Mahbub ul-qulub
34 subscribers
89 photos
7 videos
4 files
41 links
Dedi: Har ishki qilmish odamizod,

Tafakkur birla bilmish odamizod.

NAVOIY

M :


Ushbu kanal Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag'ishlanadi.
Download Telegram
Forwarded from Istiqlol adabiyotshunosi
* * *

Butun vujudimni
bosmoqda titroq
Titroq ovozidan sapchiyman go'yo...

Shahzodbek Abdullayev

@mahbub_ul_qulub
#yosh_ijodkor

* * *

Qilasiz, qo'llardan ne g'araz kelsa.
Kulasiz, goh taqdir ustimdan kulsa,
Bilasiz, men bo'lmas o'zga bir kimsa,
Ko'nglimni ko'zimdan anglamaganlar.

Qani,niqoblarni bir yechib ko'ring,
Buzg'unchi hasaddan siz kechib ko'ring,
Ko'ring,bag'ringiz chin ochib ko'ring,
Ko'nglimni ko'zimdan anglamaganlar.

Har kim ham adashar,tirik jonmizku,
Xatolar tufayli biz insonmizku,
Sizning nazdingizda eng yomonmizku,
Ko'ngilni ko'zlardan anglamaganlar!!!

Ginam yo'q,sizlar ham Alloh bandasi,
Har kimga bir tegar taqdir handasi:
Bugun men,erta siz,indin boshqasi,
Ko'nglimni ko'zimdan anglamaganlar.

Ro'za Ganjayeva

@mahbub_ul_qulub
#Паҳлавон_Маҳмуд

Филдай кучинг бўлса ҳам мўр бўлиб кўрин,
Молинг ошиб-тошса ҳам ўр бўлиб кўрин,
Ҳамманинг айбини билганинг ҳолда,
Ҳеч нарса билмагандай, кўр бўлиб кўрин.

Тўхтасин Жалолов таржимаси
ВАТАН ҲАҚИДА СОДДА САТРЛАР

Мақтамасман сени ҳокисор ватан,
Дунёга жар солиб 
эмасман даллол.
Кўз-кўз қилар эдим савдогар бўлсам,
Сўзда фақирлигим келади малол.
Юракдан ўлмайди 
мангулик титроқ,
Қарсаклар уришга қўллар бирикмас.
Бир қўлим олдинда
бири орқароқ,
Вужуд қаҳратонда, 
руҳки совуқмас.
Ёйилсин борлиққа минг битта жоним,
Асл нозимларинг хоинлик билмас!
«Ҳақиқат ҳайиқмас!»- шудир шиорим,
Лаганбардорларга ўхшагим келмас!
2017

Отабек Сафар

@mahbub_ul_qulub
Forwarded from Istiqlol adabiyotshunosi
#nazmiy_chechak

KO'ZLARINGGA TERMULSAYDIM

Daralarga qamab qo‘yib bo‘ronlarni,
Tinchlatirsam yurakdagi suronlarni.
Bir erkalab, bo‘yin to‘ksam rayhonlarning,
Huzuringga men o‘zimni keltursaydim,
Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim.

Umr tushdek izsiz, shitob o‘tayotir,
Umidimni yanchib, mutab o‘tayotir.
Oy ishqida shoshqin oftob o‘tayotir,
Shul hajrni men vaslga yetkursaydim,
Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim.

Ehromlar ham bir kun turob bo‘lar ekan,
Koinot ham to‘zg‘ib, xarob bo‘lar ekan.
Faqat sevgi mangu va sof bo‘lar ekan,
Bilganimni endi senga bildirsaydim,
Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim.

Ko‘z yoshlarim, shoshilmangiz, ketmang toshib,
Qon yurakka malham bo‘lar sho‘r ko‘z yoshi.
Quvonchlardan kechib, qayg‘ulardan qochib,
She’rlar aytib, yig‘latsaydim, kuldirsaydim,
Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim.

Aytgil, hamon bormi shirin arazlaring?
Salomatmi orzularing, havaslaring.
Qulog‘imdan ketgani yo‘q nafaslaring...
Seni yana bir ko‘rishga ulgursaydim,
Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim.

Iqbol MIRZO

@mahbub_ul_qulub
Forwarded from Istiqlol adabiyotshunosi
#nasrdagi_ibratlar

– Тинчликми, Асадбек? Машинанг жиндай авария бўпти, деб эшитдик?

– Шунақа бўлди… Шу сериал деган нарсани қайси аҳмоқ ўйлаб топган, а?

– Ўзингга зиён-заҳмат етмадими, ишқилиб? Чўлоқланиб юрибсан?

– Оёғимни қўявер. Эчким ўлиб қолди.

– Ие, нега ўлади?

– Хотиним аразлаб онасикига кетди!

– Нега аразлайди?

– Телевизор синди. Ўзиям сандиқдек келарди!

– Нега ўзидан-ўзи синади?

– Жуда эзма-чурук экансанда! Айтяпманку, сериални қайси аҳмоқ ўйлаб топган? Хотиним – «сериал жинниси»! Ҳар куни кечқурун телевизор рўпарасига ўтириб олиб, «сериал» кўради. Икки йилдан бери аҳвол шу! Ўтган ҳафта кечга томон бозорга тушгандик. Ҳар қадамда, «Ҳой, сериалим бошланди, тезроқ бўлинг!» деб биқинимга туртади. Машинага ўтириши билан: «Тезроқ юринг, ўн беш минут қолди», деб яна қисталанг қилди. «Мингга қўйиб» ҳайдаб кетаётсам, палакат босиб, аллақандай велосипед минган бола лип этиб олдимдан чиқиб қолса бўладими! Машинани четга бурган эдим, йўл ёқасидаги дарахтга урилиб, ўнг қанот билан чироқ дабдала бўлди. Аксига олиб бирпасда ДАН назоратчиси етиб келди. Назоратчи «протокол» тўлдириб, нуқул мени сўроқ қилади. Хотин эса: «Ана, сериалимнинг ярми ўтди, ана, ҳализамон тугаб қолади», деб хархаша қилади.

Уйга алламаҳалда етиб келдик. Мен машинани таъмирлашга шунча пулни қаердан оламан, деб жоним халак, хотин эса: «Сизнинг машинангизни деб сериал кўролмадим, Сония хоним эридан ажрашдими-йўқми, энди қандай биламан?» деб нолийди.

Ўзинг биласан, ўртоқ. Шаҳар жойда мол боқиш қийин. Биттагина эчкимиз бор эди. Яхшими-ёмонми, бир кунимизга яраб турувди. Хотинга: «Эчкидан хабар олмайсанми?» десам, «Битта қўтир эчки деб нуқул мени овора қиласиз, Сония хонимнинг эридан баттар золимсиз», дея жаврай-жаврай ҳовли этагига кетди. Бир маҳал «Вой, эчки бўлмай адо бўлсин, арқонига ўралашиб ҳаром ўлиб қопти», деб кириб келяпти. Югуриб кетаётсам, мени юпатди: «Қўяверинг, бош-кўзингиздан садақа, сериалдаги Усмонбейнинг юлдузга сапчийдиган саман оти ўлганда, битта эчки нима бўпти?» дейди!

«Мана сенга Усмонбей! Мана сенга Сония хоним!» деб, телевизорни икки қўллаб кўтарганча улоқтириб юборганимни биламан!.. Падар қусур зилдек оғир экан, нақ оёғимга тушса дегин!

Хотин «Нима қилди, нима қўйди?» демайди, «Энди сериалнинг давомини қандай кўраман?» дейди. «Сериални энангникида кўрасан!» деб бақирган эдим, аразлаб онасиникига кетворди!

– Оббо! Чатоқ бўптику, Асадбек! Майли, сиқилма. Хотининг қайтиб келади. Келмай қаёққа борарди? Сериал тамом бўлганидан кейин эри, уй-жойи борлиги эсига тушиб қайтиб келади. Уч йилдами, тўрт йилдами, майлида!

Ўткир Ҳошимовнинг «Ярим аср дафтари»дан.

@mahbub_ul_qulub
Forwarded from Istiqlol adabiyotshunosi
#Zulfiya_104

BAHOR KELDI SENI SO’ROQLAB

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.

Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,
O’rik gullarining eding maftuni.
Har uyg’ongan kurtak, hayot bergan kabi
Ko’zlaringga surtib o’parding uni.

Mana qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so’radi seni,
Ul ham yosh to’kdi-yu, chekildi nari.

Seni izlar ekan, bo’lib shabboda,
Sen yurgan bog’larni qidirib chiqdi.
Yozib ko’rsatay deb husn-ko’rkini,
Yashil qirg’oqlarni qidirib chiqdi.

Topmay sabri tugab bo’ron bo’ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog'laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog'ning toshini.

So’ngra jilo bo'lib kirdi yotog'imga,
Hulkar va Omonning o'pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan zafar yonog’imga
Sekin xabar berdi menga o'zidan.

Lekin yotog'imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo'ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so'ray ketdi qalbimni tilib:

«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo'shig'i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya», yakkash so'roqlab
Meni she'rga o'rab suqlanib boqqan?

O'rik gullariga to'nmaydi nega
Yelda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho'x na'shidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

Qani o'sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko'zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko'klamda sen parishonhol?»

Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, ketdim qoshingga.
U ham gaming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamdan tutoqib daraxtga ko'chdi,
Kurtakni uyg'otib so'yladi g'amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g'unchasini etdi chok-chok.

Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo'shiq.
Bu qo'shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to'liq.

Bahorgi burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo'shqin zabardast.
O'lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.

@mahbub_ul_qulub
#Ozod_Sharafiddinov_90

Atoqli munaqqid Ozod Sharafiddinov adabiyotshunoslik maydoniga o‘tgan asrning elliginchi yillarida kirib keldi. Bu xususda, ulug‘ yozuvchi Abdulla Qahhorning ushbu so‘zlarini eslash joizdir: “Ozod Sharafiddinov adabiyot ilmiga, aniqroq qilib aytganda, adabiy tanqidchilikka yonib kirdi va hozirgacha mana shu fazilatni saqlab qoldi”. Darhaqiqat, Ozod Sharafiddinov umrining oxiriga qadar ushbu e’tiqodida sobit turib: adabiyotga, ijodga, haqiqatga sadoqat ila xizmat qildi.

Normat Yo‘ldoshev. Yoniq qalb munaqqidi maqolasidan

@mahbub_ul_qulub
Forwarded from Istiqlol adabiyotshunosi
#Ozod_Sharafiddinov_90

Bugun 1-mart "O’zbekiston Qahramoni" unvoni sohibi , tanqidchi-munaqqid, tarjimon, davlat arbobi Ozod Sharafiddinov tavalludiga 90 yil to'ldi.

@mahbub_ul_qulub
Forwarded from Istiqlol adabiyotshunosi
#Zulfiya_104

Bugun 1 - mart o'zbek xalqining atoqli shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludiga 104 yil to'ldi.

@mahbub_ul_qulub
Forwarded from Istiqlol adabiyotshunosi
 #Muhammad_Ali_77

Bugun 1 - mart O'zbekiston xalq yozuvchisi,shoir, olim, tarjimon, pedagog va jamoat arbobi, Filologiya fanlari nomzodi Muhammad Ali tavalludiga 77 yil to'ldi.

@mahbub_ul_qulub
#Zulfiya_104

Bog'lar qiyg‘os gulda...

Bog'lar qiyg‘os gulda — yaxlit bir chaman, 
Har daraxt anvoi bir tarovatda.
Bir kaft bog‘ mehnatu hosilga vatan, 
O‘zga ko‘rk, o‘zga rang har bir daraxtda. 
Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya, 
Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk, 
Biri-biri uchun qudrat, himoya. 
Vatanim ko‘zimda: qay burchi aziz, 
Bilmam, qayda tole serzavq, serjilo? 
Yalpi to‘lishadi bedaxl yurtimiz, 
Naq har qarichi dil, jon tomir go‘yo, 
Bir qardosh tinchisiz — o‘zga beorom
Birining nonisiz — o‘zga emas to‘q...
Bu – qadim dunyoda yangi bir olam, 
Bunda orqa tog‘siz bir tirik jon yo‘q.
Tayanch bo‘lmasaydi odamzod albat, 
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.

ZULFIYA

@mahbub_ul_qulub
#Muhammad_Ali_77

Yana keldim, ey Tarix bobo, 
Sendan yana talab qilurman. 
O’z haqqimni qilmoqni da’vo –
Haqiqatning yo‘li bilurman...

Muhammad Ali

@mahbub_ul_qulub
#Zulfiya_104

BU OQSHOM

Bu oqshom porillar dil, nuringizda,
Diydor baxti nasib yana Siz bilan.
Turibman, azizlar, huzuringizda,
Hamon o'tlig' ko'ngil, yorug' yuz bilan.

Hamon mulkimdagi siymu zarim- she'r,
Sochimda, chehramda yillardan nishon.
Sajdagohim tanho Vatan, ona Yer,
Orzularim karvon, sarbonim ishonch.

Hamon ota-onam, ikki jahonim,
Aziz yodi aro shikasta, butman.
Ishqim-alangadir qordir hijronim,
Sakson yil, lovullab so'nmagan o'tman.

Ikkita ko'zimga ikki qorachig'
-Munisim Hulkarim, alpim Omonim.
Shirin nabiralar hayotdan tortig'
Har biri joniga payvanddir jonim.

Nomlari , yodlari payg'ambar monand,
Hazrat ustozlarim-teran ildizlar.
Men undan jon olib ko'kargan daraxt,
Mevasi-qalbimdan otilgan so'zlar.

Hikmatlar bag'rimda dur marvaridim,
Ajdodlarim menga iftixor, g'urur.
Shu mavjlardan tomgan nuqra umidim,
Shoira qizlarim baxsh etgan surur.

Bu nazm bog'iga kirolmas xazon,
Bizni mahf etolmas zavol lashkari.
Men ketsam mung'aymas umrim hech qachon,
Bu bog'lar-bir bog'lar bo'ladi hali...

Hamon e'tiqodim-haqiqat, haqdir,
So'zlayman, yuzimni tutib Ka'baga.
Yemira olmaydi o'tkinchi taqdir,
Osuda o'tadi ruhim abadga.

E'zozlar, ardog'lar uchun tashakkur,
Asli Siz oftobim, men ziyosiman!
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul-o'zbekning Zulfiyasiman!

ZULFIYAXONIM

@mahbub_ul_qulub
Forwarded from Istiqlol adabiyotshunosi
#nazmiy_chechak

KO'ZLARINGGA TERMULSAYDIM

Daralarga qamab qo‘yib bo‘ronlarni,
Tinchlatirsam yurakdagi suronlarni.
Bir erkalab, bo‘yin to‘ksam rayhonlarning,
Huzuringga men o‘zimni keltursaydim,
Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim.

Umr tushdek izsiz, shitob o‘tayotir,
Umidimni yanchib, mutab o‘tayotir.
Oy ishqida shoshqin oftob o‘tayotir,
Shul hajrni men vaslga yetkursaydim,
Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim.

Ehromlar ham bir kun turob bo‘lar ekan,
Koinot ham to‘zg‘ib, xarob bo‘lar ekan.
Faqat sevgi mangu va sof bo‘lar ekan,
Bilganimni endi senga bildirsaydim,
Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim.

Ko‘z yoshlarim, shoshilmangiz, ketmang toshib,
Qon yurakka malham bo‘lar sho‘r ko‘z yoshi.
Quvonchlardan kechib, qayg‘ulardan qochib,
She’rlar aytib, yig‘latsaydim, kuldirsaydim,
Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim.

Aytgil, hamon bormi shirin arazlaring?
Salomatmi orzularing, havaslaring.
Qulog‘imdan ketgani yo‘q nafaslaring...
Seni yana bir ko‘rishga ulgursaydim,
Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim.

