Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
9.79K subscribers
30K photos
5.84K videos
77 files
12K links
📢 Madaniyat vazirligi rasmiy sahifasi

📍 Manzil: Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 107b

🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/madaniyat

📞 Telefon: (55) 502 33 75

📨 Email: info@madaniyat.uz

📲 instagram.com/madaniyatvazirligi

📲 facebook.com/madaniyatvazir
Download Telegram
Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Fransiyaning Parij shahrida Parij filarmoniyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 16-17-sentabr kunlari O'zbekiston madaniyati va san'atiga bag'ishlangan konsert dasturlari bo'lib o'tdi

Madaniyat vazirligi vakillari milliy maqom san'ati, baxshichilik, Samarqand va Buxoro ashulalari namunalarini ijro etib, Fransiya hamda butun dunyodan tashrif buyurgan musiqa ixlosmandlariga taqdim etdilar.

Nodira Pirmatova, Ilyos Arabov, Yulduz Turdiyeva kabi milliy musiqa san'atimiz kuychilari o'z san'at namunalari bilan muvaffaqqiyatli chiqishlar qildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Havaskor xonanda professional sahnada

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Parij filarmoniyasi o‘rtasidagi shartnomaga asosan, joriy yilning 13-18-sentabr kunlari Fransiyaning Parij shahridagi Parij filarmoniyasida oʻzbek sanʼatiga bag‘ishlangan mavzuli kunlar (baxshichilik, maqom san’ati, ipak yo‘li navolari, Samarqand va Buxoroga bag‘ishlangan konsertlar)  doirasidagi konsert dasturlarida Madaniyat vazirligining Ijodiy guruhi ishtirok etdi.

Parij filarmoniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda milliy musiqa san'atimizning yorqin namunalari mahalliy va xorijlik tomoshabinlarga havola etilib, ommaning katta qiziqishiga sabab bo'ldi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#festival

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ayni damda "Assalomu alaykum" VI xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari festivalida ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasi Aqtobe viloyatiga yetib bordi. Jamoani "Alaqay" qo‘g‘irchoq teatri jamoasi mamnuniyat bilan kutib oldi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

"Qarimta" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

"Bir so‘z taʼrifi"

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
Photo
Rаsmiy munosаbаt

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Fargʼonadagi viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qoʼshiq aytish taqiqlandi, endi ijrochilar sahnada cholgʼuchilar bilan birga jonli ijroda kuylaydi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Аvvalo, Fargʼona viloyati hokimligining madaniyat va sanʼat sohasini yangi bosqichga olib chiqish jarayoniga hissa qoʼshish maqsadida bir qator tashabbuslarni ilgari surgani eʼtiborga loyiq. Xususan, viloyatda bayram tadbirlarini oʼtkazish boʼyicha ishchi guruh tuzish, guruh tarkibiga viloyat madaniyat boshqarmasi masʼullari, teatrlar rahbarlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, taniqli sanʼatkorlar va ijodkorlar kiritilishi, hududda oʼtkaziladigan bayram tadbirlari uchun yangi gʼoyalar, dasturlar, takliflarni oʼrtaga tashlab, biri boshqasini takrorlamaydigan ssenariylar ishlab chiqishga masʼul boʼlishi xalqimizga taqdim etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar saviyasini yanada oshirish nuqtayi nazaridan muhim hisoblanadi.

Biroq viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qoʼshiq aytishni taqiqlash borasidagi tashabbus amaldagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmaydi.

Аlbatta, Madaniyat vazirligi doimo jonli ijro tarafdori boʼlib kelgan va bundan keyin ham shunday boʼlib qoladi. Lekin biz fonogrammani taqiqlash evaziga emas, balki jonli ijroni ragʼbatlantirish, sanʼatkorlarni qoʼllab-quvvatlash hisobiga uni yanada keng ommalashtirish istagidamiz. Zero, Prezidentimizning “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi Farmoniga asosan davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda toʼliq jonli ijro asosida oʼtkazilgan konsert dasturlari uchun ijara toʼlovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy etilgani ham bejiz emas. Bugungi kungacha koʼplab sanʼatkorlar ushbu imtiyozdan foydalandi va foydalanmoqda. Qolaversa, mazkur ragʼbat boshqa qoʼshiqchilarning ham jonli ijroga boʼlgan xohish-istagini kuchaytirmoqda.

Fonogrammadan esa, masalan, televideniye uchun tasvirga olinadigan loyihalar, konsert dasturlari, bayram tadbirlarida sifatni taʼminlash maqsadida rejissyor talabi bilan ayrim oʼrinlarda foydalaniladi. Bunday yondashuv rivojlangan davlatlarda ham mavjud.

Shu jihatdan Fargʼona viloyati hokimligidan hududda boʼladigan bayram tadbirlarida fonogrammada qoʼshiq aytishni taqiqlash emas, balki jonli ijrochilarni ragʼbatlantirish, ularga yanada kengroq imkoniyat berish pozitsiyasidan kelib chiqib yondashishni soʼrab qolamiz.

Oʼz navbatida, Madaniyat vazirligi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish boʼyicha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini, shuningdek, vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan davlat dasturlarida soha rivoji uchun bildiriladigan takliflar koʼrib chiqilib, inobatga olinishini maʼlum qilamiz.

Madaniyat vazirligi
Axborot va matbuot xizmati

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#festival

Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi ayni damda Qozog‘iston Respublikasi Aqtobe shahrida. Bugun festival oldidan Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi hamda "Alaqay" qo‘g‘irchoq teatri direktori Asiye Tajibekovna bilan qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Oʻzbekiston davlat simfonik orkestrining Turkiya, Qatar, Kuvayt, Koreya davlatlarida boʻladigan gostrol konsertlariga start berildi. Ilk konsert Turkiyada boʻlib oʻtadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube