Masaya ismli bir yapon bloger oʻz blogiga oʻzbek tilidagi postlarni ham joylab boryapti ekan. Masalan, mana bu yerda Masaya-sanning Oʻzbekistondagi bozor madaniyati haqidagi postini oʻqishingiz mumkin.
Baʼzi gaplariga tushunish qiyin, orfografik, grammatik xatolar ham koʻp. Lekin yozganlaridan umumiy mazmunni anglab olsa boʻladi. Harakatiga balli.
Aytgancha, hozirda Alisher Navoiyning gʻazallari yapon tiliga tarjima qilinyapti. Yaqin orada kichikroq kitob shaklida chop etilishi rejalashtirilgan. Yapon tiliga tarjima qilingan Alisher Navoiy gʻazallarining ayrimlari bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ

Tarjima
Kitob: “Morrining seshanba darslari” (Tuesdays with Morrie)
Kitob muallifi: Mich Elbom
Janri: Biografiya, falsafa, esdalik
Kitobni oʻqish jarayonida tarjimani “aʼlo” – 👏, “oʻrtacha” – 👍 va “yomon” – 👎 darajalari bilan baholashingiz ham mumkin. Baholar post tagida tugma shaklida berilgan.
12-bob. “Professor”.
Lotin yozuvida oʻqish
Кирилл ёзувида ўқиш
Bundan oldingi boblar:
👉 BIRINCHI BOB
👉 IKKINCHI BOB
👉 UCHINCHI BOB
👉 TOʻRTINCHI BOB
👉 BESHINCHI BOB
👉 OLTINCHI BOB
👉 YETTINCHI BOB
👉 SAKKIZINCHI BOB
👉 TOʻQQIZINCHI BOB
👉 OʻNINCHI BOB
👉 OʻN BIRINCHI BOB

21-asr boshlaridan boshlab Yaponiyada ilm-fan avvalgidan koʻra ancha ilgarilab ketgandek tuyuladi. Bunga yaqqol misol qilib 2000-yildan boshlab to hozirgacha (2020-yil) 20 nafar yapon Nobel mukofotini qoʻlga kiritganligi faktini keltirish mumkin. Toʻgʻri, bu 20 nafar yapondan 3 nafari hozirda boshqa davlat fuqaroligini olgan, lekin bu alohida mavzu.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtsak: 1999-yilgacha Nobelni qoʻlga kiritgan yaponlar soni atigi 8 nafar edi. Shunday qilib, hozirda jami 28 nafar yapon Nobel mukofoti sovrindori hisoblanadi.
Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, 2000-yildan boshlab yaponlar tomonidan qoʻlga kiritilgan 20 ta Nobel mukofotining 19 tasi ilm-fan sohasida (bittasi adabiyot).
Xoʻsh, shunda 2000-yildan boshlab yaponlar toʻsatdan “aqlli” boʻlib qoldimi?
Yoʻq, bunday emas. Butun millat bir kechada toʻsatdan “aqlli” boʻlib qolmaydi. Unda sababi ne?
Sababi oddiy: oxirgi 30-40 yillar davomida Yaponiyada ilm-fan va tadqiqotni qoʻllab-quvvatlash darajasi keskin oshdi. Tadqiqotlar uchun katta mablagʻlar ajratila boshlandi. Aynan shu omil “nobelchi” yapon ilm-fani rivojidagi tezlashishning asosiy sababi sifatida keltiriladi.
Yaʼni yapon olimlari oldin ham oʻz holicha tadqiqot oʻtkazgan, yaratgan, kashf qilgan. Lekin bu yaratiq va kashfiyotlarni, ayniqsa nazariyalarni keng miqyosda qoʻllash, sinab koʻrish, mukammallashtirish uchun yetarli mablagʻ va taʼminotga ega boʻlmagan.
Masalan, 2000-yillardan boshlab Yaponiyaning ilm-fanni qoʻllab-quvvatlash jamiyati va Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi yapon olimi Shinya Yamanaka tadqiqotlarini katta miqdorda moliyalashtirish bilan qoʻllab-quvvatlay boshlaydi. Oradan biroz vaqt oʻtib, ushbu ragʻbatlantirish oʻz samarasini beradi – Yamanaka induksiyalangan pluripotent ildiz hujayralarini (Induced pluripotent stem cells) kashf qiladi va bu kashfiyoti uchun 2012-yili fiziologiya va tibbiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor boʻladi. Yaponlar orasida bunday misollar koʻp.
Eng ahamiyatlisi, yapon jamiyatida ilm-fanni faqatgina davlat emas, xususiy sektor ham faol ragʻbatlantiradi.
Bizda-chi? Afsuski, ilm-fan, tadqiqotni davlat tomonidan ragʻbatlantirish qoniqarli darajada emas. Xususiy sektor haqida-ku, gapirmasa ham boʻladi. Ragʻbat deyilganda faqat pul ajratish emas, tadqiqot olib borish uchun yaratilgan sharoit ham nazarda tutilyapti. Shu holimizda hali beri ilm-fan sohasidagi Nobeldan umid qilmasak ham boʻladi.
Ayni damda oʻzbeklar Nobel olishi boʻlgan yagona soha – adabiyot. Lekin negadir adiblarimiz ham jonbozlik koʻrsatmayapti. Bu ham bir tarafdan yana mablagʻga borib taqaladi: uyum, ovqatim, mansabim, bola-chaqam demay, oʻtirib sanʼat darajasidagi asar yaratish va uni turli tillarga tarjima qildirish uchun yaxshigina mablagʻ va iqtisodiy taʼminot kerak.
Shunday boʻlsa ham, yaqin orada adabiyot sohasida biror oʻzbek Nobel mukofotini qoʻlga kiritadi deb umid qilamiz.

Bir necha kun oldin Mobiuz raqamim bilan bogʻliq hangoma haqida yozgandim. Mushtariylardan biri oʻsha post ostida Beeline uyali aloqa operatorini maqtab izoh qoldiribdi. Oʻzbekistonga qaytganimda, Beelineʼga oʻtib olaman, shekilli:)
С.A.T. Science Accelerator – ilmiy loyihalar akseleratoriga arizalar qabul qilinmoqda.
Dasturda oʻz startap-loyihasini ishga tushirmoqchi boʻlgan olimlar va axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
Arizalar quyidagi sohalar boʻyicha qabul qilinadi:
– “yashil” texnologiyalar;
– diagnostika va biotibbiyot;
– yangi materiallar ishlab chiqarish;
– muqobil energiya manbalari;
– ilm-fanda IT-texnologiyalar;
– oziq-ovqat bilan bogʻliq texnologiyalar.
Dasturda ishtirokchilar oʻz gʻoyangizni sinovdan oʻtkazib, prototipini yaratadi va biznesni ishga tushirish koʻnikmalariga ega boʻladi. Bundan tashqari xalqaro mentorlarning maslahatlarini olib, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligidan investitsiyalar olish imkonini qoʻlga kiritadi.
Maʼlumot uchun: Akseleratorga birinchi qabul 2019-yilda o‘tkazilgan va akseleratorning 3 ta startap-loyihasi O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlov doirasida umumiy qiymati $200 000 miqdorida investitsiyaga ega bo‘ldi.
Akseleratorga arizalar 2020-yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.
Dastur haqida SHU YERDA batafsil tanishing.
Dasturga SHU YERDA ariza topshirishingiz mumkin.

Koronavirus: Yevropa mamlakatlaridagi xitoyliklar yuz niqoblarini xarid qilib, Xitoyga yuborishyapti. Yevropa aholisining yuz niqoblari xaridi ham keskin oshgan. Ayrim Yevropa shaharlarida niqoblar tugab ham qolgan.
Masalan, xitoylik tanishlarimizdan biri bir oyga yaqin Norvegiyada yashagan. Hozir Sloveniyada, yaqinda kelgan. Sloveniyaga kelishdan oldin Norvegiya dorixonalaridan niqob sotib olib, Xitoydagi oila aʼzolariga yubormoqchi boʻlibdi. Lekin Norvegiyadagi yirik va port shaharlaridan niqob topa olmabdi. Izlab-izlab, oxiri Norvegiyaning shimolidagi kichikroq bir shaharchadan zoʻrgʻa topib, sotib olibdi va uyiga yuboribdi.
Oʻtgan hafta Xitoyda yuz niqoblariga boʻlgan bir kunlik talab 200 million donani tashkil etayotgani haqida xabar berilgandi. Hozirda bu koʻrsatkich yana-da oshgan.
Shuningdek, yuz niqoblari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining aksiyalari narxi yaxshigina oshgan. Quyidagi suratda yuz niqoblari ishlab chiqaruvchi yapon kompaniyasi – Kawamotoning aksiyalari narxidagi oʻsishni koʻrishingiz mumkin.

Tibbiyot sohasida oʻqiyotgan va ishlayotgan bir nechta tanishlarim bor. Oʻzbekistonda tibbiyot xodimi boʻlib ishlash havas qilarli darajada emasligini nolib qolishadi. Bu toʻgʻri.
Tibbiyot xodimlarining ijtimoiy va huquqiy himoyasi juda kuchsiz: oyligini yuqori deb boʻlmaydi, koʻpchilikda aksariyat shifokorlar chalasavod degan taassurot shakllangan, ularni haqoratlashadi, tez-tez kaltaklab ham turishadi.
Tibbiyot sohasini chindan yoqtiradigan tanishlarim biror xorijiy davlatga chiqib, oʻsha yerda tibbiyot boʻyicha oʻqib, oʻsha yerda ishlashni juda xohlaydi – oylik yuqori, munosabat ijobiy.
Lekin afsuski, tibbiyot – taʼlimda eng kam grant ajratiladigan va ishga olinishda talablari eng yuqori boʻlgan sohalardan biri. Shu sababli ham, xorijda tibbiyot sohasida oʻqish va ishlash oson emas.
Aytaylik, aksariyat davlatlar tibbiyot xodimlaridan mahalliy tilni bilishni talab qiladi. Ingliz tili davlat tili boʻlsa, yaxshi – koʻpchilikning ingliz tilidan xabari bor va bu tilni oʻrganish ham juda qiyin emas. Lekin ingliz tili davlat tili boʻlmagan davlatlarda qiyin.
Masalan, Daniyada tibbiyot xodimlariga talab juda yuqori, lekin tibbiyot sohasiga ishga kirish uchun dat tilidan imtihon topshirib, kerakli natijani qayd etish kerak.
Garchi Daniyada deyarli hamma ingliz tilida muloqot qila olsa-da, shifokor mahalliy aholi tilini bilishi shart. Chunki joni ogʻrib turgan kishi qaysidir soʻz yoki jumlani ingliz tilida eslab oʻtira olmaydi.
Taʼkidlash joizki, Daniyada shifokorlar daromadi anchagina yuqori – shifokorning bir yillik oʻrtacha maoshi 1 million 255 ming 733 kronani (taxminan 186 ming AQSH dollari) tashkil etadi.
Bundan tashqari, Daniyada tibbiyot xodimlariga hurmat ham yuqori. Men, shunchaki, bitta davlatni misol keltirdim. Tibbiyot xodimlari uchun sharoit juda yaxshi boʻlgan davlatlar koʻp.
Tibbiyot xodimlarining ijtimoiy va iqtisodiy taʼminoti havas qilarli darajada boʻlmaganidan keyin davlat tibbiy muassasalaridagi xizmatlar sifati ham yuqori boʻlmaydi, albatta. Xususiy tibbiy muassasalarda xizmat sifati nisbatan yuqoriroq, chunki ularning xizmat haqi qimmat, xodimlar maoshi yuqoriroq. Shunday boʻlgach, yaxshi shifokor xususiy tibbiy muassasalarga ketib qoladi (agar hali xorijga chiqib ketmagan boʻlsa). Natijada davlat tibbiy muassasalaridagi sifat darajasi tushadi.
Qani edi, bizning shifokorlar ham koronavirusga oʻxshash kasalliklar bilan isiriq yuborish orqali emas, unga qarshi vaksina ishlab chiqish ustida ishlash orqali kurashishsa.
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Tibbiyot xodimlarining ijtimoiy va huquqiy himoyasi juda kuchsiz: oyligini yuqori deb boʻlmaydi, koʻpchilikda aksariyat shifokorlar chalasavod degan taassurot shakllangan, ularni haqoratlashadi, tez-tez kaltaklab ham turishadi.
Tibbiyot sohasini chindan yoqtiradigan tanishlarim biror xorijiy davlatga chiqib, oʻsha yerda tibbiyot boʻyicha oʻqib, oʻsha yerda ishlashni juda xohlaydi – oylik yuqori, munosabat ijobiy.
Lekin afsuski, tibbiyot – taʼlimda eng kam grant ajratiladigan va ishga olinishda talablari eng yuqori boʻlgan sohalardan biri. Shu sababli ham, xorijda tibbiyot sohasida oʻqish va ishlash oson emas.
Aytaylik, aksariyat davlatlar tibbiyot xodimlaridan mahalliy tilni bilishni talab qiladi. Ingliz tili davlat tili boʻlsa, yaxshi – koʻpchilikning ingliz tilidan xabari bor va bu tilni oʻrganish ham juda qiyin emas. Lekin ingliz tili davlat tili boʻlmagan davlatlarda qiyin.
Masalan, Daniyada tibbiyot xodimlariga talab juda yuqori, lekin tibbiyot sohasiga ishga kirish uchun dat tilidan imtihon topshirib, kerakli natijani qayd etish kerak.
Garchi Daniyada deyarli hamma ingliz tilida muloqot qila olsa-da, shifokor mahalliy aholi tilini bilishi shart. Chunki joni ogʻrib turgan kishi qaysidir soʻz yoki jumlani ingliz tilida eslab oʻtira olmaydi.
Taʼkidlash joizki, Daniyada shifokorlar daromadi anchagina yuqori – shifokorning bir yillik oʻrtacha maoshi 1 million 255 ming 733 kronani (taxminan 186 ming AQSH dollari) tashkil etadi.
Bundan tashqari, Daniyada tibbiyot xodimlariga hurmat ham yuqori. Men, shunchaki, bitta davlatni misol keltirdim. Tibbiyot xodimlari uchun sharoit juda yaxshi boʻlgan davlatlar koʻp.
Tibbiyot xodimlarining ijtimoiy va iqtisodiy taʼminoti havas qilarli darajada boʻlmaganidan keyin davlat tibbiy muassasalaridagi xizmatlar sifati ham yuqori boʻlmaydi, albatta. Xususiy tibbiy muassasalarda xizmat sifati nisbatan yuqoriroq, chunki ularning xizmat haqi qimmat, xodimlar maoshi yuqoriroq. Shunday boʻlgach, yaxshi shifokor xususiy tibbiy muassasalarga ketib qoladi (agar hali xorijga chiqib ketmagan boʻlsa). Natijada davlat tibbiy muassasalaridagi sifat darajasi tushadi.
Qani edi, bizning shifokorlar ham koronavirusga oʻxshash kasalliklar bilan isiriq yuborish orqali emas, unga qarshi vaksina ishlab chiqish ustida ishlash orqali kurashishsa.
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Tarjima
Kitob: “Morrining seshanba darslari” (Tuesdays with Morrie)
Kitob muallifi: Mich Elbom
Janri: Biografiya, falsafa, esdalik
Kitobni oʻqish jarayonida tarjimani “aʼlo” – 👏, “oʻrtacha” – 👍 va “yomon” – 👎 darajalari bilan baholashingiz ham mumkin. Baholar post tagida tugma shaklida berilgan.
13-bob. “Toʻrtinchi seshanba: oʻlim haqida suhbatlashamiz”.
Lotin yozuvida oʻqish
Кирилл ёзувида ўқиш
Bundan oldingi boblar:
👉 BIRINCHI BOB
👉 IKKINCHI BOB
👉 UCHINCHI BOB
👉 TOʻRTINCHI BOB
👉 BESHINCHI BOB
👉 OLTINCHI BOB
👉 YETTINCHI BOB
👉 SAKKIZINCHI BOB
👉 TOʻQQIZINCHI BOB
👉 OʻNINCHI BOB
👉 OʻN BIRINCHI BOB
👉 OʻN IKKINCHI BOB

Ilon Mask 2-fevral kuni AI (sunʼiy intellekt) boʻyicha Tesla kompaniyasida ishlash uchun yangi ish oʻrinlari mavjudligi haqida tvit qoldirgan. Shuningdek, u Tesla kompaniyasida ishlash uchun ilmiy daraja shart emasligini yana bir marta taʼkidladi.
Ilon Mask 2014-yil nemis avtomobil nashriyoti “Auto Bild” bilan boʻlgan suhbatda ham ishga olinish uchun ilmiy daraja zaruriy shart hisoblanmasligini qayd etgandi.
Hatto oliy taʼlim diplomi (darajasi) yoki hatto oʻrta maxsus taʼlim diplomi (darajasi)ga ega boʻlish ham shart emas, degandi u ishga olishda qanday jihatlarga eʼtibor qaratilishi haqida kengroq maʼlumot berishi soʻralganda.
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Ilon Mask 2014-yil nemis avtomobil nashriyoti “Auto Bild” bilan boʻlgan suhbatda ham ishga olinish uchun ilmiy daraja zaruriy shart hisoblanmasligini qayd etgandi.
Hatto oliy taʼlim diplomi (darajasi) yoki hatto oʻrta maxsus taʼlim diplomi (darajasi)ga ega boʻlish ham shart emas, degandi u ishga olishda qanday jihatlarga eʼtibor qaratilishi haqida kengroq maʼlumot berishi soʻralganda.
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
❗️ Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi 15-17 yoshli oʻzbekistonliklar uchun AQSHda 2-4 hafta davomida universitetlar va taʼlim bilan tanish imkonini beruvchi dasturga arizalar qabul qilmoqda.
Dasturda qatnashish imkonini qoʻlga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
✔️ AQShga borish va kelish xarajatlari toʻliq qoplanadi.
✔️ Viza xarajatlari qoplab beriladi.
✔️ Bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.
✔️ Barcha ishtirokchilar dastur davomida tibbiy sugʻurta bilan taʼminlanadi.
🔘 Ushbu dasturga arizalar 2020-yilning 20-fevrali soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Talablar va hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil maʼlumot bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Xitoyliklar orasida boylari koʻp. Ular muntazam sayohat qiladi, borgan davlatlarida eng qimmat butik va doʻkonlarga kiradi. Eng qimmat kiyim-kechak, baʼzan taqinchoqlar va boshqa mahsulotlarni xarid qiladi.
Agar xitoy tilini bilsangiz, Yevropaning sayyohlar koʻp tashrif buyuruvchi shaharlarida dunyoning eng mashhur brendlari doʻkonlari sizni jon deb ishga oladi, odatda.
Masalan, T Fondaco dei Tedeschi Venetsiyada eng qimmat savdo markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu savdo markazi anchagina baland boʻlib, uning tomiga chiqib, shahar manzarasini tomosha qilish mumkin. Biz ham tomga chiqdik.
Kiraverishda – har qavatda koʻplab xitoylik sayyohlarga koʻzimiz tushdi. Har doimgidek eng qimmat kiyim-kechak va mahsulotlar xaridi bilan band.
Italiyaliklarning oʻzi va boshqa davlat sayyohlari bu savdo markaziga odatda shaharni tepadan tomosha qilgani keladi, xolos. Ularning biror mahsulot sotib olayotganini kamdan-kam uchratasiz. Xitoyliklar esa mahsulot tanlayotgan, xarid qilayotgan yoki qoʻli toʻla mahsulot bilan markazni tark etayotgan boʻladi.
Eʼtiborlisi shundaki, bu savdo markazidagi reklamalarning baʼzilari aynan xitoyliklarga moslab ishlangan. Reklama posterlari, ekranlarda namoyish etiladigan reklamalarda mahsulotni koʻz-koʻz qiluvchi shaxslar orasida xitoylik ayol va erkaklarga tez-tez koʻzingiz tushadi: brend kiyimlarni kiyib olgan yosh xitoy yigiti yoki qaysidir mashhur parfyumeriya mahsulotining reklama roligidagi yosh xitoy goʻzali.
Doʻkon va savdo markazlarini biroz eʼtibor kuzatsangiz, Xitoyning dunyo bozorlaridagi oʻrni nafaqat ishlab chiqaruvchi sifatida, balki isteʼmolchi sifatida ham oshib borayotgani seziladi.
Albatta, ayni damda barcha mamlakatlarni tashvishga solayotgan koronavirus Xitoyning dunyo bozorlaridagi oʻrniga ozmi-koʻpni oʻz salbiy taʼsiri oʻtkazyapti. Lekin bu vaqtincha – virusga qarshi vaksina topiladi, odamlar tuzaladi va Xitoyning dunyo bozoridagi ahamiyati yana oʻsishda davom etadi.
Hozirda Xitoy iqtisodiy qudrati jihatidan dunyoda 2-raqamli mamlakat hisoblanadi (1-oʻrinda AQSH).
P.S. “Xitoy – uyqudagi arslon. Uni uygʻotib yubormang, aks holda, dunyoni larzaga soladi”, degan edi Napoleon Bonapart bundan 2 asr oldin.

58 nafar fuqaro Prezident Farmoni bilan afv etildi. Bu haqida Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
“Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 58 nafar fuqaro afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 41 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 3 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi.
Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.
Afv etilganlarning 2 nafarini ayollar tashkil etadi.

Donald Tramp prezidentlik lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi
Donald Trampga qarshi ilgari surilgan impichment moddalari yuzasidan AQSH senatorlarining ovoz berish jarayoni hozirgina yakunlandi.
Impichmentning 1-moddasi boʻyicha 48 nafar senator Donald Trampni aybdor, 52 nafar senator esa aybsiz deb topdi.
Impichmentning 2-moddasi boʻyicha 47 nafar senator amaldagi AQSH prezidentini aybdor deb topgan bo'lsa, 53 nafar senator uning aybsizligini yoqlab ovoz berdi.
Shunday qilib, impichment yuzasidan oʻtkazilgan sudda Donald Trump aybsiz deb topildi. Natijada Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimida oʻz faoliyatini davom ettiradigan boʻldi.
Donald Trampga qarshi impichmentning toʻliq matnini SHU YERDA oʻqishingiz (PDF fayl).

2020-yil 1-fevraldan boshlab Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlari
👉 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi – 1 811 191 soʻm;
👉 Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari – 1 207 461 soʻm;
👉 Davlat granti va bir yillik oʻqitish qiymatining stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan, barcha fanlar boʻyicha faqat “aʼlo” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga (reyting koʻrsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega boʻlgan talabalar uchun – 513 600 soʻm;
👉 Davlat granti va stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun bazaviy stiyendiya – 428 000 soʻm;
👉 1- va 2-guruh nogironligi boʻlgan talabalarga belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50 foiz yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi.
👉 Alohida qobiliyat va iqtidor egasi boʻlgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtmoiy himoyaga muhtoj talabalarga belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50 foiz yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi.

Stipendiyaga oid qarorda noaniqlik bormi?
Bugun Huquqiy axborot kanalida “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilinganligi va uning mazmunidan bir qancha qismlar eʼlon qilindi.
Biroq eʼlon qilingan maʼlumotlarga qaraydigan boʻlsak, qarorda noaniqilik bordek tuyuladi.
Qanday noaniqlik?
Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlari keltirilgan jadvalning (quyida 1-rasm) 3-qatorida shunday deyilgan:
Davlat granti va bir yillik oʻqitish qiymatining stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan, barcha fanlar boʻyicha faqat “aʼlo” oʻzlashtirish koʻrsatkichiga (reyting koʻrsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega boʻlgan talabalar uchun – 513 600 soʻm;
Buni oʻqib, demak davlat granti asosida oʻqiyotgan talabalar ham, stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan barcha talabalar ham fanlarni “aʼlo”ga oʻzlashtirsa, 513 600 soʻm miqdorida stipendiya oladi.
Lekin ushbu jadval eʼlon qilinganidan biroz muddat oʻtib, Huquqiy axborot kanaliga quyidagi maʼlumot joylandi:
OTMlarda stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlaridan qatʼiy nazar bazaviy miqdordagi stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi (quyida 2-rasm).
Yaʼni stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalar hamma fanlarini “aʼlo”ga yopgan boʻlsa ham, bazaviy miqdordagi stipendiya (428 000 soʻm) oladi degan maʼno chiqadi.
Shu oʻrinda savol tugʻiladi: Qarordagi “bir yillik oʻqitish qiymatining stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar” va “stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar” tushunchalari bir-biridan farqli tushunchalarmi yoki qarorda noaniqlik bormi?
Menimcha, OTMlarda stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlaridan qatʼiy nazar bazaviy miqdordagi stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi, deyilganda talaba “4”ga yopsa ham, “3”ga yopsa ham bazaviy miqdordagi stipendiyani (428 000 soʻm) olaveradi degan maʼno nazarda tutilgan boʻlsa kerak. Biroq stipendiyali toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar barcha fanlarni “5”ga yopsa, ularga ham 513 600 soʻm stipendiya beriladi.
Albatta, bular mening shaxsiy fikrim. Qarorning toʻliq matni eʼlon qilingandan keyin hammasi aniqlashar, balki.

Varizlar Mahkamasi – 59-son qaror.pdf
382.5 KB
”Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori (59-son, 31.01.2020).
Yuklab olib, qarorning toʻliq matni bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Yuklab olib, qarorning toʻliq matni bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Bugun faqat davlat granti asosida tahsil oluvchi talabalarga 2019-yil, 1-sentabrdan 2020-yil, 1-fevralgacha boʻlgan davr uchun stipendiya tafovuti toʻlab berilishi haqida maʼlumot eʼlon qilindi. Bunga stipendiyali kontrakt-toʻlov asosida oʻqiydigan va yuqorida qayd etilgan davrda “5 lik” hamda “4 lik” stipendiya olishi kerak boʻlgan talabalar eʼtiroz bildiryapti.
Menga murojaat qilgan shunday talabalardan birining eʼtirozi quyidagicha boʻldi:
Pul toʻlab oʻqiyotgan biz-ku, nega tekin oʻqiyotganlarga stipendiya farqi toʻlab berilib, pul toʻlab oʻqiyotganlarga toʻlab berilmaydi? Yana davlat byudjetda oʻqiyotganlar bilan hisob-kitob qilishi uchun biz tezroq kontraktni toʻlab berishimiz kerak! Biz pulni beramiz, ular biz qolib, byudjetdagilar bilan hisob-kitob qiladi.
Bir tarafdan, uning eʼtirozi oʻrinli.
Endi bunday qarorga kelinish sabablari haqida fikr yuritsak.
1. Hukumat davlat granti asosida tahsil oluvchilar oʻrniga toʻlov-kontrakt asosida taʼlim oluvchilarga tafovutni toʻlab berish haqida qaror chiqarishi ham mumkin edi. Lekin toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilar soni ancha koʻp. Tabiiyki, ular orasida tafovut qoplanishi kerak boʻlganlar soni ham koʻp. Bunday qaror chiqarilganda, tafovutni toʻlab berish uchun davlat byudjetidan koʻproq mablagʻ sarf qilinardi. Bu yerda koʻproq xarajat qilish vaziyati chetlab oʻtilgan.
2. Hukumat byudjetda oʻquvchilar bilan hisob-kitob qilmasdan, faqat kontrakt asosida tahsil oluvchilarning hammasi bilan hisob-kitob qilishi mumkin edi: “5 chilar” va “4 chilar”ga farqni toʻlab, “3 chilar”dan ortiqcha toʻlangan mablagʻni qaytarib olishi (kelajakda ushlab qolishi) mumkin edi. Bunda kontrakt asosida “5” va “4” bahoga oʻqiyotganlar noroziligi oldi olinsa-da, “3” bahoga oʻqiyotganlarning noroziligi bundan-da kuchliroq boʻlishi mumkin.
Chunki, birinchidan, “3” bahoga oʻqiydiganlar soni koʻproq; ikkinchidan, shunchaki, “senga tafovut toʻlanmaydi” degandan koʻra “toʻlangan pulni qaytar” deyish kuchliroq negativ uygʻotadi.
Bundan tashqari, agar “3” bahoga oʻqiganlar oʻqishni tashlab ketgan yoki oʻqishdan haydalgan boʻlsa, ularga toʻlangan summani keyingi oylardagi stipendiyadan ushlab qolib boʻlmaydi. Ularni topib, pulni qaytartirish esa yaxshigina bosh ogʻrigʻi, ovoragarchilik.
3. Hukumat barcha bilan qayta hisob-kitob qilish haqida qaror chiqarishi ham mumkin edi: kontraktda oʻqiydimi, byudjetdami, kam toʻlangan stipendiya farqi qoplanadi, koʻp toʻlangani qaytarib olinadi deb. Aslida aynan shu qaror qonunlarga toʻliq mos va adolatli qaror hisoblanardi (bu haqida Xushnudbek Xudoyberdiyev yaxshi tushuntirish bergan). Lekin bunda qilinadigan ish hajmi yana-da ulkanroq, koʻp toʻlangan stipendiyani qaytarishdan ozorlanadigan talabalar soni yana-da koʻproq boʻlardi.
Shuningdek, bu vaziyatda hukumat yuqoridagi 2 holatdan koʻra koʻproq mablagʻ yoʻqotishi mumkin edi (munozarali).
Koʻrinib turibdiki, xarajat, kelib chiqadigan qoʻshimcha ish hajmi va norozilik omillari yigʻindisi hisobga olinib, optimal variant tanlangan. Yaʼni:
– tafovutni qoplash xarajatlarining imkon qadar kam miqdori tanlangan;
– eng koʻp sonli talabalar (“3” bahoga oʻqiydiganlar) norozi boʻlmaydi;
- tafovutni qisman boʻlsa ham toʻlab berdik, deb ayta olishadi;
– amalga oshirilishi kerak boʻlgan ish hajmi eng kam boʻladi.
Ha, aytgancha, ertaga (7-fevral) soat 15:00 da stipendiyaga oid oxirgi normativ-huquqiy hujjat yuzasidan matbuot anjumani oʻtkaziladi.
Manzil: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi qoshidagi “Talabalar media ijtimoiy va madaniyat maskani”.
Anjumanda nega aynan bunday qaror chiqarilganini mutasaddilarning oʻzi izohlab beradi degan umiddamiz.

Hali ham kimga qancha stipendiya berilishini tushuna olmayotgan talabalar bor ekan. Quyida kimga qancha stipendiya berilishi haqida maʼlumotlarni keltirib oʻtaman (maʼlumotlar stipendiyasiz kontrakt toʻlab oʻquvchilarga va davlat granti asosida oʻquvchi bitiruvchi kurslarga taalluqli emas).
№1. Davlat granti asosida oʻqiyotganlar ham, toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotganlar ham semestrni “5” ga yopsa, 513 000 soʻm stipendiya oladi: 428 000 + (428 000x20%) = 513 000.
№2. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalar semestrni “4” yoki “3” bahoga yopsa, bazaviy miqdordagi stipendiyani, yaʼni 428 000 soʻm oladi.
№3. Semestrni “Yaxshi (4)” bahoga yopgan, shuningdek, semestrdagi fanlarning 1-29% qismini “qoniqarli (3)” bahoga yopgan davlat granti asosida tahsil oluvchi talabalar bazaviy miqdordagi stipendiyani, yaʼni 428 000 soʻm oladi.
№4. Oʻquv semestri fanlarining 30 foizi va undan ortiq qismini “qoniqarli” oʻzlashtirish bilan yakunlagan (reyting koʻrsatkichi – 71 balldan kam) davlat granti asosida oʻquvchi talabalarga navbatdagi oʻquv semestrida stipendiya tayinlanmaydi. Yaʼni ular keyingi semestr stipendiya olmaydi.
Shu oʻrinda, stipendiyasiz toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan talabalarga oid maʼlumotni ham keltirib oʻtsak: oʻquv semestrini “aʼlo” baho (reyting koʻrsatkichi – 86 ball va undan yuqori)lar bilan yopgan stipendiyasiz toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan talabalar stipendiya bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida, yaʼni 85 600 soʻm (hozirda) toʻlov bilan ragʻbatlantiriladi.
Yuqoridagilardan tashqari, iqtidorli, jamoat ishlarida faol va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga ham qoʻshimcha ravishda belgilangan stipendiyaning 50 foizigacha qoʻshimcha toʻlov bilan ragʻbatlantiriladi.
Qolgan barcha maʼlumotlar Vazirlar Mahkamasining 59-son qarorida berilgan.
P.S. Huquqiy axborot kanalidagi “Kontraktdagi talaba”lar oʻzlashtirish koʻrsatkichidan qatʼiy nazar bazaviy stipendiyani oladi nomli xabarni koʻrib, kontraktda oʻquvchi talabalar “5” ga yopsa ham 428 000 ming olar ekan, degan xayolga bormang. Bu xabar faqat “4” va “3” bahoga yopgan kontraktda oʻquvchi talabalarga taalluqli.

Lyublyanada OTM talabalariga bir qancha imtiyozlar taqdim etiladi. Bugun ulardan bir nechtasi bilan tanishtiraman.
1. Ovqatlanish uchun chegirmali kupon beriladi (kuponlardan telefon orqali foydalaniladi). Sloveniyada talabalarning ovqatlanishi uchun davlat subsidiya ajratadi. Bunda mamlakatdagi koʻplab restoran va kafelarga (talaba menyusi mavjudlarida) davlat maʼlum summa toʻlaydi va talaba oʻsha yemakxonalarda chegirmali narxga yoki butunlay tekin ovqatlanishi mumkin.
Bunda talabaga har oyda ish kunlari soniga teng miqdorda kupon taqdim etiladi va bu kuponlarning har biri bir marta chegirmali narxga yoki tekinga ovqatlanish imkonini beradi. Lekin bu kuponlardan faqat ish kunlarida foydalanish mumkin, dam olish kunlarida foydalanib boʻlmaydi.
Talabaning qaysi yemakxonalarda chegirmali narxga va qaysilarida tekin ovqatlanishi yemakxonalardagi taomlarning narxiga bogʻliq. Qimmat yemakxonalarda talaba taom narxining subsidiya qoplamagan qismini oʻzi toʻlaydi. Arzonroq yemakxonalarda esa subsidiya taom narxini toʻliq qoplaydi.
Masalan, hozirda talaba menyusi boʻlgan yemakxonalarga davlat har bir taomlanish menyusi uchun 2 yevro 69 sent toʻlaydi. Yemakxona hukumatdan olgan to'lovdan tashqari, talaba uchun oʻz hisobidan yana biroz chegirma qiladi.
Talaba menyusi 3 ta taomdan iborat: 1-si shoʻrva (bir necha turli, turini talaba tanlaydi); 2-siga biror quyuq ovqat; 3-siga desert sifatida meva yoki biror salat.
Talaba 3 ta taomdan iborat menyuni tanlagach, telefon orqali kafedagi terminalga toʻlov qiladi.
2 yevro 69 sent kamdek tuyulishi mumkin, lekin aslida Sloveniyadagi talaba menyusi bor yemakxonalar uchun bu summa kam emas. Masalan, Lyublyanadagi 17 ta kafe va restoranlarda talabalar chegirmali ilova orqali kuniga 2 marta butunlay tekin ovqatlanishi mumkin, yaʼni davlat toʻlagan 2 yevro 69 sent ovqat pulini toʻliq qoplaydi.
Lyublyanada talabalarga talaba menyusini taklif qiluvchi yemakxonalar soni esa 202 ta. Talaba menyusi tekinga tushmaydigan yemakxonalarning aksariyatida talaba chegirmadan tashqari qoʻshimcha 1-2 yevro toʻlaydi (eng koʻpi 5 yevro).
Quyidagi rasmda chegirmali ovqatlanish ilovasi surati keltirilgan. Unda talaba menyusini taklif etadigan yemakxonalar nomi, manzili, ochiq yoki yopiqligi, qancha uzoqlikda ekani va talaba unga borib ovqatlansa, qancha toʻlashi keltirilgan (1 tasida 3 yevro 40 sent, 3 tasida 0 yevro, 1 tasida 1 yevro).
2. Jamoat transporti uchun arzon oylik yoʻl chiptasi sotiladi. Ushbu oylik yoʻl chiptasi narxi 20 yevro.
Lekin shahar juda kichkina. Piyoda yursangiz, u boshidan bu boshigacha 5-6 soatlarda borib qoʻyasiz. Shu uchun koʻpchilik yoki piyoda yoki velosipedda oʻqishga qatnaydi. Oylik yoʻl chiptadan foydalanuvchilar esa avtobusda qatnaydi. Lyublyanada metro yoʻq. Ha, aytgancha, avtobusga bir marta chiqish narxi 1 yevro 30 sent. Uzoqroqdan avtobusda qatnovchilar oylik yoʻl chiptasini olsa, anchagina pulini iqtisod qiladi.

Bir necha kun oldin Oʻzbekistonda tibbiyot xodimlarining ahvoli havas qilarli darajada emasligi haqida yozgandim. Kecha yana bir shifokorni doʻpposlashibdi.
Bir tomondan xalq tibbiyot xodimlarini ayovsiz kaltaklayapti, ikkinchi tomondan davlat tashkilotlari shundoq ham iqtisodiy taʼminoti yaxshi boʻlmagan shifokorlarga qoʻshimcha oʻlpon yuklash harakatida.
Bunday tendensiya xalqdan ham, davlatdan ham shifokorlarning koʻnglini qoldiradi, bezdirib qoʻyadi. Yaxshi emas.
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Bir tomondan xalq tibbiyot xodimlarini ayovsiz kaltaklayapti, ikkinchi tomondan davlat tashkilotlari shundoq ham iqtisodiy taʼminoti yaxshi boʻlmagan shifokorlarga qoʻshimcha oʻlpon yuklash harakatida.
Bunday tendensiya xalqdan ham, davlatdan ham shifokorlarning koʻnglini qoldiradi, bezdirib qoʻyadi. Yaxshi emas.
Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Shifokorlar haqidagi oxirgi postimdan keyin mushtariylardan biri xabar yoʻllabdi. Shu xabarni oʻz holicha ixtiyoringizga havola qilaman (xabardagi orfografik xatolar tuzatilgan):
“Salom Maqsud. Oxirgi postingizga bir gap aytmoqchiman. Shifokorlarni doʻpposlanganini koʻrib, nimaga odamlar unaqa qilishar ekan, axir ular sogʻliq posbonlari, tib sohasida bilimi bor sanoqlilar-ku, xoʻrlamaslik kerak, derdim.
Keyin yaqindagina nimaga urishayotganini bilib oldim. Yaqinda 3 yoshli oʻgʻlimni rosa issigʻi chiqdi. 39 gradusdan tushmaydi. Qoʻlimdan nima kelsa, qildim. 3 soat oʻtdi tushmay, koʻtarilib ketaveradi. 39,6 boʻldi, kechasi soat 1. Bolalar bolnitsasiga olib bordik. Yoʻlda 40 gradusga koʻtarildi, oʻzini bilmay qoldi.
Oʻzimning 7 oylik homilam bor. 2-etajga yugurib chiqdik – navbatchi vrachni oldiga. Oʻgʻlim xoʻjayinimda. Men ulardan oldin vrachni xonasini topib kirsam, bir ayol kishi vrach ekan, yonida medsestrasi bilan oʻtiribdi telefon oʻynab.
Opa, oʻgʻlimni mazasi boʻlmayapti, harorati tushmayapti desam, nima boʻldi qachondan beri, nechchi boʻlgan deyish oʻrniga “iiii bolnitsada joy yoʻq-ku,” deydi.
Birinchi tibbiy yordam xonasi bordir deyishga holim qolmagandi. Tomogʻi ogʻribdi dedi-da, badanini iliq suv bilan artish kerak dedi. Medsestra keeetdiii suv topgani.
Dori yozib berdi. Bolnitsani hovlisidagi 5 ta apteka bor ekan, ishlamas ekan kechasi. Erim ketdilar sentrga. Qor urib yogʻib yotibdi. Badanini oʻzim artdim, opa telefondan boʻshamadi.
Hech qanaqa dori, ukol qilmay, artib oʻtirdik. 20 minutda erim keldilar, svecha qoʻydik. Boʻldi, ketaveringlar tushadi, – dedi. Erim “yoʻq avval tushsin, keyin ketamiz opa. Chekkaroq qishloqda turamiz, koʻngilni tinch qilaylik ham oʻgʻlimni qaltirab varajasi bosilsin”, - dedilar.
2 soat kutdik, 39 dan tushmaydi. Vrach telefondan boʻshamaydi. Opa, biror nima qiling, oʻglim qiynalib ketdi, desam qaysi bir bemordan senepar dori topib keldi.
Yana yarim soat oʻtdi, tushmaydi. Keyin erim baqirib ketdilar: “Opa sizdan panoh istab keldik, bu qilayotgan muolajangizni xotinim soat 7 dan beri qiladi. Ahvoli oʻnglanmayapti”, – desa vrach “menga baqirmang, oʻzizni bosing biz ham charchaganmiz soat 5 dan beri navbatchilikda” deydi telefondan bosh koʻtarmay.
Erimni qoʻllari musht boʻlishni boshladi. Qarasam ahvol jiddiy. Oʻrtaga tushib, yigʻlab jim qildim.
Keyin vrach xuddi koronavirusga shifo topganday 2-3 soat oldin piyolaga olib kelingan suvni oʻgʻlimni badaniga surtishni boshlab ketdi.
“Hoy, opa, suv sovuq-ku rosa”, – desam, issiq suvni qayerdan topaman shoshilinchda deydi.
Oʻgʻlimni yozilgisi kelib qoldi sovish tegib. Garshok soʻrasam, yoʻqda. “Kimdir olgan mamashalardan”, – deydi.
Korridorni narigi uchiga bolamni koʻtarib olib borib keldim. Sovuq, tualet rasvo, suv quyilmagan unitazga. Soat 4 da uyga olib keldim 39 gradusdan tushmagan bolamni. Uyda bir nimalar qilib tushirib oldim.
Endi-ku yaxshi bolam, lekin meni bir narsa juda qiynadi: vrachni bir urmaganim, medsestrani tepmaganim alam qilib qiynaydi”.
Xabar tugadi.
P.S. Hech kimga sir emas – talabga javob bermaydigan shifokorlar, tibbiy muassasalar koʻp. Balki nihoyatda koʻp, desak toʻgʻriroq boʻlar. Lekin shifokorlarni doʻpposlash masalaning yechimi boʻla olmaydi: bemor tuzalib, sharoit yaxshilanib qolmaydi.
Sifatsiz va baʼzan zararli tibbiy xizmat qurboni boʻlgan oddiy xalqning qoʻlidan kelgani esa shu: shifokorni doʻpposlash. Tizimni yaxshilashga masʼul mansabdorni tutib, kaltaklay olmaydi, baribir.
Bunda masala yechimiga yana hukumat masʼul. Tibbiy muassasalarda sharoitni yaxshilash, shifokorlarga yaxshiroq iqtisodiy va ijtimoiy taʼminot taqdim qilish, sifatli tibbiyot xodimlarini yetishtirish masalalari toʻliq hukumat zimmasida.
Eng achinarlisi, tizimning butunlay ishdan chiqqanligidan faqat va faqat oddiy aholi jabr koʻradi: kaltaklangan shifokor ham oddiy aholi vakili, sifatsiz shifokorga uchragan qurbon ham oddiy xalq vakili.