Счастливые малютки
192 subscribers
118 photos
21 videos
8 links
“Baxtli Kichkintoylar” — onalik quvonchini siz bilan baham ko‘rish uchun yaratilgan sahifa

«Счастливые Малютки» — страница, созданная для того, чтобы разделить с вами радость материнства
Download Telegram
Qiziqarli fakt: homiladorligingizning 25-haftasida 🤰 chaqalog'ingiz turmush o'rtog'ingizning ovozini taniy boshlaydi. Naqadar ajoyib hissiyot!
Yodda tuting: kichkintoyingiz qozon ovqatini yeyishni boshlagan boʻlsa-da, u unga kerakli barcha foydali ozuqalarni isteʼmol qilayotganligiga ishonchingiz komil boʻlishi uchun qoʻshimcha sifatida uni emizing yoki sutli aralashma bering. 👶
Barchani muqaddas Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz! Tutgan ro'zalaringizni, qilgan ibodatlaringizni, barcha ezgu amallaringizni Alloh o'z dargohida qabul qilsin! 💛
Hojatxonaga borganingizda, kichkintoyingiz nima qilayotganingizga qiziqyaptimi?

Bu uning tuvakka oʻtirishga tayyor ekanligidan dalolat berishi mumkin!
Xushxabar! Ortiqcha quchoqlash, degan tushuncha yoʻq!

Farzandingiz bilan qancha koʻp yaqin aloqada boʻlsangiz, u bilan mustahkam aloqangiz shunchaga oshib boradi. 🥰
Barcha kichkintoylarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaymiz!

Biz uchun bolalar dunyodagi eng qimmatli tuhfa ekanligiga ishonamiz.

Shuning uchun biz ularni bor kuchimiz bilan himoya qilishimiz va sevishimiz kerak, chunki ular bizning eng katta boyligimizdir.
Agar kichkintoyingiz kam uxlasa yoki tez uyquga ketmasa, bu qiyinchilik tug‘diradi.

Siz kitoblarda yozilganidek, asta-sekin tovush chiqarmay yurishdan tortib, alla aytib berishgacha tavsiya va maslahatlarni sinab ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.

Ehtimol, qilish kerak bo'lgan yana bir ish qolgandir: bola uyquga yotishidan oldin haddan tashqari jonlanib ketmasligi uchun o'yin vaqtini kunduzgi paytga ko‘chiring.

Umid qilamizki, bu maslahatimiz sizga yordam beradi! 💤
Yangi tugʻilgan chaqaloq sizni hali aniq koʻra olmasligi mumkin.

Ammo chaqalogʻingiz sizning yuzingizga qarashni juda yaxshi koʻradi. 🥰
Kletchatka homiladorlik parhezining juda muhim qismidir.

Ham pishgan, ham quritilgan mevalar kletchatkaning katta manbasi.

Siz qaysi birini afzal koʻrasiz? 🍌🍉🍏
Hammani Qurbon hayiti bilan tabriklaymiz! Alloh qurbonliklaringizni va qilgan duolaringizni o‘z dargohida qabul qilsin. 💛
Do‘stlaringizni sog‘inasiz-u, lekin ular bilan uchrashish uchun na vaqtingiz, na kuchingiz bormi? Farzandingiz uxlayotganida, ularni choyga taklif qiling. O‘zingizning qulay kiyimingizda va qulay divaningizda o‘tirib, yaqinlaringiz bilan vaqtingizni o‘tkazishingiz mumkin bo‘ladi!
Homiladorlik davrida vazn oshishi bu sog'lom, tabiiy va zarur jarayondir. Lekin, bu har doim ham yoqimli emas. Bu masalani siz qanday hal qilasiz? 🤰 Tajribangizni boshqa bo‘lajak onalar bilan baham ko'ring.
To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri: chaqaloqlar 4 haftalik bo‘lishi bilanoq tabassum qila oladilar. Siz qanday fikrdasiz? Sharhlarda bizga javobingizni yozib qoldiring! 👇
Farzandingiz A vitaminini yetarli miqdorda iste'mol qiladimi? Ushbu muhim vitamin pishloq, tuxum, kam yog‘li qatiq va yogurtda mavjud bo‘lib, kichkintoyning ko‘rish qobiliyati, terisi va hujayralarining salomatligini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi tugʻilgan chaqaloqni quchoqlash ajoyib tuygʻu bo‘libgina qolmay, ona va bola uchun ham foydali taʼsir koʻrsatadi. Bunday aloqa oʻrnatish oksitotsin gormonini chiqaradi — sevgi gormoni sifatida ham tanilgan bu gormon dam olish va farovonlik hissini oshiradi hamda farzandingiz bilan boʻlgan aloqangizni mustahkamlaydi. 🥰
Turmush o‘rtog‘ingizning diyetasi sizning homilador bo‘lish imkoniyatingizga ta’sir qilishi mumkin. Bu fikr to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri?🤔

Quyidagi izohlarda o‘z fikringizni bildiring!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chaqaloqlar taxminan 7 oyligida ularning o‘ziga xos shaxsiyati namoyon bo‘la boshlaydi. Kichkintoyingizda o‘zining sevimli taomi bormi?

Farzandi allaqachon ovqat xususida o‘zining qat’iy fikriga ega bo‘lgan do‘stingizni belgilang!
Uy hayvonlari shunchaki yoqimli bo‘lib qolmay, balki ular bolangizning ijtimoiy ko‘nikmalari va hissiy farovonligiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini bilarmidingiz?
Ushbu rasm chaqalog‘ingiz ikkinchi trimestrda (14-27 hafta) nihoyatda tez o‘sishini ko‘rsatadi. Uni barcha oila a'zolaringiz va do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring! 🥰
Kichkintoyingiz qayerda uxlashni afzal ko‘radi?😴
👍 bolalar aravachasida
❤️ chaqaloq ko‘tarib yurgichida