Iqbol MIRZO

@mahbub_ul_qulub
Forwarded from Istiqlol adabiyotshunosi
#Hamza_130

Bugun 6-mart jadid adabiyotining zabardast vakili Hamza Hakimzoda Niyoziy tavalludiga 130 yil to'ldi.

@mahbub_ul_qulub
Forwarded from Istiqlol adabiyotshunosi
#bayramona

Ustozga...

Qiyofa o'zgarar,
inson o'zgarar,
Zamin yagonayu zamon o'zgarar .
Orzu o'zgaruvchan - armon o'zgarar,
Siz hech qachon o'zgarmang ustoz.

Botin turg'unlikka tomon o'zgarar ,
Huddiki falaklar osmon o'zgarar.
Kimdir yashirincha, pinhon o'zgarar
Siz hech qachon o'zgarmang ustoz.

Turlanmoqda dunyo hamon o'zgarar,
Bilmayman iqror yo gumon o'zgarar .
O'zgarar ,
o'zgarar ,
yomon o'zgarar
Siz hech qachon o'zgarmang ustoz.

Zumrad Abdullayeva

@mahbub_ul_qulub
Forwarded from Istiqlol adabiyotshunosi
#bayram_tabrigi

Ayolni asrang

Orzu, maqsad shirin
Xayolni asrang!
Xushbo'y, nafis gulni,
Niholni asrang!
Ranjitmag dilini,
Ozorlar bermang!
Qalbimiz gavhari
Ayolni asrang!

Har dam boshimizda
Parvona ona,
Yo'llarimiz poylab
Giryona ona,
Oftobim, oyim deb
Duosin oling!
Poyingda joyim deb
Ayolni asrang!

Qorday pok ko'ngliga
Hech gard tegmasin,
Chaynalgan g'iybatlar
Qaddin agmasin.
Qoshlari kamon-u
Hilolni asrang!
Mehr ila doimo
Ayolni asrang!

Qalbi vafo koni,
Xazinaga boy.
Barchasi xushfe'l-u
Bari gul jiroy.
Suyansin, tog' bo'lib
Ko'ngliga qarang!
Sog'inchlarga to'lib
Ayolni asrang!

Dilda ori qalqon,
Qiyosi tengsiz.
Munis-u mehribon,
Sodiq shubhasiz.
Zahmatkash, beg'ubor
Opa ham singil,
Volida-yu dildor
Ayolni asrang!

© Shohrux SARDOR

@mahbub_ul_qulub
БАҲОР

Адашиб келиши мумкиндир, балки,
Темир излардаги қаторлар.
Қуёш чарақлаши мумкин адашиб,
Адашиб ёғиши мумкиндир қорлар.

Не балосиз ўзи, қандай офатсиз,
Муз каби совуқ ва оташдек ёниқ.
Сизни севиб бўлар, тушуниб бўлмас,
Мажнундек телбасиз, Суқротдек аниқ.

Ном-нишон йўқ сизда кибру ҳаводан,
Лекин кўп мағрурсиз, азизим.
Сўрамайсиз ҳеч вақт келганда рухсат,
Сўрамайсиз ҳеч вақт келганда изн.

Доно бўла туриб телбасиз,
Телба бўла туриб доносиз.
Сизга таклифнома битмоқчи эдим,
Ўйлаб кўрсам, бу иш маъносиз.

Сизнинг халоскор бир иродангиз бор,
Хоҳишингиз бордир енгилмас сизнинг.
Ҳар йили келасиз ғазабларидан
Тап тортмай аёвсиз аямажузнинг.

Келасиз ваъдасиз, келасиз онтсиз,
Миннат ҳам қилмайсиз ёндим деб дардда.
Ҳар йил ташрифингиз муқаррар сизнинг
Биринчи мартда!

© Матназар АБДУЛҲАКИМ

@M_Abdulhakim
...Келасиз ваъдасиз, келасиз онтсиз,
Миннат ҳам қилмайсиз ёндим деб дардда.
Ҳар йил ташрифингиз муқаррар сизнинг
Биринчи мартда!

© Матназар АБДУЛҲАКИМ

@M_Abdulhakim