34-maktab matbuot xizmati
601 subscribers
3.12K photos
868 videos
27 files
815 links
Ushbu kanalda maktabning ta‘lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatib borishingiz mumkin.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kìmyo_fanì
#34_maktab

🔰Shayxontohur tumani 34-sonli umumta'lim maktabining 9 sinflarda kimyo fanidan o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot.
🧪🔬🦠Mavzu: Elektrolitlar va noelektrolitlar
👩‍🔬O‘qituvchi:Azimova.D

https://t.me/maktabi34
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 "БЕКАТ"

Тилимизга муносабат ҳақида оғриқли видеоролик. Кўришни тавсия қиламиз!

👉 @mm_telekanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbir
#34_maktab

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado boʻlmaydi.
Olam aytar: Hech qachon
Ona tilim oʻlmaydi.
Til – davlat timsoli,  millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989 yilning 21- oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilgan.
         Ushbu kun munosabati bilan  Shayxontohur tumani 34-maktabda 20-oktabr kuni
"ONA TILIM - IFTIXORIM" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda fan o'qituvchilari va o'quvchilar tomonidan turli millat tillarida she'rlar, sahna ko'rinishlari, raqs va qo'shiqlar ijro etildi.
O'qituvchi: Muhammadiyeva A👩‍🎓
⚡️OLIMPIADA G‘OLIBLARI QUYIDAGICHA RAG‘BATLANTIRILADI.

Asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida (viloyat) g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari;

2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari;

3-o‘rinni
egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.

Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi (respublika) bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari;

2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari;

3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari.


Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi (respublika) bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar Vazirlik tomonidan beriladi va uning alohida elektron reyestri yuritiladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mazkur sertifikatni olgan o‘quvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shayxontohur tumani 34-sonli umumta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida "Obod maktab" doirasida maktab o'quv xonalari va yo'laklarida tozalik ishlari amalga oshirildi.

https://t.me/maktabi34
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat
Shayxontohur tumani, 34-maktab o'quvchilari bilan birgalikda, Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurishdi.

https://t.me/maktabi34
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_olìmpìyadasi
#34_maktab

21-oktabr kuni besh tashabbus olimpiyadasining tuman bosqichida 34-maktab jamosi "Voleyboll" o‘g‘il bolalar o'rtasida otkazilgan musobaqada  faxrli 1-o'rinni egallashdi🥇🏆 va shahar bosqichiga yo'llanma olishdi.
Qiz bolalar o‘rtasida 🥈🏆 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
O‘qituvchi Komiljonova.O‘
Muqimov.S

https://t.me/maktabi34
#Besh_tashabbus_olìmpìyadasi
#34_maktab

21-oktabr kuni besh tashabbus olimpiyadasining tuman bosqichida 34-maktab jamosi "Shaxmat-shashka" musobaqasida qizlar o‘rtasida faxrli 2-o'rinni egallashdi🥈🏆
O‘qituvchi.Abdumurotova.M

https://t.me/maktabi34
#Besh_tashabbus_olìmpìyadasi
#34_maktab

21-oktabr kuni besh tashabbus olimpiyadasining tuman bosqichida 34-maktab jamosi "Yengil atletika" qizlar o'rtasida otkazilgan musobaqada  faxrli 1-o'rinni egallashdi🥇🏆
O'g‘il bolalar o‘rtasida 🥈🏆 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
O‘qituvchi.Galimjonova.D

https://t.me/maktabi34
#Besh_tashabbus_olìmpìyadasi
#34_maktab

21-oktabr kuni besh tashabbus olimpiyadasining tuman bosqichida 34-maktab jamosi "Quvnoq startlar" musobaqasida  faxrli 2-o'rinni egallashdi🥈🏆
O‘qituvchi Gafurova K
Tillayev D

https://t.me/maktabi34
#Besh_tashabbus_olìmpìyadasi
#34_maktab

21-oktabr kuni besh tashabbus olimpiyadasining tuman bosqichida 34-maktab jamosi "Stol tennis" qizlar o‘rtasida 🥈🏆 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
O‘qituvchi Adilov.T

https://t.me/maktabi34
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat
Shayxontohur tumani, 34-maktab 5-sinf o'quvchilari bilan birgalikda, Poytaxtning diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.
O‘qituvchi Ozodova.Sh

https://t.me/maktabi34
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eco_makon
#34_maktab

Jannatmakon serquyosh O‘zbekistonimizni Yashil makonga aylantirish maqsadida joylarda "YASHIL MAKON " aktsiyasi jadal tarzga nishonlanmoqda. Shuningdek bizning 34-umumta‘lim maktabida ham turli hil kocharlar ekilib, obodonlashtirish va maktab tomorqasiga terak novdalaridan qalamchalar ekish ishlari olib borilmoqda. Barchamiz ECO Aksiyada faol ishtirok etmoqdamiz.

https://t.me/maktabi34
#ochìq_dars
#34_maktab

Shayxontohur tumani 34-umumta‘lim maktabning 9-A sinf o‘quvchilari bilan "Yaxshilik unitilmaydi"mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
O‘qituvchi: Beknazarova Gulasal Turg‘unovna

https://t.me/maktabi34
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

«VATAN TAYANCHI» HARAKATI TASHKIL ETILADI

⚜️Prezidentning 02.03.2022 yildagi «Vatan tayanchi» bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-150-son qarori qabul qilindi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ma’naviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida:

✔️Mudofaa vazirligi huzurida «Vatan tayanchi» bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tashkil etiladi;
✔️Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalarida boshqarma boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida boʻlim boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari joriy etiladi.

🇺🇿Quyidagilar «Vatan tayanchi» harakatining asosiy vazifalari etib belgilandi:
📣oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daхldorlik, ma’naviy-aхloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash;
erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli, jamiyatda munosib mavqeini egallash qobiliyatiga ega, mustaqil qaror qabul qilishga qodir, mamlakatining, хalqi va oʻz oilasining farovonligi va yanada rivojlanishi orzusida boʻlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;
📣oʻquvchi-yoshlarni tuzilayotgan otryad atrofida birlashtirish va jipslashtirish, ular orasida harbiy-vatanparvarlik, oʻquv-tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda asosiy tashkilotchi sifatida faoliyat yuritish, oʻquvchilarda oʻqish va intizom boʻyicha yuqori natijalarga erishishga ishtiyoqni uygʻotish hamda ularga oʻrnak boʻlish uchun faol harakat qilish va boshqalar.
«Vatan tayanchi» bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati davlat muassasasi boʻlib, uning asosiy ta’sischisi Mudofaa vazirligi hisoblanadi.
🇺🇿Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari «Vatan tayanchi» harakati faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. «Vatan tayanchi» harakatining faoliyatini samarali tashkil etish uchun yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan «Vatan tayanchi» bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Davlat umumta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi rahbarligida tarkibi 20 nafar 10-11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻlgan «Vatan tayanchi» otryadlari tuziladi va ularning faoliyati «Vatan tayanchi» harakati tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

«Vatan tayanchi» harakati huzurida Vasiylik kengashi, uning hududiy boʻlimlari va boʻlinmalari huzurida esa -muvofiqlashtiruvchi kengashlar tuziladi, ularning tarkibiga Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Milliy gvardiya, DXX, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining vakillari kiritiladi.
«Vatan tayanchi» bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilandi:
📣davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha dasturlar, «yoʻl хaritalari» doirasida belgilangan tartibda ajratiladigan mablagʻlar;
«Vatan tayanchi» harakatining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini davlat ulushi boʻlgan tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan tushumlar;
yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan, Oʻzbekiston norezidentlarining homiylik хayriyalari;
хalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, shuningdek, boshqa хorijiy donorlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉
https://t.me/maktabi34


2022/2023 oʻquv yilidan boshlab shunday tartib oʻrnatilmoqda, unga muvofiq:
📣Vatan tayanchi» otryadining bir nafar a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi;
📣«Vatan tayanchi» harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan «Vatan tayanchi» otryadi a’zolari respublika oliy harbiy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5%i miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyozga ega boʻladilar;
📣«Vatan tayanchi» harakati tomonidan respublika oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉
https://t.me/maktabi34


This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng yaxshi 100 nafar maktab o'quvchilari ro'yxatiga kirishni istaysanmi? U holda ushbu loyiha aynan sen uchun!

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va
“Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng yaxshi 100 nafar maktab o'quvchilarini aniqlamoqda!

1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan eng iqtidorli, zukko, tashabbuskor maktab o'quvchilari Ziyolilar to'plami qahramoniga aylanadi.

Loyihada ishtirok etish uchun ziyolilar.school veb-sayti orqali ariza to'ldiring!
Хочешь войти в топ 100 лучших школьников страны? Тогда этот проект для тебя!

Мы выявляем самых талантливых, ярких, предприимчивых учеников 1-11 классов и готовы осветить лучших из лучших в альманахе Ziyolilar.

Герои проекта получат поддержку в реализации своих целей и будут награждены. А их уникальные истории мы опубликуем в сборнике выдающихся школьников Узбекистана.

Если тебе есть чем поделиться и ты считаешь себя достойным попасть в ТОП 100, скорее заполняй анкету по ссылке ziyolilar.school

Проект Ziyolilar является совместным проектом Фонда развития науки и образования Ziyo Forum и Министерства дошкольного и школьного образования Узбекистана.
#davra_suxbati
#34_maktab

Shayxontohur tumani 34-sonli umumtaʼlim maktabida Juma ma’naviyat kuni doirasida  voyaga yetmagan o‘quvchi qizlar o‘rtasida "Erta tug‘ruqni oldini olish"  va uning salbiy oqibatlari haqida davra suhbati bo'lib o'tdi.

https://t.me/maktabi34
#Iĵodìy_uchrashuv
#34_maktab

Shayxontohur tumani 34-sonli umumta‘lim maktabida mahoratli o‘zbek aktyori G‘olib Xabibullayev bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

https://t.me/maktabi34