Madiev.uz|Rasmiy kanal
77 subscribers
602 photos
91 videos
6 files
227 links
Assalomu Alaykum! Hurmatli do'stlar agar biror fikr va mulohazalaringiz bo'lsa,
@fmativation ga murojaat qiling.
Hurmatli do'stlar berilayotgan materaillar 100 % o'z izlanishlarim va ijodim mahsuli. Foydalanish uchun ruxsat oling iltimos! Hammaga rahmat!
Download Telegram
SUPPLETIVIZM VA LIDERLIK
Suppletivizm – bir so‘zning grammatik shakllarini har xil o‘zaklardan yasalishi
Dunyo tillarining o’ziga xos xususiyatlari haqida o’qir ekanman, Ona tilimizning qiziq bir til hodisasiga duch keldim. Bizning tilimizda bosh kelishik boshqa hamma kelishiklarning qo’shimchasini o’z ichiga oladi. Ammo Hind-Yevropa tillariga kiruvchi tillarda vaziyat bunday emas. To’satdan xayolimga shunday fikr keldi. Tilimizning bu hodisasini siyosiy va ijtimoyi misolda ko’rib chiqsak-chi.
Hind-Yevropa liderlari (bosh kelishiklar) o’z olmoshiga (mavqeyiga) ega bo’lgan holda, boshqa kelishiklar (qo’l ostidagilar) bilan kelishib ishlaydi. Ya’ni ularga, “Bor, mening o’z kelishigim bor. Sen borib o’z ishingni qil” demaydi va ular bilan bir xil saviyada faoliyatda bo’ladi.
Ammo bizda-chi? Bosh kelishikning (liderning) boshqa kelishiklarsiz (xalqsiz) hech qanday kuchi va obro’si yo’q. Boshqa kelishiklardan (xalqdan) qo’shimcha olsagina bosh kelishik (lider) o’z muayan vazifasini bajara oladi.
Xulosam shuki, Ona tilimizning mana shi o’ziga xos xususiyatidan ham xalqimiz uchun kerakli chuqur mazmun va saboq bo’luvchi ishora bor. Bosh kelishik (lider)larimizning bag’ri keng bo’lib, boshqa kelishiklar (xalq)ning barcha qatlamlari bilan birday ishlay olishlari kerak. Tilshunoslik tili bilan aytganda kerak payti zarur kelishik qo’shimchasini olib, harakat qila olishi juda muhim. Aksincha, men bosh kelishiklman deb o’zini baland ushlasa, tamom. O’zining ham boshqalarning ham ishi oldinga ketmaydi. U or qilib, qo’shimcha olmasa, xalq ham unga qovushmaydi. Har qalay yaqin o’ttiz yilda buning natijasini ko’rdik.
Mana Sizga ona tilimizdan bir saboq!
Fazliddin Madiev
IKKI QAVATLI FIKR

Koreyadan mehnat ta’tiliga endigina kelganman. Uy-joy soliqlarini to’lashimiz kerakligi haqida ma’lumotnoma berib ketishdi. Unda “falon oyning falon kunigacha soliqlarni to’lamasangiz, to’lovlaringizga foiz qo’shiladi” degan ogohlantirish ham bor ekan. Uy hujjatlarimizni olib, soliq boshqarmasiga bordim. Odam ko’p. Navbatga turishga to’g’ri keldi. Bilasiz, bizdagiga o’xshagan navbatga turish, dunyoda noyob kuzatiladigan hodisa. Negadir bizda, navbatga turganlar navbatsiz ishini bitirib ketishni istaydi. Balki, bunga ishlar yaxshi tashkil qilinmagani sababdir. Balki genetika, balki, estetika. Ishqilib, bunga yuz xil ta’rif berish mumkin. Mendan oldin turgan kishi ham bu yerdagi tartib va ish jarayonidan afsuslangandek, miyg’ida kulib qo’yar edi. Ko’rinishidan soddagina odam, ammo sabr qilib, atrofni kuzatayotgani diqqatimni tortdi. Yuzi tanish, biroq, qayerda ko’raganimni eslay olmadim. Menga bir ikki marta qarab qo’ydi-yu, meni ham eslay olmadi shekilli. Negadir, ikkalamizning navbatda turishimizdan boshqalardan ajralib turganimizni farqlab qoldim. “Mabodo siz bilan Koreyada ko’rishmaganmizmi?” deb so’rab qoldi u kishi birdan. Ha, endi esladim, bu hamshahrim bilan Koreyada bir marta ko’rishgan edik. Bir-birimiz bilan salomlashib, hol-ahvol so’radik. Koreyada noqonuniy qolib ketgan ekan. Kelganiga ikki yildan oshibdi. Ammo kelganidan juda norozi ekanligini, ish topa olmay qiynalayotganini aytib, kuyunib qoldi. “Yana ketasizmi?” dedi menga qarab, “Ha, ta’tilga kelganman”. “E, o’sha yoqda ishlayvering, bu yerda baribir ish yo’q, qiynalasiz”, deb maslahat berdi. Koreyadagi shart-sharoit, mehnatga, odamga bo’lgan munosabat, koreyadagi siyosat, boshimizdan o’tgan voqealar haqida qizg’in suhbatlasib ketdik. “E, aka Koreyda yomon pul ishlamadim. Lekin noqoniniy bo’lib qolganim chatoq bo’ldi. Ushlab, deport qilib yuborishdi. Xudoga shukur, uy-joy qilib olgan edim. Biroz taskin - shu. Aka Sizga maslahatim, uyni katta solib, ikki qavat qilib ovora bo’lmang. Uni o’rniga muzlatkichni ikki qavatidan olib, maza qilib yashash kerak ekan. Mana, uyni ikki qavat qilib solib, endi nalogini to’lay olmay ovoraman”, deb kuldi.
Bu gaplar menga ajabtovur ta’sir qildi. Kulib yubordim. Negaki, bu holat chet elda ishlayotgan deyarli barcha vatandoshlarimning ayni taqdiri edi. Xayolimga shu fikr keldi. “Dunyo ko’rish odamni ikki qavat fikirlashga ham o’rgatadi”. Fazliddin Madiev
BO’ZCHI BELBOQQA YALCHIYDI(MI?)
Insoniyat ming yillardir mukammal fe’l-atvorli avlod yaratish orzusida. Bu borada dunyoga eng magi’zli ta’limot yaratib bera olgan aynan O’rta Osiyo va musulmon olamidan chiqqan allomalar ekaniga ham ko’p guvoh bo’ldim. Ammo negadir, aynan, musulmon olami va O’rta Osiyoda shu mukammallik borasida oqsash ancha teran ildiz otgan. Buning sababi ham asrlarga arziydigan sabab, bu aniq. Masalan, Rossiyda osiyoliklarga nisbatan rus millatchilari, shovinistlari va g’arazli guruhlarining qilayotgan ishlarini ko’rib, shunday o’ylab qolaman. “Nahotki, Dostayevskiydek (garchi bu yozuvchini unchalik yoqtirmasam-da) yozuvchisi bor bir millat shunday ishlarni amalga oshira olsa?”
Keyin xayolimga shunday fikr keladi “Alp Er To’ngadek, Alp Arslondek, To’marisdek, Chingizdek, Temurdek, Navoyidk, Boburdek, Shaybonixondek, Abdullaxondek, Fitratdek, Avloniydek, Behbudiydek ajdodlari bor avlodlarning ahvoli nega bunaqa?” Mukammallik ta’limoti nega bizda paydo bo’lib, Amerikaga, Avrupaga, Koreyaga, Yaponiyaga ketib qoldi? Nega ularning bo’zchilari belboqqa yalchiydi-yu, bizni bo’zchilar yalchimaydi. Bu yerda bir xato bor. Bu xatoni topish va mohir tabiblardek singan suyaklarni paypaslab, joyiga siljita oladigan ziyolilar juda ham kerak. Har qancha og’riqli bo’lsad-da, ular juda ham muhim. Siyosiy bosimdan xoli, o’z fikriga ega, millatni dardiga darmon bo’ladigan ziyolilar ayni paytda havodek zarur. Ular esa ko’z qorachig’idek, asralishi kerak. Eng katta muammo shu yerda. Bo’lmasa suaygimiz qiyishiq bitib, asrlar davomida yana azob tortamiz.
