MA'MUN UNIVERSITET | RASMIY KANAL
101K subscribers
7.88K photos
663 videos
20 files
2.73K links
🏛Ma'mun-universiteti nodavlat oliy ta'lim muassasi
📍Manzil: Xiva shahri,Bolxovuz ko'chasi 2-uy
📍Urganch shahri, Islom Karimov

☎️88 506 90 90
☎️77 255 90 90
☎️77 369 40 40

https://t.me/mamun_university_bot
Download Telegram
🗣IQTISODIYOT VA GUMANITAR FANLAR FAKULTETIDA MILLIY QADRIYATLAR HAFTALIGI TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA!

🗣 Joriy yilning 25-oktabr kuni Iqtisodiyot va gumanitar fanlar fakulteti iqtisodiyot yoʻnalishi 24.09 va 24.10-guruh talabalari ishtirokida kafedra oʻqituvchlari Abdikarimova Zilola va Yaqubov San’atbeklar rahbarligida “Milliy qadriyatlar haftaligi” doirasida “Milliy qadriyatlar- millat ma’naviyatining koʻzgusi” mavzusida murabbiylik darslari oʻtkazildi.

🗣 Murabbiylik darslarida milliylikni targ`ib qiluvchi kiyimlar va videoroliklar bilan talabalar hayotida milliy qadriyatlarimizni qanchalik muhim o`rin kasb etishlarini yana bir bor eslatib o`tdilar.

🗣Bo’lib o’tgan tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.

© Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

WEB SAYT | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOUTUBE | ENGLISH |VK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Юқоридаги видеода сайловда қандай овоз берилиши ҳақида батафсил тушунтириш берилган.

Сайлов учтасткасига борганда бюллетенларни адаштириб юбормаслик учун яхши қўлланма.

Ҳа айтганча, бугун «сукунат куни». Сайлов кодексига кўра, сайлов куни ва овоз беришга бир кун қолганида ташвиқотга йўл қўйилмайди.

Эртага, 27 октябрь куни парламент ва маҳаллий кенгаш депутатлиги учун сайлов бўлиб ўтади.
🗣Bugun 26-oktabr kuni Ma’mun universiteti kengashining 3- sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi.

🗣Kengash avvalida, O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining ilmiy unvonin attestatlari tantanali tarzda topshirildi. Jumladan, Iqtisodiyot va gumanitar fanlar fakulteti dekan o'rinbosari Omonboy Matqurbonov tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasi diplomini;"Psixologiya va tibbiyot" kafedrasi v.b dotsentlari Madina Qalandarova, Ilmira Jumaniyazova va Umida Latipovalar; "Iqtisodiyot" kafedrasi v.b. dotsenti Alibek Rajapov; Roman-german kafedrasi v.b.dotsenti O'ktamNorboyevlar dotsent ilmiy unvonining dotsent attestatini tantanali ravishda qabul qildilar.

🗣Kengashda Iqtisodiyot va gumanitar fanlar fakultetida ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-uslubiy va ilmiy-innovatsion ishlarning ahvoli va xalqarolashuv bo’yicha ishlar samaradorligi, Iqtisodiyot kafedrasi faoliyati va rivojlantirish strategiyalari, Ta’limning axborot texnologiyalari bilan ta’minlanganligi va o’quv jarayonini raqamlashtirish mavzularidagi masalalar muhokama qilindi.

© Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

WEB SAYT | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOUTUBE | ENGLISH |VK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talabalaroyligi
#sport
#Beshtashabbusolimpiadasi
#elon

🏛MA’MUN UNIVERSITETIDA SHU YILNING 29.10.2024 SANASIDA VOLEYBOL SPORT TURIDAN ayollar va erkaklar oʻrtasida musobaqa boʻlib oʻtadi.

📍Manzil: Ma’mun universiteti sport zali.

🗣Musobaqaga soat 14:00 da start beriladi.

TALABA! KEL, SAFIMIZGA QO‘SHIL VA MARRALARNI ZABT ET!!!

© Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

WEB SAYT | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOUTUBE | ENGLISH |VK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛Ma’mun universiteti Gandbol sport turi jamoasi O’zbekiston chempionatida muvaffaqiyatli qatnashmoqda.

🗣Sportchilarimiz va murabbiylarimizga kuch quvvat va omad tilaymiz. Hozircha biz oldinda!

© Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

WEB SAYT | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOUTUBE | ENGLISH |VK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Hurmatli talabalar diqqatiga!!!

❗️Endilikda Siz Ma'mun Universiteti tomonidan maxsus
@mamun_university_bot telegram bot yaratildi.

🗣Ushbu bot orqali ta'lim sifatini yanada yaxshilash, barcha fanlardan yakuniy imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish hamda darslarni mustahkamlab borish maqsadida test savollarini bajarib o'rganib borishingiz mumkin. Undan tashqari kontrakt shartnomasini yuklab olish imkoniyatlari va boshqa imkoniyatlar yaratildi.

🗣Ushbu video qo'llanmada siz maxsus botni imkoniyatlari bilan tanishishingiz mumkin.

© Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

WEB SAYT | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOUTUBE | ENGLISH |VK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤
🏛Ma'mun universitetida “Yil talabasi” tanlovinining 1-turini eʼlon qiladi.

🗣Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

🗣Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;

🗣Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;

🗣Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;

🗣Yilning eng faol sportchi talabasi;

🗣Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);

🗣Yilning eng faol ijodkor talabasi;

🗣Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

“Yil talabasi” tanlovi nizomi (https://drive.google.com/file/d/19MTGucXe0W1C-7xeTHnV67hIdnzfY_CA/view?usp=sharing)
Arizalar joriy yilning 5-noyabrgacha qabul qilinadi.
Murojaat uchun: +998990641521.
Telegram manzil:@uitfhz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Urganch shahri "Yoshlik" sport majmuasida 24-oktabrdan, 31-oktabrgacha Gandbol sport turi bo'yicha erkaklar va ayollar jamoalari o'rtasida O'zbekiston chempionati 3-davra o'yinlari start oldi.

🗣Ushbu musobaqada universitetimiz talabalaridan tashkil topgan "Ma'mun universiteti" erkaklar jamoasi ham ishtirok etmoqda.

🗣Musobaqa doirasida 26-oktabr kuni universitetimiz jamoasi Buxoro viloyati jamoasi bilan bellashdi va 35:16 hisobida g'alaba qozonishdi. 27.10.2024 kuni soat 12:00 da universitetimiz jamoasi Qoraqalpog'istonlik raqiblari bilan kuch sinashishadi barcha sportga qiziquvchilarni ushbu musobaqani ko'rishga taklif qilamiz va universitetimiz gandbol jamoasiga omad tilaymiz.


© Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

WEB SAYT | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOUTUBE | ENGLISH |VK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда тақиқланган манбаа ва контентларнинг ЯНГИЛАНГАН рўйхати ЭЛОН ҚИЛИНДИ

Олий суд томонидан 2019-2024 йилларда интернет тармоғидаги диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон Республикасининг ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манбаа ва контентлар (материаллар) рўйхати эълон қилинди.

ЯҚИНЛАРГА ХАМ ТАШЛАБ ҚЎЙИНГ

@XORAZMLIKLAR — Хоразмдаги энг тезкор ва ишончли хабарлар манбааси.