Счастливые малютки
187 subscribers
119 photos
21 videos
8 links
“Baxtli Kichkintoylar” — onalik quvonchini siz bilan baham ko‘rish uchun yaratilgan sahifa

«Счастливые Малютки» — страница, созданная для того, чтобы разделить с вами радость материнства
Download Telegram
Homilador bo‘lganingiz sababli, siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan sog‘lom turmush tarzini boshlayapsizmi?

Bu kun kabi aniq va ravshan bo‘lib tuyulsa-da, hozirgi vaqtda har qachongidan ham ko‘proq o‘zingizga vaqt ajratishingiz, toza havoda sayr qilishingiz va miriqib uxlashingiz zarur.

Bunga umr yo‘ldoshingiz bilan birgalikda amal qilsangiz, nur ustiga a'lo nur bo‘ladi.

Siz-chi, homilador bo‘lgan vaqtingizdan boshlab, qanday yangi odatlarni orttirdingiz? Bizga ham aytib bering!
Bolangiz bilan quchoqlashib, uni bag‘ringizga bosish uchun yetarlicha vaqt ajratasizmi?

Bu sizning chaqalog‘ingiz uchun ishonch va xavfsizlik tuyg‘usini rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, sizning orangizdagi o‘zaro aloqani mustahkamlaydi.
Kichkintoyingiz sogʻlom ovqatlanishni odat qilib olishi uchun siz unga oʻrnak boʻla olasizmi?

Kichkintoylar biz qilayotgan narsalarni koʻrib, qaytarishni istashadi (shuning uchun sizning kichkintoyingiz sizning poyabzalingizni kiyishni yoqtiradi yoki dadajonisining telefonida gaplashishni yaxshi koʻradi).

Shunday qilib, agar kichkintoyingiz siz butun donli, dukkakli mahsulotlar, meva va sabzavotlarga boy parhez taomlarni isteʼmol qilib, qovurilgan va quruq yeguliklardan bosh tortayotganingizni koʻrsa, u sizdek yoʻl tutishining ehtimoli yuqori boʻladi. Qanday sogʻlom ovqatlanishingiz haqida bizga aytib bering.

Kichkintoyingizning eng yaxshi koʻrgan sogʻlom taomi qaysi?
Bugun sizning kuningiz, aziz ayollar!

Barcha ayollarimizni shunday ajoyib bayram bilan tabriklaymiz! Har doim yonimizda boʻlganingiz, farovonligimizni taʼminlaganingiz, bizga gʻamxoʻrlik qilganingiz va tarbiyalaganingiz uchun tashakkur.❤️🌸
Ota bolasi uchun qilishi mumkin boʻlgan eng yaxshi narsa bu kichkintoyning ONASINI sevish va hurmat qilishdir.💛
HAQIQATMI yoki AFSONAMI?

Agar siz kichkintoyingizga u yoqtirmaydigan yegulikni berishda davom etsangiz, u oxir-oqibat uni yeyishni boshlaydi.

HAQIQAT! Ammo bitta qoida bor: bunday yegulikni har kuni oz-ozdan bolangizga bering va agar u yegulikdan bosh tortsa, tanbeh bermang.
Qancha kam tanbeh bersangiz, sizning kichkintoyingiz shuncha tez bunday yegulikka ko‘nikishni boshlashi mumkin.
HAQIQATMI yoki AFSONAMI?

Emizish paytida siz iste'mol qilgan ozuqa bolaning ichak-oshqozoniga ta'sir qilishi mumkin.

HAQIQAT. Ona sutiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar:
• Sarimsoq, piyoz, qovoq, sholg‘om, brokkoli va loviya.
• O‘rik, rovoch, turshak, qovun, shaftoli va boshqa yangi uzilgan mevalar.
• Sigir suti.
• Kofein.
Xalqimizni kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklaymiz. Ushbu bayram sizga quvonchli lahzalar, shodlik, farovonlik, to‘kinlik, muvaffaqiyat va omad olib kelsin! Dunyoda doimo tinchlik va osoyishtalik bo'lsin!💛
Qanday qilib bolani tuvakka o‘rgatish mumkin?

Kichkintoyga biron bir narsani o‘qib berish, qo‘l yoki oyoqlaridagi barmoqlarini sanash yoki hojatxona qog‘ozini tayyorlash kabi chalg‘itish yo‘llari bilan uni tinchlantirishga va o‘ziga ishonishiga yordam bering.

Siz ham qandaydir nayranglarni qo‘llaysizmi?
Kichkintoyingizga yangi yeguliklarni taqdim etishni o‘rgandingizmi?

Xilma-xil va ozuqaviy moddalarga boy yeguliklarni berish muhim. Kichkintoyingiz darhol "Maza!", deb yemasa, tushkunlikka tushmang. "Yo‘q" deyishi — bu yangi narsaga odatiy munosabat ekanligini yodda tuting va ba'zida bu "keyinroq yana urinib ko‘raylik", degan ma'noni anglatadi! Kichkintoy yangi ovqatni qabul qilishi uchun ba'zida biroz vaqt mobaynida bir nechta urinish talab qilinishi mumkin. Har safar bolani majburlashga hojat yo‘q. Agar dastlab muvaffaqiyatga erisha olmasangiz, shunchaki yana va yana bir bor urinib ko‘ring.

Ayting-chi, siz bolani yangi ovqatga o‘rgatib ko‘rganmisiz?
Bolani massaj qilish turmush o‘rtog‘ingiz va chaqaloq orasida uzviy bog‘liqlik paydo bo‘lishiga yaxshi imkoniyat yaratadi!
Umr yo‘ldoshingiz buni sinab ko‘rdimi?

Tajribangizni sharhlarda ulashing!
Kichkina farishtangiz kiyimingizga qalam bilan chizdimi? 🖍

Xavotir olmang, siz uni oson tozalashingiz mumkin! Sovun surtish yoki suv tekizishdan oldin dogʻni oʻtmas pichoq yoki bank kartasi bilan ishqalab tozalang.
Qiziqarli fakt: homiladorligingizning 25-haftasida 🤰 chaqalog'ingiz turmush o'rtog'ingizning ovozini taniy boshlaydi. Naqadar ajoyib hissiyot!
Yodda tuting: kichkintoyingiz qozon ovqatini yeyishni boshlagan boʻlsa-da, u unga kerakli barcha foydali ozuqalarni isteʼmol qilayotganligiga ishonchingiz komil boʻlishi uchun qoʻshimcha sifatida uni emizing yoki sutli aralashma bering. 👶
Barchani muqaddas Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz! Tutgan ro'zalaringizni, qilgan ibodatlaringizni, barcha ezgu amallaringizni Alloh o'z dargohida qabul qilsin! 💛
Hojatxonaga borganingizda, kichkintoyingiz nima qilayotganingizga qiziqyaptimi?

Bu uning tuvakka oʻtirishga tayyor ekanligidan dalolat berishi mumkin!
Xushxabar! Ortiqcha quchoqlash, degan tushuncha yoʻq!

Farzandingiz bilan qancha koʻp yaqin aloqada boʻlsangiz, u bilan mustahkam aloqangiz shunchaga oshib boradi. 🥰
Barcha kichkintoylarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaymiz!

Biz uchun bolalar dunyodagi eng qimmatli tuhfa ekanligiga ishonamiz.

Shuning uchun biz ularni bor kuchimiz bilan himoya qilishimiz va sevishimiz kerak, chunki ular bizning eng katta boyligimizdir.
Agar kichkintoyingiz kam uxlasa yoki tez uyquga ketmasa, bu qiyinchilik tug‘diradi.

Siz kitoblarda yozilganidek, asta-sekin tovush chiqarmay yurishdan tortib, alla aytib berishgacha tavsiya va maslahatlarni sinab ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.

Ehtimol, qilish kerak bo'lgan yana bir ish qolgandir: bola uyquga yotishidan oldin haddan tashqari jonlanib ketmasligi uchun o'yin vaqtini kunduzgi paytga ko‘chiring.

Umid qilamizki, bu maslahatimiz sizga yordam beradi! 💤
Yangi tugʻilgan chaqaloq sizni hali aniq koʻra olmasligi mumkin.

Ammo chaqalogʻingiz sizning yuzingizga qarashni juda yaxshi koʻradi. 🥰