MARKAZ XABARLARI
7.69K subscribers
18.4K photos
2.67K videos
19 files
7.29K links
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali

Veb-sayt: manaviyat.uz
Facebook: fb.com/manaviyat.uz
Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz
Youtube: http://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968
Download Telegram
🔰Respublika bo‘ylab “Vatanparvarlik marshi” o‘tkaziladi

Joriy yilning may-iyun oylari davomida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari o‘tkazilishi belgilandi.

Batafsil: https://manaviyat.uz/posts/123


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰LAYOQAT –
insonning anatomik-fiziologik xususiyati bo‘lib, qobiliyatlar rivojining asosidir.

Layoqat – qobiliyatning nasliy mustahkamlangan omili, qobiliyat rivojlanishining tabiiy zamini. Muayyan sharoit mavjud bo‘lganda layoqat qobiliyatning shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydi.

Layoqat qancha kuchli bo‘lsa, insondagi burch va mas’uliyat tuyg‘usi ham shunchalik qat’iy bo‘ladi. Shu asosda unda yuksak ma’naviyat hamda ma’rifat shakllanadi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#ustoz_loyihasi
#OAV_da

🔰Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan "Ustoz" loyihasining siyosiy fanlari doktori, professor Narzulla Jo‘rayev ishtirokidagi soni O‘zbekiston milliy axborot agentligi ijtimoiy sahifalarida yoritildi.

Batafsil bu yerda

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#audio_mutolaa

✍️Yozuvchi Gabriel Garsia Markesning "Ulkan qanotli mo'ysafid" hikoyasi (vaqti 00:20:49)

Kolumbiyalik yozuvchi va Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsia Markes ushbu hikoyani “bolalar uchun ertak” deya atagan bo‘lsa-da, biroq undagi chuqur ramziy ma’nolar uni kattalarga mo‘ljallanganini anglatadi. Hikoya qahramoni odamlarning farishtalar borasidagi tasavvuriga mos kelmagani uchun qabul qilinmaydi. Unga nisbatan shafqatsiz va qo‘pol munosabatda bo‘linadi.

🎙Hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari saroyida taqdimot tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur anjumanda poytaxtimizdagi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar shuningdek, maktab direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzolari ishtirok etdi.

Тadbir avvalida Ma’naviyat va ma’rifat Kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida hududlardagi 4 ta sektorga qo‘shimcha sifatida tashkil qilingan beshinchi “Ma’naviyat sektori”ning taqdimoti o‘tkazildi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar spektakl namoyishida qatnashdilar.

Sahna asari Turkistonda bir necha maktablar ochilishiga sababchi bo‘lgan, birinchi o‘zbek dramaturgi Mahmudxo‘ja Behbudiy, mashhur o‘zbek maʼrifatparvari, shoiri va jamoat arbobi Abdulla Avloniy  va milliy uygʻonish harakatining yana bir namoyandasi Abdulhamid Cho‘lpon hayotiga bag‘ishlandi.