Madaniy meros agentligi
2.04K subscribers
5.75K photos
566 videos
2 files
1.96K links
O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi
🌐 https://madaniymeros.uz/
☎️ +998712000118
📥 info@madaniymeros.uz
📩 Tmma@exat.uz
📲 https://www.facebook.com/Madaniy-meros-agentligi/
📲 https://instagram.com/madaniymerosuz?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Download Telegram
Koreyada O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Koreya jamg‘armasi (Korea Foundation) ijrochi vitse-prezidenti janob Li Jong Kuk o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash sohasidagi samarali hamkorligidan bag‘oyat mamnun ekanliklarini izhor qildilar. Xususan, mushtarak sa’y-harakatlar sharofati bilan Samarqand shahrida zamonaviy konservatsiya va restavratsiya laboratoriyasi tashkil etilgani bugungi kunda butun dunyo mutaxassislarining yaqin ilmiy hamkorligi uchun ijod maydoni vazifasini bajarayotgani qayd etildi.

Gayane Umerova, shuningdek, Toshkent mezbonlik qiluvchi IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi haqida so‘zlab, Koreya jamg‘armasi vakillarini unda qatnashishga taklif etdi.

Tomonlar muloqotni endi eng qisqa fursatlarda Toshkentda davom ettirishga kelishib oldilar.
_

В Корее прошла встреча Гаянэ Умеровой, председателя Фонда развития культуры и искусства Узбекистана с господином Ли Чон Куком, исполнительным вице-президентом Фонда Кореи (Korea Foundation).

Стороны выразили чрезвычайное удовлетворение относительно плодотворного сотрудничества Узбекистана и Кореи в сфере сохранения культурного наследия Узбекистана. В частности, было отмечено, что благодаря совместным усилиям в Самарканде была создана современная консервационно-реставрационная лаборатория, которая на сегодняшний день служит площадкой для коллаборации специалистов со всего мира.

Гаянэ Умерова также рассказала о предстоящей в Ташкенте IV Всемирной конференции по креативной экономике и пригласила представителей Фонда Кореи принять в ней участие.

Стороны договорились продолжить диалог уже в Ташкенте в самое ближайшее время.
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koreyaga tashrif davomida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi delegatsiyasi vakillarining Koreya Milliy muzeyi qoshidagi Ta’lim va madaniy hamkorlik byurosi ijrochi direktori bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar madaniyat muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, O‘zbekiston muzey sara to‘plamlariga mansub ko‘rgazmalarni Koreya Milliy muzeyida o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston Koreya Respublikasining Markaziy Osiyodagi alohida strategik hamkori maqomiga ega bo‘lib, ikki yil avval mamlakatlar o‘zaro samarali hamkorlikning o‘ttiz yilligini nishonlaganlar.
_

В рамках визита представителей делегации Фонда развития культуры и искусства Узбекистана в Корею состоялась встреча с исполнительным директором бюро образования и культурного сотрудничества Национального музея Кореи.

Стороны обсудили перспективы сотрудничества между культурными институциями, возможность проведения выставок из музейного собрания Узбекистана в Национальном музее Кореи.

Узбекистан обладает статусом особого стратегического партнера Республики Корея в Центральной Азии, а два года назад страны отметили тридцатилетие плодотворного сотрудничества.
🎙27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.

Madaniy meros agentligi barcha jurnalist va ommaviy axborot vositalari vakillarini kasb bayramlari munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Yurtimizdagi tarixiy maskanlarimizni asrab-avaylash, ularni butun dunyoga namoyon qilishda sizning mehnatlaringizni yuksak darajada baholaymiz.
_____________________________

🎙27 июня отмечается День работников печати и средств массовой информации.

Агентство культурного наследия искренне поздравляет всех журналистов и представителей средств массовой информации с профессиональным праздником.

Мы высоко ценим ваши труд по поддержке сохранения исторических мест нашей страны и их широкому освещению по всему миру.

Telegram Facebook 🌐Instagram 📹YouTube
🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhtasham asarlar musavviri Arnold Gan ijodiga mansub Toshkent markazidagi gazeta bosmaxonasi binosida avval qo‘nim topgan qadama koshin Fransiya madaniyat markaziga o‘rnatiladi. Yig‘ma-pardoz ishlari Markaz rekonstruksiyasi tugagach rejalashtirilgan.

Fransiya madaniyat markazida jamoatchilik makonidan tashqari Milliy restavratsiya markazi ham joylashadi. Undan qayta ta’mirlashning markazlashgan tizimini yaratish, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish, restavratsiya va konservatsiyaning sifatli uslublarini takomillashtirish maqsadlari ko‘zlangan.

Ayni paytda panno Madaniy meros agentligida saqlanmoqda.
_

Мозаичное панно художника-монументалиста Арнольда Гана, располагавшееся на здании газетного цеха в центре Ташкента, будет установлено в Французском культурном центре. Монтаж планируется после завершения реконструкции Центра.

В Французском культурном центре, помимо общественного пространства, будет расположен Научно-исследовательский центр реставрации. Он нацелен на создание централизованной системы реставрации, повышение квалификации местных специалистов и развитие качественных методов реставрации и консервации.

На данный момент панно хранится в Агентстве культурного наследия.
Eski shaharning markazida rassom, hunarmand va xalq me’morchiligi ustalari qo‘nim topuvchi bo‘lajak san’at qarorgohlarini ta’mirlash va qayta tiklash ishlari qizg‘in pallaga kirmoqda.

Loyiha sobiq madrasa va qarovsiz qolgan bolalar bog‘chasidan iborat bo‘lib, u yerda barcha imoratlarning tagzamini qad rostlantirilib, pardozlash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Madrasaning daslabki qiyofasiga qaytarish ishlari bilan Fransiyaning “Studio KO” dizayn g‘oyalari byurosi hamda Serbiyaning “Werner Sobek Belgrade” loyiha shirkati mutaxassislaridan iborat jamoa shug‘ullanmoqda. Restavratorlar sifatida Og‘a Xon jamg‘armasining madaniyat vaqfi (Shveysariya) yetakchi mutaxassislari jalb etilgan.

Rekonstruksiya loyihasiga ko‘ra, ko‘rkam tarovat kasb etuvchi madrasa binosida musavvirlarga mo‘ljallangan fayzli ustaxonalar ham mavjud bo‘lib, sobiq bolalar bog‘chasida esa ijodiy uchrashuvlar va mushtarak ijodga sho‘ng‘ituvchi umumiy maydonga ega shinam turar-joy xonalari joylashadi.
_

В центре старого города активно ведутся работы по реставрации и воссозданию зданий будущей Арт-резиденции для художников, ремесленников и мастеров народного зодчества.

Проект состоит из бывшего медресе и заброшенного детского сада, где уже возведены каркасы всех зданий, ведутся отделочные и реставрационные работы. Над реновацией медресе работает команда специалистов из дизайн-концепт бюро Studio KO (Франция) и проектной компании Werner Sobek Belgrade (Сербия). В качестве реставраторов приглашены эксперты фонда The Aga Khan Trust for Culture (Швейцария).

Согласно проекту реконструкции, обновлённое здание медресе будет также включать в себя благоустроенные мастерские для художников, а в бывшем детском саду будут располагаться обустроенные жилые комнаты с общими помещениями для креативных встреч и сотворчества.