Ko‘hna va navqiron Samarqand yana bir muhim maqomga munosib ko‘rildi
So‘nggi yillarda jahon hamjamiyati ta’lim, ilm-fan va madaniyat taraqqiyot garovi ekanligini yanada teranroq angladi va asosiy e’tiborni ana shu uch jihatga qaratyapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
25- sentyabr kuni Qatar davlatida o‘z ishini boshlagan XXII Islom dunyosi madaniyat vazirlarining “Islom olamida madaniy tadbirlarning yangilanishi tomon” mavzusidagi 12-konferensiyasida ishtirok etyapmiz.
Konferensiya kun tartibida dunyo madaniy siyosatining yetakchi tamoyillari va barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlari, islom olamida insoniyatning barhayot boyliklari va an’anaviy bilimlarini qadrlash, madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishga oid qator masalalar muhokama qilindi.
Eng muhimi, konferensiya doirasida 2025 yil Samarqand Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi. Bu maqom bizga yana bir karra dunyoga madaniy merosimizni namoyon etish imkonini taqdim etadi.
Konferensiya bugun o‘z ishini davom ettiradi.
Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov
💬 Telegram | 🌐 Instagram
🌐 Facebook | 🌐 Web

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turli millat va elatga mansub yoshlar bilan uchrashuv
26 sentabr kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida “O‘zbekiston” jurnali tahririyati xodimlarining turli millat va elatga mansub yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda turli millatga mansub yosh faollaridan qirg‘iz millati vakili A.Jabbarova va ozarbayjon millati vakili Zaxro Alisher Xan qizi tomonidan yoshlarni qiziqtirgan savollar hamda takliflar aytildi.
Shuningdek, yoshlar turli yangilik va ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirilib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Suhbat yakunida bu kabi tadbirlarni doimiy o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda
25-27-sentabr kunlari Jizzax viloyati musiqali drama teatrida viloyat madaniyat boshqarmasining barcha tizim tashkilotlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Unda korrupsiya bilan bog‘liq noxush vaziyatlarning oldini olish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilib, taklif va mulohazalar ko‘rib chiqildi.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, madaniyat tizimida ham mazkur yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning shu davriga qadar vazirlikka aloqa kanallari orqali korrupsiyaga oid jami 17 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu holatlar joylarga chiqib o‘rganilgan va muammolar atroflicha bartaraf etilgan.
O‘rganish yakunlariga asosan 5 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi hamda Mehnat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq 9 nafar mutasaddi xodimga “hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanilgan.
Vazirlik miqyosida korrupsiyaning olidini olish maqsadida vazirlik va uning tizim tashkilotlari rahbar va xodimlari uchun 4 ta ko‘rgazmali material va videoroliklar tayyorlandi.