Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
9.85K subscribers
29.5K photos
5.75K videos
77 files
11.7K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: info@madaniyat.uz

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
⚡️ Bugun, 1-avgust kuni madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Sirdaryo viloyatida bo'ldi.

Xizmat safari davomida viloyatda joylashgan bir qator madaniyat muassasalari faoliyatini o'rgandi.

Xususan, Yangiyer shahridagi 4-sonli, Xovos tumanidagi 25-sonli madaniyat markazlariga tashrif buyurib, madaniyat markazi binosi, shuningdek, Yangiyer shahridagi 4-sonli, Xovos tumanidagi 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktablari holati o‘rganildi.

Bunda, obyektlarni mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha ishlar tashkil etilganligi, moddiy texnika bazasi bilan ta’minlanish holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Bugun, 1-avgust kuni Madaniyat vazirligida davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish sohasida Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida, “O'zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda, O'zbekiston madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida vazirlik markaziy apparati mas'ullari hamda Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari vazirligining tajriba almashish loyihasi rahbari Manal bin Salem qatnashishdi.

Uchrashuvda, “O'zbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi doirasida amirlik ekspertlari ishtirokida seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilayotganligi haqida ma'lumotlar berildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Hurmatli davlat xizmatchisi, Siz uchun "Siyosiy-ma’rifat soati"ning navbatdagi soni taqdim etildi!

Eslatib o‘tamiz, o‘quvni YouTube orqali ham ko'rishingiz mumkin.

Kuningiz samarali o‘tsin!

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sharq_taronalari_2024
#Jarayon

⚡️ YUNESKO shafeligida 25-30-avgust kunlari qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo'lib o'tishi haqida xabar berilgan edi.

Festivalga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan bo'lib, ayni kunlarda tashkiliy ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Kuni kecha madaniyat vazirining o'rinbosari Murodjon Majidov boshchiligida festivalda taklif etilgan xorijiy va mahalliy mehmonlarni kutib olish va boshqa tashkiliy masalalar yuzasidan vazirlik mas'ullari, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti rektori v.b. Eldor Shermanov hamda O’zbek milliy maqom san’ati markazi bosh direktori Avazbek Shomurodov ishtirokida tegishli masalalar muhokama etildi.

Festival doirasida tashrif buyurayotgan xorijiy mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida volontyorlar guruhi shakllantirilib, ular bilan ham uchrashuv o’tkazildi va umumiy tushunchalar tushuntirildi. Volontyorlarga O’zbek milliy maqom san’ati markazi bosh direktori Avazbek Shomurodov bilan birga institut rektori v.b. Eldor Shermanov festivaldan ko’zlangan maqsad, milliy qadriyat va an’analarimizni jahon miqyosida targ’ib etishning ahamiyati kabi dolzarb masalalar yuzasidan ma’lumot berishdi. Milliy g’urur, milliy g’oya, milliy faxr tuyg’usini his etgan holda ko’hna tariximiz, Yangi O’zbekistonda yaratilgan keng imkoniyatlar, Vatanimiz kelajagiga ishonch kabi tuyg’ular har bir volontyor ko’zida jo’sh urishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, 27-28-avgust kunlari “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan manzil Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti rektori v.b. Eldor Shermanov va O’zbek milliy maqom san’ati markazi bosh direktori Avazbek Shomurodov tomonidan ko'zdan kechirildi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM