692).
🔸Lateran kelishuviga muvofiq Vatikan davlati tashkil topdi (1929).
🔸Saudiya Arabistonida ayollarga ta’lim olish uchun ruxsat berildi (1960).

#tavalludlar
🔹1548-yil: Jordano Bruno – italyan mutafakkiri, faylasuf, astronom va shoir.
🔹1794-yil: Pyotr Chaadayev – rus faylasufi, yozuvchi, jamoat arbobi.
🔹1829-yil: Nikolay Fyodrov – mutafakkir, utopik tizim yaratuvchisi, rus kosmizmi asoschisi.
🔹1924-yil: Xurshida Yanboyeva – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, terapevt-kardiolog,professor.
🔹1928-yil: Rasulqori Hofiz Mamadaliyev (1976) – xonanda, sozanda (tanbur, dutor, skripka) va askiyachi.
🔹1942-yil: Muammar Kaddafiy (2011) – liviyalik harbiy va davlat arbobi.
🔹1952-yil: Orxan Pamuk – turk yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (2006).
🔹1970-yil: Kafu – braziliyalik futbolchi, ikki karra jahon chempioni (1994, 2002).
🔹1981-yil: Anna Kurnikova – rossiyalik tennischi, fotomodel.
🔹1997-yil: Davlat Bobonov – oʻzbek dzyudochisi, 90 kg vazn toifasida, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida bronza medali sovrindori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#final2024 #Samarqand
#talabalar_teatr_studiyasi

🎭 “Talabalar teatr studiyalari” finalining so‘nggi kuni mezbon jamoa spektakli bilan boshlandi!

♦️Samarqand davlat tibbiyot universitetining “Abu Ali ibn Sino izdoshlari” talabalar teatr studiyalari jamoasi “Said Rizo Alizoda” dramasini namoyish etdi. Sahnada mezbon jamoa bo‘lganligi sababli, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab mehmonlar, talabalar, universitet xodimlari, shuningdek, universitet rektori Jasur Rizayev ham tashrif buyurdi.

✔️Shundan so‘ng, finalni yakunlab beruvchi Termiz davlat pedagogika instituti “Jayhun” jamoasi jadidlar hayoti haqida so‘zlovchi “Asr fojeasi” spektakliga navbat berildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu spektakl yakunlangach, Hakamlar hay’ati a’zolari barcha spektakllarni birma-bir tahlil qilib, yutuq va kamchiliklarini aytib o‘tadilar.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#final2024 #Munozara

🗣“Munozara” respublika turniri yakunlandi!

🔹O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 3 kun davom etgan munozara bahslarini bugungi final bellashuvi yakunlab berdi. Finalda Farg‘ona davlat universitetining “Tandem 3” jamoasi Guliston davlat universitetining “Tabiiy intellekt” jamoasi bilan bellashdi.

✔️Bellashuvni turnir davomida hakamlik qilgan 10 dan ziyod Hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordi. Final bellashuvini kuzatish uchun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudoyberganov ham tashrif buyurdi.

‼️Eslatib o‘tamiz, “Munozara” respublika turniri va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Samarqand viloyati Yoshlar markazida soat 15:30 da bo‘lib o‘tadi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM