Men kelishiklar va ularning qo‘shimchalarini o‘quvchilarga oson tushuntirish metodini tavsiya qilmoqchiman.
“Quvnoq gimnastika” deb nomlangan bu metodni qo‘llashdan asosiy maqsad — harakatli o‘yinlar orqali o‘quvchilarga yangi bilim berish, fikrlash qobiliyatini o‘stirish, darsga nisbatan motivatsiya uyg‘otish, mavzuni oson tushuntirishdan iborat. “Quvnoq gimnastika” o‘yinini o‘tkazish uchun o‘quvchilar o‘rnidan turadi.
1. Bosh kelishik — o‘quvchilar ikki qo‘llarini birlashtirib, boshlarining orqa tomoniga qo‘yadilar.
2. Qaratqich kelishigi — o‘quvchilar o‘ng va chap tomonga burilib qaraydilar.
3. Tushum kelishigi — o‘quvchilar “tushadilar”, ya’ni o‘tiradilar.
4. Jo‘nalish kelishigi — qo‘llarini oldinga yo‘naltiradilar.
5. O‘rin-payt kelishigi — ikkala qo‘llarining ko‘rsatkich barmog‘i bilan o‘tirgan o‘rinlarini ko‘rsatadilar.
6. Chiqish kelishigi — o‘quvchilar “chiqadilar”, ya’ni o‘rinlaridan turadilar.
Bu usul qo‘llanganda o‘quvchilar quvnoqlik bilan mavzuni oson o‘zlashtiradilar. Hatto bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga ham gimnastikamiz juda yoqadi va ikki-uch takrorlashdayoq kelishiklarni yodlab oladi.
Kelishik qo‘shimchalarini ham shu tarzda o‘rganamiz:
1. yo‘q.
2. – ning.
3. – ni.
4. – ga (-ka, -qa).
5. – da.
6. – dan.
Qo‘shimchalarni aytishda ham yuqoridagi harakatlarni takrorlaymiz. Birinchi amalni bajarganimizda aynan “yo‘q” so‘zini aytamiz. Ma’lumki, bosh kelishikda qo‘shimcha bo‘lmaydi.
Men bu amaliyotdan o‘z darsimda foydalanaman va barcha ona tili o‘qituvchilari va ota-onalarga ham tavsiya qilaman. Chunki o‘quvchilarimizning bilimli va sog‘lom bo‘lishlari barchamizning oliy maqsadimizdir.
Hurmat bilan kanal adminlari☺️

Telegram
"Mahoratli pedagog" Metodikasi
OʻQITUVCHILAR UCHUN :
- SAMARALI METODLAR ;
- QIZIQARLI OʻYINLAR ;
- KOʻRGAZMALAR ;
- TAʼLIM YANGILIKLARI ;
MUROJAAT UCHUN :
@GulBonu8904
@Matluba_Shukurova
Reklama xizmati uchun : @GulBonu8904
- SAMARALI METODLAR ;
- QIZIQARLI OʻYINLAR ;
- KOʻRGAZMALAR ;
- TAʼLIM YANGILIKLARI ;
MUROJAAT UCHUN :
@GulBonu8904
@Matluba_Shukurova
Reklama xizmati uchun : @GulBonu8904
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
" Mushtingni och " psixologik mashq
Oʻquvchilarni psixologik jihatini oʻrganish va kayfiyatni koʻtarish uchun ajoyib mashgʻulot .
✅ Doskaga ikki oʻquvchi chiqadi . Bir oʻquvchi qoʻlini musht qilib turadi, ikkinchi oʻquvchi esa kuch ishlatmasdan , shaxsiyatga tegmasdan birinchi oʻquvchini mushtini ochishga erishishi kerak boʻladi .
Bu mashq yordamida siz oʻquvchilarning qanchalik taʼsirchan yoki psixologik jihatdan qanchalik mustahkam ekanligini bilib olishingiz mumkin boʻladi .
Siz uchun eng yaxshilari faqat bizda . Bizni kuzatib boring :
Facebook /Telegram kanal /You tube/ Instagram

" Mushtingni och " psixologik mashq Oʻquvchilarni psixologik jihatini oʻrganish va kayfiyatni koʻtarish uchun ajoyib mashgʻulot . ✅ Doskaga ikki oʻquvchi chiqadi . Bir oʻquvchi qoʻlini musht qilib turadi, ikkinchi oʻquvchi esa kuch ishlatmasdan , shaxsiyatga…
Kecha oʻquvchilar bilan chorak oxirida darsdan biroz chekinish qildik .
Bilasizlarmi , gohida shaxsan oʻzimiz oʻylab topgan metodlarni ham baʼzi pullik kanal va guruhlarda koʻrib qolib shunchaki biirovning mehnatini pullayotganlarini koʻrib juda ham ranjiydi odam . Endi kanalga metodlarimni joylamayman deb ham qaror qilaman baʼzida 😄😄😄. Ammo mana bu kabi qoldirilgan xabarlarni oʻqib qarorlarim ham esdan chiqib ketadi . Mayli bizni metodlarni pullash orqali kimdir oilasiga bir ikki soʻm olib kirayotgan ekan bu ham bir savob deyman oʻzimga oʻzim ( lekin ruxsat soʻrashsa boʻladiku 😄😄 ).
"Mahoratli pedagog" Metodikasi
Yangi yil yaqin , taʼtil yaqin oʻquvchilarda " Tezroq taʼtil boʻlsa edi " degan hissiyot junbushga kelayotgani aniq . Siz esa sinfda ajoyib muhit yarating . AJOYIB OʻYIN ! Sinfingizni ikki guruhga boʻling va videodagidek chizma chizib oling . Oʻquvchi chizmani…
Sizga yoqdimi . Fikrlaringizni kutib qolaman ❤️❤️❤️
Эринмасангиз охиригача ўқинг, кейин фикрингизни айтарсиз...
Суратдаги ота ва ўғилни кўряпсизми? Фидойи ва фарзандининг келажаги учун ҳар нарсага тайёр ота деганда қандай инсонни тушунасиз?
Ҳолат Тошкент вилояти, Нурафшон шаҳридаги Ёшлар марказида рўй берди...
Хуллас кеча ҳаммамиз соат 9 лар чамаси ишхонага етиб келдик. Ҳаво ҳарорати -16. Қарасак, шу ота-бола, шу ҳароратда биздан олдин келиб, кутиб туришган экан.
Боланинг дадаси, раҳбаримиз Дилшода Аннаеванинг олдига келиб нимадирлар дегандай бўлди. Кейин билсак, "Менинг ўғлим шахматга қизиқади. Ҳаттоки мени бир неча марта ютди. Шуни рағбатлантириш мақсадида олдингизга келдим. Мана шу фахрий ёрлиққа нимадир ёзиб, шу юз минг сўмни совға қилиб бериб қўйсангизлар, боламга мотивация бўларди" деган экан...
Ҳаммамизнинг бўғзимизга нимадир тиқилгандай бўлди. Ахир боласининг кўнгли ўксимаслиги учун бу ота...
Дилшода опам ўзининг ёнидан яна юз минг сўм қўшган бўлди. Ишхонамиздаги ҳамма аппаратларни олиб чиқдик ва бутун жамоа бўлиб олқишлаб турдик. Болакай тантанали равишда тақдирланди. "Шундай фарзанд тарбиялагани учун Жўрабекнинг ота онасига ташаккур айтамиз" дейилганида йигитчанинг кўзларига ёш келди. Балки бу, ҳозирдан ўз ота онасига раҳмат олиб бергани учун қувонч ёшларидир ...
"Спортни нима қиласан, далага чиқ ундан кўра" дейдиган оталарни кўрганман. Боласи балоғатга етиб етмай, "Боринг энди ўғилтой. Менинг вино ва ароғим учун Россияда ишлаб келинг" деган оталарни ҳам танийман. Ўшандоқ одамлар бу отанинг оёқларига йиқилсин, ўрганишсин ва таъзим қилишсин. Биз шу отага таъзимдамиз. Агар малол келмаса сизлар ҳам бу ота-болани дуоларда эслаб қўйинг. Келажакда шу болакай дунё чемпиони, отаси эса энг бахтиёр ОТА бўлсин...
Спортга ва айниқса, шаҳматга қаратилган эътиборнинг натижаси бу. Ҳурматли Sadullaev Alisher. Бу сизнинг ютуғингиз ва ошкора натижангиз. Имкон бўлса шу йигитчани топиб, озгина эътибор қаратиб қўйсангиз яхши бўларди. Бу ишингиз қолган ота-оналарга ҳам ўрнак бўлса не ажаб...
Охиригача ўқиганингиз учун раҳмат...
Facebookdan olindi
https://t.me/mahoratlipedagog2018

Эринмасангиз охиригача ўқинг, кейин фикрингизни айтарсиз... Суратдаги ота ва ўғилни кўряпсизми? Фидойи ва фарзандининг келажаги учун ҳар нарсага тайёр ота деганда қандай инсонни тушунасиз? Ҳолат Тошкент вилояти, Нурафшон шаҳридаги Ёшлар марказида рўй берди...…
Ota onalar farzandlarini ragʻbatlantirishsa albatta bolalar yaxshi natijalarga erishadi. Oʻrnak boʻladigan ish boʻlibdi
#esselar_tanlovi
Universitetni bitirib, olti yildan beri o’qituvchi bo’lib ishlayotganimga o’zim ishonmayman ba’zida. Agar uni rang-barang qilib “bezamasang”, o’quv yili ortidan o’quv yili kelib, suvdek o’tib ketaverarkan.
Qizil diplomli, til biladigan matematik hammaga kerak, degan xayollar bilan 2017-yil o’rta maktabga ishga kirdim. Ilk dars o’tgan kunimni aniq eslayman (Bu kun butun umr xotiramda saqlanib qolsa kerak). O’zgacha o’qituvchi bo’lishni reja qilgandim. Dars beradigan sinfimdagi barcha o’quvchilarning ism-familiyasi, suratini maktab bazasidan to’liq o’rganib chiqib, darsda ularni avvaldan tanigandek ismlarini aytib murojaat qilgandim. O’quvchilar bundan hayratlanishgandi va shu orqali sinfga tez kirishib ketgandim.
Birinchi ishimdagi o’quv yilimdan ko’p narsalar kutayotgandim. Dastlabki yildan o’quvchilarimni olimpiadalarda g’olib qilish uchun ularni ko’z ostimga olib, qo’shimcha shug’ullandim. Aslida 7-sinfdan boshlab maktabga nomiga kelib, pul topishga o’tib ketadigan o’quvchilar ichidan bir-ikkitasini zo’rg’a ta’limga qiziqtirib o’qitishardi.
Bu orada “Paxta mavsumi”da ko’rdimki, o’qituvchi bo’lib ishlash, umuman, men kutgan xayollarimdagi narsa emasdi. Men shunaqa o’qituvchi bo’lib ishlash uchun o’qidimmi, deb so’rardim o’zimdan. Hech bo’lmasa, olimpiadachi o’quvchilar bilan chuqurroq ishladim. Fan olimpiadasining maktab bosqichi o’tkazildi. Ne ko’z bilan ko’rayki, tayyorlagan o’quvchim olimpiadaga kelmadi! Onasi shunchaki ruxsat bermagandi. “O’z bolasining kelajagiga shunchalik befarq ota-onalar aybdor bu saviyaga”, degandim o’shanda.
Repetitorlik ham qila boshladim. O’quvchilarni faqat kursga boribgina o’qishga kirishi sabablari haqida o’ylardim. Nimadir xato, derdim maktab ta’limida.
Bu men xohlagan hayot emasdi. IELTS olib magistraturaga ketaman dedim o’zimga. Tezda o’qib sertifikatni oldim. Bu orada Prezident maktablari tashkil etilgani va malakali o’qituvchilarni qabul qilinishini eshitdim. Lekin qiziqmadim. Menda 5 yillik tajriba, toifa kabilar yo’q edi. Bir kuni qo’ng’iroq keldi: Prezident maktabiga suhbatga chaqirishdi, qanday ajoyib! To’rt bosqichli suhbat bo’ldi. Qabul qilishdi!
Yangi sarguzashtlar boshlandi. Yangi jamoa, sara o’quvchilar, yangi dastur, o’qituvchi qadri... Bu aynan men xohlagan joy ekanini his qila boshladim. Yonib ishlash uchun ajoyib joy!
Ish jarayonida, ham mutaxassisligim, ham kasbiy tomondan o’sayotganimni his qilardim. Eng muhimi, maqsadga ega insonlarga ilm berish zavqini tuydim. Darsga yondashuvim o’zgardi. Qattiqqo’l emas, mehribon bo’lish kerakligini, gapirish emas, gapirtirish muhimligini, ko’rsatib berish emas, yo’nalish berish afzalligini angladim.
O’zim uchun xolosalar qilib shuni bilyapmanki, ta’limda yuksalish uchun nima kerak? Avvalo, farzand taqdiriga e'tiborli ota-onalar hamda maqsadga ega bolalar, shuningdek, yaxshi infratuzilmaga ega maktablar. Eng asosiysi esa ilm berib maza qiladigan insonlar, ya'ni jonini, umrini ziyo tarqatishga tayyor pedagoglar!
Umatillayev Nozimjon,
Namangan shahridagi Prezident maktabi
https://t.me/mahoratlipedagog

#esselar_tanlovi Universitetni bitirib, olti yildan beri o’qituvchi bo’lib ishlayotganimga o’zim ishonmayman ba’zida. Agar uni rang-barang qilib “bezamasang”, o’quv yili ortidan o’quv yili kelib, suvdek o’tib ketaverarkan. Qizil diplomli, til biladigan matematik…
Bir kanalda koʻrib qoldim . Haqiqatdan ham farzandi taqdiriga eʼtiborli ota onalar , saralangan oʻquvchilar bilan ishlash qanchalar mazzzza . Hamma maktablar ham prezident maktabidek boʻlsa qaniydi 🥹🥹
Assalomu alaykum qadrli ustozlar , hurmatli obunachilar . Siz bilan suhbat qurmaganimizga ham bir yil boʻlibdi 😄😄. Kirib kelgan yangi 2024 - yil oilangizga tinchlik totuvlik , baxt , saodat , sogʻlik omonlik olib kelgan boʻlsin Ilohim. Ishlaringizga omad , muvaffaqiyat , baraka , rivoj yor boʻlsin . Har qadamda Olloh Oʻzi qoʻllasin.
Yangi yilda barcha yangi rejalar , maqsadlar qilgani aniq . Biz ham yangi yilda sizlar uchun manfaatli boʻladigan ajoyib maqsadlarga bel bogʻlaganmiz . Yaqin kunlarda Xudo xohlasa sizlar uchun yangiliklarimizni taqdim etamiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Энг яхши сармоя - бу фарзанд таълимига тикилган сармоядир!
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog