Madaniy meros agentligi
2.02K subscribers
6.3K photos
630 videos
2 files
2.12K links
O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi
🌐 https://gov.uz/oz/madaniymeros
☎️ +998712000118
📥 info@madaniymeros.uz
📩 Tmma@exat.uz
📲 https://www.facebook.com/Madaniy-meros-agentligi/
📲 https://instagram.com/madaniymerosuz?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Download Telegram
Forwarded from Uzbektourism.uz
O‘zbekistonda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha birinchi laboratoriya tashkil etildi
https://uzbektourism.uz/news/view?id=1992

В Узбекистане создана первая лаборатория по реставрации объектов культурного наследия
https://uzbektourism.uz/ru/news/view?id=1992

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Rasmiy|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#andijon #tashrif

Аndijonda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha ishchi guruh viloyatimizga tashrif buyurdi
https://teletype.in/@andijon_turizm_sport/hx-Bed340U5

____

#андижан #визит

Рабочая группа по охране и использованию объектов культурного наследия в Андижане посетила нашу область
https://teletype.in/@andijon_turizm_sport/zyI17E027v2

____

#andijan #visit

A working group on the protection and use of cultural heritage sites in Andijan visited our region
https://teletype.in/@andijon_turizm_sport/PO1-WOfx1c0

📌@https://t.me/andijon_turizm_sporti
#Karakalpak_artists

Dzhaparov Vasily Zhakeevich (1951)

Vasily Japarov was born in 1951 in the city of Nukus. From 1969 to 1972 he worked at the Museum of Local Lore, where he met the academic artist Zholdasbek Kuttimuratov. The artist knew Zh. Kuttimuratov as his first teacher. From 1972 to 1976 he studied at the Art School named after P.P. Benkov in Tashkent. At school, his teacher was R.V. Khalilov. After graduation, he got a job at the artists' workshop in Nukus. Having started his work in the studio, he worked together with I. V. Savitsky and other famous artists. Since 1976, he has been a regular participant in local and republican exhibitions with his works. In 2000 he became a member of the Union of Artists of the Academy of Arts of Uzbekistan. In 2002 and 2006 he was awarded with diplomas and certificates of honor of the "Greatest, dearest" competition. In 2008 he was awarded the Silver Medal of the Academy of Arts of Uzbekistan for the painting "Shajara".
Currently, the State Museum of Arts of the Republic of Karakalpakstan named after I.V. Savitsky contains 20 works of the artist.

Telegram | Facebook | Instagram
TOOMAS TIRS: O‘ZBEKISTON — SHARQ MARVARIDI!

⚡️Estoniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Toomas Tirs mamlakatimiz tashqi ishlar vaziriga ishonch yorlig‘ini topshirish marosimidan so‘ng ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida ko‘zda tutilayotgan saʼy-harakatlar xususida qisqacha so‘zlab berdi.

"Men bugun Estoniyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ishonch yorlig‘ini qabul qilib olganimdan behad mamnunman. Avvalo, Turizm sohasi ikki tomon uchun ham hamkorlikning eng muhim sohalaridan biridir. O‘zbekistonni sharq marvaridi sifatida yaxshi bilamiz. Bu diyorda yuzlab tarixiy yodgorliklar, dunyo ahlini lol etgan meʼmorchilik durdonalari mavjud. Biz esa sayyohlarga dengiz, toza havo va boshqa turli shifobaxsh tabiiy maʼdanlarni taklif etamiz. Xullas, o‘zbekistonliklarni Estoniyada kutib qolamiz", — deydi Toomas Tirs

@madaniy_meros_uz
Ўзбекистонда маданий мерос объектларини реставрация қилиш бўйича биринчи лаборатория ташкил этилди

Туризм ва спорт вазирлиги ахборот хизмати маълум қилишича, вазирлик, Корея ҳукумати ҳамда Корея Маданий мерос бошқармаси билан биргаликда 2020 йилдан бошлаб Ўзбекистон маданий меросини асраш бўйича ODA (Offissial Development Assistance) лойиҳасини амалга оширди.

Лойиҳанинг иккинчи босқичи доирасида 700 минг АҚШ доллари миқдоридаги грант асосида Ўзбекистон маданияти тарихи давлат музейи қошида археологик топилмаларни ўрганиш ва тиклаш бўйича замонавий лаборатория ташкил этилди.

Соҳа мутахассислари учун маҳорат дарслари ўтказилди ҳамда 95 та экспонат қайта тикланди, Афросиёб музейидаги деворга битилган расмлар намойиш этилаётган хона таъмирланди.

t.me/Rasmiy_xabarlar_Official
#TANLOV #TAQDIRLASH

🏛 O’zbekiston davlat tabiat muzeyi.

"DUNYO HAYVONLARI" nomli yosh rassomlar tanlovi g'oliblari taqdirlashdan olingan foto lavhalar.

📍Manzil: Tashkent shahri Olmazor tumani Zarqaynar ko'chasi 1-uy

@madaniy_meros_uz
#XALQARO_HAMKORLIK

🇺🇿🇦🇫 2021-yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili I.Irgashev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston Muvaqqat hukumati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Afg‘oniston vakillari O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlariga, umuman, butun dunyoga ushbu davlat hududidan zarracha tahdid kelmasligini taʼkidladi.

Afg‘onistonning yangi hukumati O‘zbekiston bilan birgalikda ikki mamlakat xalqlarining buyuk ajdodlari – Alisher Navoiy (Hirot), Zahiriddin Bobur (Kobul), Abu Rayhon Beruniy (G‘azna) va Boborahim Mashrab (Tahor) qo‘nim topgan maskanlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishga tayyorligini bildirdi.

manba

@madaniy_meros_uz
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektini asrashga doir ishlarga ruxsatnoma berish tartibi

✔️1-bosqich
✍️ Ariza beruvchi
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3-ILOVAsida belgilangan ruxsatnoma uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi;
Madaniy meros agentligiga yoki uning hududiy boshqarmalariga hujjatlarni bevosita, pochta vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilgan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

✔️2-bosqich
🕌 Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari
Ruxsatnoma olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish va ko’rib chiqish uchun Ilmiy-ekspert kengashiga kiritadi (ariza qabul qilingan sanadan e’tiboran 7 ish kuni mobaynida).

✔️3-bosqich
🔎 Ilmiy-ekspert kengashi
Hujjatlarni ko’rib chiqadi va ko’rib chiqish natijalari bo’yicha tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi;
Rasmiylashtirilgan bayonnomani agentlikka taqdim etadi (ariza qabul qilingan sanadan e’tiboran 25 ish kuni mobaynida).

✔️4-bosqich
🕌 Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi
Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan taqdim etilgan bayonnoma asosida ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish to’g’risidagi qaror qabul qiladi (qaror qabul qilinganidan keyin 2 ish kuni mobaynida);
Ruxsatnomani berish to’g’risidagi qaror qabul qilingan taqdirda ruxsatnomani rasmiylashtiradi va 1 ish kuni mobaynida ariza beruvchiga ruxsatnomani yuboradi yoki ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risidagi qaror qabul qilingan taqdirda bu haqida ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi;
🔴 YUNESKOning Umumjahon meros ro’yxatiga kiritilgan hududlar va obyektlar bo’yicha rejalashtirilgan katta hajmdagi asrashga oid ishlar Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ma’qullangan taqdirda, vakolatli organ YUNESKOning Umumjahon merosi qo’mitasi tomonidan tavsiya etilgan metodika bo’yicha Merosga ta’sirni baholash hisoboti bilan birgalikda ko’rib chiqib, tegishli munosabat bildirish uchun YUNESKOning Umumjahon meros markaziga yuboradi (markazga yuborish 15 ish kunida);
🔴 YUNESKOning Umumjahon meros markazi yoki boshqa turdosh organi tomonidan ijobiy xulosa olinganidan ikki ish kunidan so’ng Ruxsatnomani berish to’g’risidagi qaror qabul qilingan taqdirda ruxsatnomani rasmiylashtiriladi va ariza beruvchiga ruxsatnoma yuboradi.

✔️5-bosqich
✍️ Ariza beruvchi
Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko’rib chiqish uchun o’n besh ish kuni davomida taqdim etishga haqli hisoblanadi;
Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnomani berish rad etilganligi to’g’risidagi yozma ma’lumotnomada ko’rsatilgan muddat tamom bo’lganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va Madaniy meros agentligi tomonidan umumiy asoslarda ko’rib chiqiladi (ruxsatnoma berishni rad etish to’g’risidagi ma’lumotnoma ko’rsatilgan muddatda).

📑 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
30-martdagi 265-son qarori

@madaniy_meros_uz
#RASMIY_MUNOSABAT

30-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi haykali buzilayotganligi bilan bog'liq videolar tarqaldi.
Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi hamda Turizm va sport bosh boshqarmalari tomonidan vaziyat yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi. Unga ko'ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilayotgan balandligi 25 metr bo'lgan ot ustida qilich tutgan Jaloliddin Manguberdi haykali va yopiq qismi 260 metr, ochiq qismi 240 metr boʻlgan yer osti yoʻlining qurilishi munosabati bilan “Jaloliddin Manguberdi” bog'ida joylashgan Jaloliddin Manguberdi haykali Shimoliy g'arbiy okrug 53008 harbiy qismning maydoniga ko'chirib o'tkazilishi sababli hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi ma'lum qilinadi.

@madaniy_meros_uz
Forwarded from O’zbekiston Amaliy San’at Muzeyi/ RASMIY KANAL (Нодирабегим)
🏛 Bugun O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyiga “Toshkent. Modernizm20/21” loyihasi doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida Italiya, Germaniya va Rossiya davlatlaridan mutaxassislar tashrif buyurishdi.

Ushbu “Toshkent. Modernizm20/21” loyihasida xalqaro ekspertlar, meʼmorchilik va madaniyat sohasidagi tarixchilar, shaharsozlar va soha mutaxassislari jalb etilgan bo'lib, Toshkent shahrida 1960-1980 yillar oralig‘ida shakllangan shaharning yana bir muhim meʼmoriy qatlamini qayta baholash, tiklash va sayyohlik yo‘nalishlariga kiritish maqsadida ish olib borishadi.