"Mahoratli pedagog" Metodikasi
7.16K subscribers
17.2K photos
2.79K videos
4.14K files
3.23K links
OʻQITUVCHILAR UCHUN :

- SAMARALI METODLAR ;
- QIZIQARLI OʻYINLAR ;
- KOʻRGAZMALAR ;
- TAʼLIM YANGILIKLARI ;

MUROJAAT UCHUN :
@GulBonu8904
@Matluba_Shukurova

Reklama xizmati uchun : @GulBonu8904
Download Telegram
"O‘RGIMCHAK TO‘RI"METODI
BU METODNI MEN BUGUN "YAXSHI TILAK" DEB ATADIM,CHUNKI DARSNI BOSHLASHDAN OLDIN USTOZLAR BILAN BIR-BIRIMIZIGA YAXSHI TILAK AYTIB DARSNI BOSHLADIK BUNDA IP KERAK BO‘LADI.IPNING UCHINI O‘ZIM USHLAB ISTAGAN USTOZIMGA TILAK BILDIRIB ULOQTIRDIM.U USTOZ BOSHQA USTOZGA TILAK AYTIB UZATDI.NATIJADA O‘RGIMCHAK TO‘RI XOSIL BO‘LADI

BU METODNI MATEMATIKA FANIDA KO‘PAYTIRISH JADVALIDA FOYDALANSAK BO‘LADI. KO‘PAYTIRISH JADVALIDAN BOLAJONLAR MISOL AYTIB IPNI SHERIGIGA ULOQTIRADI SHERIGI JAVOBINI AYTADI,BOSHQA SHERIGIGA MISOL AYTIB IPNI ULOQTIRADI SHU TARZDA DAVOM ETADI.
BUNDAN TASHQARI ALFAVITNI O‘TGANIMIZDA XAM FOYDALANSAK BO‘LADI.XARFLARNI ALIFBO TARTIBIDA AYTIB FOYDALANSA XAM BO‘LADI. XARBIR USTOZ O‘Z IJODKORLIGI DAN KELIB CHIQIB FOYDALANSA BO‘LADI
.
INSTAGRAM METODI

😇 Bu qanday metod deya oʻylanayapsizmi unda metod haqida batafsil maʼlumotlarni boʻlishaman.

Bilamizki bugungi kunda yoshlar instagram platformasida anchagina faol. Ushbu metodni nomini aytishingiz bilanoq oʻquvchilarni oʻzingizga beixtiyor jalb eta olasiz.

🔹 Ushbu metod yuqori sinf oʻquvchilari uchun ayniqsa juda ham qiziqarli boʻladi.

Metod bilan tanishamiz: 🔻🔻

🔘 Oʻquvchilarni 4 yoki 5 guruhga boʻlib olamiz;

🔘 Har bir guruh uchun bittadan list,rangli qalamlar,ruchkalar berib chiqamiz ( ushbu jihozlarni oʻzingiz taqdim etsangiz yanada yaxshiroq boʻladi ) ;

🔘 Endi esa barcha guruhga bir xil mavzu berasiz. Ular listga oʻz fikrlarini noodatiy tarzda yozishlari , sheʼriy tarzda ifodalashlari yoki biror narsa chizish orqali mavzuni yoritishlari mumkin. Eng muhimi loyihaga kreativ yondashish va mavzuni tushunarli ifodalay olish;

🔘 Faqat bir shart shuki guruhlar listga nomlarini yozmasliklari va guruhlar bir birlariga bajargan ishlarini koʻrsatmasliklari kerak;

🔘 Loyihani bajarishga maʼlum muddat belgilang va belgilangan vaqt tugagach barcha ishlarni yigʻib oling;

🔘 Guruhlarga oʻz ishi namoyish etilganda bu bizni loyihamiz deb aytmasliklarini qattiq tayinlang;

🔘 Endi esa doskaga like (👍) , dislike (👎) belgisini chizib yozib qoʻying. Doska -bu instagram platformasi. Oʻquvchilar ishlarini instagramda yaʼni doskada navbatma navbat namoyish etasiz;

🔘 Har bir ish namoyish etilganda oʻquvchilarga yoqqan yoqmaganligini soʻrab like va dislike lar sonini yozib boring. Oʻquvchilar yoqtirganda qoʻllarini 👍 tarzda, aksincha boʻlsa 👎 tarzda koʻtaradilar va siz osongina aniqlab olasiz;

🔘 Like va dislike lar soniga qarab gʻolib guruhni aniqlaysiz va baholaysiz.

Ushbu yangi metodni albatta darslaringizda qoʻllab koʻring👍👍.

Navoiy viloyati Karmana tumani Ingliz tili fani oʻqituvchisi
® Shodiyeva Gulbonu Sobirovna


https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
" PENALTY METODI "

Penalty ingliz tilidan tarjima qilinganda " jarima " maʼnosini beradi. Demak bu metod jarimalar bilan yanada qiziqarli👍👍👍

🔘 Bu metodni qoʻllash uchun bizga koptok kerak boʻladi;

🔘 Oʻquvchilarni ikki guruhga ajratib olamiz. Bilamizki futbolda 11 tadan aʼzo boʻladi. Demak har bir guruhingiz 11 aʼzodan tashkil topgan boʻlishi kerak;

🔘 Demak jamoalarni quyidagicha shakllantiramiz:

🔹 Darvozabon 1 tadan ( ikkala guruhning bittadan eng kuchli aʼzosini darvozabon etib tayinlaymiz.
Chunki bu metodda darvozabon asosiy kishi) ;

🔹 Himoyachilar ( har bir jamoadan 4 nafardan oʻquvchi ) ;

🔹 Yarim himoyachilar ( har bir jamoadan 4 nafardan oʻquvchi ) ;

🔹 Hujumchilar ( har bir jamoadan 2 nafardan oʻquvchi ).

Tarkiblar aniqlab olingach oʻyin boshlanadi.

1⃣ Qura tashlash yoʻli bilan qaysi jamoa birinchi savollarga javob berishini aniqlab olasiz.

2⃣ Aniqlashtirgach, birinchi javob beradigan jamoa darvozaboni doskaga chiqadi.

Raqib jamoa oldindan qogʻoz parchaga yozilgan savolni skoch yordamida toʻpga yopishtirib darvozabonga otadi. Darvozabon savolni oʻqib koʻrib javob bera olsa

maksimal - 8BALLni

qoʻlga kiritadi

3⃣ Agar darvozabon javobni bilmasa toʻp himoyachilarga oʻtadi va himoyachilardan birortasi savolga javob bera olsa 6 BALL ni qoʻlga kiritadi (-2 jarima boʻladi darvozabon javob bera olmagani uchun)

4⃣ Agar himoyachilar ham savolga javob bera olmasa toʻp yarim himoyachilarga oʻtadi va ular savolga javob bera olsa 4 BALLni qoʻlga kiritadi (-2 jarima himoyachilar javob bera olmagani uchun)

5⃣ Agarda yarim himoyachilar ham savolga javob bera olmasa toʻp endi hujumchilarga oʻtadi va ular savolga javob bera olsa 2 BALLni qoʻlga kiritadi (-2 jarima yarim himoyachilar savolga javob bera olmagani uchun)

6⃣ Agar hujumchilar ham javob bera olmasa jamoa ballsiz qoladi va navbat endi raqib jamoaga keladi.

Oʻyin shu tariqa navbatma navbat javob berish orqali davom etadi. Har bir jamoa 5 tadan savolga javob beradi.

📌Faqat jamoadoshlar savol javobini bir birlariga aytib qoʻymasliklarini qattiq nazorat qiling yaʼni siz hakamsiz. Himoyachilar darvozabonga,yarimhimoyachilar himoyachilarga, hujumchilar yarim himoyachilarga ballni koʻp olaylik degan maqsadda javobni aytib qoʻyishmasin yoʻqsa oʻyin kutulgan natijani bermaydi

Oʻquvchilar savollarni oldindan mukammal tarzda tuzib kelsalar yanada yaxshiroq. Bu metod takrorlash darslarida ayniqsa juda ham samarali boʻladi.

🏆🥇🥈🥉 Oʻyin oxirida taqdirlash marosimi oʻtkazasiz.

" Oʻyinning eng yaxshi darvozaboni "
" Oʻyinning eng yaxshi himoyachisi "
" Oʻyinning eng yaxshi yarim himoyachisi "
" Oʻyinning eng yaxshi hujumchisi "

kabi nominatsiyalar bilan faol qatnashgan oʻquvchilarni taqdirlab,oʻzingizning imzoingiz tushirilgan sertifikatlarni taqdim etsangiz oʻquvchilar uchun yanada qiziq boʻladi va albatta gʻolib jamoa uchun KUBOK ham tayyorlasangiz oʻquvchilar darsingizni sogʻinib kutishi aniq.



Navoiy viloyati Karmana tumani 14-maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Shodiyeva Gulbonu Sobirovna

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
Live stream finished (23 minutes)
" OʻCHIRGʻICH METODI "

Kerakli oʻquv qurollar :

📌 Oʻchirgʻichlar
📌 Qalam
📌 A3 list 5,6 yoki 7 ta

1⃣ Oʻquvchilaringiz soniga qarab ularni guruhlarga ajratib olasiz . Har bir guruhda 5 tadan oʻquvchi boʻlsa maqsadga muvofiq boʻladi ;

2⃣ Oldindan A3 formatdagi qogʻozlarga mavzuyingizga oid 15 ta toʻgʻri va 15 ta notoʻgʻri maʼlumotlarni qogʻozning turli joylariga yozib chiqqan boʻlishingiz kerak ( Yaʼni maʼlumotlar bitta toʻgʻri bitta notoʻgʻri yoki bir tomonda faqat toʻgʻri,bir tomonda faqat notoʻgʻri javoblar emas aralash tarzda yozilgan boʻlishi kerak. Maʼlumotlarni mavzuga moslab uyda tayyorlab kelsangiz yanada yaxshi boʻlardi)

3⃣ Har bir guruhdan boshqalarga nisbatan boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilardan 2 tasini oʻchiruvchi vazifasiga tayinlang ;


4⃣ Endi esa oʻquvchilarga vazifani tushintiring. Demak ular mavzuga aloqador boʻlmagan soʻzlar yoki gaplarni oʻchirib chiqishlari kerak . Masalan: adabiyot darsidan Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqida mavzu. Siz esa oldindan Abdulla Qahhor hayotiga oid boʻlgan va boʻlmagan maʼlumotlarni A3 qogʻozga yozib kelgansiz, oʻquvchilar shu qogʻozdan notoʻgʻri maʼlumotlarni oʻchirishi kerak ;

5⃣ Shartni bajarish uchun 5 yoki 6 daqiqa vaqt belgilang va belgilangan vaqt tugagach barcha qogʻozlarni yigʻib oling;

6⃣ Endi esa qogʻozlarni birma bir doskaga ilib jamoalarning xato va kamchiliklarini koʻrib chiqing va shu tariqa gʻolib jamoalarni aniqlang va baholang.

Metodimiz sizga yoqqan boʻlsa juda ham xursandman

Navoiy viloyati Karmana tumani 14-maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Shodiyeva Gulbonu Sobirovna.
📘"Zanjir "metodi.
Bu metod asosan yangi 1- sinf o'quvchilarining bir-birini yaxshiroq tanishishida , 😇bolalarni xotirasini yaxshilashda ,📘so'z boyligini oshirishda, 😊nutqini rivojlanishida , 👨👧darsda diqqatini jamlashda xizmat qiladi.
Parta boshidan boshlab
1⃣- o'quvchi :
o'z ismini aytadi ,masalan
Nargiza .2⃣- o'quvchi: Nargiza ismiga yana o'z ismini qo'yib Nargiza,Asilbek
3⃣-o'quvchi : Nargiza ,Asilbek ,Xadicha
4⃣-o'quvchi : Nargiza ,Asilbek, Xadicha, Doniyor
5⃣- o'quvchi : Nargiza ,Asilbek, Xadicha ,Doniyor ,Madina
6⃣- o'quvchi :Nargiza, Asilbek ,Xadicha, Doniyor, Madina Sumbula
🔴 Va hokozo shu tarzda 30 o'quvchi davom ettiradi.
🔵 Bu o'quvchiga nima beradi?
🔘 Bir- biri bilan o'zaro muloqatga kirishadilar, 👧👨yaqindan tanishadilar,😇fikrlaydilar.
🔴 Sinfda bolalar o'rtasidagi gruppirovkani oldini olad.
💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 2- sonli umumiy o'rta ta'lim. maktabining oliy toifali boshlangich sinf o'qituvchisi Saydaliyeva Nilufar Qiluchovna.📙📘📙📘📙📘
Piramida metodi

Bu metodni dars jarayonida qòllashdan oldin sinf òquvchilari guruhlarga bòlib olinadi hamda qattiq rangli qoģozlar muntazam uchburchak shaklida qirqib olinadi.
1. Sinf òquvchilarini 5-6 guruhga bolib olinadi.Jamoalardagi soni 6tadan oshmasligi kerak.
2.Òqituvchi tomonidan tayyorlangan muntazam uchburchaklarning hamma tomoniga misol yoziladi jabobi esa boshqa uchburchak tomoniga yoziladi.
3.Jamoalar tayyorlab kelgan uchburchaklardan piramida yiģishadi.
Masalan:bir uchburchak tomonida misol ikkinchisida javobi yoziladi.
4.Shartni bajarish uchun 10daqiqa vaqt belgilang va belgilangan vaqt tugagach piramida tòģri teliganini tekshirib chiqing.
5.G‘olib jamoa raģbatlantiriladi

Bu metod òtilgan mavzularni mustahkamlashga hamda ayniqsa rus tili,ingliz tili fanlarida luģat yod olish uchun juda samara beradi

Jizzax viloyati "Temuri izdoshlari"NTM Zomin filiali matematika fani o‘qituvchisi Abdushukurova Anora
Live stream scheduled for
Live stream finished (19 minutes)
Audio
" Birgalikda uy quramiz " nomli yangi metod. Darslaringiz samarali,qiziqarli va bir xillikdan yiroq boʻlsin aziz ustozlar👏👏👏

Oʻylaymanki sizga yoqadi. Kommentariyada fikrlaringizni kutaman☺️☺️

https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
📚"Kriptogramma " metodi

Bu metod boshning 2 miya sharin rivojlanshida katta yordam beradi. O'quvchilaringiz ichida analitiklari bo'ladi. 📚Gumanitar fanlarni yaxshi ko'rmaydiganlari bo'ladi. Ular faqat Fizika ,matematika fanlarini yoqtiradilar.Ana shunda bu metod qarama-qarshi miya sharini rivojlantirib beradi. Bolalar hamma fanga o'z- o'zidan qiziqadilar.📚Kodlarni harflar ko'rinishida yozib yechadilar.
📚Masalan Tabiiy fan . 4- sinf.
📘Mavzu: 18.1.23.23.14.17.1.11.1.17.

📚Sayyora nomlarini toping.
12.4.17.10.20.17.8.23.
21.4.13.4..17.1.
23.4.17.
📚 Va shu tarzda 8 ta sayyora nomini topadilar.Bu esa o'quvchilarni darsga sayyoralar haqidagi bilmini mustahkamlaydi.📚Diqqatini jamlashga yordam beradi.Fikrlaydi.📚

Qashqadaryo vil.Kasbi tumani 2- umumiy o'rta ta'lim maktabning oliy toifali boshlang'ich sinf o'qituvchisi Nilufar Saydaliyeva.
📘📙📘📙📘
📙📘📙📘📙📘📙📘
NEGA YAPONIYADA HECH NARSA OʻZGARMAYDI???

YAPONIYA BARCHAGA MAʼLUMKI OʻZINING TAʼLIM TIZIMI BILAN YUQORI OʻRINDA TURADIGAN DAVLATLARDAN BIRI.

RIVOJLANGAN YAPONIYADA TAʼLIM TARBIYA BORASIDA JUDA HAM QATTIQ TIZIM OʻRNATILGAN VA MANA NECHA ASRKI BU OʻZGARMAYDI. ULAR HECH QACHON BOSHQA DAVLATLARNING TAʼLIM YOKI TARBIYA TIZIMIDAN ANDOZA OLMAYDI.

MILLIY QADRIYATLARIDAN KELIB CHIQIB OʻRNATILGAN QONUN QOIDALARGA OʻQUVCHILAR HAM OTA ONALAR HAM BIRDEK AMAL QILISHIGA TOʻGʻRI KELADI.

BIZDACHI???

HALI U TAʼLIM TIZIMIDAN,HALI BU TAʼLIM TIZIMIDAN ANDOZA OLIB OʻZIMIZNING QADRIYATIMIZ YOʻQOLIB BORMAYAPTIMI?

BIZNING MILLIY QADRIYATLARIMIZDAN KELIB CHIQQAN TAʼLIM TIZIMI QANDAY EDI???

" ETI SIZNIKI, SUYAGI BIZNIKI " SHUNDAY EMASMIDI???

YOKI

" USTOZ OTANGDEK ULUGʻ" EMASMIDI???

NAHOTKI OILADA OTALARNING OʻRNI TUSHIB KETGAN??? NEGA BUNDAY DEYAYAPMAN. AXIR BUGUN OʻQITUVCHISINI URAYOTGAN YOKI ULARNI KAMERAGA OLIB USTIDAN KULAYOTGAN OʻQUVCHILARNI KOʻRMAYAPMIZMI ???

SHUMI OTAGA,USTOZGA HURMAT ??

QAYERGA QARAB KETAYAPMIZ, KIMLARGA TAQLID QILAYAPMIZ ???