Fazliddin Madiev
UMRGA TATIGULIK KUN
Talabaman. Restoranda garson bo’lib ishlardim. Menimcha, Samarqandda “American student life style”ga asos solgan men bo’lsam kerak. Ham o’qiyman ham restoranda ishlayman. Bir necha yillik tajribam bo’lgani uchun bosh garsonman. Asosiy ishim kechga boshlanadi. Kundizgi xo’randalarga yangi kelgan garsonlar xizmat qiladi. Garsonlikdan tashqari menga yana bir vazifa yuklangan, muammoli paytlarda ishni xo’jayingacha olib bormasdan hal qilish va ovqat so’rab keladigan daydilarni haydab yuborish. Menga berilgan bu ishonchni ortigi’i bilan oqlab bajaraman. Xo’jayinni oldida ham hurmat ortgan. Muammoli stollarni hal qilish unchalik qiyin ish emas edi. Ammo ovqat so’rab keladigan daydi qariyalarni haydab yuborish mening har kungi bosh og’rig’im edi. Ayniqsa, bittasi, qarib qolgan rus kampir, har kuni bir parcha non va ovqat so’rab kelib, jonimga tegardi. Haydab yuboraman, biroz uzoqlashadi-yu, yana qaytib keladi. Eng yomoni, ovqatlanayotgan xo’randalarning tog’risiga turib olib, ularni ham bezovta qiladi. G’azablanaman va haqorat qilib, kampirni yana haydab solaman. Oxiri, nimalardir deb gapirib ketib qoladi.
Restoran xo’jayinining meni hurmat qiladigan yana bir tomoni bor. Chala chulpa bo’lsad-da, ingliz va turk tillarida chuldirayman. Restoranga keladigan xorijiy mehmonlar ham bundan xursand. Bir marta kelgani keyingi safar ham keladi. Bir kuni turkiyalik doimiy mijosizmiz oilasi bilan keldi. Ularga albatta o’zim xizmat qilaman. Bir payti restoranda yana o’sha daydi kampir ham paydo bo’lib qoldi. Uni haydab soldim. Mijozlar oldida juda noqulay, lekin nima qilay, bu ish menga yuklangan. Bir payt qarasam, haydab yuborgan daydi kampir mijozlarim o’tirgan stolning to’grisiga kelib turib olibdi. Qattiq gapirib, yana hayday boshladim. Buni kuzatib turgan turkiyalik mehmonlar meni chaqirdi. “Sendan iltimos, dedi u. Uni bir stolga o’tqaz va ovqat ber, hamma hisoblarini men to’layman”. Ichumda nimadir o’zgardi-yu lekin fahmlay olmadim. Buni xo’jayinga aytdim. “Pulini u berarkanmi?” dedi u. “Ha, hamma pulini men beraman, istagan narsasini bering” deyapti. “Pulini bersa, bizga farqi yo’q kelib o’tirsin, nima istasa beramiz” dedi xo’jayin. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor - aynan menga tegishlisi. Unga kim xizmat qiladi? Bosh garson sifatida buni men hal qilishim kerak edi. Qizlarimiz esa undan qo’rqishini aytib, bahona qilishdi. Nailoj, o’zim xizmat qiladigan bo’ldim. Ishxonamizdagi hammaning ko’zi menda. Har kuni haydab soladigan daydi kampirga xizmat qilishim ularga ham qiziq ham kulguli. Daydi kampirni asta chaqirib, stolga o’tqazdim va nima yeyishini so’radim. Sho’rva dedi u.
Shunday qilib, turkiyalik mijozlarimga ham kampirga ham o’zim xizmat qildim. Ichimda nimadir o’zgargan edi. Negadir, yig’lagim kelardi. Ishxonamizdagi muhit ham birdan o’zgardi. Xo’jayinimiz ham ikkala stoldan negadir pul olishni istamadi. O’sha kundan boshlab, non va ovqat so’rab keladigan daydilarni ovqatlantiradigan bo’ldik. Hatto, chiqindilarni tozalab ketadigan ishchilarni ham. O’sha kun men uchun umrga tatigulik kun bo’lgandi.
Fazliddin Madiev
“BUYUK ODAM”

Qo’shrobotlik bir bobo haj navbatiga yozilib, uzoq kutgandan keyin “Yaqinda hajga ketasiz” degan xabar keldi. Bizning qahramonimiz bo’lgan bu bobo tug’ilganidan beri qishlog’idan chiqmagan edi. Bobo bu xabarni eshitib, masjidga keldi. Albatta masjid imomi barcha hajga ketadiganlar uchun yo’l yo’riq ko’rsatib, ularga haj safarlarini eson omon o’tkazib kelishi uchun tushunchalar beradi. Hajga ketadiganlar hammasi masjidga to’planishdi va imom domla ularga tushuntirishlar bera boshladi.
“Hurmatli bo’lajak hojilar, haj haqiqatan ham musulmon kishining farzidir. Ammo uning ham o’ziga yarasha qiyinchiliklari, mashaqqatlari va zo’rliklari bor. U yerga borganingizdan keyin bir necha amallarni bajarishingiz kerak. Ya’ni, Arofat tog’iga chiqish, shayton toshlash, ka’bani aylanish va hakozo amallari bor. Shuning uchun, Yaratgan ishingizni va amallaringizni yengillshtirishini istasangiz, zikr va quro’n o’qishni ko’paytiring, nafl namozlarini orttiring. Mana ko’rasiz yumushlaringiz qanday oson bo’lib, yengillashadi, yo’llaringiz ochiladi” dedi.
Tabiiki, bizning sof ko’ngilli bobo umrida birovga yolg’on gapirmagandek, bu imomning gaplariga ham ko’ngildan ishonib, aytganidek qildi. Haqiqatan ham zikrini mo’l qilib, quro’n o’qishni kuchaytirdi, kechalari tinmay namoz o’qidi va hajga ketadigan kun ham yetib keldi. Kerakli narsalarini hozirladi-uy, Toshkent aeroportiga yetib keldi. Aeroportga kelishga keldi-da, lekin ichkariga kiradigan eshikni topa olmay rosa ovora bo’ldi. Aeroportdagi barcha eshiklar avtomatik, bizning bobo esa bunaqasini hali ko’rmagan. Oxiri, “Buning eshigi qayerda?” deb bir kishidan so’radi. Ko’rsatilgan eshikning oldiga kelgan zahoti, avtomat eshik o’z-o’zidan ochilib ketdi. Bizning bobo taqqa to’xtab, shunday xayolga bordi. “Yo qudratingdan! Imomning gaplari to’g’ri ekan. Zikrni, Quro’nni, namozni ko’paytirganimning foydasi halitdan ish bera boshladi. Eshiklar o’z-o’zidan ochilib ketayapti, shu paytgacha yashab o’zidan o’zi ochiladigan eshikni ko’rmagan edim. Qaysi eshikka borsak, eshikni taqillatib ochganmiz” deb o’yladi. “Ey Xudoyim, sening qudratinga ishondim. Mana ayon qilding” dedi-yu ichkariga kirib ketdi. Har nima qildi-yu, ichkariga kirib, tekshiruvdan o’tgach, sumkasiga qarasa, sumakasi ham lentada yurib ketayotgan emish. “Tavba, tavba, mana zikrning kuchi. Mana senga karomat” dedi-yu endi o’zini boshqacha tuta boshladi. Yana ilgarilab yura boshlarkan sensorli lampalarning yonib o’chishidan hayratga tushdi. “Nima balo zikrni juda ko’p qilib yubordim shekilli, yurgan yo’lim karomat bo’lib qoldi, harholda avliyolikka yetib kelganga o’xshayman” deb o’ylab, g’ururlanib qo’ydi. “Imomdan Yaratgan rozi bo’lsin! Haqiqatan ham to’g’ri gapirgan ekan. Men ham endi o’zimga yarasha yuray, harholda, karomatli bor kishi bo’lib qoldim” deb darrov o’ziga ma’naviy atmosfera berib oldi. Salomlashganda ham, alik olganda ham qiro’atini avliyolardek joyiga keltirib, yurish turishni ham o’zgartirib yubordi. Makkaga yetib kelishgach, bir tahorat olay deb, tahoratxonaga kirdi. Qo’lini kranga olib borgan edi hamki, sensorli krandan suv chiqa boshladi. Bizning bobo endi bunga hayratlanmay ham qo’ydi. Xuddi endi bunday narsalar o’z-o’zidan bo’lsihi kerakdek, boshini sarak-sarak ham qilib qo’yardi. O’zini karomatgo’y shayxlardek tutib, tahoratini ham olib chiqdi. Endi borib, Makka masjidida namoz qilish harakatiga tushdi. Masjidga kirdi va masjidning bunchalaik ulug’ligidan hayratga tushib, tomosha qila boshladi. Qandil va qubbalarga qarab, faqat istig’for aytardi. Makka masjidining qubbalari kunduz yopilib, kun ketgandan keyin ochilishidan bu boboninga xabari ham yo’q edi. Bir payti azon aytildi-yu, namoz boshlanib ketdi. Bizning bobo namozini tugatib, “Yo Xudo” deb tepaga qaradi-yu, qotib qoldi. Ko’zlari tomni ham teshib o’tib, to’ppa-to’gri osmonni ko’rayotganini his qildi. “Endi bo’ldi” dedi o’ziga-o’zi “Men endi tamoman avliyo bo’ldim. Ko’zlarim tomni ham teshib o’tib, osmonni ham ko’radigan bo’ldim” deb, ma’naviy ko’rinishini kuchatirgandan kuchaytirdi.
Namozni bitirib, Payg’ambar (s.a.v.)ning qabri yonidan o’tarkan: “Ey Rasulallah! Ko’rdingmi bu yerga kim keldi, buyuk bir avliyo ham haj ziyoratiga keldi” deb o’tib ketdi.
Qissadan hissa shuki, oilada ham, do’stlikda ham, bolalar tarbiyasida ham, ijodda ham, ilm olishda ham, barcha barchasida samimiy bo’ling. Zotan, bu qisqa umringiz davomida nimalargadir erishish, harakatingizga bog’liq. Qayerga borsangiz ham boshqalarning “Qara, kim keldi” deyishiga o’zingizgina sabab bo’la olasiz. Muvaffaqiyat kaliti o’zingizda.
Fazliddin Madiev
“INNAMAL A’MALI BIN NIYYATI”
Imom Buxoriy bobomizning “Al Jome as sahih” kitobining eng birinchi hadisi shu hadis bilan boshlangan: “Innamal a’malu bin niyyati” ya’ni, “Barcha amallar niyatga bog’liq”.
Turkiyaning Bursa shahrida Sulton Boyazid tomonidan bunyod qilingan Ulu Camii (Katta markaziy masjid) asrlar osha musulmonlarga xizmat qilib kelmoqda. Ammo bu masjidning juda qiziq tarixi va oddiy masjidlarga xos bo’lmagan ichki ko’rinishi haqida ajoyib tarixchasi bor. Sulton Boyazid u paytda yunonlar nazoratida bo’lgan Bursa shahrini olish uchun jang qiladi va “Bu shaharni ololsam u yerda 20ta masjid quraman” deb so’z beradi. Xudoning inoyati bilan shaharni qo’lga kiritadi va o’z niyatini amalga oshirish uchun harakatini boshlaydi. Sultonning bu niyatini bilgan va u bilan birga yurgan shayxulislom Sultonga shunday maslahat beradi: “Sultonim Siz bu shaharni olib, o’z niyatingizga yetdingiz. Bu yerga yigirmata masjid qurishni ham niyat qilgansiz. Ammo menda bir taklif bor izn bersangiz aytay” deganda. Sulton uning taklifini ma’qul ko’rgan. Bu taklif yigirmata masjid o’rniga yigirmata qubbali katta bir masjid qurish taklifi edi. Sulton va uning arkonlari masjid qurishga munosib joy topish uchun shaharni aylanishib, bir joybi ma’qul ko’rishadi. Bu yerda yashayotgan odamlarning uylarini ularning roziligi bilan sotib olishadi ammo bir arman kampir o’z uyini sotishni istamaydi. Bu ayolga o’z uyining 5 barobariga qimmat narxini aytishsa ham ko’nmaydi. Oxir oqibat u bir shart bilan uyini sotishga rozi bo’ladi. Armani kampir sultonga shunday shart qo’yadi. “Mayli, men uyimni sotaman lekin mening uyimning joyida musulmonlar namoz o’qishini istamayman”. Sulton uning bu shartiga rozi bo’lib, uning uyini sotib oladi. Masjid qurilishi jadallik bilan boshlanib ketadi. Sulton esa quruvchilarga shunday shart qo’yadi. “Bu joy egasining aytgan talabini bajaring va gapini yerda qoldirmang”. Chunki men va’da berdim. Hadislarda "Va’daga xilof ish tutish munofiqlikdur” deyilgan dedi. Masjidni qurayotgan ustalar masjid ichida qolgan arman kampirning uyining joyiga go’zal bir hovuz qurishadi va sultonning amrini ham bajarishadi. Sulton Boyazidning Islomdan chiqmagan holda qilgan adolati haligacha o’z o’rnida. Bursadagi bu masjid hali ham musulmonlar uchun xizmat qilmoqda. Uning o’rtasidagi hovuz esa kelgan ziyoratchilarga tohorat olish va salqinlash uchun xizmat qilmoqda. Masjid o’rtasida bunyod qilingan hovuz masjid go’zalligiga go’zallik qo’shib turibdi. Sulton Boyazidning 1390 yil oldin Islom shartalarining eng go’zal fazilatlaridan biri so’zda turish farmoni ham hamon amalda.
Bursa masjidi
Charli Chaplinning yonida doim bir kishi yurar va unga juda ham yaxshi haq to'lar edi. Undan bir kuni nega bu yonidagi yigitga ko'p oylik berishi haqida so'rashdi. Shu payt Charli Chaplin u yigitni chaqirdi va u kela solib, "Charli o'tirish emas ishlash kerak Charli ishlash kerak" dedi. "Mana ko'rdingzimi men unga nima uchun ko'p pul to'layman". U yigit doim Charlining yonida yurar va "Ishlash kerak Charli ishlash kerak" deb aytardi. Charliga bu kuch-ilhom berar va ko'p ishlar edi. Shuning uchun ham u Charli Chaplin bo'lib tarixda qoldi. Qisqasi yigitlar " Bekor o'tirish emas, Ishlash kerak va haqqini berib ishlash kerak." Hammaga omad!
"Yuqtirilgan" muvaffaqiyatsizlik ma’lumotlar bazasi
Tadqiqotlarga ko‘ra, Sharq madaniyatida “chorasiz”lik tushunchasini teran anglatadigan ifoda “o‘rgatilgan chorasizlik” qamrovidir. “O‘rganilgan chorasizlik” teoriyasida birovlar urinib ko‘rish-yanglishish natijasida chorasizlikni o‘rgangan bo‘ladi. “O‘rgatilgan chorasizlik”da esa, kishi biror “urinish-yanglishish” tajribasini yashamagan bo‘lsa-da, omma tomonidan unga chorasizlik madaniyati “yuklanadi”.
“O‘rgatilgan chorasizlik” madaniyatida boshqalarga nimalar qilmaslik kerakligi haqida shunchalik kuchli ma’lumotlar beriladiki, buni eshitgan, urinib ko‘rish jarayonida bo‘lgan qaysidir sohadagi kishi o‘sha sohada ish qilishni hatto xayoliga ham keltirmay qo‘yadi. Haddan ortiq “chorasizlik” ma’lumotlariga ega bo‘lgan kishi esa sinab, urinib ko‘rmasdan, tajriba qilmasdan, yanglishlik va adashishliklarga duch kelmasdanoq ya’ni boshlamasdanoq mag‘lubiyatni qabul qilib oladi! G‘arbliklarda esa bu tamoyil teskarisiga ishlaydi. Ular sinab ko‘rib, urinib ko‘rib, tajriba qilib, adashib chora topishadi yoki chorasizlikni o‘rganishadi. (“O‘rgatilgan chorasizlik” tajribasidan xulosa qiliashgan).
Bizdagi omma esa biz tug‘ilar-tug‘ilmas “chorasiz”likni o‘rgatadi. Urinib boshimizni og‘ritib o‘tirmaylik degan teoriya bizni doim harakatdan ushlab qoladi. Ammo biz bunchalik “toza qalbli” ekanmiz nega faqat chorasizlik ichida qolamiz? Buning asl sababi esa aynan shu – o‘taketgan “toza qalbli” ekanimizda.
Biz O‘zbekistonliklar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hatto o‘z shaxsiy hayotimizda ham boshlamasdanoq mag‘lubiyatni tan olib “janga kiramiz”. Bu hayotimizning barcha jabha va qatlamlarida odat tusiga kirgan: bog‘chada, maktabda, oliy o‘quv yurtlarida, imtihonlarda, uylanishda, turmushga chiqishda, to‘ylarda, viza olishda, bilet olishda, chet elga ishga ketishda, siyosiy, iqtisodiy tahlillarda va SAYLOVLARDA ham.
Hayot atalmish jangda yengilishni oldindan tan olib hech qanday “qurol aslahasiz” maydonga chiqamiz. Chunki, bizni boshdanoq shunga o‘rgatishgan. Ular bu borada bir–ikki marta urinib ko‘rib natija ololmagan “chorasiz”lardir. Ular o‘zlarining muvaffaqiyatsizlik tajribalarini bizning miyamizga quyishadu ya’ni “yuqtirishadi”. Shuning uchun ham “o‘rgatilgan chorasiz”likni “yuqtirilgan muvaffaqiyatsizlik ma’lumotlar bazasi” deyish mumkin.
Ammo “yuqtirilgan muvaffaqiyatsizlik ma’lumotlar bazasi” davosi yo‘q dard emas. Bu tushunchani Sharqqa oid teoriya deb bilsak-da, Sharq mamlakatlarining bir qanchasi bu “kasallik”ning davosini topgan. Yaponiya, J. Koreya, Singapur, Malayziya…. kabilar. Savolni esa aniq qo‘yaman. Bizga-chi, bizga nima qilibdi? Ulardan kam joyimiz bormi?
Bizda “yuqoridagilar” doim bir narsani ta’kidlashadi. “Bizda hamma narsa bor!” Borligi rost. Lekin qani? Ha, bizda haqiqatan ham ko‘p narsa bor faqatgina muvaffaqiytga erishish va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash hamda qayta-qayta urinib ko‘rib natija olishda oqsoqligimiz bor.