❗️Oʻz loyihangizni amalga oshirish uchun American Center Tashkentʼdan 8000 AQSH dollarigacha boʻlgan grantni qoʻlga kiriting!
Toshkent shahridagi American Center Tashkent jismoniy shaxslarga oʻzlarining jamiyatdagi ijobiy oʻzgarishlarga xizmat qiluvchi onlayn loyihasini amalga oshirishlari uchun 1000 AQSH dollaridan 8000 AQSH dollarigacha miqdorga grant ajratishini eʼlon qildi.
Grant quyidagi sohalar boʻyicha loyihalarga ajratiladi:
– English classes for journalists
– Media literacy course
– Digital story-telling classes
– Women discussion club
– Debate club
– TOEFL test preparation
Agar yuqorida sanalgan sohalardan biri boʻyicha loyihangiz boʻlsa, mazkur grant dasturiga ariza topshirishingiz va grantni qoʻlga kiritishingiz mumkin.
❓Ariza qanday topshiriladi?
Mazkur grant dasturiga ariza topshirish uchun 2020-yilning 29-iyunigacha toʻldirilgan grant ariza shakli va oʻzingizga tegishli CV ni tashkentact@gmail.com elektron pochtasiga yuborishingiz kerak.
☝️ Muhim: Grant ariza shaklini olish uchun BU YERGA kirib, elektron pochta manzilingizni yozib, topshiring (email yozilgach, “Submit” tugmasini bosish orqali topshiriladi). Soʻng taqdim etgan elektron pochtangizga grant ariza shakli yuboriladi. Shu ariza shaklini toʻldirib, CV bilan birga joriy yilning 29-iyunigacha tashkentact@gmail.com emailiga yuborishingiz kerak.
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ

Tarjima
Kitob: Noldan birgacha: startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin
Kitob muallifi: Piter Til
Tarjimonlar: Maqsud Salomov va Gulsanam Roziqova
Kitobni oʻqish jarayonida tarjimani “aʼlo” – 👏, “oʻrtacha” – 👍 va “yomon” – 👎 darajalari bilan baholashingiz ham mumkin. Baholar post tagida tugma shaklida berilgan.
Kitobning qisqacha taʼrifini SHU YERDA oʻqishingiz mumkin.
👉 1-BOB
👉 2-BOB, 1-QISM
👉 2-BOB, 2-QISM
👉 2-BOB, 3-QISM
👉 3-BOB, 1-QISM
👉 3-BOB, 2-QISM
👉 3-BOB, 3-QISM

👉 3-BOB, 4-QISM

Forwarded from Mikrofon ko‘targan ayol
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talablariga_binoan😊
Мақсуд Саломов @maksudkhon шеъри.
Тасвир Самарқанд-Навоий йўлларида шафақ "ёнаётган"- кун ботаётган чоғда олинган.
30 мб.

Sloveniyada karantin tugaganligi eʼlon qilingach, mamlakat ichida sayohat qilish ancha jonlanib qoldi.
Biz ham fursatdan foydalanib, Sloveniyadagi sayyohlik manzillariga borishni boshladik.
Kecha Bled koʻli, Bled qasri va Triglav milliy qoʻriqxonasiga bordik. Ajib manzarali joylar ekan.
Menga eng yoqqan yeri qoʻriqxona hududida joylashgan dara boʻldi. Dara boʻylab kichik daryo oʻtgan, suvi tip-tiniq. Eng chuqur yerlarida ham daryoning tagi va unda suzib yurgan baliqlar koʻrinib turadi.
Shuningdek, dara boʻylab sayrni oson va qulay qilish uchun taxtadan yoʻlak qilingan. Yoʻlak shunday qurilganki, undan yurish qariyalar uchun ham u qadar qiyinchilik tugʻdirmaydi.
Daraning boshidan kirib, oxiridan chiqish uchun 30-50 daqiqa ketadi (yurish tezligiga qarab farq qilishi mumkin).
Daraning boshlanish joyi va tugash nuqtasida kafelar mavjud. Oʻtirib nimadir tanavvul qilishingiz yoki ichishingiz mumkin.
Daraga kirish har bir kishi uchun 10 yevrodan (taxminan 145000 soʻm) ekan.
Daradan chiqqach, Bled koʻli va qasriga bordik. Koʻl atrofi ham xushmanzara.
Qasr esa Bled shahrining tosh asridan boshlab 21-asr oʻrtalarigacha boʻlgan tarixiga oid koʻrgazmalar joylashtirilgan muzeyga aylantirilgan ekan. Aslida unga kirish ham pullik, lekin kecha muzeylar kuni boʻlgani uchun bepul kirish mumkin ekan (omadimiz kelib qoldi).
Xullas, bir kunlik sayohatimiz uchun 2 kishiga jami 55 yevroga ketdi (tushlik bilan birga). Aslida bu sayohat rafiqam ikkalamizga kamida 150-180 yevroga tushardi. Sloveniyalik tanishlarim olib borgani uchun transport, tushlik kabilar xarajatlarni oʻz yonimizdan qilmadik.
Sayohat davomida olingan suratlarning baʼzilari bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.
P.S. Quyidagi suratda Triglav qoʻriqxonasidagi dara tasviri.

#Happy_Statehood_Day_Slovenia
Bugun (25-iyun) Sloveniyada milliy bayram – Davlatchilik kuni.
1991-yil 25-iyun Sloveniyaning mustaqilligi eʼlon qilingan eʼlon qilingan (Yugoslaviyadan ajralib chiqqan). Shu sababli har yili 25-iyun kuni Sloveniyada Davlatchilik kuni (Dan državnosti) milliy bayram sifatida nishonlanadi.
Google Sloveniyaning milliy bayrami munosabati bilan oʻz logotopiga Sloveniya bayrogʻini qoʻshib maxsus dudl (Doodle – tematik rasm) yaratibdi – yuqoridagi suratda aks etgan.
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Bugun (25-iyun) Sloveniyada milliy bayram – Davlatchilik kuni.
1991-yil 25-iyun Sloveniyaning mustaqilligi eʼlon qilingan eʼlon qilingan (Yugoslaviyadan ajralib chiqqan). Shu sababli har yili 25-iyun kuni Sloveniyada Davlatchilik kuni (Dan državnosti) milliy bayram sifatida nishonlanadi.
Google Sloveniyaning milliy bayrami munosabati bilan oʻz logotopiga Sloveniya bayrogʻini qoʻshib maxsus dudl (Doodle – tematik rasm) yaratibdi – yuqoridagi suratda aks etgan.
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Tarjima
Kitob: Noldan birgacha: startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin
Kitob muallifi: Piter Til
Tarjimonlar: Maqsud Salomov va Gulsanam Roziqova
Kitobni oʻqish jarayonida tarjimani “aʼlo” – 👏, “oʻrtacha” – 👍 va “yomon” – 👎 darajalari bilan baholashingiz ham mumkin. Baholar post tagida tugma shaklida berilgan.
Kitobning qisqacha taʼrifini SHU YERDA oʻqishingiz mumkin.
👉 1-BOB
👉 2-BOB, 1-QISM
👉 2-BOB, 2-QISM
👉 2-BOB, 3-QISM
👉 3-BOB, 1-QISM
👉 3-BOB, 2-QISM
👉 3-BOB, 3-QISM
👉 3-BOB, 4-QISM
👉 4-BOB, 1-QISM

“Тиббиёт ходимларини вирус ўчоқларига мажбуран киритишяптими?”
Шифокор отаси вафот этган қиз бошқаларнинг отаси ўлмаслиги учун жим ўтирмоқчи эмас.
...Икки кун давомида мана шу суҳбатлар ичида яшадим, ёндим, куйдим, эртага шифокор яқинларим бошида ҳам бу хавф турганини ўйлаб юракка яқин олдим...
Тушунаман, коронавирус пандемияси-бу уруш. Қурбонлар бўлишини ҳам тушунаман. Аммо биласизми, ҳатто урушда ҳам ярадорлар-касаллар ортга қайтарилган, 18 ёшга тўлмаган аскарларга урушда қатнашишга расман рухсат берилмаган.
Ҳали бу вирусдан қутуладиганга ўхшамаймиз. Ўлим статистикаси ҳам жонланиб қолди. Кўча-куйда юқтириб олиш бир гап бўлса, хавф гуруҳида бўла туриб, ўзингни “ўтга уришга мажбур бўлиш” бошқа гап. Соғлиқни сақлаш юқори органи талабларини пала-партиш, “салла деса, каллани олиб келган ҳолда” бажараётган қуйи тизим туфайли тиббий ходимларнинг ҳаётини, соғлиғини бой бериб қўявермайлик.
Ҳаётимда кўп танловларга дуч келганман. Ҳаммасида ҳам журналист сифатида тўғри қарор қилганман, деёлмайман. Жим қолганман. Аммо.. буни ёзиш қарорини виждон иши деб қабул қилдим. Гарчи шахсий оқибатларини беш қўлимдек билсам-да. Аммо бу ёзганим фаолияти давомида коронавирус билан тўқнашиш хавфи бўлган битта шифокорнинг бўлсин, ишига ёрдам бўлса, ҳаётини сақлаб қолса- мақсадим шу.
Қолган асосий гапларни қуйида ўқийсиз: https://telegra.ph/Tibbiyot-hodimlarini-virus-ўchoқlariga-mazhburan-kirishyaptimi-06-29

Telegraph
“Тиббиёт ходимларини вирус ўчоқларига мажбуран киришяптими?”
28 июнь куни тармоқдаги саҳифамга аввалдан оз-моз таниш бўлган қиз “Отам СOVIDдан вафот этди, менга ёрдамингиз керак” деб мурожаат қилди ва телефонимни сўради. Шаҳноза Ҳасанова (тинмай йиғлайди): Оғир жудолик юз берди... Отам Уралов Алишер, 52 ёшда эдилар.…
Lyublyanada biz tez-tez borib turadigan rus doʻkon va yana bir turk doʻkoni bor.
Ularda Oʻzbekistonda topish mumkin boʻlgan ayrim mahsulotlarni sotishadi. Koʻpining taʼmi Oʻzbekistondagiga oʻxshaydi.
Masalan, turk doʻkonidagi pahlavaning taʼmi bizniki bilan bir xil. Rus doʻkonidagi bankaga yopilgan bodring, pomidorlarning ham taʼmi bizniki bilan deyarli bir xil.
Kecha ham turk doʻkoniga borgandik. U yerda mol, qoʻy goʻshti, hatto qoʻy kallalarini jam sotishadi – kuydirib, yeyish uchun (“kuydirilgan kalla” iborasini eslang).
Yuqoridagi suratda – turk doʻkonidagi qoʻy boshlari.

Xayrli kun, mushtariylar!
Qiladigan ishlar nihoyatda koʻpayib ketgani uchun anchadan beri kanalga hech narsa yozmagandim. Bir qancha mushtariylar “Nega jimib ketdingiz?”, “Hammasi joyidami?” deb hal-ahvol soʻrab botga ham yozibdi.
Hammasi joyida. Hali juda uzoq hayot kechirganimiz yoʻq-ku, lekin Lyublyanada javlon urib hozircha baxtli hayot kechirmoqdamiz. :)
Ahvol soʻraganingiz uchun rahmat.
Bundan 7 oy oldingiz rejalarga koʻra, hozir Ispaniyada boʻlishimiz kerak edi. Lekin hali ham Sloveniyadamiz. 7 oy oldingi davr butunlay boshqa zamon boʻlgandek tuyuladi oʻylasam.
Ispaniyaga keta olmayotganimizdan jahlimiz chiqib, 27-iyulga Venetsiya (Italiya) – Barselona (Ispaniya) yoʻnalishi boʻyicha samolyot chiptalari sotib oldik. Lyublyanadan bevosita reyslar hali qatnamayapti ekan. Lekin endi Venetsiyaga qanday borsak ekan deb oʻylab oʻtiribmiz. :)
Bir balo qilib Venetsiyaga borib olsak va yana bir balo qilib Barselonadan ijara uchun kvartira topib olsak (ayni damda kvartira izlash jarayonlari jadal surʼatda davom etmoqda), bir oz tin olardik.
P.S. Bu postga munosib surat topa olmadim, shu uchun shundoq yonimizdagi Tivoli qasrining 2-qavatidan tushirilgan suratni ilova qilib qoʻya qolaman. ;)

Yuqorida aytib oʻtilganidek, iyul oxirida Ispaniyaga koʻchishimiz kerak. Masofadan turib ijaraga uy izlash oson emaskan. Oxirgi ikki haftalik besamar urinishlarimiz va narxlarni koʻrgandan keyin suratdagidek bir chayla topilsa ham mayli edi, deb turibman. 😃
Toshkentdagi maklerlar Yevropa agentliklari oldida juda insofli koʻrinarkan odamga. Hozir nega bunday deyotganimning sababini tushuntiraman.
Bu yerda toʻgʻridan-toʻgʻri uy egasi bilan bogʻlanib, uyini ijaraga olish qiyin, chunki kamdan-kam hollarda oʻzlari saytlarga eʼlon beradi. Odatda, shunchaki, koʻchmas mulk agentliklari bilan bogʻlanishadi, tamom. Uyni ijarachilarga koʻrsatish, shartnoma tuzish va boshqa shu kabi boshogʻriqlar bilan agentlik shugʻullanadi. Buning evaziga esa agentlik xizmat haqi sifatida ijarachilardan 1 oylik ijara pulini qurtdek sanab oladi.
Ijara shartlari ham davlatiga qarab oʻzgarib turadi. Masalan, Daniyada yashaganimizda ikki oylik ijara puliga teng depozit toʻlaganmiz va ijara haqini ham har oy oldindan berardik. Jihozlanmagan studio (bitta katta zal, unga tutash ochiq oshxonacha, keng hammom) uchun ijara haqi elektr, suv, isitish va internet bilan birga oyiga 660 yevro atrofida edi.
Kvartirada faqat muzlatkich, elektr plita va 2 ta shkaf (idishlar va kiyim-kechaklar uchun) bor edi. Krovat, stol, stullar va yostiqlarni oʻzimiz sotib olganmiz. O'zlari jihozlab berishsa, ijara haqi ikki baravar oshib ketardi.
Sloveniyada esa omadimiz kelib uy egasining oʻzidan olganmiz kvartirani. U faqat bir oylik depozit talab qilgan va agentlik xizmat haqini toʻlashdan qutulganmiz. Kvartira bir xonali, yaʼni 1 ta yotoqxona, bitta keng oshxona, hammom va dahlizdan iborat.
Uy toʻliq jihozlangan, shkaflar, krovat, stol-stullar, divan, duxovkali elektr plita, qisqasi, idish-tovoqlardan tashqari hamma narsa bor. Ijara haqi oyiga 500 yevro. Suv, isitish, elektr, chiqindi tashish xizmati va internet uchun ishlatganimizga yarasha toʻlaymiz. Odatda bular oyiga 100 yevrodan oshmaydi.
Afsuski, Ispaniyada ham qoidalar Daniyadagiga oʻxshash ekan, ijara narxlari ham qolishmaydi. Bir xonali kvartiralarning ijara narxi 550 yevrodan boshlanyapti. Kommunal toʻlovlar alohida toʻlanarkan. Xullas, ikki oylik depozit, agentlik xizmati, shartnoma tuzish va hokazo xarajatlar kutib turibdi bizni oldinda.
Koʻchib, joylashib olganimizdan keyin “Noldan birgacha” kitobining tarjimasini ham davom ettiramiz, nasib etsa.
P.S. Koʻproq qaysi mavzularni yoritishimizni xohlardingiz? Yevropaning sizni qiziqtirgan jihatlari boʻlsa, izohlarda yozib qoldiring.

Donald Trampning jiyani tomonidan Tramp haqida yozilgan kitob sotuvga chiqarilgan 1-kunda deyarli million nusxada xarid qilinibdi.
AQSH prezidentining jiyani Mery Trump yozgan “Juda koʻp, lekin hech qachon yetarli emas: Oilam qanday qilib dunyodagi eng xavfli shaxsni yaratdi (Too Much and Never Enough: How My Family Created the World’s Most Dangerous Man)” kitobi joriy yilning 14-iyul kuni sotuvga chiqarilgandi.
Oʻsha kunning oʻzida mazkur kitob 950 ming nusxada sotilibdi (qogʻoz, elektron va audio shakllarini qoʻshib hisoblaganda).
Birinchi kuni kitobning qogʻoz shaklidagi variantining 28 AQSH dollar boʻlgan ekan. Hozir Amazonda 16,8 dollar boʻlib turibdi.
Boshqa bir kitob doʻkonida esa mazkur kitobning qogʻoz varianti – 24,99 dollar, elektron varianti – 14,99 dollar, audio varianti esa 39,99 dollarga sotilmoqda (18-iyul holatiga koʻra).
Mazkur kitobning bosib chiqarilishi sud orqali toʻxtatishga urinishlar ham boʻlgan. Lekin sud kitobning chiqarilishini taqiqlash haqidagi daʼvoni rad etgan.
Kitobda Mery Tramp Donald Trampni prezidentlikka layoqatsiz deb taʼkidlagan va uni isteʼfo berishga chaqirgan.
Endi asosiy masalaga oʻtsak. Tasavvur qiling: kitob sotuvga chiqqan birinchi kunda turli variantlari oʻrtacha 25 dollardan sotilgan boʻlsin. Bir kunda million dona sotildi deylik – keyingi kundan 50 ming nusxa qarz olib berdik. ;) Shunda bitta kitob bir kunda 25 million dollar tushum keltirgan boʻladi. Mana qanday biznes qilish kerak. 😃

Lyublyanada oziq-ovqat narxlari arzonmi?
Koʻchishimizga sanoqli kunlar qoldi. Doim koʻchishdan oldin uydagi oziq-ovqat mahsulotlarini yeb tugatishga harakat qilamiz. Tashlab yuborish – uvol, koʻtarib ketish – ortiqcha yuk.
Hozir kartoshkamiz tugab qolibdi. Faqat bugun va ertaga ovqat qilolamiz, xolos. Juma kuni hamma narsani jomadonlarga joylab, pochtadan Ispaniyaga joʻnatamiz. Uyda 2 piyola mosh, 1,5 kg piyoz, 1 kg guruch, sabzi, ozroq goʻsht qolibdi (mevalardan tashqari). Ikki kunda shuncha narsani yeb tugatish mumkinmi? Doʻkondan 4-5 dona kartoshka olib kelish kerakmikan yoki bor narsalardan koʻproq ishlatib, yangi taomlar ixtiro qilsammikan?
Aytgancha, Lyublyanada oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha narxlari quyidagi rasmda keltirilgan. Sloveniyada 2020-yilgi eng kam ish haqi 940,6 yevro (10 971 000 soʻm) ga teng.
Biz (2 kishi) oziq-ovqatga iyun oyida 345 yevro (4 240 000 soʻm) sarflabmiz. Ikkalamiz ham oʻrtacha odamdan kamroq ovqat yeymiz, lekin mevalarni koʻp olamiz, ovqatlanish masalasida iqtisod qilmaymiz. Ham koronavirus yuqtirib olishdan qoʻrqib, ham tejamkorroq boʻlish maqsadida restoran/kafeda ovqatlanmadik oxirgi oylarda.

Va nihoyat bugun Sloveniyani tark etdik. Lyublyanadan Barselonaga bevosita samolyot qatnovi hali tiklanmagani sababli avtobusda Venetsiyagacha kelib, shu yerdan samolyotda Barselonagacha borib olishni reja qildik,
Lyublyanadan Venetsiyagacha 244 kilometr. Bu safar “DRD Turizem” avtobusiga chipta oldik: bir kishi uchun 19,99 yevrodan (taxminan 233 ming soʻmdan) tushdi.
Eng qizigʻi: hozirda pandemiya sababli bir davlatdan ikkinchisiga boruvchilar koʻp emas. DRD Turizemʼning bugungi avtobusiga faqat biz – men va rafiqam chipta olgan ekanmiz, xolos. 2 kishi uchun butun boshli avtobusni Lyublyanadan Venetsiyaga haydash kompaniya uchun foyda keltirmaydi, zarar keltirishi mumkin.
Shu sababli kompaniya ikkalamiz uchun avtobus oʻrniga mini-van (10 kishilik mikroavtobus) yuboribdi. Haydovchi ikkimizni Venetsiyaga olib keldi.
Kompaniya uchun mikroavtobusda bizni manzilga yetkazish ham foyda keltirmadi, deb oʻylayman. Chunki oradagi yoʻl – pulli yoʻl ekan, Haydovchi yoʻldan yurish uchun pul toʻladi. Internetdan qarasam, bu yoʻldan bir marta yurish haqi 10.4 yevro (taxminan 170 ming soʻm) ekan. Yana orada 1 litri 1,04 yevro (taxminan 12 ming soʻm) boʻlgan benzindan quyib oldi.
Kompaniyadan koʻnglim toʻldi. 2 kishi uchun avtobusda qatnab oʻtirmaymiz, deb qatnovni bekor qilib yubormay, alohida mikroavtobus yuborgani tahsinga loyiq.
Hozir Venetsiyada kichik mehmonxonadamiz. Ertaga Barselonaga uchamiz. Mehmonxona egasi ajoyib odam ekan – mehmonxona hovlisiga va orqa tomoniga pomidor, mosh, tarvuz va shu kabilar ekib qoʻyibdi (quyidagi surat mehmonxonaning kirish eshigi yonidagi hovlichasi).
Lekin havo juda qiziyapti. Quyosh tigʻi ostida ikkalamiz ham qop-qora boʻlib qoldik. 😃

Venetsiyadagi biz qolgan mehmonxona yaqinida dengiz qoʻltigʻi joylashgan ekan. Kecha kechga yaqin qoʻltiqq bordik. Uning yonida uzun, ikki tomoni daraxtlar bilan oʻralgan maftunkor yoʻlak bor ekan (yuqoridagi suratda).
Shu yoʻlakda uzoqroq romantik sayr qilmoqchi edik. Lekin suv boʻyi boʻlgani uchun chivinlar juda koʻp ekan. Yoʻlakdan yura boshlashimiz bilan bizni taladi. 10-15 daqiqa yurganimizdan keyin maftunkor yoʻlakdagi romantik sayrimiz shafqatsiz va ochkoʻz chivinlarning qonxoʻrlik bazmiga aylanib ketdi (laʼnatilar). Shunga tezda orqaga qayta qoldik.
Soʻng suv boʻyidagi oʻrindiqda oʻtirib, bir oz atrofni tomosha qilib qaytdik.
Qoʻltiq, uning atrofi va unga boruvchi yoʻlning ayrimsuratlari blan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Va nihoyat, kecha kechga yaqin Ispaniyaga kelib, yangi kvartiramizga kirib oldik. Bundan buyon Barselonadagi Jirona shahrida yashaymiz.
Gironadagi kvartiramizning joylashuvi yaxshi ekan. Shundoq orqa tomonidan anhor o'tgan. Old tomonida - ko'chaning narigi betida katta supermarket bor. Eski shahargacha 1 km masofa.
2 ta yotoqxona, bitta umumiy xonasi bor. Oyiga 550 yevro ijara haqi va 100 yevro kommunal xizmatlar uchun haq to'laymiz. Narxiga arziydi.
Lekin Ispaniya issiq ekan: kecha 38 gradus edi. Quyoshdan berkinib-berkinib yashaymiz endi.
P.S. Suratda kvartiraning umumiy xonasi
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Gironadagi kvartiramizning joylashuvi yaxshi ekan. Shundoq orqa tomonidan anhor o'tgan. Old tomonida - ko'chaning narigi betida katta supermarket bor. Eski shahargacha 1 km masofa.
2 ta yotoqxona, bitta umumiy xonasi bor. Oyiga 550 yevro ijara haqi va 100 yevro kommunal xizmatlar uchun haq to'laymiz. Narxiga arziydi.
Lekin Ispaniya issiq ekan: kecha 38 gradus edi. Quyoshdan berkinib-berkinib yashaymiz endi.
P.S. Suratda kvartiraning umumiy xonasi
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Yevropada koʻchish jarayoni qanchalik qiyin kechadi?
Oʻzimiz Jironaga 27-iyul kuni kelgandik. Yuklarimiz bugun yetib keldi. Qachondir Yevropada oʻqish yoki ish yuzasidan koʻchib yurishingizga toʻgʻri kelsa, bugungi post siz uchun foydali boʻladi.
Aksariyat Erasmus dasturi talabalari 2-3 ta davlatda oʻqiydi. Har safar yuklarni ortmoqlab yurish qiyinligi sababli, koʻpchilik Eurosender xizmatidan foydalanadi. Eurosender kompaniyasi koʻplab pochta xizmatlari bilan hamkorlikda turli hajmdagi joʻnatmalarni yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Uzunligi 1 metrdan kam, ogʻirligi 30 kg gacha boʻlgan jomadonni Yevropadagi bir davlatdan ikkinchisiga yuborish narxi 30 yevrolardan boshlanadi.
Yevropa boʻylab parvozlarni amalga oshiruvchi lou-koster aviakompaniyalar chiptalari juda arzon – 10-20 yevroga ham topiladi, lekin chipta narxiga faqat 10 kg dan kam qoʻl yuki kiradi. Kattaroq yuklar uchun alohida toʻlashingiz kerak – ogʻirligiga qarab, bitta yuk toʻlovi kamida 20-30 yevrodan 40-50 yevrogacha ham boʻlishi mumkin. Ham pul toʻlab, ham yuk koʻtarib yurmaslik uchun pochtadan yuborish optimal yechim.
Daniyadan Sloveniyaga poyezdda borgandik. Poyezdda yuk cheklovlari deyarli mavjud emas, shu sababli, qishda 3 ta katta jomadon va 2 ta ryukzakni yelkalab yoʻlga tushganmiz. Sloveniyadan Ispaniyaga poyezdda kelish juda koʻp almashishlarni talab qilarkan. Bu safar uchishga qaror qildik. Venetsiya-Barselona reysiga 55 yevro (654 300 soʻm) dan chipta oldik. Venetsiya aeroporti Lyublyanaga yaqin.
Hamma narsalarimizni 2 ta katta jomadonga sigʻdirib, 24-iyul kuni Eurosenderdan joʻnatdik. Kuryerlar yuklarni Lyublyanadagi uyimizdan olib ketib, Jironadagi kvartira eshigigacha keltirib berdi. Buyurtmani qabul qilishayotganda kamida 3 ish kunida yetib boradi deyishgandi. Bugun yuborilganidan beri 4-ish kuni. Ikkita 30 kiloli jomadon uchun 77,97 yevro (927 500 soʻm) toʻladik. Oʻzimiz bilan olib uchganimizda har bir jomadon uchun kamida 40 yevro (475 900 soʻm) dan toʻlardik.
Oʻzimizda hech yuklarimni pochtadan yuborib koʻrmaganman. Balki bizda ham koʻchishni shunday osonlashtirish mumkindir. Lekin yetkazib berish uzoqqa choʻzilib ketsa kerak. Bundan tashqari yukni pochtaga koʻtarib borishdan koʻra, avtovokzalga borib, taksini uygacha gaplashish osonroq boʻladi, shekilli.

Siesta nimaligini bilasizmi?
Bugun sizni ispanlar hayot tarzining biz uchun hayratlanarli boʻlgan jihatlari bilan tanishtiramiz.
Bilasiz, yangi koʻchgandan keyin muayyan xaridlardan qochib boʻlmaydi. SIM karta olish kerak, roʻzgʻorga kerakli mahsulotlar, hujjatbozlik uchun kopiya, skaner qiladigan joyni topish kerak va hokazo.
SIM karta olish va baʼzi hujjatlarni skaner qildirish uchun yon-atrofimizdagi ofislarni qarab chiqayotib, ularning aksariyati soat 14:00 dan 16:00-17:00 gacha ishlamasligini bildik. Ispaniyada odatiy ish vaqti 9:00 da boshlanadi, 14:00 dan 16:30 gacha tanaffus qilib olishadi, keyin yana 20:30 gacha ishlashadi. Tush paytidagi 2-3 soatlik tanaffus ovqatlanish va bir oz mizgʻib olish uchun ajratilarkan. Mana shu mizgʻib olish siesta deb ataladi.
Tamaddixonalarning siesta vaqti 16:00-16:30 dan boshlanib, 20:00-20:30 gacha davom etadi. Chunki boshqa ishxonalar tushlikka chiqqanida, bular ishlashga majbur. Lekin dam olmasa ham boʻlmaydi, xodimlar ayni tungi hayot qaynayotgan payti charchab qolmasligi kerak.
Oldin ham siesta haqida eshitgandim, lekin bu narsa ish vaqtlariga ham taʼsir qiladi deb oʻylamasdim. Ispanlar siestaning asosiy sabablari deb quyidagilarni koʻrsatadi:
✅ Tushki issiqdan qochish
✅ Ish vaqtini cheklash
✅ Uzoq vaqt, bemalol tushlik qilish
✅ Mizgʻib olish sogʻliqqa foydali
✅ Tungi hayot uchun kuch toʻplash
Tungi bazmlar ispanlar hayotining ajralmas qismi. Doʻstlar, qarindoshlar bilan tez-tez koʻrishib turish, qahvaxona va klublarga borish, tongacha davom etadigan shoʻx raqslar... Shahar koʻchalari soat 22:00-23:00 lardan gavjumlasha boshlaydi. Bazmlar odatda tongi 03:00 ga qadar davom etadi.
Tong sahargacha yurgan odam, tush payti uxalamasligi mumkinmi, axir? Mana nima uchun siestaning ahamiyati katta.

#Ispaniya: hayot tarzi
Biz yashayotgan Jirona shahri Kataloniya hududiga kiradi, Barselonadan 103 km uzoqlikda. Deyarli 1 haftadan beri shu yerda boʻlsak-da, hatto shaharni aylanishga ulgurmadik. Sababi – havo juda issiq, namlik yuqori. Kunduzi harorat 38-40 darajagacha koʻtariladi. Oʻzbekistonda 45 darajada ham koʻchaga chiqib, ishlarni bitirib yurardik, chunki havo quruq. Bu yerda yuqori namlik nafas olishni qiyinlashtiradi.
Faqat kechki soat 7 lardan keyin oziq-ovqatlar xarid qilishga doʻkonga chiqamiz va uyimiz orqasidan oʻtgan Onyar daryosi (ariqcha 😃) boʻylab bir oz sayr qilamiz.
Hozircha koʻrgan-bilganlarimiz:
Bu yerda ham Daniya va Sloveniyadagidek, doʻkonlar yakshanba kunlari ishlamaskan.
Aksariyat doʻkon va tashkilot xodimlari ingliz tilida umuman gapirmaskan. Sonlarni, elementar iboralarni bilishimiz va Google Translate jonimizga oro kiryapti, hozircha. Tezroq ispan tilini oʻrganmasak boʻlmaydi.
Ispaniya 1-iyuldan sayyohlarni qabul qila boshlagandi. Endi koʻchada ham, yopiq binolarda ham maska taqib yurish majburiy qilinibdi. Ikkinchi toʻlqin boshlanayotganga oʻxshaydi. Yangi kasallanganlar soni kuniga 3000 dan oshyapti yana. Odamlar maskani iyagiga taqib yuribdi, 40 daraja issiqda maskasiz ham nafas olish qiyin-da. Maskasiz yurganingizda qoʻlga tushib qolsangiz, 1-marta 100 yevro, 2-marta 200 yevro jarimaga tortilasiz. Har safar jarima miqdori oshib boraveradi.
Ha, aytgancha, Kataloniyada aholi ispan emas, katalan tilida gapiradi, lekin hammasi ispan tilini biladi. Kvartiramiz egasi ham uydagi narsalar roʻyxatini katalan tilida yozibdi. Tarjima qilguncha, qiynalib ketdik. Yaxshiki, Google Translateʼga katalan tili kiritilgan ekan.
“Taxtlar oʻyini” (Game of thrones) serialini koʻrganmisiz? Shu serialning 6-sezonidagi baʼzi sahnalar Jironada olingan ekan. Bugun-erta oʻsha joylarni borib koʻrmoqchimiz. Albatta, maxsus effektlar va dekoratsiyalarsiz oddiy bino filmdagidan ancha gʻaribroq koʻrinsa kerak.
P.S. Quyidagi suratda “Taxtlar oʻyini” filmining (6-sezon) Jironada olingan sahnalaridan biri aks etgan.

Va nihoyat, bugun havo bulutli boʻldi va Jirona boʻylab bir oz sayr qildik.
Bugun “Taxtlar oʻyini” filmining 6-sezonidagi sahnalar uchun foydalanilgan Jirona soboriga bordik.
Sobor qurilishi 11-asrda boshlanadi. Keyingi asrlarda – to 18-asrgacha uning yonlarida turli qoʻshimcha inshootlar qurib borilgan.
Mazkur sobor dunyodagi gotika uslubida qurilgan eng keng nef (toʻrtburchak shakldagi ichki xona) ga ega – eni 22 metr. Sobor shahar markazida joylashgani sababli uning atrofida ham turli qadimiy inshootlarni koʻrish mumkin.
Yuqoridagi suratda Jirona sobori: tepada “Taxtlar oʻyini” filmidan olingan tasvir; pastda bugun men olgan surat.
Sobor va uning atrofi aks etgan boshqa suratlar bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.