Madiev.uz
68 subscribers
518 photos
81 videos
4 files
199 links
Assalomu Alaykum! Hurmatli do'stlar agar biror fikr va mulohazalaringiz bo'lsa,
@fmativation ga murojaat qiling.
Hurmatli do'stlar berilayotgan materaillar 100 % o'z izlanishlarim va ijodim mahsuli. Foydalanish uchun ruxsat oling iltimos! Hammaga rahmat!
Download Telegram
Charli Chaplinning yonida doim bir kishi yurar va unga juda ham yaxshi haq to'lar edi. Undan bir kuni nega bu yonidagi yigitga ko'p oylik berishi haqida so'rashdi. Shu payt Charli Chaplin u yigitni chaqirdi va u kela solib, "Charli o'tirish emas ishlash kerak Charli ishlash kerak" dedi. "Mana ko'rdingzimi men unga nima uchun ko'p pul to'layman". U yigit doim Charlining yonida yurar va "Ishlash kerak Charli ishlash kerak" deb aytardi. Charliga bu kuch-ilhom berar va ko'p ishlar edi. Shuning uchun ham u Charli Chaplin bo'lib tarixda qoldi. Qisqasi yigitlar " Bekor o'tirish emas, Ishlash kerak va haqqini berib ishlash kerak." Hammaga omad!
"Yuqtirilgan" muvaffaqiyatsizlik ma’lumotlar bazasi
Tadqiqotlarga ko‘ra, Sharq madaniyatida “chorasiz”lik tushunchasini teran anglatadigan ifoda “o‘rgatilgan chorasizlik” qamrovidir. “O‘rganilgan chorasizlik” teoriyasida birovlar urinib ko‘rish-yanglishish natijasida chorasizlikni o‘rgangan bo‘ladi. “O‘rgatilgan chorasizlik”da esa, kishi biror “urinish-yanglishish” tajribasini yashamagan bo‘lsa-da, omma tomonidan unga chorasizlik madaniyati “yuklanadi”.
“O‘rgatilgan chorasizlik” madaniyatida boshqalarga nimalar qilmaslik kerakligi haqida shunchalik kuchli ma’lumotlar beriladiki, buni eshitgan, urinib ko‘rish jarayonida bo‘lgan qaysidir sohadagi kishi o‘sha sohada ish qilishni hatto xayoliga ham keltirmay qo‘yadi. Haddan ortiq “chorasizlik” ma’lumotlariga ega bo‘lgan kishi esa sinab, urinib ko‘rmasdan, tajriba qilmasdan, yanglishlik va adashishliklarga duch kelmasdanoq ya’ni boshlamasdanoq mag‘lubiyatni qabul qilib oladi! G‘arbliklarda esa bu tamoyil teskarisiga ishlaydi. Ular sinab ko‘rib, urinib ko‘rib, tajriba qilib, adashib chora topishadi yoki chorasizlikni o‘rganishadi. (“O‘rgatilgan chorasizlik” tajribasidan xulosa qiliashgan).
Bizdagi omma esa biz tug‘ilar-tug‘ilmas “chorasiz”likni o‘rgatadi. Urinib boshimizni og‘ritib o‘tirmaylik degan teoriya bizni doim harakatdan ushlab qoladi. Ammo biz bunchalik “toza qalbli” ekanmiz nega faqat chorasizlik ichida qolamiz? Buning asl sababi esa aynan shu – o‘taketgan “toza qalbli” ekanimizda.
Biz O‘zbekistonliklar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hatto o‘z shaxsiy hayotimizda ham boshlamasdanoq mag‘lubiyatni tan olib “janga kiramiz”. Bu hayotimizning barcha jabha va qatlamlarida odat tusiga kirgan: bog‘chada, maktabda, oliy o‘quv yurtlarida, imtihonlarda, uylanishda, turmushga chiqishda, to‘ylarda, viza olishda, bilet olishda, chet elga ishga ketishda, siyosiy, iqtisodiy tahlillarda va SAYLOVLARDA ham.
Hayot atalmish jangda yengilishni oldindan tan olib hech qanday “qurol aslahasiz” maydonga chiqamiz. Chunki, bizni boshdanoq shunga o‘rgatishgan. Ular bu borada bir–ikki marta urinib ko‘rib natija ololmagan “chorasiz”lardir. Ular o‘zlarining muvaffaqiyatsizlik tajribalarini bizning miyamizga quyishadu ya’ni “yuqtirishadi”. Shuning uchun ham “o‘rgatilgan chorasiz”likni “yuqtirilgan muvaffaqiyatsizlik ma’lumotlar bazasi” deyish mumkin.
Ammo “yuqtirilgan muvaffaqiyatsizlik ma’lumotlar bazasi” davosi yo‘q dard emas. Bu tushunchani Sharqqa oid teoriya deb bilsak-da, Sharq mamlakatlarining bir qanchasi bu “kasallik”ning davosini topgan. Yaponiya, J. Koreya, Singapur, Malayziya…. kabilar. Savolni esa aniq qo‘yaman. Bizga-chi, bizga nima qilibdi? Ulardan kam joyimiz bormi?
Bizda “yuqoridagilar” doim bir narsani ta’kidlashadi. “Bizda hamma narsa bor!” Borligi rost. Lekin qani? Ha, bizda haqiqatan ham ko‘p narsa bor faqatgina muvaffaqiytga erishish va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash hamda qayta-qayta urinib ko‘rib natija olishda oqsoqligimiz bor.
“Yashirin yo’l” bilan o’rganilgan chorasizlik
Chorasizlik va muvaffaqiyatsizlikni o‘rganish maktablarda o‘rgatiladigan yo‘nalishga qarama-qarshi, teskari yo‘l bilan quloqdan-quloqqa ya’ni, “yashirin yo‘l” orqali “yuklab” olinadi. O‘rganishning ikkita yo‘li mavjud. Birinchisi, “ochiq” o‘rganish, ikkinchisi esa “yopiq” ya’ni yashirin o‘rganishdir. “Ochiq o‘rganish” nima o‘rganayotganingni tamoman anglagan holda, mavjud bo‘lgan o‘rganish shaklidir. Masalan: bog’cha, maktab, OTMlarda shu shaklda ta’lim beriladi. Biz Osiyoliklarga eng tanish bo’lgan o’rganish yo’li quloqdan–quloqqa, do’stlar davrasida, kino ko’rganda, ko’chada biror narsa o’rganayotganimizni farqlab-farqlamay o’rganishimzdir.
Gapning indaollosi, Sharq xalqlarida chorasizlik va loqaydlik sinab-urinib ko’rish yo’li bilan o’rganilmaydi. Uyda ota-onadan, maktabda o’qituvchidan, harbiy xizmatda komandirdan, masjidda imomlardan, suhbatda esa yaqin do’stlardan o’rganiladi.
Chorasizliknining ma’nosi ham Sharq va G’arbda turlicha. O’rganilgan chorasizlik g’arbliklar uchun “bir ruhiy muammo” Sharqliklar uchun esa bu “taqdir sinovi” deb qaraladigan tushunchadir. Sharq xalqlarida chorasizlikka “bir ruhiy muammo” deb qaralmaydi. Bu ular uchun bir yashash tarzidir. Diniy inonchlarining bir parchasidir. Bizdagi muhit va atmosfera buni bizga o’rgatadi ham. She’rlar, qo’shiqlar, kinolar, maqollar va yana bir qancha narsalar mana shu falsafa ustiga quriladi. O’rganilgan chorasizlik Sharq xalqlarida mo’tadillashtirilgan. Sharqda o’rganilgan chorasizlik bir qadriyatdir.
O’rganilgan chorasizlik mag’lubiyatga uchraganlarning guvohnomasi, taqdiri, hayotini ochiqlash shakli va yashayotgan hayot tarzidir. “Sharq insonining ichidan o’rganilgan chorasizlikni olib tashlasangiz, “hayotiga oid bir parchani” yo’qotgan kabi huzunlanib qoladi. Hatto birovlari qanday yashashni ham bilmay qoladi. Chunki, u o’sha chorasizlikdan boshqa hayot tarzini deyarli yashamagan bo’ladi. Undan ajrala olmaydi, negaki, eng yomon kunlarida yonida doim uni olib yurgan.
“Яширин йўл” билан ўрганилган чорасизлик
Чорасизлик ва муваффақиятсизликни ўрганиш мактабларда ўргатиладиган йўналишга қарама-қарши, тескари йўл билан қулоқдан-қулоққа яъни, “яширин йўл” орқали “юклаб” олинади. Ўрганишнинг иккита йўли мавжуд. Биринчиси, “очиқ” ўрганиш, иккинчиси эса “ёпиқ” яъни яширин ўрганишдир. “Очиқ ўрганиш” нима ўрганаётганингни тамоман англаган ҳолда, мавжуд бўлган ўрганиш шаклидир. Масалан: боғча, мактаб, ОТМларда шу шаклда таълим берилади. Биз Осиёликларга энг таниш бўлган ўрганиш йўли қулоқдан–қулоққа, дўстлар даврасида, кино кўрганда, кўчада бирор нарса ўрганаётганимизни фарқлаб-фарқламай ўрганишимиздир.
Гапнинг индаоллоси, Шарқ халқларида чорасизлик ва лоқайдлик синаб-уриниб кўриш йўли билан ўрганилмайди. Уйда ота-онадан, мактабда ўқитувчидан, ҳарбий хизматда командирдан, масжидда имомлардан, суҳбатда эса яқин дўстлардан ўрганилади.
Чорасизликнининг маъноси ҳам Шарқ ва Ғарбда турлича. Ўрганилган чорасизлик ғарбликлар учун “бир руҳий муаммо” Шарқликлар учун эса бу “тақдир синови” деб қараладиган тушунчадир. Шарқ халқларида чорасизликка “бир руҳий муаммо” деб қаралмайди. Бу улар учун бир яшаш тарзидир. Диний инончларининг бир парчасидир. Биздаги муҳит ва атмосфера буни бизга ўргатади ҳам. Шеърлар, қўшиқлар, кинолар, мақоллар ва яна бир қанча нарсалар мана шу фалсафа устига қурилади. Ўрганилган чорасизлик Шарқ халқларида мўътадиллаштирилган. Шарқда ўрганилган чорасизлик бир қадриятдир.
Ўрганилган чорасизлик мағлубиятга учраганларнинг гувоҳномаси, тақдири, ҳаётини очиқлаш шакли ва яшаётган ҳаёт тарзидир. “Шарқ инсонининг ичидан ўрганилган чорасизликни олиб ташласангиз, “ҳаётига оид бир парчани” йўқотган каби ҳузунланиб қолади. Ҳатто бировлари қандай яшашни ҳам билмай қолади. Чунки, у ўша чорасизликдан бошқа ҳаёт тарзини деярли яшамаган бўлади. Ундан ажрала олмайди, негаки, энг ёмон кунларида ёнида доим уни олиб юрган.
“Qismat” so‘zining qiymati
(Qadarmi? Nazoratmi?)

Qadar va nazorat so’zlari taqdir yoki hayot borasida Sharq va G’arb madaniyatida keskin farq qiladi. Ayniqsa, muvaffaqiyatga erishish borasida G’arb madaniyatida taqdirni “nazorat” qilish kuchli, Sharq mentalititida esa “qismat”chilik eng taskin beruvchi so’zdir. Hayoti (qismat)ini nazorat qilish tarbiyasi bilan ulg’aygan biror g’arblik, agar nazoratni yo’qotib qo’ysa, darrov uni qo’lga olishga harakat qiladi va davom etadi. Agar bir necha bora urinib qismatini o’zgartira olmasa, “O’rganilgan chorasizlik” holida yashashga majbur bo’ladi.
Ammo Sharq madaniyati tamoman buning teskarisini ifoda qiladi. Sharqliklar, tabiatning emas, aynan “qismat”ning ravo ko’rganiga ishonadilar. Ular o’zlarining qadarini nazorat qilish o’rniga, ixtiyorni “qismati”ga tashlaydilar. Tavakkalchilik odati kuchli. Yaproqdek, uchsalar ham “qismat”ning olib boradigan yeridan qo’rqishmaydi. Hayot nazoratini yo’qotish, bir g’arblik uchun qo’rqinch, bir sharqlik uchun esa, “qismat”dir. Bunday paytda “Nima bo’lsa bo’ldi, qolgani Xudodan” so’zi eng katta yupanch.
Zotan sharqliklar, o’z hayotlarini nazorat qilib, kelajagini o’zlari bichgandek bo’lishiga ko’p ham ishonmaydilar. Shuning uchun ham hayot “musobaqasi”ga ko’p ham qatnashmaydilar. Vaziyat bo’lib qolganda, to’pni to’g’ri kelgan tomonga tepishadi. Sharq insoni bu hayotning yashirn kodini topgan, o’z hayotlarini o’zlaricha hal qilishgan bo’ladi: “Nima bo’lsa qismatimda o’shani ko’raman. Boshga kelganni ko’z ko’radi. Qismatdan qochib qutilib bo’lmaydi.” Sharqliklar uchun ajoyib taskin.
Islom dinining “qadar ishonchi” bilan Sharq madaniyatining “qadar” ishonchi bir xil emas. “Qadarchilik” tushunchasi “qadar” ishonchidan oldin ham bo’lgan! “Qadar” ishonchida inson qo’lidan kelganining eng yaxshisini qiladi va qolganini Yaratganga havola qiladi. Ishonch, “g’ayrat bizdan, taqdir Allohdan”. “Qadar”chilik tushunchasida esa odam o’zining qo’lidan keladiganini ham Yaratganga havola qilib qo’ya qoladi! Tushuncha, “Olma pish og’zimga tush”.
O’ylab ko’ring, nega muvaffaqiyat uchun harakatimizning har bosqichida Allohni eslaymiz?
Ishni boshlashga niyatdan oldin “Insha Alloh” deymiz.
Ishni boshlasak, “Bismilloh” deymiz.
Ish boshlashdan voz kechsak, “Allohdan” deymiz.
Ishga g’ayrat bilan kirishsak, “Yo Alloh” deymiz.
Ishni bitirishga o’limiga kirishsak, “Alloh o’zing qo’lla” deymiz.
Ishimiz ters ketsa, “Astag’frulloh” deymiz.
Ishimiz o’ngidan kelsa, “Allohga shukur” deymiz.
Ishimiz muvaffaqiyatli amalga oshmasa, “E, Alloh” deymiz.
Shunisi qiziqki, tadqiqotlar sharqliklar “qadar”chi bo’lgani uchun, stressdan osonlik bilan chiqib ketarkan, “hamma narsa nazoratimda bo’lishi kerak” tushunchasi bilan yashaydigan g’arbliklar stressdan qutila olmay kasal bo’lib qolishi o’z isbotini topgan. Shuningdek, g’arb ommasining texnologiyada ilgarilashida ham atrofni “nazorat” qilish falsafasi yotadi. Sharq insoniga tabiatni bor bo’yi qabul qilish xosdir. G’arbliklar esa uni nazorat qilishga harakat qiladi. Muvaffaqiyatsizlikka tolerant (bag’rikeng)lik ham Sharq va G’arb madaniyatida farqlanadi.
Sharq madaniyatida bir ishda muvaffaqiyat qozonilmasa “peshana”sida bo’lmagani uchundir. Shuning uchun u chekkalanmaydi, hatto “bechora” deb hurmat ham qilinadi.
G’arb madaniyatida esa bunday kishilar “bajariksiz” deb chetlanadi va “keraksiz”ga chiqariladi.
Shuning uchun “qismat” so’zining qiymatini bilaylik! Tillarida mana shu so’zning yo’qligi tufayli juda ko’p ga’rbliklar muvaffaqiyatsizlik “qismat”iga mubtalo bo’lganlar.
Fazliddin Madiev
HARAKATNİNG MEVASİ…
Diyorbakirning (Turkiya) bir toğli qişloğida öqituvçilik qilayotgan muallim matemetika darsida;
- Bitta kosada şunça qulupnay bölsa, 10 ta kosada neçta qulupnay bor? deb öquvçilardan söraydi.
Öqivçilar:
- Ustoz qulupnay nima? deb söraşadi.
Öqituvçi:
- İye, bilmaysizmi? şu har doim yeydigan qulupnayda.
Öqivçilar:
- Biz heç qaçon qulupnay yemaganmiz hatto körmaganmiz ham deyşadi.
Buni eşitgan öqituvçi oldiga bir maqsad qöyadi. Bursa şahridagi qulupnay bilan şuğullanadigan firmalarga öşa yerning tuproq namunalarini jönatadi va şunday yozib yuboradi. “İltimos, şu tuproqni tekşirib, unda qulupnay yetişadimi yöqmi şuni yozib yuboring. Biz bu yerda qulupnay ekmoqçimiz.”
Bursadan tezda “Bu tuproqda albatta qulupnay ösadi. Diyorbakir havo şartlarida ham uni yetiştirsa böladi” degan javob keladi. Hatto xat bilan birga qulupnay köçatlari va uni yetiştiriş texnikasi yozilgan ta’rifini ham jönatişadi.
Öqituvçi barça bolalarni çaqirib, ularga köçatlarni qanday ekiş va parvarişlaş haqida öqib beradi. Köçatlarni maktab boğiga birga ekişadi. Keyin, öquvçilarning qöllariga törttadan köçat berib, şunday deydi: “Bu yil Sizga matematikadan sinov bölmaydi. Şu köçatlarni uyingizga olib boring va ota-otangizga ham men aytganimdek tüşintirib, köçatlarni eking va parvarişlang. Qulupnay mavsumi kelganda har biringiz 10 donadan kosaga solib, olib kelasiz va mendan baho olasiz” deydi.
Mavsumda bolalar kosaga qulupnay solib, maktabga kelişadi. Öqituvçi kam olib kelganlarga ham yuqori baho qöyadi.
Öqituvçi:
- Qani bolalar buning mazasi qanday ekan? deb söraganda.
Bolalar:
- Ustoz, biz bular bilan baho olamiz deb yeganimiz ham yöq, deb javob berişadi.
- Qani unda hamma yesinçi.
Bolalar oğiz burnini qip-qizil qilib, rosa qulupnay yeyişadi.
Oradan ikki yil ötgaç, şu paytgaça biror marta ham qulupnay körmagan va yetiştirmagan qişloqliklar hozir Diyorbakir bozorida qulupnayçi qişloq bölib tanilgan.
Öylanib qoldim… haqiqiy öqituvçi mana şunaqa bölişi kerakmikan… mehnat qilayotgan joyiga, yaşayotgan mamlakatiga, maktabiga bir nimalar qöşişi kerakmikan…