Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
9.79K subscribers
30K photos
5.83K videos
77 files
12K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: info@madaniyat.uz

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
“Etik kiygan mushuk” spektakli namoyish etildi

Bugun Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida jahonga mashhur ertak asosidagi “Etik kiygan mushuk” spektakli namoyish etildi.

Pyesa muallifi Sharl Perro, sahnalashtiruvchi rejissyor Shuhrat Ibragimov, rassom Sardor Otaboyev, liboslar bo’yicha rassom Yevgeniya Biserova. Rollarda Asqar Hikmatov, Musulmon Yunusov, Barot Hasanov, Zaynura Nigʻmatova va boshqalar.

Spektaklda rostgoʻylik, muhabbat va insoniylik fazilatlari ulugʻlangan. Ayniqsa, aktyorlarning oʻziga xos ijrolari, yorqin xarakterlar yosh tomoshabinlarga manzur boʻldi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro opera tanlovi bo'lib o'tdi

19 – 24-sentabr kunlari Toshkentda “Competizionе dell’Opera 2023” Italiya operasi vokalist - ijrochilari xalqaro tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Unda Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan iste’dodli vokalistlar ishtirok etdi.

Final bosqichiga O‘zbekiston va Rossiyadan 4 nafardan, Janubiy Koreyadan 2 nafar, Qozog‘iston va Belarusdan 1 nafardan qatnashchi saralanib olindi.

Ma’lumot uchun har yili mazkur tanlovda dunyoning 25 dan ortiq mamlakatlaridan 600 dan ziyod yosh ijrochilar ishtirok etadi. Ulardan faqat 12 ta eng yaxshi ijrochilar final bosqichiga chiqishadi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mehmonlarimiz milliy musiqamizni o‘zgacha mehr bilan olqishlashdi

BMT
Tinchlik instituti rektori Fransisko Rohas Aravena, Jahon xalqlari madaniyati va san’ati assotsiatsiyasi direktori, YUNЕSKOning Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Mun Heung Suk, Marseldagi Jahon musiqasi xalqaro instituti rektori Margaret Dechenaux Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida bo‘lib, oliygoh faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mehmonlar institut jamoasi va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quv-amaliy jarayonlarni kuzatib, e’tiborli jihatlarini ta’kidlash barobarida o‘z takliflarini ham bildirib o‘tishdi.
Mehmonlarimiz talabalar tomonidan ijro etilgan maqom, terma, milliy kuy-qo‘shiqlar katta taassurot qoldirganini ham alohida mehr bilan e’tirof etishdi.

Ta’kidlanganidek, san’at, ayniqsa, musiqa hech bir tarjimonsiz ham yuraklarga yetib boraveradi...

Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Festival doirasida muzokara

Ayni paytda 24 – 30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK) ning “Kino ta'limi: MDHga a'zo davlatlarning qo‘shma ta'lim loyihalari” xalqaro kinofestivalida ishtirok etish maqsadida Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan o‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori v.b. E.U.Shermanov hamda Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti (VGIK) rektori, akademik V.S.Malishev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida kino ta'limi sohasini yanada rivojlantirish, hamkorlikda sohada raqobatbardosh kadrlar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va o‘zaro tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi.
Ma'lumot o‘rnida, festival doirasida madaniyat va san'at sohasiga ixtisoslashgan rus oliy ta'lim muassasalari bilan ikki tomonlama shartnoma imzolash hamda O‘zDSMI talabalari tomonidan tayyorlangan 4 ta qisqa metrajli filmlar namoyish etilishi rejalashtirilgan.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Olovuddinning sehrli chirogʻi”

“Chiroqni ishqalaysiz, ichidan bahaybat Jin chiqib keladi!”
Bu bolalar uchun juda sevimli va qiziqarli syujet. Arab xalq ertagi asosida koʻpgina talqinlari yaratilgan.

Bugun Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida Toshkent shahar Yunusobod tumani 5-umumiy o'rta taʼlim maktabi oʻquvchilari uchun “Olovuddinning sehrli chirog'i” spektakli rus tilida namoyish etildi.

Sahnalashtiruvchi rejissyor Sherzod Ahmedov, rassom Yevgeniya Biserova, kompozitor Bahodir Zokirov. Rollarda Fayzulla Asqarov, Asal Ahrorxoʻjayeva, Abdulloh Ismailov va boshqalar.

Mashhur arab ertaklaridan biri boʻlgan “Olovuddinning sehrli chirogʻi” motivlari boʻyicha sahnalashtirilgan mazkur spektaklda ritmik musiqa, zamonaviy raqs va qoʻshiqlarga alohida urgʻu berilgan boʻlib, dekoratsiyalar va sahna bezaklari oʻrnida zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan. Qiziqarli spektakl yosh tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram

🌐 Facebook | 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM