"Mahoratli pedagog" Metodikasi
7.13K subscribers
17.2K photos
2.79K videos
4.14K files
3.24K links
OʻQITUVCHILAR UCHUN :

- SAMARALI METODLAR ;
- QIZIQARLI OʻYINLAR ;
- KOʻRGAZMALAR ;
- TAʼLIM YANGILIKLARI ;

MUROJAAT UCHUN :
@GulBonu8904
@Matluba_Shukurova

Reklama xizmati uchun : @GulBonu8904
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌷Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!!!
🌹🍂Сешанба тонги хайрли бўлсин!


https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
Форс подшоҳларидан бири ўғлига таълим-тарбия бериш учун доно ва тадбирли бир зотни устоз тайинлади. Унинг саъй-ҳаракати туфайли шаҳзода илму одобда камол топди. Бир куни устози уни сабабсиз қаттиқ урди. Бола катта бўлгунича бу иши учун устозидан ранжиб, унга нисбатан ич-ичидан кек сақлаб юрди. Хаёлидан ўша сабабсиз урилган калтак сира нари кетмасди.
Орадан анча йиллар ўтди, кексайган подшоҳ вафот этди. Сўнг тахтга шаҳзода ўтирди. Янги подшоҳнинг илк қилган иши устозини ҳузурига чорлаш бўлди. Уни саволга тутди:
– Устоз, фалон йили, фалон куни ҳеч бир сабабсиз, мени қаттиқ урган эдингиз. Нима сабабдан бундай қилгандингиз?
– Эй подшоҳ, илму одобда камолга етганингизни кўргач, тушундимки, сиз отангиздан сўнг тахтга ўтирасиз. Шунда келажакда бирор кимсага зулм қилмаслигингиз учун сизга калтак оғриғини, зулм аламини тоттирган эдим.
Подшоҳ устозининг бу пурмаъно жавобидан мамнун бўлиб: «Аллоҳ меҳнатларингизнинг ажрини мукаммал қилиб берсин», деб устозини совға-саломлар билан кузатди.
https://t.me/mahoratlipedagog
"Mahoratli pedagog" Metodikasi
⚡️ "Maktabga yo‘q bir tiyin, to‘yga ming so‘mlab berar, To‘y qilib, karnay chalurni orzu aylar bizni xalq." Maktab o‘rnig‘a ochildi har mahallada mayxona, Nafrat etmak nari tursin, shodu xandon bizni xalq. Maktabga yo‘q bir tiyin, to‘yga ming so‘mlab berar…
Choʻlpon davrida ham shu ahvol ,haliyam oʻzgarmagan 🤦‍♀🤦‍♀🤦‍♀🤦‍♀ nahotki dunyoqarashimiz shunchalar tor-a ? . Qiynalib pul topsakda 1,2 kunlik orzu havas uchun oʻgʻrinmay sovurib yuboramiz .
#metodika

⚡️ Xotira kartalari

Bu har qanday darajadagi o'quvchilar uchun xotira o'yini bo'lib, ular o'quvchilarda diqqat - e'tiborni kuchaytiradi. Sinf dastlab ikkiga bo'linadi. O'qituvchi turli toifalarni bildiruvchi kartalar to'plamiga ega bo'ladi. (Ularni qo'lda yasash ham mumkin).

🗂 Birinchi jamoaning o'quvchisi o'rtaga chiqishi so'raladi va o'qituvchi unga 10 soniya davomida 5 ta _(belgi, so'z, son yoki boshqa ma'lumotni bildiruvchi_) kartani ko'rsatadi. Keyin u barcha kartalarni aralashtirib yuboradi va keyingi safar faqat 4 ta kartani ko'rsatadi.

💡 O'quvchi o'z xotirasini ishga solishi va yetishmayotgan kartani aniqlashi kerak. Eng ko'p to'g'ri javob qaytargan jamoa g'alaba qozonadi.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Miya rivojlanishi uchun o'yinlar: bolalar uchun neyrogimnastika

Ushbu noodatiy o'yinlar farzandingiz va o’quvchilaringiz miyalarini charxlashga yordam beradi.

Muntazam ravishda mashg'ulot o'tkazish orqali farzandingiz quyidagilarga qodir bo'ladi:

• Darsda chalg'imaslik uchun konsentratsiyani oshiradi;
• Xotirani yaxshilaydi va karra jadvalini eslab qolishni osonlashtiradi;
• Chiroyli va toʻgʻri yozish mahoratini yaxshilaydi.

Biz maxsus neyrogimnastika uchun 5 ta shablon tayyorladik, mashqlarni yuklab oling va o’quvchilaringiz bilan birgalikda bajaring!


https://t.me/mahoratlipedagog
- obuna bo’ling
"Ta’lim pulni talab qiladi. Jaholat ham. "

Ser Klaus Mozer

Farzandingiz uchun 👆👆qaysi birini tanlash oʻzingizga bogʻliq .

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
"Klaster" metodining muhim jihatlari

1. Mavzu doirasida nimani oʻylagan boʻlsangiz yozing ;

2. Yozuvning orfografiyasi yoki boshqa jihatlari muhim emas ;

3. Belgilangan vaqt tugamaguncha yozishdan toʻxtamaslik kerak . Agar fikr kelmay qolsa yozish oʻrniga chizishingiz ham mumkin.

4. Berilgan mavzu doirasida imkoni boricha koʻproq yangi gʻoyalar yozing va mazkur gʻoyalar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aytib bering .

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
#Kayfiyat

Rostgo'y o'quvchi 😂

Aslida hamma shunaqa bo'lishi kerak.Ko'zbo'yamachilik va soxta bilimdonlikdan charchaganmiz.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
Бармоқлар орқали кайфият ва организмни бошқариш усуллари.

Биласизми?
Диққат билан қўлингизга қаранг. Нимани кўряпсиз? Рефлексологлар бутун бошли биофаол нуқталарни кўришади. Тадқиқотларга кўра, улар организм ва кайфиятни назорат қилиш имконини беради. AdMe бармоқлар ёрдамида нималарга эришиш мумкинлигига оид мақоласи билан бўлишди.

Бош бармоқ
Катта бармоқ сизнинг барча қарорларингиз учун жавобгар. У хавотир ва бош оғриғи учун масъул. Шунинг учун кайфиятингиз яхши бўлмаса, асабийлашсангиз ва бунинг натижасида бош оғриғини орттирсангиз, бош бармоқни сиқинг, лекин жуда кучли босим билан эмас. Тахминан 5 дақиқага. Рефлексологларнинг сўзларига кўра, бу бош оғриғидан халос бўлишга ёрдам беради.

Кўрсаткич бармоқ
Бу бармоқ мушакдаги оғриқлар, шунингдек хафагарчилик, қўрқув ва хижиллик туйғусини назорат қилади. Миннесота Университети тадқиқот маълумотларига кўра, мушакдаги оғриқлардан азият чеккан беморлар рефлексотерапия сеансларидан кейин аҳволлари яхшиланганини таъкидлашган. Кўрсаткич бармоқни бошқа қўлингиз кафти билан 5 дақиқага сиқиб туринг.

Ўрта бармоқ
Агар ўзингизни одатдагидан кўпроқ чарчагандек ҳис қилсангиз ёки арзимаган нарсаларга жаҳлингиз чиқаверса, ўрта бармоғингизни сиқинг. Тадқиқотлар бундай машқлар қон босимини пасайтириб, инсоннинг ўзини хотиржам ҳис қилишига олиб келишини кўрсатди.

Номсиз бармоқ
Салбий ҳис-туйғулар ва қайғудан номсиз бармоқ ёрдамида халос бўлиш мумкин. Уни 5 дақиқага ўртача босимда сиқинг. Хотиржамликни сақлаш ва нафас олишни назорат қилишни унутманг.

Жимжилоқ
Кичик бармоқ инсоннинг ўзига бўлган ишончи, стресс ва асабийлик учун масъул. Агар сиз ич-этингизни еб, шахсий фазилатларингизга ишончсизлик билан қарасангиз, 5 дақиқалик жимжилоқ машқини бажаришингиз зарур. Бунга параллель равишда ортиқча ўй-хаёлларни миянгиздан чиқариб ташланг ва яхшиликлар ҳақида ўйлашга ҳаракат қилинг.

Кафт
Кафтингиз ўртасини бошқа қўл бармоқлари билан босинг, айланма ҳаракатлар билан уқаланг ва 3 марта чуқур-чуқур нафас олинг. Рефлексологияга кўра, кафт - ҳис-туйғулар маркази. Тадқиқот маълумотларига биноан, кафтни мунтаза уқалаш кўнгил айниши, тушкунлик, диарея ва қабзият билан курашишда ёрдам беради.

Туташ кафтлар
Кафтларни туташтириш кўпроқ медитацияда қўлланилади. У диққатн жамлаш, ўй-хаёллар ва ҳис-туйғуларни тартибга келтиришга ёрдам беради. Кафтларни туташтириб, уларга қарама-қарши босим ўтказиш орқали қон айланишини яхшилашга эришиш мумкин.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
OʻYIN ORQALI OʻRGATISHNING AFZALLIKLARI

​​ O‘yin asosida o‘rganish yangi tushuncha emas. Bu uzoq vaqtdan beri mavjud. O‘yinlar orqali o‘rganish ko‘plab sabablarga ko‘ra juda foydali bo‘lishi mumkin. O‘yinlarni ta’lim vositasi sifatida ishlatish, nafaqat chuqur o‘rganish va qobiliyatlarni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratibgina qolmay, balki bolalarni o‘rganishni ishtiyoqini oshirishga yordam beradi. Bola o‘yin bilan faol shug‘ullansa, uning ongi yangi tizimni o‘rganishdan zavq oladi.


O‘yinlar jamoaviy ta’lim uchun samarali turtki hisoblanadi - O‘quvchilar odatda o‘yinlarda anʼanaviy darslarga qaraganda ko‘proq harakat qilishadi. O‘yin o‘ynashning raqobatbardoshlik jihati ham mavjud. O'quvchilar o‘zlari yoki jamoalari nomidan raqobatlashishga yoki g‘alaba qozonishga harakat qiladilar. Ular o‘z jamoalariga ko‘proq ball to‘plash maqsadida yoki o‘ynash imkoniyatini istashgani uchun yuqori saviyada o‘ynashga intilishlari mumkin.


O‘yin asosida o‘rganish - bu o‘qituvchilar uchun yangi g‘oyalar, grammatika, tushunchalar va bilimlarni bolalarni o‘rganishga undaydigan tarzda tanishtirish uchun ajoyib usuldir.

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
Shahzoda - Rahmat hayot (music version)
@MusiqaYuklaBot
Assalomu alaykum Xayrli tong azizlar . Kuningiz mazmunli va maroqli oʻtsin ❤️❤️

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
Bejizga erta tongdan sizga musiqa ulashmadim .

Psixologiyada ART TERAPIYA yaʼni sanʼat bilan davolash degan tushuncha bor . Rasm chizish , boʻyash yoki qoʻshiq aytish art terapiyaning tarmoqlaridan biri .

Gohida oʻquvchilaringizga faningizga moslashtirib rasm chizish , boʻyash yoki xor boʻlib qoʻshiq aytish mashgʻulotlarini bajarartirib turing , bu esa oʻquvchilarga oʻzlarida yengillik his qilishlariga yordam beradi .