MA’NAVIYAT va MA'RIFAT
737 subscribers
10.5K photos
1.93K videos
96 files
4.28K links
Download Telegram
Forwarded from Segment.uz
⚡️Ўзбекистон Буюк Британия бозорига божсиз кириш ҳуқуқига эга бўлди

Ўзбекистон Буюк Британиянинг кенгайтирилган умумий имтиёзлар тизимига қўшилган биринчи давлат бўлди. Бунинг натижасида энди Буюк Британияга олиб кирилаётганда Ўзбекистонда ишлаб чиқарилаётган 7800 дан ортиқ турдаги товарларга импорт божи белгиланмайди.

Кенгайтирилган GSP схемаси Ўзбекистонга 437 миллиард фунт стерлинг ҳажмга эга дунёнинг бешинчи йирик иқтисодиёти, дунёдаги энг интернационал истеъмол ва чакана савдо бозорига кириш имконини беради.

Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари, меҳнат стандартлари, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва самарали бошқарув соҳасидаги 27 та асосий халқаро конвенцияни муваффақиятли ратификация қилгани бенефициар мақомини бериш учун омиллардан бири бўлди.

Telegram | Facebook | Instagram
AMALIY SEMINAR-TRENING: MAQSAD VA NATIJALAR

#Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 28 dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyatini takomillashtirish hamda Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimini joriy etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 1-bandiga asosan, umumta’lim maktablarida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi 0,5 shtat birligi joriy etilgan edi.
Shu asosga ko‘ra, bugungi kunda Respublika bo‘yicha o‘n ming nafardan ortiq ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar shahar va qishloqlarimizdagi maktablarda faoliyat yuritib kelmoqda.
AMALIY SEMINAR-TRENING: MAQSAD VA NATIJALAR

#Jarayon

Mazkur qo‘shma qarorda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchining asosiy vazifalari belgilab berilgan bo‘lsa-da, o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning faoliyat yo‘nalishlarini aniq belgilab beruvchi qo‘llanmaga ehtiyoj sezilmoqda. Bu borada ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarning o‘zlari tomonidan ham takliflar bildirilmoqda.
Bugun ushbu muammoning echimi sifatida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan soha mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar-trening o‘z ishini boshladi.
Mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.
AMALIY SEMINAR-TRENING: MAQSAD VA NATIJALAR

#Jarayon

SO‘Z MAZKUR AMALIY SEMINAR-TRENING QATNAShChILARIGA:

Olloyor BOBONOV, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 42-maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi:

Bugungi amaliy seminar-treningda lavozim majburiyatlarimiz, ish rejamiz hamda ish rejadagi vazifalarni amalga oshirish mexanizmi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldik va uslubiy tavsiyalar bilan ta’minlandik. Shuningdek, ushbu amaliy seminar-trening davomida hududlar kesimida o‘zaro tajriba almashishga muvaffaq bo‘ldik.
Eng asosiysi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmalari mas’ullari hamjihatlikda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar faoliyatini ilmiy-amaliy jihatdan muvofiqlashtirishganining guvohi bo‘ldik.
Belgilangan dasturga muvofiq, bizga bu yerda olgan bilim va tajribalarimizni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar mas’ullari sifatida o‘z vaqtida o‘z hududimizdagi tuman-shahar mas’ullarini 3 kun davomida seminarlarda o‘qitib, ularning malakasini oshirish va ularni lavozim majburiyatlari, ish reja hamda ish rejadagi vazifalarni amalga oshirish mexanizmi haqida to‘liq ma’lumotlar hamda uslubiy tavsiyalar bilan ta’minlash mas’uliyati yuklandi.
AMALIY SEMINAR-TRENING: MAQSAD VA NATIJALAR

#Jarayon

SO‘Z MAZKUR AMALIY SEMINAR-TRENING QATNAShChILARIGA:

Bobur BOBOMUROD, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 220-maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi:

Ushbu amaliy seminar-treningda o‘z takliflarimizni bildirdik. Masalan, ijtimoiy ahvoli og‘ir o‘quvchilar bilan shug‘ullanish faqat ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchiga yuklanishi ko‘zda tutilgandi. Biz bu borada mas’uliyat ko‘proq maktablarning ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va maktab psixologlari zimmasida bo‘lishi kerakligini aytdik. Shuningdek, ijodkor uchun turli qog‘ozbozliklar, hujjatbozliklar ortiqcha yuklama ekanligi xususidagi fikr-mulohazalar ham o‘rinli deb o‘ylayman.
Menimcha, bunday seminarlarni vaqti-vaqti bilan o‘tkazib turish lozim. Ayniqsa, uslubiy qo‘llanmalarga ehtiyojimiz ko‘pligini bildirdik. O‘ylaymizki, bu takliflar uslubiy qo‘llanmalarni yaratishda inobatga olinadi.
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Jarayon
#Qoraqalpoģiston_Respublikasi

Qonliko'l tumani 4-sonli umumta'lim maktabida "Baģrikenglik haftaligi" tashkillashtirildi. Mazkur tadbir davomida millatlararo totuvlik, diniy baģrikenglik tushinchalari haqida o'quvchilar bilan Ma'naviyat soatlari o'tildi. Belgilangan ish-rejaga muvofiq o'quvchilar 6 ta shart bo'yicha bellashdilar:
1. "Mening baģrikeng dunyoim" nomli rasmlar tanlovi.
2. She'rxonlik kechasi.
3. "Baģrikenglik mening nazdimda" nomli ijodiy ishlar tanlovi.
4. "Milliy liboslar" tanlovi.
5. "Milliy taomlar" tanlovi.
6. "Milliy ashula va raqs" tanlovlari. G'olib o'quvchilar haya't a'zolari tomonidan aniqlanib, taqdirlandilar.
Mazkur "Baģrikenglik haftaligi" tadbiri o'quvchilar tomonidan turli qardosh millatlarning milliy madaniyati, qadimiy urf-odatlari dasturlarini o'zida mujassam etgan qiziqarli sahna ko'rinishlari bilan davom ettirildi.
Tadbir ishtirokchilari o'quvchilarning san'atga oshufta chiqishlaridan, ijro mahoratlaridan xushnud bo'lishdi.

Maktabning Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha tarģibotchisi
Manzura Aitjanova
#Kun_hikmati

Inson baxtli bo‘lishi kerak. Agar u baxtsiz ekan, uning o‘zi aybdor. Binobarin, u shu noqulaylik yoki nohaqlikni bartaraf etmaguncha o‘zi uchun kuyib-pishib harakat qilmog‘i lozim.

Lev TOLSTOY
Forwarded from OYINA.UZ
Маънавий-маърифий ишларни ташкил этиш юзасидан малака ошириш ўқувлари бошланди

Батафсил 👉 https://oyina.uz/kiril/posts/1669

Расмий саҳифаларимиз👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from Oyina.uz | Tafakkur
Behbudiyning so‘nggi istagi

✏️ Amir vaqtida ham hukumat eshigining sohibnufuzi shul Og‘alik mazkur shahidlarning o‘ldirilishlariga sababchi o‘zi bo‘lg‘onlig‘i uchun Behbudiyning qabri ham topilmadi, o‘ldurguchilar ham yuzaga chiqmadi. Samarqanddan komissiya bo‘lib borg‘on o‘rtoqlar Qarshi shahrining hukumat boshida o‘ltirg‘on odamlardan ma’yus bo‘lib keldilar.

Batafsil: 👉🏽 https://oyina.uz/uz/article/294

📲 Kanalga ulanish: @oyina_portali
Forwarded from OYINA.UZ
Ўзбекистонда очилмаган жиноятлар тадқиқ этилади

🔍 Адлия вазирлиги ҳузуридаги Х. Сулаймонова номидаги Республика Суд-экспертиза марказининг Суд-экспертлик илмий-тадқиқот институти фаолияти ташкил этилди.

Батафсил 👉🏻 https://oyina.uz/kiril/posts/1671

Расмий саҳифаларимиз👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from Segment.uz
⚡️1 миллион 500 мингта китоб фондига эга Президент кутубхонаси қурилади

Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида Тошкент шаҳрида амалга оширилиши режалаштирилган бунёдкорлик лойиҳалари тақдимоти ўтказилди.

Улардан бири — Алишер Навоий номидаги адабиёт музейи бўлиб, Адиблар хиёбонига туташ ҳудудда қурилади. Ушбу мажмуа музей билан бирга илмий тадқиқот маркази, Ўзбек тили, адабиёти ва фольклори институти, мактаб ва ётоқхонани ўз ичига олади.

Ўзбекистон Миллий боғи яқинида Президент кутубхонаси қурилиши ҳам режалаштирилган. У 4 қаватли бўлиши, бир вақтда 1 минг 400 дан зиёд ўқувчига хизмат кўрсатиши кўзда тутилган. Кутубхонада 1 миллион 500 мингта китоб сақланиши билан бирга электрон адабиётлар, мультимедиа маҳсулотлари ҳам бўлади.

Давлатимиз раҳбари бу мажмуаларни қуришда энг замонавий технологиядан фойдаланиш, билимсеварларга барча қулайликларни яратиш бўйича кўрсатмалар берди.

Telegram | Facebook | Instagram
#Mashhurlar_topqirligi

Bir yosh va havaskor kompozitor mashhur san’at ustasi Mosartdan “Simfoniya qanday yoziladi?” deb so‘rabdi. Savolidanoq uning hali g‘o‘r va tajribasiz ekanligini payqagan Mosart yotig‘i bilan tushuntirishga harakat qilib, maslahatomuz debdi:
Siz hali yosh ekansiz, balki ballada yozishdan boshlarsiz?
Shunda o‘zicha shashti baland yosh kompozitor qaysarligini namoyon qilibdi:
O‘zingiz dastlabki simfoniyalarni o‘n besh yoshda yozgansiz-ku?!
– Juda to‘g‘ri, –
darhol javob qaytaribdi Mosart. – Lekin men qanday yozishni hech kimdan so‘ramagan edim.
Forwarded from OYINA.UZ
FaceРay технологияси: жамоат транспортида валидаторга қараб йўл ҳақини тўлаш мумкин бўлади

💳 2021 йилнинг 10 ойида йўловчилар томонидан 415 минг дона “Атто” транспорт карталари ҳарид қилинган

Батафсил 👉🏻 https://oyina.uz/kiril/posts/1676

Расмий саҳифаларимиз👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from OYINA.UZ
Блогер Фотима Жўраева калтаклангани бўйича Бош прокуратура муносабат билдирди

❗️ Ижтимоий тармоқларда блогер Фотима Жўраева калтакланганлиги ҳақида хабарлар тарқалди.

Батафсил 👉🏻 https://oyina.uz/kiril/posts/1684

Расмий саҳифаларимиз👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from Oyina.uz | Tafakkur
Uilyam Folknerdan yosh qalamkashlarga olti tavsiya

📚 Qo‘lingga nima tushsa o‘qi – hatto, davrning barcha katta-kichik yozarmanlarini, klassiklarning yaxshiyu yomonini, o‘qi, o‘rgan, so‘ngra fikrla, bularning yutuq va kamchiliklarini taqqosla, shundan o‘zingga xulosa chiqar.

Huddi o‘tinchining shogirdi kabi aynan qaysi daraxtni kesishni, qayerdan kesishni, qaysi g‘o‘la olovga kuchliroq taft berishini o‘rgan.

Batafsil: 👉🏽 https://oyina.uz/uz/teahause/188

📲 Kanalga ulanish: @oyina_portali
Forwarded from Oyina.uz | Tafakkur
Dunyodagi eng mashhur adabiy mukofotlar haqida bilasizmi?

🏆 Bugungi kungacha xalqaro Nobel mukofoti buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissa qoʻshgani uchun har yili munosib nomzodlarga taqdim etilmoqda. Alfred Nobel vasiyatiga ko‘ra ta’sis etilgan mukofot ushbu nomdagi jamg‘arma tomonidan qoplanadi.

Batafsil: 👉🏽 https://oyina.uz/uz/teahause/189

📲 Kanalga ulanish: @oyina_portali