SIZNING FIKRLARINGIZ QANDAY??


https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
https://t.me/mahoratlipedagog
🔻Mnemonika - eslab qolish san'ati

Xotirani yaxshilashning usullari

🧐 1. Kuzatish.
Eslab qolishni istagan narsalaringizga yaxshilab eʼtibor bering,uni diqqat bilan kuzating.

🗣️👀👂 2. Bir nechta his- tuygʻu aʼzolaridan foydalanish.
Ovoz chiqarib oʻqing, bunda quloqlar, nutq aʼzolari , hamda koʻzlar ishtirok etadi.Siz oʻrganayotganlaringizni koʻrasiz , eshitasiz hamda talaffuz qilasiz.

🌌 3. Tasvirlardan foydalanish.
Raqamlarni eslab qolishda ularni tasvirlar bilan bogʻlab oʻrganing, bunday tasvirlarni oʻzingiz yaratsangiz yana ham yaxshi.

📕 4. Takrorlash.
Eslab qolishingiz kerak boʻlgan maʼlumotlarni tez-tez takrorlang , bu ularni yodlab olishingizga yordam beradi.

🆎 5. Harflarni birlashtirib soʻz yasash.
Atamalarni eslab qolish uchun ularning bosh harflarini birlashtirib yangi soʻz yasang.Bu soʻz orqali ularni eslab qolish oson.


🤔 6. Soʻzlarning maʼnosini oʻrganish.
Ismlarni eslab qolish uchun ularning maʼnosi oʻrganing.Bu jarayonda siz ikkita bilimga ega boʻlishingiz mumkin.

7. Diqqatni jamlash.
Nimanidir oʻrganayotganingizda oʻzingizni erkin tuting va bor diqqat eʼtiboringizni oʻrganilayotgan obyektga qarating.

Bu mashqlarni bajarib koʻrish sizga albatta foyda berishi mumkin.

https://t.me/mahoratlipedagog
Xotirani yaxshilash sirlaridan biri nima ekanligini bilasizmi ??

Vizual xotira albatta koʻpchilik uchun yaxshi ishlaydi, ammo motorikaga ham beeʼtibor boʻlmaslik kerak. Eslab qolinishi qiyin boʻlgan narsalarni qoʻlda yozib qoʻying. Ushbu maʼlumotlar darhol miyangizda qolmasa ham, sizda shpargalka qoladi.

Deyl Karnegi

Koʻrinib turibdiki qoʻlda yozish xotiramiz uchun har doim yaxshi boʻladi

https://t.me/mahoratlipedagog
KROSSVORDLAR VA BOSHQOTIRMALAR BEKORCHILAR UCHUN YOKI SHUNCHAKI VAQT OʻTKAZISH UCHUN DEB OʻYLAYSIZMI ?

KROSSVORD, CHAYNVORD,SHAHARLAR,SKREMBL VA SHUNGA OʻXSHASH ODDIYGINA KOʻRINGAN BOSHQOTIRMALAR ASLIDA FIKRLASH JARAYONINI AJOYIB TARZDA MASHQ QILDIRADI VA HAR QANDAY YOSHDA HAM XOTIRANI YAXSHILASH UCHUN JUDA FOYDALI.

SHUNING UCHUN DARS JARAYONINGIZDA BU KABI BOSHQOTIRMALARGA MUROJAAT QILISHINGIZ YAXSHI NATIJALAR BERADI.


https://t.me/mahoratlipedagog
Bolani qachon ursa bo'ladi?

Ota-ona tomonidan haddan tashqari qattiqqoʻllik bolani yolgʻonchi qiladi. Unga xato qilishga va uni tushunishga imkon berish kerak.

Bola xato qilgan vaqti jahl ustidagi judayam qattiqqoʻllik va qattiq jazo, jahldan tushib uni anglab yetgandan keyingi haddan tashqari yumshoqlik bola tarbiyasini buzadi va sening bola oldidagi obroʻyingni toʻkadi. Avvalo birinchisini qilma, bilmasdan qilib qoʻydingmi ikkinchisiga oʻtma!

Bolani "nega?" degan savolini hech qachon javobsiz qoldirma, bilmasang Google xizmatingga doim tayyor. Bu bolani mantiqiy fikrlashini oshiradi. Elon Muskning ota-onasi uning 90% savoliga doim javob berishgan.

Bolani faqat namoz oʻqimaganligi uchungina urish mumkin. Demak balogʻatga yetmaguncha uni urib boʻlmaydi!

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | Guruh