Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
βœ”
9.95K subscribers
28.8K photos
5.67K videos
77 files
11.5K links
Madaniyat vazirligining rasmiy sahifasi
Toshkent shahri, Amir Temur koβ€˜chasi 107b-uy
🌐 https://gov.uz/madaniyat/
πŸ“ž (55)-502 33 75)
πŸ“¨ info@madaniyat.uz
t.me/madaniyatvazirligi
www.instagram.com/madaniyatvazirligi
www.facebook.com/madaniyatvazirligiuz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#Tojikiston

11-12-may kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida β€œShashmaqom” xalqaro festival-simpoziumi o'tkazildi.

Unda, O'zbek milliy maqom san'ati markazining Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlarining hududiy bo'limlari ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida, ishtirokchilar Tojikiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Diplomi bilan taqdirlanishdi. Diplomni Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri Matlubaxon Sattoriyon topshirdi.

ℒ️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hudud_xabarlari

πŸ“ Farg'ona viloyati

13-may
kuni Fargβ€˜ona viloyati qoβ€˜gβ€˜irchoq teatri jamoasi Qozogβ€˜iston Respublikasida gastrol safarida bo'ldi. Unda, Chimkent shahar Aksukent tumani maktab o'quvchilari uchun "Musiqali choyxona" spektakli namoyish etildi. Chimkentlik bolalar spektaklni ko'tarinki kayfiyatda qabul qildilar.

πŸ“ Toshkent viloyati

Prezidentning 2023-yil 25-dekabrdagi PQ 406-sonli qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent viloyati Nurafshon shahar markazida "KoΚ»cha sanΚΌati va musiqasi" loyihasi amalda.

ℒ️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Ozarbayjon

⚑️ 4-10-may kunlari  Toshkent viloyatidagi bolalar musiqa va san'at maktablari direktorlarining bir guruhi Ozarbayjonda ijodiy safarda bo'lishdi.

βœ… Ijodiy safar davomida Asafa Zeynali nomidagi Milliy konservatoriya huzuridagi Baku musiqa kolleji, Baku Xoreografiya akademiyasi, Rashid Beybutov nomidagi Ozarbayjon davlat musiqa teatri, Muslim Magomayev nomidagi 26-sonli musiqa maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

βœ… Unda mazkur muassasalarning ta'lim yo'nalishlari, o'qituvchilarning ta'lim berish metodikasi, kollejda yaratilgan sharoitlar, mavjud normativ hujjatlar ko'zdan kechirildi.

βœ… Shuningdek, ikki tomonlama kelishuv memorondumlari imzolanib, mazkur memorondumga ko'ra kelgusida ikki tomonlama ijodiy hamkorlikni yaqindan yo'lga qo'yish, ta’lim sohasida kadrlar malakasini oshirish belgilab olindi.

βœ… Ozarbayjonning Asafa Zeynali nomidagi Milliy konservatoriya huzuridagi Baku musiqa kollejida o'zbek va ozarbayjon madaniyat sohasi vakillarining ikki tomonlama do'stona uchrashuvi tashkil etilib, musiqa kollejining iqtidorli talabalari tomonidan konsert dasturi ham namoyish etildi.

βœ… Barcha ijodiy jarayonlar Ozarbayjon Respublikasining telekanallari orqali keng yoritildi.

ℒ️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚑️ 14-may kuni madaniyat vaziri o'rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida bo'ldi.

βœ… Xizmat safari davomida sayyor qabul o'tkazildi. Unda madaniyat va san'at sohasi xodimlari bilan bir qatorda jismoniy shaxslarning murojaatlari ham tinglandi.

βœ… Vazir o'rinbosari har bir murojaatni nazoratga olib, ularning ijrosi bo'yicha mas'ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi. Hukumat darajasida hal qilinadigan masalalar mutasaddi idoralar bilan birgalikda ko'rib chiqilishi bildirildi.

ℒ️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#teatr

🎭 15-may kuni namoyish etiladigan spektakllar bilan tanishing

πŸ‘‰ Batafsil

ℒ️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

ℒ️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'ziya

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist
hamda Qoraqalpog'iston xalq artisti Kengesboy Serjanov 66 yoshida vafot etdi.

Kengesboy Serjanov faoliyati davomida O'zbekiston davlat konservatoriyasida, Repsublika estrada-sirk kollejida yoshlarga ustozlik qildi. Alisher Navoiy nomidagi katta akademik opera va balet teatrida opera xonandasi sifatida sermahsul ijod qilib, ko'plab bosh rollarni ijro etdi.

Kengesboy Serjanov keng diapazonli, sahroyi ovoz egasi bo'lish bilan birga ko'plab xalqaro tanlovlar g'olibi bo'ldi. Respublikamizga taniqli opera xonandalarini yetishtirishda, mamlakatimizda opera san'atini rivojlantirishda salmoqli hissa qo'shdi. Kenesbay Serjanovning yorqin xotirasi mudom yodimizda saqlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

ℒ️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM