Manaviyat.edu.uz
53.5K subscribers
7.44K photos
2.05K videos
81 files
4.7K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
🟦🟦🟦

🖋️Navoiy davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi raisi, shoir Bahriddin Sadriddinov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh talabalar bilan uchrashdi.

Tadbirda har ikkala ijodkorning ibratli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to‘plamlari, tarjimalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Tadbir davomida institutning esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, mehmon ijodkorlar institut tuzilmasidagi muzey faoliyati hamda “kitob yarmarkasi” bilan tanishishdi, institut hududida daraxt o‘tqazildi.

Abadiy uchrashuvlar maktablarda davom etdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat dasturi: «Yosh kitobxon talabalar ligasi» tanlovi
#28apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#kun_tarixi
Bugun 29-aprel haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.


🌏 Xalqaro Raqs kuni.
🌏 Xalqaro immunologiya kuni.
🌏 Butunjahon tilaklar kuni.


🔹Berlinda dunyoda birinchi trolleybus ishga tushirildi (1882).
🔹Oksford universiteti qiz-talabalarga imtihon topshirishga rozi bo‘ldi (1884).
🔹AQShga ko‘chib kelgan shved elektrotexnika muhandisi Gideon Sundbek hozirda “molniya” deb nomlanuvchi ixtiroga patent oldi (1913).
🔹Jarroh Leonid Rogozov appendektomiya operatsiyasini muvaffaqiyatli bajardi (1961).
🔹Xitoy aholisi milliard kishidan oshdi (1982).
🔹Mashhur “Nike” tug'ilgan kun (1985).
🔹“Uz” domeni ro‘yxatga olindi (1995).
🔹O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekkino Davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida” gi Farmoni e'lon qilindi (1996)

🔸Qoraqalpoq xonandasi (lirik bariton) va rejissyor, Qoraqalpogʻiston, Boshqirdiston, O‘zbekiston xalq artisti Bayram Matjonov tavallud topgan kun (1940).
🔸Kulol, sulola davomchisi, zamonaviy rishton kulollik maktabining yirik vakili,  O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Sharofiddin Yusupov tavallud topgan kun (1945).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Audio
#milliy_qadriyatlar_sayli
#kitobxon_yoshlar_ligasi

🏛 Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi bo‘yicha Yoshlar radiosi “Salom yoshlar” loyihasida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Izzatxo‘ja Asomiddinov bilan suhbat efirga uzatildi.

📚 Shuningdek, Yoshlar radiosi orqali yaqinda yakunlangan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 3-mavsumi final bosqichi haqida ham ma’lumotlar efirga uzatildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#men_vatanparvarman

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari ijrosida “O'zbek kelayotir” she’ri sahnalashtirildi!

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Manaviyat.edu.uz
Photo
🟥🟥🟥

📚“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 3-mavsumida “Eng faol targibotchi” nominatsiyasi bo‘yicha 10-o‘rinni egallagan Jahongir Razzoqov referal ball yig‘ish jarayonida soxta akkountlar orqali referal ball yig‘gan holati aniqlandi va ushbu ishtirokchining tanlovdagi natijalari bekor qilindi!

❗️Yuqoridagi skrinshotda ishtirokchilarning 2024-yilning 24-aprel soat 00:00 dagi referal ballari holati ko‘rsatilgan. Ro‘yxatda 5-o‘rinda turgan Olimjon Hafizov va 11-o‘rinda turgan Islom Fayzullayev tanlov nizomiga ko‘ra talaba, tyutor yoki kollej, litsey, texnikum o‘quvchisi bo‘lmaganligi sababli g‘olib sifatida e’tirof etilmaydi. Shu sababli ular ro‘yxatdan chiqarilgan.

☑️Natijasi bekor qilingan Jahongir Razzoqov o‘rniga undan bir pog‘ona pastda turgan Mahliyo Yorboboyeva tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘olibi sifatida yuqorida ko‘tariladi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xonatlas_festivali

🗣Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining barcha ayol xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talaba-qizlari ishtirokida «Xonatlas» festivali o‘tkazildi.

🌸 Atlas va adras kabi milliy matolar, milliylik va zamonaviylik, mahalliy va badiiy jihatlar uyg‘un bo‘lgan “Xonatlas” festivali doirasida “Milliylikda millat mujassam” nomli ma’naviy kun bo‘lib o‘tdi.

O‘zgacha bahoriy kayfiyat, yuzlardagi quvonch ayniqsa, latofatli ayol va qizlarning atlas, adras, beqasam, banoraz kabi milliy matolardan tikilgan liboslarda va milliy aksessuarlarda ishtirok etgani festivalga yanada kayfiyat bag‘ishladi.

⚡️Festival doirasida “Xon atlas” chellenji va fleshmob tanlovlari tashkil etildi!

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM