Everything about opportunities
56 subscribers
182 photos
124 videos
17 files
40 links
📍Studying abroad (USA)
📍Studying at Presidential schools/university
📍Ways to find sponsors for your studies abroad
📍IELTS / SAT
📍IT
Admin: @bekzod_iskandarov student at SUNY at Albany
Eyuf scholar
Download Telegram
Harvard Universiteti tomonidan 31 Martdan 3 Aprelgacha Puzzle Day musoboqasi o’tqaziladi. Bu musobaqa har yili o’tkaziladi va xoxlagan odam xoxlagan joydan turib qatnashishi mumkin. Xoxlasangiz bir o’zingiz, xoxlasangiz jamoa bo’lib qatnashsangiz bo’ladi.
😍3
Puzzle Day haqida qisqacha.

Mantiqiy savollar beriladi, o’tgan yili 8ta bo’lgan

Birinchi yettida savolni javobi bitta so’zli va independent savollar bo’lgan

Oxirgi sakkizinchi savol esa o’zidan oldingi barcha yettida savolni o’z ichiga olgan holda bir necha so’zdan iborat bo’lgan.

Bemalol internetdan foydalanish mumkin

Ishtirok etayotgan paytingiz rasmlar olib ularga yuboring, Harvard instagramida bo’lishni xoxlasangiz 😅

Savollarni qayerdan topish, javoblarni qayerga yuklash, o’tgan yilgi savollarni qayerdan topish, rasmlarni qayerga jo’natish hammasi pastgi linkda
https://cs50.ly/puzzles
🫡3
Musoboqada qatnashish uchun quyidagi link orqali registratsiya qiling
cs50.ly/register
👍4
Vau look at that last sentence. Bekorga Harvard, Harvard mas 👏👏
🔥3👨‍💻2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yotib qarasa yaxshi ko’rinadimi diman 🤣😂
😁5
Do u guys remember this scene from spiderman 🕷️
I never thought that I will get a chance to visit places to were filmed in famous movies.
#Alhamdulillah


Update: The building in the last video is not actually White House 🤦‍♂️ but Congress InshaAllah today we will visit the real White House
👍4🔥2
When you are Muslim and a creative software developer 😅
Credits: @akhmad_hurshetov
👍6😁3💯1
Bugun MiTda magistratura bosqichida o’qiyotgan O’zbekistonlik opamiz hikoyasi bilan bo’lishmoqchiman.
🔥8
Tanishing Nigina Ortiqova, MiTda, dunyoning birinchi raqamli universiteti bo’lmish Massachusetts Institute of Technologyda magistratura bosqichida ta’lim oladilar. Asli Samarqandlik, 8 yil oldin green karta orqali Aqshga kelganlar.
6💯3
Bolalikdan shaharga ketishni orzu qilib, harakat qilganlar chunki qishloqda asosan dalada mol boqish, dashtda kartoshka va piyoz yetishtirish bilan vaqtlarini o’tqazganliklari sababli qishloq ho’jaligida ishlashni unchalik hush ko’rmaganlar.


Shaharga ketish maqsadida Zulfiya tanlovida har yili qatnashganlar. Tumanda doim g’oliblikni qo’lga kiritsalarda, viloyat bosqichidan o’tolmay qaytib kelardilar. O’sha paytlar o’rinlar sotilishi haqida ko’p gapirilardi ammo shaharga ketish orzusida qayta qayta qatnashardim deb aytib o’tganlar.
🔥5👍31
Green Karta orqali Aqshga kelgandan keyin eshima-eshik yurib butun New-York bo’ylab ish qidirganlar va o’sha paytdagi orzulari supermarketda oddiy hisobchi bo’lib ishlash bo’lgan ekan. Ingliz tilini bilmaganliklari sababli ish topishda qiynalganlar.



Oxiri bir joydan ish chiqqan. Birinchi ishlari rus va yahudiylarning uylarini tozalash bo’lgan. Kuniga atigi 50 dollar topganlar. Ishlari og’ir va mashaqqatli, ko’pincha yahudiylar tomonidan irqchilikka duch kelganlar ammo ko’rganlarimning hammasi menga mehnatning qadrini o’rgatdi deb aytadilar
🔥6🙈1
Kunlardan bir kun bir maqolaga ko’zlari tushadi. U paytdagi ishlari qariyalarni parvarishlar bo’lgan. Maqola Aqshga O’zbekistondan kelganlar o’z ustida ishlab, rivojlanishga harakat qilmayotgani, oddiy ishlar bilan chegaralanib qolishayotgani haqida edi. Shu maqola menga qattiq tasir qilgan va o’z ustimda ishlashim kerakligini tushunishimga yordan bergan deb aytib o’tganlar.



O’zbekistonda kollejni bitirmay kelganliklari sababli Aqshda 10-sinfni o’qishdan boshlaganlar. Ertalabgi 7dan peshingacha maktab, maktabdan keyin ish. Ko’p ishlaganliklari sababli darslarda uxlab qolganliklari maktabni juda past baxo bilan tugatishlariga sabab bo’lgan. Ammo ingliz tilini ancha rivojlantirib olganlar. Past baxolar birorta universitetga o’qishga kirishga yo’l qo’ymagan. Faqatgina New-Yorkdagi bir 2-yillik collejga kira olganlar. Biroq endi asosiy etiborni ishga emas, o’qishga qaratganliklari sababli, collejni eng yuqori ball bilan tugatgan bitiruvchi bo’lganlar.
👏31🔥1
Mashaqqatlar ketidan Aqshdagi eng yaxshi liberal san’at maktablaridan biri bo’lgan, reytingda yuqori turadigan Massachusetts shtatida joylashgan Wellesley oliygohiga qabul qilinganlar. Keyinroq, dunyo bo’yicha reytingda birinchi o’rinda turadigan MiTga magistraturaga o’qishga qabul qilinganlar. Hozirda ham bakalavriatni, ham magistraturani birday olib boryaptilar.
5
Mana bir kichik hikoyani eshitdingiz, buni hammasi ko’z oldimizda bo’lyapti va o’zimizni O’zbekistonlik fuqarolarimiz dunyoning cho’qqisidagi universitetlarini zabt etishayotganlidan faxrlanamiz albatta.


Qanday qilib degan savolga bergan javoblari:

Men oson yo’l borligiga ishonmayman. Dunyoda oson yo’lning o’zi yo’q. Masalan, qariyalarni parvarishlash – juda og’ir ish. O’qib muvaffaqiyatga erishish ham oson emas. Men bu ikki tanlov ichidan o’zimning qiyin yo’limni tanlaganman.
Qolaversa, bolaligimdan ota-onam men bilan fahrlanishlarini xohlaganman. Ular besh qizni ulg’aytirish uchun butun umrlarini sarflashgan. Amerikaga kelgach ikkalalari ham og’ir ishlarda mehnat qilishlariga to’g’ri keldi. Shuning uchun ular bizga berayotganlariga munosib bo’lishni istaganman.
5
Va hikoyani oxirida Nigina Ortiqovaning O’zbekiston qizlariga bergan maslahatlari bilan yakunlaymiz.

Meni o‘qiyotgan o‘zbek qizlariga, avvalo o‘zlariga ishonishlarini aytgan bo‘lardim. Ba'zida biz yashayotgan jamiyat bizga juda ko‘p narsani uqtirishga harakat qiladi: “Sen turmushga chiqishing kerak, oilali bo‘lishni o‘yla, o‘qima. Qiz bola – palaxmon toshi” kabilar. Lekin bu uqtirishlar sabab o‘qishni tashlab qo‘yish kerak emas. Qizlar, ayniqsa, ta'lim olish haqida ikki baravar ko‘proq o‘ylashlari va harakat qilishlari kerak.
Uy xizmatchisi bo‘lib ishlab yurgan vaqtimda juda ko‘p o‘zbek qiz ayollaridan tanishlar orttirganman. Ularning ko‘pini hali ham ko‘rib turaman. Shu 5 yıl ichida esa ularda hech qanday o‘zgarish bulmaganini ko‘rish yuragimni og‘ritadi. Ko‘p o‘zbek dugonalarim supermarketda yoki xizmatkor bo‘lib ishlashadi. Halol ish, buning hech qanday aybi yo‘q, ammo yoshlar kelajagi bor bo‘la turib, o‘sish uchun harakat qilmasliklarini ko‘rsam, yuragim og‘riydi.
6
Men xohlardimki, hamma o‘zbek xotin-qizlari o‘ziga ishonishsin. Men o‘sishni uddalay oldimmi, demak, ular ham, albatta, buni qila olishadi.
🕊6🔥1
Bugun sizlarga Ivy League schools haqida biroz malumot bermoqchiman
🔝🎓